Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
file

Kasb-hunar  ta’limi  yo‘nalishlari  tasniflagichi   o‘rta  maxsus  va  kasb-hunar
ta’limi  muassasalarida  kichik  mutaxassislar  tayyorlash  bo‘yicha  tayyorlov
yo‘nalishlari kasblarining va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxatidir.
Davlat ta’lim standartlari ( DTS) - umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va
oliy  ta’lim  mazmuniga  hamda  sifatiga  qo‘yiladigan  talablarni  belgilaydi.  DTSlarini
bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Tasniflagichda sakkizta bilim sohasi nazarda tutilgan:
1. Ta’lim;
2. Gumanitar fanlar va san’at;
3. Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq;
4. Fan;
5. Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari;
6. Qishloq xo‘jaligi;
7. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;
8. Xizmatlar.
Tasniflagichda  ta’lim  bosqichlari,  bilim  va  ta’lim  sohalari,  tayyorlov
yo‘nalishlari va ixtisosliklar yettita raqamli kod bilan belgilanadi. Ta’limning xalqaro
klassifikasiyasiga binoan ta’lim bosqichi - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 3-raqami
bilan belgilangan. Masalan: 3144610, 3210210, 3380110 va boshqalar.
O‘rta maxsus, kasb — hunar ta’limi kodlarida:
Birinchi raqam - ta’lim dasturi bosqichi kodi;
Ikkinchi raqam - bilim sohasi kodi;
Uchinchi raqam - ta’lim sohasi kodi;
To‘rtinchi va beshinchi raqamlar - tayyorlov yo‘nalishi kodi;
Oltinchi va yettinchi raqamlar - ixtisosliklar kodi.
Uzluksiz  ta’lim  tizimidagi  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  va  oliy  ta’lim
(bakalavriat)  da  uzviylikni  ta’minlash  maqsadida  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar
ta’limidagi  tayyorlov  yo‘nalishlari,  kodlari  oliy  ta’limning  bakalavriat  ta’lim
yo‘nalishlari kodlariga moslashtirilgan.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kichik mutaxassis kim?
2. Kasb-hunar ta’limi  tarmoq standarti nima?
3. Kasb nima?
4. Ixtisoslik nima?
?


134
5. Tasniflagichdagi raqamlar nimalarni ifodalaydi?
6. Tasniflagichda qanday bilim sohalari nazarda tutilgan?
VI BOB. KASB-HUNAR TA’LIMIDA TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL
ETISH VA TA’LIM-TARBIYA SIFATINI NAZORAT QILISH
6.1. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA O’QUVCHILARNI TARBIYALASH
Reja:
1.  Kasb  -  hunar  kollejlarida  o‘quvchilarni  tarbiyalashning  maqsad  va
vazifalari,  kasb  -  hunar  kollejlarida  o‘quvchilar  tarbiyalashga  qo‘yiladigan
talablar.
2. O‘quvchilarni o‘rganishning pedagogik-psixologik metodlari.
3. Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash metodlari.
1. Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalashning maqsad va
vazifalari, kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilar tarbiyalashga qo‘yiladigan
talablar
Buyuk  kelajakni  yaratuvchi  yangi  avlodni  tarbiyalash  bugungi  kundagi  eng
dolzarb  masalalardan  biri.  Fundamental  o‘zgarishlar  natijasida  ijtimoiy-siyosiy  va
iqtisodiy asoslar  o‘zgardi.  Lekin  bu  o‘zgarishlar  ko‘pgina  hollarda  “yuqori”da  sodir
bo‘ldi  va  asosan  qonuniy  darajalarda  yuz  berdi.  Ammo  odamlar  ongi  va
munosabatida  o‘zgarishlar  juda  sekinlik  bilan  kechmoqda.  Olimlarning  e’tirof
etishicha,  davlat  tomonidan  qo‘yilgan  maqsadga  erishish  uchun  yosh  avlodni  yangi
qonunlar asosida to‘g‘ri tarbiyalash kerak.
Mamlakatimizda  olib  borilayotgan  islohotlar  jarayoni,  boshqarishning
demokratik va bozor iqtisodiga o‘tish, shuningdek ta’lim, ayniqsa tarbiya maqsadi va
usullarining  yangilanishi kasb-hunar  tizimidagi  o‘quvchilarning  ma’naviy  qiyofasini
mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Endi oldindan belgilangan stereotip (o‘xshash) bo‘yicha
yosh  avlodlarni  tarbiyalash  vaqti  o‘tdi.  Hozirgi    vaqtda    shaxsni    shakllantirish    uni
jamiyat  taraqqiyotining  turli  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  siyosiy  tendensiyalari  bilan
tanishtirish  asosida  amalga  oshiriladi.  Yangi  maqsadlarga  muvofiq  holda  o‘quv-
tarbiyaviy  jarayonni tashkil  etish  usullari o‘zgarmoqda, ta’limning variativ usullari,
pedagogik texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Tarbiyaviy ishlarning aniq maqsad va
vazifasini belgilash bu ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi faoliyatining mazmunini
aniqlaydi.
Ta’lim  muassasalaridagi  tarbiyaviy  tizimning  konseptual  g‘oyasi  –  shaxs
rivojlanishini  maqsadga  yo‘naltirilgan  holda  boshqarish.  Buning  uchun  esa  yaxshi
shart-sharoit  yaratilishi  va  avtoritarizmdan  voz  kechishi  zarur.  Bizning  nazarimizda,
bunday  hamkorlik  pedagogikasai  juda  qo‘l  keladi.  Hamkorlik  pedagogikasining
mazmuni  o‘quvchi-yoshlarning  o‘z  kuchiga  ishonishini  ifodalovchi  munosabatlar
yordamida  unga  tanlash  erkinligini  berishda  namoyon  bo‘ladi.  Demak,  bunda
pedagogik  jamoa  tomonidan  o‘quvchi-yosharning  o‘z-o‘zini  belgilash,  mustaqil
faoliyat ko‘rsatishi uchun vaziyatlar yaratilib berilishi nazarda tutiladi. Bu degan so‘z,
ular o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishish yo‘llarini belgilashda, o‘z faoliyatini


135
boshqarish usullarini tanlashda ham erkin bo‘ladilar. O‘qituvchi unga faqat rahbarlik
qilib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turadi.
Tarbiya  –  tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchi  faoliyatlarini  o‘z  ichiga  olgan  ikki
yoqlama  jarayon.  Tarbiyachilar  bilan  va  tarbiyaga  ega  bo‘lgan  kishilar
tarbiyalanuvchilar bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar
muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.
Tarbiya vazifalari
1.  O‘z  vatani  fuqarosini  tarbiyalash.  Tarbiyaning  bu  vazifalarni  amalga
oshirish quyidagilarni taqozo etadi:
Milliy vatanparvarlik, o‘z vataniga, tarixiga, madaniyatiga iftixor tuyg‘usi;
Millatlararo madaniy munosabatlar, siyosiy madaniyat.
2.  Shaxsning  ma’naviyatini  shakllantirish.  Ma’naviyat  -  kishining  ichki
dunyosi  bo‘lib,  uning  jamiyat  va  tabiatdagi  «Men»i,  obrazi,  taqdiri  va  rolini  ifoda
etadi. Ma’naviyat darajasi - bu, ma’lum ma’noda, insoniylik mezonidir. Ma’naviyatni
shakllantirish  bu  uning  shaxsiy  harakatlari,  intilishlari,  refleksiyasi  bilan  kishining
ichki dunyosini vujudga keltirishdir.
3.  Mehnatkash  insonni  iqtisodiy  tafakkurini  tarbiyalash  mehnatga,  kasbga
hurmat va ijtimoiy-psixologik jihatdan yoshlarda mustaqillik, ijod, ishchanlik, faollik,
yuqori kasbiy tayyorgarlik sifatlarini kuchaytirish zarur.
4. Ruhiy-jismoniy sog‘lomlikni tarbiyalash. Bu axloqiy–hayotiy muvozanat va
psixologik  qulaylik  holatini  ushlab  turish  hamda  jismoniy  rivojlanish  me’yoridan
uzoqlashib ketishga yo‘l qo‘ymaslik ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Tarbiya tiziminnig  milliy xususiyatlari
milliy tarix va madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish;
tarbiyaviy ishlarda milliy udumlar, an’analar, urf-odatlar, diniy marosimlardan
foydalanish;
milliy  madaniyat  jahon  madaniyatining  bir  bo‘lagi  ekanligi  tushunchasini
shakllantirish.
Tarbiya prinsiplari – umumiy qoida bo‘lib  unda tarbiyaviy jarayonni tashkil
qilish  mazmuni,  metodlari  shakllariga  bo‘lgan  asosiy  talablar  aks  etgan.  Ta’lim
prinsiplaridan  farqli ravishda  ular  o‘qituvchilar  tomonidan tarbiyaviy  vazifalarni  hal
etishda  qo‘llaniladi.  Bu  prinsiplarnig  asosiy  jihatlari:  majburiylik,  komplekslilik
(uyg‘unlilik), teng ahamiyatlilik bo‘lib hisoblanadi.
Tarbiya  prinsiplari  -  tarbiyachilar  uchun  tayyor  va  har  narsaga  yaraydigan
qoida emas, chunki uni qo‘llash bilan yuqori natijalarga erishib qolinmaydi.
Bu  tarbiyachining  na  tajribasini,  na  mahoratini  almashtira  oladi,  ularning
amalga oshirishi shaxs faoliyati bilan shakllangan.
Tarbiyaning  ijtimoiy  yo‘nalganligi.  Ilg‘or  o‘qituvchilar  tarbiyani  ijtimoiy
institut  sifatida  tushunganlar.  Turli  davrlarda  yo  ijtimoiy,  yo  davlat,  yoki  shaxsiy
yo‘nalish  kasb  etib,  uning  mazmun  prinsiplari  o‘zgargan.  Mazkur  prinsip
o‘qituvchining  barcha  faoliyati  tarbiyaning  davlat  strategiyasiga  mos  holda  o‘sib
kelayotgan avlodini  tarbiya  vazifalariga  bo‘ysundirishni talab  qiladi  va  tarbiyachilar
faoliyatini  shaxsni  ijtimoiylashtirishga  yo‘naltiradi.  Bu  prinsiplarni  amalga
oshirishning  asosiy  qoidalari  tarbiyaviy  (mehnat,  ijtimoiy,  o‘yin  va  b.)  faoliyat


136
jarayonida  o‘quvchilarda  faoliyatning  ijtimoiy  qimmat  va  muhim  sababga  molik,
ijtimoiylashtirish suratini tezlashtirishni tashkillashtirish zaruriyati bilan bog‘langan.
Tarbiyani insonparvarlashtirish prinsipiga qo‘yiladigan asosiy talablar:
tarbiyalanuvchi shaxsiga insoniy munosabat;
uning huquqi va erkinligini hurmat qilish;
tarbiyalanuvchiga  kuchi  yetadigan  va  oqilona  shakllantirilgan  talablarni
qo‘yish;
tarbiyalanuvchining holatini hatto u taqdim etilgan talablarni bajarishidan bosh
tortgan paytda ham tushunish;
kishining o‘zi bilan o‘zi bo‘lish huquqini hurmat qilish;
tarbiyalanuvchilar ongiga tarbiyaning maqsad va vazifalarini yetkazish;
talab etilayotgan sifatlarni majburiy shakllantirmaslik.
Shaxsiy  yondoshish.  Bunday  yondoshish  tarbiyalanuvchilarning  shaxsiy
sifatlariga tayanishni ko‘zlaydi va tarbiyachidan quyidagilarni talab etadi:
shaxsning  individual  xususiyatlarini  (xarakteri,  mijozi  (temperamenti),
qarashlari, odatlari va b.) muntazam o‘rganish va yaxshi bilish;
mohirona  tashxislash  va  shaxsiy  sifatlarning  real  shakllanganlik  darajasini
bilish;
tarbiyalanuvchini  shaxsning  rivojlanishini  ta’minlovchi  murakkablashib
boradigan faoliyatga tortish;
shaxsning aktivligiga tayanish;
shaxsni  tarbiyalashdan  o‘z-o‘zini  tarbiyalashga  o‘tish,  maqsadni,  mazmuni,
metodlarni o‘z –o‘zini tarbiyalashning shakllarini belgilash mahoratini hosil qilish;
faoliyatning 
muvaffaqiyatga 
olib 
keluvchi 
mustaqillik, 
tashabbus,
tarbiyalanuvchilarning  tashabbuskorligini,  mohirona  tashkil  etish  va  yo‘naltirishni
rivojlantirish.
Tarbiyaviy  ta’sirning  birligi.  Bu  prinsip  tarbiyaga  daxldor  bo‘lgan  barcha
shaxslar,  tashkilotlar,  ijtimoiy  institutlar,  pedagogik  ta’sirni  o‘zaro  to‘ldirgan  holda,
birlashib harakat qilishlari tarbiyalanuvchilarga kelishilgan holda talablar qo‘yishlari,
bir-birlari yordam berishlari talab etiladi.
2. O‘quvchilarni o‘rganishning pedagogik-psixologik metodlari
Tarbiyaviy  tizimining  eng  asosiy  tashkil  etuvchilaridan  biri  –  bu  shaxsni
ijodkorlikka,  mustaqillikka,  insonparvarlikka,  o‘zini  qadrlay  bilish  va  o‘zgalarga
hurmat qilishga o‘rgatishdir.
Tarbiyaviy  tizim  asosiga  insonparvar  psixologiya  va  pedagogika  tamoyillari
qo‘yiladi.
 Tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etishning  ustivor  yo‘nalishlari  quyidagilar
hisoblanadi:
o‘quvchilarning  qiziqishi-xohishiga  qarab  ta’lim  muassasasi  va  undan
tashqarida tashkil etilgan turli xil uyushmalarga jalb etish;
o‘quvchilar  ishtirokida  muntazam  ravishda  har  xil  ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar o‘tkazish;
fan  to‘garaklari,  texnik  yo‘nalishdagi  to‘garaklar  va  amaliy  ijodkorlik
to’garaklari mazmunini o‘zgartirish;


137
badiiy-estetik birlashmalarni tashkil etish va rivojlantirish;
ta’lim  muassasasi  faoliyatini  demokratlashtirish  asosi  sifatida  o‘z-o‘zini
boshqarishni rivojlantirish.
 Ta’lim  muassasasida  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  bo‘yicha  o‘rinbosari,    guruh
rahbari,  muhandis-pedagoglar, tarbiyachilar o‘quvchi  yoshlarni  tarbiyalashda asosiy
shaxslar  hisoblanadi.  Ular  o‘quvchi  yoshlarning  individual  xususiyatlarini,  hayot
sharoitini  o‘rganadi  va  tahlil  etadi,  o‘quvchilar  jamoasining  rivojlanishi  borasida
bashorat qiladi, ularning shaxs sifatida o‘z-o‘zini  belgilashiga yordam beradi.
O‘quv-tarbiyaviy  jarayonida  yuritiladigan  asosiy  hujjatlardan  biri  bu
o‘quvchilarching  psixologik  pasporti  -  xarakteristika.  Ta’lim  muassasasida  har  bir
o‘quvchining  psixologik  pasporti  bo‘lishi  lozim.  Uni  muntazam  ravishda  to‘ldirilib
borilishi  tarbiya  jarayonida  ishtirok  etuvchi  har  qanday  shaxs  (ma’naviyat-ma’rifat
ishlari    bo‘yicha  direktor  o‘rinbosari,  guruh  rahbari,  muhandis-pedagog,  tarbiyachi
o‘quvchi)ning  refleksiv  madaniyatini  oshirishga  xizmat  qiladi.  Pasport
xarakteristikada qayd  etiladigan ma’lumotlar uchta manba orqali olinadi: kuzatish va
o‘quvchilar  bilan  suhbatlashish,  hujjat  (shaxsiy  varaqalar,  tibbiyot  ko‘rigi,  kartalar,
jurnallar  va  boshqalar)  bilan  test  savollari,  treninglar  o‘tkazish  orqali.  Tarbiyaviy
masalalarni    hal    etishdagi    qiyinchiliklar  o‘quvchi-yoshlarning  o‘smir  yoshi  bilan
bog‘liq muammolar, ularning jismoniy va ruhiy o‘ziga xosligi, yoshlarning norasmiy
guruhlari  ommaviy  axborot  vositalarining  o‘quvchi-yoshlarning  xulq-atvoriga
ta’sirining  yoritishi  bilan  belgilanadi.  Bundan  tashqari  o‘smirlarga  ta’sir  ko‘rsatish
borasida  raqobatlarning  kuchayganini  ham  nazardan  chetda  qoldirib  bo‘lmaydi.
Bunda  shubhasiz,  ota-onalar,  o‘qituvchilar,  tarbiyachilar  g‘olib  kelmog‘i  kerak.
Ta’lim  muammolarda  o‘quvchi-yoshlarning  ota-onalari  bilan  ishlashga  katta  o‘rin
ajratiladi.  Ota-onalar  bilan  muntazam  ravishda  psixolog  suhbatlashadi  va
maslahatlashadi.  Xolbuki,  bunga  doimiy  ravishda  ehtiyoj  ortib  bormoqda.  Shuning
uchun  ota-onalar  lektoriyalarini  muntazam  ravishda  (psixolog  suhbatlashadi  va
maslahatlashadi)  yo‘lga  qo‘yishi  muhimdir.  Pedagoglar  huquqni  muhofaza  etuvchi
tashkilotlarning  xodimlari  va  boshqalar  ishtirokida  anjumanlar  tashkil  etish  yaxshi
samaralar  beradi.  O‘quvchilarga  tarbiya  berish  va  ular  shaxsini  rivojlantirishda
adabiyotning  tarbiyalovchi  imkoniyatidan  foydalanishi  muhim  ahamiyatga  ega.
Badiiy  adabiyot  ta’sirida  o‘quvchilar  shaxsini  shakllantirishning  o‘ziga  xos  jihati
shundan  iboratki,  bunda  ular  ijodiy  qobiliyatini,  barcha  ma’naviy  imkoniyatlarini
namoyon  etish  imkoniga  ega  bo‘ladi.  Bundan  tashqari    jamoaning  ijodiy  ishlari
metodikasi  bo‘yicha  tarbiyaviy  tadbirlar  o‘tkazish  o‘quvchilarning  aqliy
imkoniyatlarini  oshiradi.  Jamoaning  ijodkorlik  ishlari  deyilganda,  ta’lim
muammosida  turli  mavzular  bo‘yicha  har  xil  anjuman,  yig‘ilishlar,  tadbirlar,
ma’naviy-ma’rifiy      ishlarni    tashkil      etish    tushuniladi.  Shuningdek,  o‘qituvchi  va
o‘quvchilar  ishtirokida  turli  uyushma  yoki  jamoat  tashkilotlari  tuzilib,  ishlab
chiqilgan  Nizomlar asosida tadbirlar o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Bizning nazarimizda,  o‘quvchining  ta’lim-tarbiyasi borasida ushbu maqsadlar
hozirgi  zamon  o‘zbek    ta’limi    uchun  istiqbolli  hisoblanadi.  Darhaqiqat,  tarbiyalash
texnologiyalari  borasida  Vatanimiz  fani  va  amaliyotida  yetarli  darajada  katta
tajribalar to‘planganini e’tirof etmoq zarur. Demak, ma’naviy meros  va uning natijasi
o‘laroq,  ma’naviy kamolot  maqsadga  erishish  kafolatdir,  desak  xato  bo‘lmaydi.  Har


138
qalay yosh avlodni oldindan belgilangan stereotiplar asosida shakllantirish payti o‘tdi.
Hozirgi  vaqtda  o‘quvchilarni  jamiyat  rivojlanishining  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy
tendensiyalari  bilan  muntazam  tanishtirib  borish    o‘ta  muhimdir.  Bu  ularning  o‘z
hayoti  yo‘lini  erkin  tanlashga  imkoniyat  yaratadi.  Demak,  yangi  maqsadlarga
muvofiq holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonini tashkil etish usullari ham o‘zgaradi.
 O‘quvchilar  bilan  darsdan  tashqari  mashg‘ulotlar  va  muloqotlar  o‘tkazish
ularning  jismoniy  ruhiy  rivojlanishi  va  ta’lim-tarbiyasi  uchun  muhim,  ko‘p  hollarda
esa, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
 Tarbiyaviy  ishlar  darsdan  tashqari  faoliyat  bo‘lib,  tarbiyalamoq  o‘quvchi-
yoshlarning faoliyatini tashkil qilmoq demakdir.
 Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  tarbiyaviy  ishlarda
katta samara beradi. Texnologiya - bu shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rag‘batlantirish
qonunlarini  o‘zida  jo  qilgan  va  yakuniy  natijasini  harakatlaydigan  pedagogik
faoliyatdir.  Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarda  loyiha  usulida  keng
foydalanilmoqda.  Loyiha  asosida  o‘tkaziladigan  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  tarbiyaviy
ish  strategiyasini  butunlay  o‘zgartirib  yuboradi.  Loyiha  usullari  -  maqsadga
yo‘naltirilgan  tarbiyaviy  faoliyat  bo‘lib,  maqsad  oldindan  belgilanadi.  Tarbiyaviy
yoshlar loyihasi  bu o‘quvchilarning ijodiy, ma’lum  darajada mustaqil faoliyati:
•    bunda o‘quvchilarning o‘zlari bevosita ishtirok etishadi, ya’ni loyihani ijro
etish uchun zaruriy material-ma’lumotlar to‘plashadi;
•    tadqiqot-tadbirlar o‘tkazish  bo‘yicha farazlarni ilgari surishadi;
•   tadbirlarni amalda tashkil etish - o‘tkazishda faoliyat ko‘rsatishadi;
•   tadbirlarning ijtimoiy ahamiyatini bilishadi.
O‘quvchilarni o‘rganish metodlari
Kuzatish  -    odatda  tabiiy  kuzatish  orqali  talabalarning  fanlarni
o‘zlashtirishlari,  ularning  xulq-atvori  va  muomalalaridagi  o‘zgarishlarni  hisobga
olish  va  tegishli  ta’limiy-tarbiyaviy  ta’sir  ko‘rsatish  yo‘llarini  belgilash  uchun
qo‘llaniladi.  Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va
hodisalarini  biror  maqsadni ko‘zda  tutib  idrok  etish  tashkil  etadi.  Bunda  kuzatishlar
tezligi  va  soni,  kuzatish  obekti,  vaqti,  pedagogik  vaziyatlarni  kuzatish  uchun
ajratiladigan xarakteristika  va  hokazolar hisobga olinadi.
Qayd qilish usuliga qarab kuzatishlar turlarga bo‘linadi. Bevosita va  bilvosita
qayd  qilish  usuli  tadqiqotchiga  real  pedagogik  jarayon  kuzatuvchilarning  hatti-
harakatlari  va  hokazolarni yozib qo‘yish imkonini beradi. Bevosita qayd qilish usuli
biror-bir  hodisaning oqibatlari haqidagi faktik materialni boshqa shaxslar orqali yoki
qandaydir asbobni qo‘llash vositasida olishga imkon beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti
asrida  kuzatishning  vizual  usullari  xilma-xil  texnika  vositalari  (kinofilm,videotasvir
teleko‘rsatuv)ni qo‘llash bilan tobora ko‘p qo‘llanilmoqda.
Suhbat  metodi  -  so‘rashning  bir  turi  bo‘lgani  holda  tadqiqotchining  jiddiy
tayyorgarlik  ko‘rishini  talab  etadi,  chunki  u  tekshirayotgan  shaxs  bilan  bevosita
aloqada  bo‘lish  vaqtida  og‘zaki  suhbat  tarzida,  suhbatdoshining  javoblarini
yozmasdan erkin muomala formasida qo‘llaniladi.
Suhbat  metodida  o‘qituvchilar  va  o’quvchilar  jamoasi  bilan  ota-onalar    va
keng  jamoatchilik bilan,   yakka  va  guruhli tartibda  ish olib borilganda qo‘llaniladi.
Suhbat  metodidan  farq  qilib,  intervyu  olish  metodi  savollarni  oldindan  belgilangan


139
izchillikda  intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda javoblar  magnit
tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi
va praktikasida intervyu  tashkil etishning ko‘p usullari mavjud:
- guruhlar bilan;
- intensiv;
- sinov va h.k.
O’quvchilar  ijodini  o‘rganish  –  ularning  o‘ziga  xos  individual  tartibdagi
faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi.
Pedagogik  so‘rash  metodi  –  tadqiqotchining  boshqa  kishilardan
o‘quvchilarning  biror  tomoni  yoki  hodisalari  haqida  axborot  olish  jarayoni  bu
metodning asosini tashkil qiladi. So‘rash savollarning mantiqiy o‘ylangan sistemasini,
ularning  aniq  ifodalanishini,  nisbatan  kamligi  (3-5ta)  nazarda  tutiladi.    Shuningdek,
qat’iy  formadagi  javobni  ("ha","yo‘q")  ham taqozo etishi mumkin.
Test,  so‘rovnomalar  -  bu  so‘rovnoma,  ya’ni  anketa  usuli  qo‘llanganda
yaratilgan o‘quvchilar tarbiyasi to‘g‘risidagi yangiligini bilish, aniqlash, talabalarning
yakka  yoki  guruhli  fikrlarini,  qarashlarini,  qanday  kasblarga  qiziishlarini,  kelajak
orzu-istaklarini  bilish  va  tegishli  xulosalar  chiqarish,  tavsiyalar  berish  maqsadida
o‘tkaziladi.
Test  savollaridan  ko‘zlangan  maqsad  oz  vaqt  ichida  talabalarning  bilimlarini
yoppasiga baholashdir.
Mutaxassislarning  bilimini  va  saviyasini  aniqlash  uslublaridan  biri  -  bu  test
yordamidagi sinovdir.
Test  yordamida  sinov  talaba  yoki  mutaxassisning  bilimi,  ilmi,  ma’naviyati
hamda yoshlarning qaysi yo‘nalish va mutaxassislikka layoqati, iqtidorini zudlik bilan
aniqlash  yoki  baholashga  imkon  beradi.  Test  yordamida  bilimni  baholashning
pedagogika  nuqtai  nazaridan  ba’zi  bir  yutuqlari  va  kamchiliklarida  keltirilgan  va
baholash jarayonini EHM yordamida avtomatlashtirish mumkinligi ta’kidlangan. Test
savollari  va  masalalarining  jozibadorligiga  sabab,  uning  qisqa  va  lo‘ndaligi,  to‘g‘ri
javobni  umumiy  javoblar  ichida  borligi  va  ularning  talabalarga  ko‘rsatma  bo‘lib
xizmat  qilishi,  uning  topishmoqli  o‘yinga  o‘xshashligi  va  javobni  topishda  xotira,
intuitsiya  va  topqirliklar  qo‘l  keladi.  Test  savollarini  chop  etish  o’quvchilarning
mustaqil ishlashini yanada faollashtiradi.
3. Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash metodlari
Ta’lim-tarbiya ishida aniq didaktik maqsadlarga ko‘ra tahsil beruvchi va tahsil
oluvchilarning  o‘zaro  aloqador  biri  ikkinchisini  taqozo  etuvchi  hatti-harakatlari
majmuasi yoki muloqotda bo‘lish usullariga ta’lim-tarbiya metodlari deb yuritiladi.
 Tarbiya metodlarini turkumlash:
1. Tarbiyaviy jarayonda axborotini o‘zlashtirish manbaiga ko‘ra:
a)  og‘zaki  (so‘zlab  berish,  savol-javob,  suhbat,  ma’ruza,  tushuntirish,  bayon
etish kabilar);
b) ko‘rsatmali (ko‘rsatmali bayon etish, tushuntirish);
v)  amaliy  (tajriba  sinovlari  va  laboratoriya  ishlari,  o‘quv  ishab  chiqarish
mehnati);
2. Tarbiyaviy jarayonda axborotni uzatilishi va o‘zlashtirish mantiqiga ko‘ra:


140
a) oddiydan murakkabga (induktiv);
b) murakkabdan oddiyga yoki mavhumdan ma’lumga (deduktiv);
3. Tarbiya jarayonini o‘rganuvchilarning mustaqil tarbiya  tafakkuri darajasiga
ko‘ra:
a) mahsulsiz (reproduktiv);
b) mahsullik (produktiv);
4. Tarbiyaviy ishlarining bajarilish darajasiga ko‘ra:
a) Tarbiya  beruvchi rahbarligidagi ta’lim-tarbiyaviy ishlar;
b)  Tarbiya  beruvchi  rahbarligisiz  tahsil  oluvchilarning  mustaqil  ishlari
(manbalar  bilan  ishlash,  yozma  ishlar,  laboratoriya  ishlari,  mehnat  vazifalarini
bajarish va shu kabilar);
5. Tarbiyalanuvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bo‘yicha:
a) tarbiyalash o‘yinlari;
b) tarbiya bo‘yicha munozaralari;
v) tarbiya bo‘yicha qiziqarli amaliy vaziyatlarni yuzaga keltirish;
6. Javobgarlik burchini shakllantirish va rag‘batlantirish usuliga ko‘ra:
a) ishontirish;
b) talab qo‘yish;
v) qo‘yilgan talabga muvofiq mashq qildirish;
g) rag‘batlantirish va jazolash;
7. Nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish usuliga ko‘ra:
a) yakka holda tarbiyalash;
b) yoppasiga (yalpi) tarbiyalash;
v) og‘zaki va yozma sinov yoki so‘rovnomalar;
g) dasturli so‘rov (testlar yordamida mashinali yoki mashinasiz);
d) o‘z-o‘zini nazorat qilish va shu kabilar.
Pedagogikada  maqsadiga  ko‘ra  tarbiya  metodlari  quyidagi  guruhlarga
ajratiladi:  faoliyatni  tashkil  etish  va  ijtimoiy  xulq-atvor  tajribasini  shakllantirish
metodlari; xulq-atvor va faoliyatni rivojlantirish metodlari.
O‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida quyidagi shakllardan foydalaniladi.
1. Fan asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash.
2.  Darsdan  tashqari  mashg‘ulotlar  va  muloqotlar  o‘tkazish  jarayonida
o‘quvchilarni tarbiyalash.
3. Darsdan tashqari paytlarda va o‘quv yurtidan tashqarida ma’naviy – ma’rifiy
va turli xil tarbiyaviy tadbirlar jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash.
Fan  asoslarini  o‘rganish  jarayonida  o‘quvchilarni  tarbiyalash  har  bir  fan  va
undagi har bir mavzuni o‘rganish jarayonida uning tarbiyaviy xarakterini, tomonlarini
ochib berish orqali amalga oshiriladi.
O‘quvchilar  bilan  darsdan  tashqari  mashg‘ulotlar  va  muloqotlar  o‘tkazish
ularning  jismoniy ruhiy rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasi uchun muhim, ko‘p hollarda
esa, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
   Dasrdan  tashqari  tarbiyaviy  mashg‘ulot  va  muloqat  quyidagilarga  imkon
beradi:
bir-birini bilish;
yaxshi munosabatlar shakllanishi;


141
shaxs qirralarini anglash;
yaxshi daqiqalarni birgalikda boshdan kechirish;
insonlarning yaqinlashuvi;
hamkorlikdagi hissiy kechinmalar;
do‘stlashish-ruhiy yaqinlashish;
tarbiyachi kasbining kerakligini his etish;
ehtiyoj-talabni  his etish.
 Darsdan tashqari paytlarda va o‘quv yurtidan tashqarida  ma’naviy – ma’rifiy
va turli xil tarbiyaviy tadbirlar tarbiyalamoq o‘quvchi-yoshlarning faoliyatini tashkil
qilmoq demakdir
 Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash shakllari
1. Dars
2. Seminar mashg‘ulotlari
3. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
4. Sayohat (ekskursiya)
5. O‘quvchilar bilan qo‘shimcha ishlash
6. O‘quvchilarning uy ishlari
7. O‘quv sexlari va maydonlarida ta’lim berish
8. Ustoz shogird tarkibida ta’lim berish
9. Xususiy (shaxsiy) ish o‘rinlarida o‘quvchilarni o‘rgatish
10. Korxonadagi ishchilar o‘rnida ishlab chiqarish amaliyoti.
 Ravshanki,  bularning  barchasi  kollej  ta’lim-tarbiya  mazmuni  bilan  uzviy
bog‘liq  bo‘lib,  ular  ma’lum  ta’limiy,  tarbiyaviy  maqsadga  erishish  uchun  xizmat
qiladi.  Bu  ishlarning  barchasini  uslubiy  jihatdan  to‘g‘ri  tashkil  eta  olish  uchun
pedagog-tarbiyachi juda ko‘p  narsalarni bilishi  va  uddalashi kerak.  Yuqori  malakali
mutaxassislarga  bo‘lgan talab va ehtiyojning  tobora ortib borishi o‘rta maxsus, kasb-
hunar  tizimida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  barcha  rahbar,  muhandis-pedagog,  o‘qituvchi
va tarbiyachilarning zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Ta’lim  muassasalaridagi  tarbiyaviy  tizimning  konseptual  g‘oyasi  nimadan
iborat?
2. Tarbiya vazifalarini aytib bering.
3. Tarbiya prinsiplarini aytib bering.
4. Tarbiya metodlari qanday turkumlanadi?
5. Kasb - hunar kollejlarida o‘quvchilarni tarbiyalash shakllari qaysilar?
6. O‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida qanday shakllardan foydalaniladi?
6.2. KASB-HUNAR TA’LIMIDA TA’LIM-TARBIYA JARAYONI
SIFATINI NAZORAT QILISH
Reja:
1.  Kasb  -  hunar  ta’limida  ta’lim  –  tarbiya  jarayonini  nazorat  qilishning
maqsad va vazifalari.
?


142
2. Kasb - hunar ta’limida ta’lim jarayonini nazorat qilish.
3. Kasb - hunar ta’limida tarbiya jarayonini nazorat qilish.
1. Kasb-hunar ta’limida ta’lim-tarbiya jarayonini nazorat qilishning
maqsad va vazifalari
Har  qanday  ta’lim-tarbiya  muassasalari  faoliyati  va  uni  nazorat  qilishning
maqsadlari  bir-birini  taqozo  etuvchi  va  uzviy  aloqador:  ta’limiy,  tarbiyaviy  va
rivojlantiruvchi  maqsadlarni  ko‘zda  tutadi.  Bu  maqsadlar  bir-birlari  bilan  uzviy
aloqadorligi  sababli  ularning  har  birini  shartli  ravishda  alohida-alohida  quyidagicha
ko‘rsatish mumkin:
 I.  Ta’limiy  maqsad  -  mavzu  bo‘yicha  o‘quv  materiali  mazmuniga  ko‘ra
aniqlanib,  o‘quvchilarda  o‘rganilayotgan  ob’ektning  muhim  xususiyat  (jihat)lari,
namoyon bo‘lish shakllari haqida bilim va ulardan amaliyotda (kasbiy faoliyatda yoki
umuman hayotda) foydalanish bo‘yicha ish-harakat usullarini shakllantirishni ko‘zda
tutadi.
II. 
Tarbiyaviy  maqsad  -  o‘rganilayotgan  ob’ektni jamiyat  va  tabiat  hayoti,
manfaati  uchun  qanday  ahamiyatga  egaligini  ko‘zda  tutib,  o‘quvchi  shaxsida
shakllanishi lozim bo‘lgan shaxsiy (ijobiy va salbiy) xislat hamda fazilatlarni ko‘zda
tutadi.
III.  Rivojlantiruvchi  maqsad  -  tahsil  oluvchining  dasturiy  materialni
o‘zlashtirishi natijasida bilimi, tajribasi, odob-ahloqi va shu kabi shaxsiy fazilatlarini
rivojlantirish  bilan  bir  vaqtda  mantiqiy  tafakkur  (fikr  yuritish)  qobiliyatlarining
shakllantirilishini ko‘zda tutadi. Fikr yuritish o‘rganilayotgan ob’ektni muhim  o‘ziga
xos  xususiyatlarini  anglab  olish  idrok  etish  va  mushohada  yuritish  uchun  diqqatni
qaratilishini talab etadi.
   
Ta’lim-tarbiya  ishini  o‘quvchilarning  yoshi  va  boshqa  individual
xususiyatlariga  ko‘ra  tashkil  etish  —  individual  va  tabaqalashgan  yondoshuv  bu
sohadagi  muhim  masala  bo‘lib,  maqsadga  erishish  shart-sharoitlari,  metodlari,
vositalarini tanlashga imkon beradi.
Ta’lim-tarbiya ishida quyidagilar hisobga olinmog‘i zarur:
1.Ta’lim-tarbiya ishini yakka va jamoaviy shakllarini uyg‘unlashtirish.
2. Har  bir  o‘quvchining  kuchli  va  kuchsiz  jihatlarini  hisobga  olish  va  undan
oqilona foydalanish.
3.  Har bir o‘quvchiga mos keladigan vazifalarni berib o‘z kuchiga ishontirish.
4. O‘quv masalalarining muammolilik va qiyinlik darajasini asta-sekinlik bilan
oshirib borish.
5. Mashg‘ulotlarda barcha o‘quvchilarning faolligiga erishish.
6. Ko‘zlangan umumiy maqsadga har bir o‘quvchining o‘z kuchi bilan erishish
shart-sharoiti metodlari va vositalarini oldindan topish.
7. Dars vaqtidan unumli foydalanishga erishish.
8.    O‘zlashtirilgan  bilim  va  ish-harakat  usullarini  mustahkamlash  va  qo‘llash
maqsadlarida o‘quvchilarni ijodiy mustaqil ishlarini tashkil etish va shu kabilar.


143
2. Kasb-hunar ta’limida ta’lim jarayonini nazorat qilish
Kasb-hunar kollej ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini nazorat qilish o‘quv
yurtining  rahbariyati  (o‘quv  yurti  direktori,  direktorning  o‘quv  ishlari  bo‘yicha
muovini,  fanlar  bo‘yicha  metod  birlashmalar) tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bu  ish
pedagogik  jamoaga  rahbarlik  qilishning  ma’lum  bir  shakli  hisoblanib,  unda  ta’lim-
tarbiya ishini takomillashtirishga oid hujjatlarga asoslaniladi.
Quyidagilar nazorat ob’ektlari bo‘lib xizmat qilishi mumkin:
1. O‘quvchilarning umumta’lim, umumkasbiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi;
ularning bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy fazilatlarning o‘zlashtirganlik darajasi;
2.  O‘qituvchi  va  muhandis-pedagoglar  tomonidan  o‘tkazilayotgan
mashg‘ulotlarning ilmiy, g‘oyaviy, siyosiy, iqtisodiy va uslubiy saviyasi.
3. O‘quv rejasi, dasturini bajarilish holati va rejalashtirish hamda hisobga olish,
hujjatlarini yuritilishi.
4. O‘qituvchi  va  ishlab  chiqarish  ta’limi  ustalarini  darslarga  tayyorgarlik
ko‘rishi.
5.  O‘quvchilar  bilan  sinfdan  va  ta’lim  muassasasidan  tashqari  ishlarni  olib
borilishi.
6.  O‘quv  xonalari,  laboratoriyalar  va  ustaxonalarning  o‘quv  moddiy  bazasi
bilan ta’minlanganlik holati va shu kabilar.
Nazariy va ishlab chiqarish ta’limi dars mashg‘ulotlarini tahlil qilish
Darsni  tahlil  qilishdan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad  o‘qituvchining  ilg‘or  ish
uslubini o‘rganish,  umumlashtirish va ommalashtirish zarur hollarda  uslubiy yordam
berish, ta’lim-tarbiya ishining samaradorligini oshirishdan iborat:
1. Nazoratchi (tekshiruvchi)ning tayyorgarligi
a) darsga qatnashishdan ko‘zlangan mashg‘ulot maqsadini aniqlab olish;
b) darsning mavzusi va maqsadini aniqlash;
v) o‘quv dasturini o‘rganish, o‘quv va uslubiy adabiyotlar bilan tanishish;
g) ilgari (oldin) kuzatgan (nazorat qilgan) darslarining natijalari bilan tanishish,
o‘qituvchi bilan suhbatlashish.
2. Darsni tahlil qilishning taxminiy sxemasi
a) darsni o‘tkazish shart-sharoitlari;
b) darsning jihozlanish darajasi;
v) o‘qituvchi va o‘quvchilarning ish o‘rinlarining holati;
g) xonaning sanitariya-gigiyenik holati;
3. Darsni tashkil etish mazmuni va metodikasi
1. Dars maqsadlarini to‘g‘ri aniqlanganligi;
2. Dars strukturasi va bosqichlarining muqobilligi;
3. Darsni turli basqichlari (tarkibiy qismlariga) vaqtni to‘g‘ri taqsimlanganligi;
4. O‘quv materiali mazmunini me’yorga ko‘ra tanlanganligi;
5. O‘quvchilarni o‘quv bilish faoliyatlarini faollashtirish usullari;
6. Fanlararo aloqadorlikni ta’minlanganligi;
7. Tarbiyaviy vazifalarni yechish usullari;
8. Ko‘rgazmali va boshqa didaktik materiallar qo‘llanilganligi;
9. O‘quv materialini ilmiy bayon etilishi va g‘oyaviy yo‘nalganligi;


144
10.  Darsning  turli  bosqichlarida  o‘qitish  metodlarini  metodlarini  maqbul
qo‘llanilganligi;
11.  O‘quvchilar  mustaqil  ishlarini  tashkil  etilishi  va  unga  rahbarlik  qilish
darajasi;
12.  O‘qituvchining  pedagogik  mahorati,  texnikasi,  nutqi  va  shunga  o‘xshash
xususiyatlari;
13. O‘qituvchining o‘z fani va o‘qitayotgan mavzusini bilish darajasi.
Yordamchi kuzatishlar
a) darsni tashkil etish darajasi: o‘qituvchi va o‘quvchining tashqi ko‘rinishi;
b)  o‘quvchilarning  mashg‘ulotlarga  munosabati  (qiziqishi,  faolligi,  tartib
intizomi va shunga o‘xshashlar).
Darsdan  kutiladigan natijalar
a)  ko‘zlangan  ta’limiy,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  maqsadlarga
erishilganligi;
b)  o‘zlashtirilgan  bilim  va  ish-harakat  usullarining  chuqur  va  puxta
o‘zlashtirilganlik darajasi.
Nazorat qilish va baholash
1. O‘zlashtirmaydigan  va  faol  bo‘lmagan  o‘quvchilarni  tez-tez  nazorat  qilib
turish.
2. O‘zlashtirmaydigan  o‘quvchilarga  o‘z  nuqtai-nazarlarini  isbotlash  talabini
qo‘yish.
3. O‘zlashtirmaydigan o‘quvchilarni yaxshi baholar bilan rag‘batlantirish.
4. Qo‘yilgan baholarni aniq mezonlar bilan isbotlash.
5. Har  bir  o‘quvchining  shaxsiy  sifat  va  fazilatlarning  rivojlantirish  shart-
sharoitlarini hisobga olib borish.
6. Yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilarga individual yondashish.
3. Kasb - hunar ta’limida tarbiya jarayonini nazorat qilish
Tarbiya  jarayonida  “o‘quvchi”  tushunchasi  bilan  bir  qatorda  “shaxs”
tushunchasidan  foydalaniladi.  Bu    bilan  tarbiya  jarayoni  avvalambor  o‘quvchini
shaxs  sifatida  shakllantirishga  qaratilganligi  ta’kidlanadi.  “Shaxs”  nutq  qobiliyatiga
ega  bo‘lgan  va  mehnat  faoliyatiga  layoqatli  aqlli  zot  -  insondir».  Shaxs  atrofidagi
odam bilan  o‘zaro  faol  munosabat  jarayonida,  jamiyatda,  jamoada,  boshqa  odamlar
bilan  muomalada  shakllanadi.  Shaxs  tushunchasi alohida  odamga  unga  xos  bo’lgan
shaxsiy  xususiyatlar  bilan  tavsif  berish  uchun  foydalaniladi.  Shaxsning  asosiy
xususiyati jumlasiga uning o‘ziga xosligi, fikrlash tarzi, faoliyati motivlari kiradi.
   Tarbiyaviy  jarayonning  asosi,  shaxsning  ijtimoiy  jihatdan  qimmatli
fazilatlarni  shakllantirishning  asosiy  manbai  -  faoliyat  va  muomaladir.
Tarbiyalanuvchilarning  jamiyatga  foydali  faoliyati  qanchalik  oqilona  tashkil  etilgan
bo‘lsa,  tarbiya  jarayoni  shunchalik  samarali  kechadi.  Tarbiya  jarayonining  ana  shu
muhim  qonuniyatini  o‘qituvchi  hamisha  yodda  saqlashi  va  doimo  o‘z  tarbiyaviy
tatbiq etmog‘i darkor.
Tarbiya  jarayonining  asosi  bo‘lgan  ijtimoiy-foydali  faoliyat  o‘quv  mehnatini
ham,  unumli  mehnatini  ham,  jamoatchilik  asosidagi  mehnatini  ham,  ishdan  tashqari
paytdagi ijtimoiy faoliyatini ham o‘z ichiga oladi.


145
Ijtimoiy foydali faoliyat jarayonida o‘quvchilar o‘rtasida  muomalaning xilma-
xil  shakllari  tarkib  topadi,  shaxsning  ijtimoiy  qimmati  vazifalari  rivojlanadi.
O‘quvchilar  ijtimoiy  foydali  mehnatning  har  xil  turlarida  qatnashib,  aslida  jamiyat
ishlariga  kirishib  boradilar,  jamiyatda  muayyan  o‘rnini  egallaydilar.  Yigit  va  qizlar
ijtimoiy  mehnatga  qo‘shilib  o‘zlarining  ahamiyatlarini,  jamiyatga  foydali  ekanligini
his  qiladilar.  Faoliyat  jarayonida  vujudga  keladigan  munosabatlar  o‘quvchilar
zimmasiga  jiddiy  vazifalarni  yuklab,  ularning  xulq-atvoriga,  shaxs  xislatlariga
nisbatan  yuksak  talablar  qo‘yadi.  O‘qituvchining  o‘quvchilar  ijtimoiy  foydali
faoliyatini tashkil etish sohasidagi ishning muhimligi ham ana shundan kelib chiqadi.
U o‘quvchilarni ana shunday faoliyatning har xil turlariga jalb qilibgina qolmay, eng
muhimi, ularda ana shu faoliyatga munosabatni, shuningdek faoliyat jarayonida tarkib
topadigan  o‘quvchilar  o‘rtasidagi  munosabatlarini  tarbiyalashi  lozim.  Ta’lim
jarayoniga nisbatan tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda asosiy
vazifa - faoliyat usullarini egallashdan iborat bo‘ladi.
Shaxs  yaxlit  zot  bo‘lib,  uning  har  bir  xislati  boshqa  xislatlari  bilan
chambarchas  bog‘liqdir.  Shu sababli  insonni qismlarga  ajratib  tarbiyalab  bo‘lmaydi.
Bu  esa  tarbiya  vazifalarini,  avvalo  o‘quvchilarning  g‘oyaviy-siyosiy,  mehnat  va
axloqiy tarbiyasi vazifalarini hal etishga kompleks yondoshishni talab qiladi.
Tarbiyaga  kompleks  yondoshish  -  tarbiyaviy  ta’sirning  barcha  shakllarini
shunchaki  umumlashtirish  emas,  balki  har  tomonlama  kamol  topgan  shaxsni
shakllantirish vazifalarini yaxlit hal etish prinsipidir.
Maxsus  faoliyat  sifatida  tarbiya  favqulotda  va  stixiyali  ta’sirlardan  muayyan
dasturga, ongli maqsadga ega bo‘lganligi, ta’sirning maxsus ishlangan va asoslangan
vositalari, shakllari va usullarini qo‘llanish bilan farq qiladi.
Tarbiyaning muayyan maqsadlari yosh ishchida qanday fazilatlar tarbiyalanishi,
uning shaxsining mazmuni aniq qanday bo‘lishi haqidagi ravshan tasavvurdan kelib
chiqadi.  Mana  shu  fazilatlarni  aniq  belgilash  tarbiyaning  asosiy,  eng  muhim
maqsadlarini  belgilash  demakdir.  Ilmiy-metodik  adabiyotni  va  o‘qituvchilar
tarbiyaviy ishida vujudga kelgan tajribani umumlashtirib, ishlab chiqarish ta’limi va
ishlab  chiqarish  tajribasi  jarayonida  o‘quvchilarda  shakllantiriladigan  asosiy
fazilatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
g‘oyaviy-siyosiy tarbiya fazilatlari va xususiyatlari;
mehnatga  hayotiy  zarurat,  jamiyatda  o‘zini  qaror  toptirishning  asosiy  usuli
sifatida munosabatda bo‘lish;
ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish,  ish  sifatini  yaxshilash  uchun
kurashda o‘z muayyan o‘rnini topadi;
ishni  yaxshiroq,  tezroq,  puxtaroq,  tejamliroq,  bajarishga  intilish  va  uning
yo‘llarini  izlash  davlat  mulkiga  munosabat  tejamkorlik,  egalik  tuyg‘usi
tashabbuskorlik;
yuksak burch tuyg‘usi;
o‘z ishi natijalari uchun mas’uliyat;
axloqiy fazilatlar:
ijtimoiy burchga ongli munosabat; ongli ahloq va mehnat intizomi;
jamoatchilik, o‘zaro yordam, kattalarga hurmat, insonparvarlik;


146
halollik,  haqqoniylik,  o‘ziga  talabchanlik,  vijdonlilik,  mas’uliyat,  so‘zining
ustidan chiqish, intizom, kamtarlik;
qo‘yilgan maqsadlarga erishishda iroda, qat’iyat va sobitqadamlik.
Kasb-hunar kollej ta’lim muassasalarida tarbiya jarayonini nazorat qilish o‘quv
yurtining  rahbariyati  (o‘quv  yurti  direktori,  direktorning  ma’naviy  –  ma’rifiy  ishlar
bo‘yicha  muovini,  guruh  murabbiylari) tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bu  ish
pedagogik  jamoaga  rahbarlik  qilishning  ma’lum  bir  shakli  hisoblanib,  unda  ta’lim-
tarbiya ishini takomillashtirishga oid hujjatlarga asoslaniladi.
Tarbiyaning  samaradorligi  tarbiyaviy  ish  usullarini  to‘g‘ri  tanlash  va  tatbiq
etishga  hal  qiluvchi  darajada  bog‘liqdir.  Pedagogikada  tarbiya  metodlari  quyidagi
guruhlarga  ajratiladi:  faoliyatni  tashkil  etish  va  ijtimoiy  xulq-atvor  tajribasini
shakllantirish  metodlari;  xulq-atvor  va  faoliyatni  rivojlantirish  metodlari.  KHKlarda
o‘quvchilarni  tarbiyalash  va  tarbiya  jarayonini  nazorat  qilishga  bir  qancha  talablar
qo‘yiladi.
Pedagogik talab
O‘quvchilarga  talab  bevosita  va  bilvosita  shaklda  qo’yilishi  mumkin.  Bevosita
talablar buyruq, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqdir. Ular jamoa endi tarkib topayotgan paytda
guruh bilan ishlashning dastlabki bosqichi uchun xosdir. Bilvosita talablar - iltimos,
maslahat,  shama  qilish  va  hokazolar  o‘quvchilarda  muayyan  darajada  shakllangan
e’tiqod,  motivlar,  to‘g‘ri  xulq-atvor,  odamlar  bo‘lishini  taqozo  etadi.  Talablarning
bilvosita shakli ko‘pincha bevosita talablardan samaraliroq bo‘ladi.
Jamoatchilik  fikri
Jamoaning  baholari,  mulohazalari,  irodasini  birlashtiruvchi  jamoatchilik  fikri
mohir pedagog qo‘lida katta tarbiyaviy samara beradigan faol va ta’sirchan kuchdir.
O‘quvchilarning  yig‘ilishlardagi  nutqlari,  mavjud  kamchiliklar  xususida  aytilgan
tanqidiy  mulohazalar,  devoriy  gazetadagi  maqolalar,  o‘quvchilar  o‘z-o‘zini
boshqarish  organlarining  qarorlari,  jamoatchilikning  ma’qullashi  yoki  qoralashi,
jamoa  talabi  va  hokazolar  jamoatchilik  fikri  ifodasining  shaklidir.  Rivojlangan
jamoada  jamoatchilik  fikrining  roli  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo‘lishi  mumkin.
Shu  bilan  birga  jamoatchilik  fikri  stixiyali  tarzda  shakllanmaydi.  U    o‘qituvchi  va
boshqa  pedagoglar  tomonidan  guruhdagi  tarbiya  jarayonining  boshqarilishi  qanday
bo‘lishiga bog‘liq.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Ta’lim-tarbiya  muassasalari  faoliyati  va  uni  nazorat  qilishning  maqsadlarini
aytib bering.
2. Nazorat ob’ektlarini aytib bering.
3. Nazariy  va  ishlab  chiqarish  ta’limi  dars  mashg‘ulotlarini  tahlil  qilish  qanday
amalgam oshiriladi?
4. KHKlarda  o‘quvchilarni  tarbiyalash  va  tarbiya  jarayonini  nazorat  qilishga
qanday talablar qo‘yiladi?
5. Ishlab  chiqarish  ta’limi  va  ishlab  chiqarish  tajribasi jarayonida  o‘quvchilarda
shakllantiriladigan asosiy fazilatlarni aytib bering.
6. Tarbiyaga kompleks yondoshish deganda nimani tushunasiz?
?


147
6.3. KASB-HUNAR TA’LIMI NATIJALARINI NAZORAT QILISH
METODLARI VA BAHOLASH MEZONLARI
Reja:
1. Ta’lim tarbiya jarayonini nazorat qilish.
2.  Kasb-hunar  ta’limi  natijalarini  nazorat  qilishning  individual  o‘ziga
xos xususiyatlari va baholash mezonlari.
1. Ta’lim tarbiya jarayoni nazorat qilish
Nazorat keng ma’noda nimanidir tekshirishni anglatadi. Shu nuqtai nazardan
olib  qaraganda  u  ta’lim-tarbiya  ishida  ishtirokchilar  orasida  teskari  aloqani
ta’minlovchi  omil  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Shuningdek,  u  bir  vaqtning  o‘zida
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati bo‘yicha tashqi va ichki nazorat qilishni ham
ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiya ishida teskari aloqa bu jarayonga kerakli vaqtda o‘zgartirishlar
kiritish,  uning  mazmuni,  metodlari,  tashkil  etish  shakllarini  takomillashtirish,
o‘quvchilarning  o‘quv-bilish  faoliyatlarini  boshqarish  va  unga  rahbarlik  qilish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Nazorat  ta’lim-tarbiya  jarayonining  asosiy  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  dasturiy
materialni o‘rganish ma’no va mohiyatini tushunish, mustahkamlash, qo‘llash, ya’ni
shakllantirish bilan bevosita bog‘liq.
Nazoratning rejali ravishda amalga oshirilishi o‘qituvchiga ma’lum bir paytda
o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlashtirilgan  bilimlarni  tizimlashtirish,  muvaffaqiyatga
erishish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga imkon beradi.
O‘quvchilarning  o‘quv-bilish  faoliyatlari  natijasini  ob’ektiv  tahlil  qilish  o‘qituvchi
va ta’lim muassasalari rahbarlariga ta’lim-tarbiya ishlarining holatini aniqlashga va
takomillashtirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchilar  tomonidan  o‘tkazilgan  mashg‘ulotlar  va  o‘quvchilarning  o‘z-
o‘zini  nazorat  qilishining  uyg‘un  holda  olib  borilishi  har  bir  o‘quvchiga  o‘zi
erishgan  yutuqni  ko‘rib,  mohiyatini  anglashga,  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklarini
bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishga imkon beradi.
O‘quvchilarni  o‘z  ustida  muntazam  ravishda  ishlash,  ijobiy  shaxsiy
fazilatlarni  takomillashtirish,  jamoaviy  ishlash  kabilarga  o‘rgatadi.  Nazoratning
barcha  funksiyalaridan  majmuaviy  foydalanishdan  maqsad  ta’lim-tarbiyaviy
ishlarning  sifati  va  samaradorligini  oshirishga  erishishdir.  Ta’lim-tarbiya  jarayoni
natijalarini  nazorat  qilishga  qo‘yilgan  pedagogik  talablar  sirasida  quyidagilarni
ko‘rsatish  mumkin:
1.  Nazoratning  individual  xarakterga  egaligi,  har bir o‘quvchi ishini nazorat
qilishni ko‘zda tutib, boshqa o‘quvchi yoki guruh o‘quvchilarining umumiy natijasi
bilan aralashtirib yubormaslik yoki aksincha;
2.  Nazorat  o‘tkazilishining  muntazamliligi,  uning  o‘quvchilarning  boshqa
o‘quv-bilish faoliyati bilan uyg‘unligi;
3.  Nazoratning  turli  shakllaridan  unumli  foydalanib,  uning  ta’limiy,
tarbiyaviy,  rivojlantiruvchi  funksiyalarini  ta’minlash,  nazoratni  o‘tkazishga
o‘quvchilar qiziqishini oshirish;


148
4. Nazoratning har tomonlamaligiga erishish;
5.  Nazoratning  ob’ektiv  bo‘lishi.  O‘qituvchining  noo‘rin,  sub’ektiv,  xato
baholovchi xulosalari va hukmlariga yo‘l qo‘ymaslik;
6. O‘quv predmeti va bilimlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni
nazarda tutuvchi tabaqalashtirilgan yondoshuvga amal qilish;
7. Barcha o‘qituvchilar talablarining uyg‘unligi kabilar.
Yuqorida  zikr  etilgan talablarga  amal  qilish  nazorat  ishonchliligini  oshiradi,
ta’lim-tarbiya ishidagi o‘qituvchi funksiyalarini to‘liq va  to‘g‘ri bajarilishiga imkon
beradi.
Nazoratning mazmuni, turlari  va  amalga joriy etish metodlari:
Nazoratning mazmuni, didaktik  vazifalari, o‘quv predmetlarining o‘ziga xos
xususiyatlari,  ta’lim  bosqichi,  o‘quvchilarning  tayyorgarlik  va  rivojlanganlik
darajasi  kabi  omillarga  ko‘ra  aniqlanadi.  Eng  muhimi  nazoratda  o‘quvchilar
o‘qituvchidan  yoki  boshqa  manbalardan  o‘zlashtirganlarini  to‘lig‘icha  qaytarib
berishni maqsad qilib olmasligi zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonida majmuaviy nazorat
qilish  muhim ahamiyatga ega,  chunki u  dinamik o‘zgarish,  maxsus  hamda shaxsiy
fazilatlarning  shakllanishini,  onglilik  va  faollik,  o‘qib-o‘rganishga  qiziqishni
uyg‘otishi, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishi zarur.
Respublikamiz  ta’lim  muassasalari  amaliyotida  nazoratning  joriy,  oraliq
(davriy) va yakuniy turlaridan ko‘proq foydalaniladi.
Joriy  nazorat  -  o‘qituvchi  tomonidan  asosan  har  bir  mashg‘ulot  (dars)da
o‘quvchining  har  kunlik  ishini  nazorat  qilish  uchun  amalga  oshiriladi.  Bunday
nazoratdan  oldin  o‘qituvchi  avval  o‘tilgan  materialni  o‘quvchilar  tomonidan
o‘zlashtirilganligi bilan tanish bo‘lishi zarur. Buning uchun o‘quvchilarning yozma
ishlari,  jurnaldagi  qaydlarni  o‘qituvchi  mukammal  o‘rganishi  zarur  bo‘ladi.  Joriy
nazorat  muntazam  ravishda  yaxlit  guruh  va  har  bir  o‘quvchining  ishini  kuzatish
yo‘li  bilan  darsning  barcha  bosqichlarida,  ya’ni  yangi  materialni  o‘rganish,
mustahkamlash  va  qo‘llash  bosqichlarida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Bunday
ko‘rinishdagi  nazorat  o‘quvchilar  tomonidan  muntazam  ravishda  mustaqil  ishlarni
bajarishga bo‘lgan intilishini oshirishga, sinf xonasidagi va uy ishlarini bajarishga,
o‘qib-o‘rganishga  qiziqishni  oshirish,  bajarilgan  ishga  nisbatan  javobgarlik  his-
tuyg‘ularini  kuchaytirishda katta ahamiyatga ega.
Oraliq nazorat - odatda ma’lum mantiqiy tugallangan bo‘lim, bob yoki o‘quv
yarim yilligi va yilning tugatilishi bilan o‘tkaziladi. Bunday nazorat orqali nisbatan
katta  hajmdagi  o‘quv  materialini  o‘zlashtirish  bo‘yicha  o‘quv-bilish  faoliyatining
natijalari tekshiriladi.
Yakuniy nazorat - o‘quv yilining oxirida, shuningdek, o‘quv kursi o‘rganilib
bo‘lingandan so‘ng joriy  va  oraliq  nazorat  natijalarini  hisobga  olgan  holda  amalga
oshiriladi.
Nazorat  metodlari:    bu  ma’lum  usullar  yordamida  o‘quvchilarning  o‘quv  –
bilish  faoliyati  va  o‘qituvchining  pedagogik  faoliyati  natijalarini  aniqlash  yo‘llari
majmuasidir.
Amaliyotda  kuzatish  bilan  birga  og‘zaki  va  amaliy  nazorat  metodlari  keng
ko‘lamda qo‘llaniladi. Shuningdek, sinov hamda imtihon ko‘rinishlari ham mavjud.


149
Og‘zaki  nazorat  qilish  metodlariga:  o‘quvchilarni  so‘rash,  texnologik
xaritalar,  chizmalar  (texnik  yoki  texnologik)  hujjatlarni  o‘qish  kabilarni  kiritish
mumkin. Beriladigan og‘zaki savollarni shakllantirishda o‘quvchining javobi tahlil,
sintez,  isbotlash,  qiyoslash  va  solishtirish  kabi  mantiqiy  fikrlash  yo‘llari  haqida
tugallangan natijani ko‘rsatishi zarur.
Yozma  nazorat metodlari: o‘zining vaqtni iqtisod qilishi bilan ahamiyatlidir.
Bunda o‘quvchilarning mustaqillik darajasi yuqori bo‘lib, bir yo‘la butun guruhning
tayyorgarlik darajasini aniqlashga erishiladi.
Kasbiy  tayyorgarlik  darajasini  oshirishning  asosiy  omillaridan  biri  ta’lim-
tarbiya  jarayonini  takomillashtirish  hisoblanadi.  Ana  shu  maqsadda  O‘MKHT
Markazi buyurtmasiga binoan maxsus ijodiy guruh “O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va
malakasini  baholash  mezonlari”  ishlab  chiqilishi  shart.  Bunday  talablarning
qo‘llanishi  o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalariga  yagona  talablarni
ta’minlaydi,  imkon  qadar  yuqori  va  ilmiy    saviyada  maxsus  fanlar  va  ishlab
chiqarish  ta’limini  o‘rganishga  ta’sir  ko‘rsatadi,  bu  jarayon  ishtirokchilarida
javobgarlik 
his-tuyg‘ularini 
uyg‘otadi, 
mehnat 
natijasini 
baholashda
rasmiyatchilikni bartaraf etadi.
2. Kasb-hunar ta’limi natijalarini nazorat qilishning individual o‘ziga
xos xususiyatlari va baholash mezonlari
O‘quv  vazifalari,  o‘quv-ishlab  chiqarish  ishlarining  mazmuni  hamda
xarakteri, nazorat qilish bosqichlarini hisobga olish zarur.
Bu  vazifalar  yechimini  topishning  asosiy  yo‘llaridan  biri  o‘quvchilar  bilim
ko‘nikma  va  malakalarini  baholashda  ob’ektivlikni  oshirish;  baholarni  aniq  ilmiy
asosda qo‘yish hisoblanadi.
Ana shunday mezonlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
1.  Nazariy  ta’lim  bo‘yicha  bilimlar  mukammalligi  (o‘rganilgan  obektning
muhim jihatlarini yorita olishdagi miqdoriy ko‘rsatkichi);
2. 
Tizimlilik 
(bilimlar 
elementlari 
orasidagi 
aloqadorliklarning
anglanganligi);
3.  Umumlashganlik  (bilimlar  elementlari  orasidagi  umumiylikning
anglaganligi);
4.  Haqiqiyligi  (bilimlardan  aniq  shart-sharoitlardan  foydalana  olish
qobiliyati);
5. Mustahkamligi (o‘zlashtirilgan bilimning xotirada saqlanishi);
I. Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha:
-  xatti - harakat usullarining o‘zlashtirilganligi;
-  o‘quv-ishlab  chiqarish  vazifalari  (ishlari)ni  bajarishda  texnik,  mehnat  va
hayot xavfsizligi talablariga amal qilinishi.
- texnik-texnologik talablarga amal qilinishi;
-  vazifani  (ishni)  belgilangan  me’yoriy  vaqt  birligida  bajarilishi  va  shu
kabilar.
Zikr  etilgan  mezonlar  va  ko‘rsatkichlarni  baholar  bilan  aniqlashtiruvchi
nisbatlar  aniq  o‘quv  predmetlari  bo‘yicha  dasturlar  ishlab  chiqqan  mualliflar  va


150
kasb-hunar kolleji metodik komissiyasi tomonidan belgilanishi zarur. Bu me’yorlar
asosida talim natijalarini joriy, oraliq va yakuniy baholash mumkin bo‘ladi.
Eslatma:
Agar  biror  buyum  (mahsulot)  tayyorlash  imkoni  mavjud  bo‘lmasa,  ishlab
chiqarish  ta’limi  bo‘yicha  (ko‘nikma  va  malakalar)  o‘quvchilar  tomonidan  tahlil
qilinishi,  ish  o‘rnini  tashkil  etish;  texnologik  jarayon  mohiyatini  tushunish  va
asoslash, laboratoriya amaliy ishlarni bajarishga ko‘ra baholanishi mumkin.
Umuman kasb-hunar ta’limi  natijalariga ko‘plab omillar ta’sir etadi. Ularning
muhimlarini chizma shaklida quydagicha ifodalash mumkin (9-chizmaga qarang).
9 – chizma.
Kasbiy ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Ta’lim-tarbiya  jarayoni  natijalarini  nazorat  qilishga  qo‘yilgan  pedagogik
talablar nimalardan iborat?
2. Reyting nazorat turlarini aytib bering.
3. Og’zaki nazorat turlariga nimalar kiradi?
4. Yozma nazorat turlariga nimalar kiradi?
5. Kasbiy ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering.
6. Nazorat metodlari deganda nimalar tushuniladi?
DTS, o’quv
reja, fan
dasturlari,
darslik va
boshqalar
Ajratilgan
o’quv vaqti
O’quvchilarning
bilim, ko’nikma va
malakalarini
baholash tizimi
Ishlab chiqarish
ta’limi va
amaliyoti
Nazariy va amaliy
mashg’ulotlarning
samaradorligi
Ta’lim vositalari
Pedagogning
kasbiy mahorati
Rejalashtirish tizimi,
tashkil etish va
boshqarish
Pedagog faoliyatining
rag’batlantirilishi
Moddiy-texnik va
ilmiy-uslubiy baza
Tahsil oluvchilarning
ongliligi, hohishi va
faol o’quv-bilish
faoliyati
Kasbiy ta’lim
sifatiga ta’sir
etuvchi omillar
?


151
VII BOB. KASB-HUNAR TA’LIMINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH.
KASB-HUNAR TA’LIMIDA USLUBIY ISHLARNI TASHKIL ETISH
7.1. KASB-HUNAR TA’LIMIDA INNOVATSION YONDOSHUV
Reja:
1. “Innovatsion” yondoshuvda pedagogik tizim.
2. Ta’lim texnologiyasining umumiy asoslari.
3.  Amaliyotga  keng  ko‘lamda  joriy  etilayotgan  pedagogik    (ta’lim)
texnologiyalarga qo‘yiladigan asosiy talablar olimlar  tomonidan e’tirof etilishi.
1. “Innovatsion” yondoshuvda pedagogik tizim
Ta’lim tizimida tub islohotlar zarurligini e’tirof etish uchun o‘tgan asrning 80-
yillaridan  boshlab  pedagogik  leksikonda  “Innovatsiya”  iborasi  qo‘llana  boshladi.  U
pedagogika  nazariyasi  va  amaliyotida  allaqachon  o‘z  o‘rnini  topgan  bo‘lsada,  uning
mohiyati  shu  paytgacha  to‘laqonli  yoritilmagan  hisoblanadi,  ya’ni  yakdillik  mavjud
emas.
Keng  ma’noda  “Innovatsiya”  pedagogik  tizimga  yangilik  kiritish  yo‘li  bilan
ta’lim-tarbiya  jarayonini  maqbullashtirish,  sifat  va  samaradorligini  oshirishni  ko‘zda
tutadi.  Pedagogika  tizimiga  kiritilgan  yangilik  sifat  va  samaradorlikka  salbiy  ta’sir
qilishi ham mumkin. Biz tizimga  uning ichki zahira va imkoniyatlarini hisobga olgan
holda sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida kiritilgan yangiliklargina innovatsiya
deb tushunamiz.
Pedagogik  tizimni  takomillashtirib,  yuqori  sifat  va  samaradorlikka  erishishga
oid  g‘oya,  nazariya,  qoida,  shakl,  metodlar  va  vositalar  tizimini  –  pedagogik
innovatsiyalar    sifatida  qabul  qilish  mumkin.  So‘nggi  20-25  yillar  davomida
pedagogik  tizimga  ko‘plab  yangiliklar  kiritilayotganligining  guvohi  bo‘lib  turibmiz.
Misol  sifatida  yangi  konsepsiyalar,  investitsiyalar,  DTS,  testlar,  muqobil  o‘quv
rejalari,  yangi  turdagi  o‘quv  yurtlari,  texnologiyalar  va  shu  kabilarni  ko‘rsatish
mumkin.
Ma’lumki,  pedagogik  jarayon  tizimlilik  xususiyatiga  ega  bo‘lib,  ma’lum
belgilangan chegarada barqaror qoladigan komponentlarni o‘ziga qamrab oladi. Agar
kiritilayotgan  yangilik  ruxsat  etilganidan  ortib  ketsa,  tizim  buzilib,  uning  o‘rniga
yangi xususiyatga ega boshqa tizim  hosil bo‘ladi.
Pedagogik  jarayon  (tizim)  o‘zining  mohiyatiga  ko‘ra  har  doim
texnologiyalashadi.  Texnologiyalanish  pedagogik  tizimning  ichki sifati  bo‘lib,  uning
imkoniyatlari qat’iy qonuniyat va qoidalarga bo‘ysunadi.
Texnologiyada variativlikka imkon berilmaydi, undan biror kichik komponentni
olib tashlab bo‘lmaydi chunki texnologiyada ortiqchalikning o‘zi mavjud emas.
Undagi biror komponentni almashtirsak, albatta natija o‘zgarib ketadi.
Tizimning  umumiy  nazariyasidan  ma’lumki,  bir  paytning  o‘zida  uning  ko‘p
parametrlarini (yo‘nalishlarda) yaxshilash mumkin emas. Shuning uchun ham tizimga
yangiliklarni  asta-sekinlik  bilan  kiritib,  uning  foydaliligiga  ishonch  hosil  qilgandan
so‘ng  har  tomonlama  tekshirish,  keyingi  o‘zgartirishlar  haqida  o‘ylash  zarur.
Tahlillarimiz  pedagogik  tizimni  takomillashtirishning  quyidagicha  ikkita:  jadal  va


152
ekstensiv  (nojadal)  yo‘llarining  mavjudligini  ko‘rsatadi.  Jadal  yo‘l,  pedagogik
tizimning  ichki  imkoniyatlari  hisobiga  rivojlantirishni  ekstensiv  yo‘l  esa  qo‘shimcha
vositalar, jihozlar, vaqt, kuch, mablag‘lar jalb etishni nazarda tutadi.
Pedagogik  jarayon  ko‘p  qirrali  bo‘lib,  unga  tarixiy,  ilmiy-pedagogik,
psixologik,  fiziologik,  gigiyenik,  tashkiliy  boshqaruv,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  tibbiy,
mafkuraviy, huquqiy me’yoriy va shu kabi nuqtai nazarlardan yondoshish mumkinligi
ko‘p  sonli  olimlar  va  amaliyotchilar  tomonidan  ta’kidlangan.  Pedagogik  jarayonni
jamiyat  taraqqiyotini  ta’minlovchi  asosiy  omil  deb  qarab  J.G‘.Yo‘ldoshev  va
S.A.Usmonovlar  uni: “Ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o‘quv fani, ta’lim-tarbiya tizimi,
jarayon,  pedagogik  faoliyat  va  uning  metodikalari  hamda  aloqador  fanlarning  ilmiy-
tadqiqot sohasi” tarzda talqin etadilar.
Bundan    pedagogik  texnologiya  ijtimoiy  hodisa  sifatida  jamiyat  taraqqiyotini
ta’minlovchi  ustuvor  omil  ekanligi  kelib  chiqadi.  Pedagogik  texnologiyalar  mohiyati
va  mazmuniga  ko‘ra  jamiyatshunoslik,  psixologiya,  fiziologiya,  pedagogika  fanlari
nazariyasi  va  amaliyoti,  ilg‘or  tajribalar,  shaxs  va  jamiyat  taraqqiyoti  haqidagi
g‘oyalar asosida rivojlanadi.
«Texnologiya»  iborasi  grekcha  -  «techne»  -  mahorat,  san’at,  va  «logos»  -
ta’limot,  o‘rgataman  yoki  o‘rganaman  ma’nosini  anglatadi.  U  pedagogikaga  ishlab
chiqarish sohasidan kirib kelgan.
Ishlab  chiqarish  nuqtai  nazaridan  olib  qaraganda,  texnologiya  -  mehnat
ob’ektiga  maqsadga  muvofiq  ta’sir  etib,  uning  holati,  xususiyati,  shakli  kabilarni
o‘zgartirish san’ati, mahoratini o‘zlashtirish ma’nosini anglatadi.
Pedagogik  nuqtai  nazaridan  olib  qaraganda,  u  o‘quvchilar  ongi,  sezgilari,  his-
tuyg‘ulari  kabilarga  maqsadga  muvofiq  ta’sir  etib,  ularda  ko‘zda  tutilgan  bilim,
(ko‘nikma,  malaka)  va  shaxsiy  fazilatlarni  shakllantirish  tizimi  sifatida  tavsiflanadi.
Bunda  jarayon  ishtirokchilarining  shaxsiy  va  texnik  vositalar  imkoniyatlari  hisobga
olinishi tabiiy holdir.
2. Ta’lim texnologiyasining umumiy asoslari
Ta’lim  texnologiyasi  nazariyasining  umumiy  asoslarini  uning  qonuniyatlari,
tamoyillari,  maqsadi,  mazmuni,  vazifalari,  ob’ektiv  hamda  sub’ektiv  omil,  asosiy
tushuncha  va  mezonlari  kabilar  tashkil  etadi.  «Ta’lim  texnologiyasi»  iborasi  esa
inglizcha  “an  educational  technology”  -  ta’lim  berish  san’ati,  mahorati  ma’nosini
anglatadi.
Tahlillarimiz G‘arbiy Yevropa hamda AQShda shaxsga ta’lim-tarbiya berish va
uni  rivojlantirish  jarayoni  “Ta’lim  jarayoni”  deb  yuritiladi,  shunga  ko‘ra  mazkur
mamlakatlarda  “pedagogik  texnologiya”  emas,  “ta’lim  texnologiyasi”  iborasi
qo‘llaniladi.
Shuning uchun ham biz “pedagogik jarayon”, “pedagogik texnologiya”, “ta’lim
texnologiyalari”  iboralaridan  sinonim  sifatida  foydalanamiz.  Bundan  ming  yil
muqaddam  (870–950)  yillar)  yashab,  ijod  etgan  buyuk  bobokalonimiz  Abu  Nasr
Forobiy  biror  sohada  faoliyat  ko‘rsatish  maqsadida  bo‘lsangiz  eng  avvalo  quyidagi
qoidaga amal qilishingiz zarur.
Manbalar  tahlili  bu  tushunchaga  turlicha  izoh  berilganligidan  dalolat  beradi.
Bu  holat  ma’lum  ma’noda  to‘g‘ri,  chunki  har  bir  shaxs  unga  turli  nuqtai  nazardan


153
yondoshadi.  Lekin  bir  sohada  faoliyat  ko‘rsatuvchi  mutaxassislar  uchun  yakdillik
bilan qabul qilingan izoh albatta zarur. Hatto YUNESKO tashkiloti bergan izoh ham
olimlarimiz tomonidan turlicha talqin etilganligiga guvoh bo‘lib turibmiz.
Hozirgi  paytda  aksariyat  mamlakatlar,  shu  jumladan  Respublikamiz  uzluksiz
ta’lim  tizimida  ham  turlicha  nomlangan  texnologiyalardan  foydalanilmoqda.  Bu
texnologiyalarning barchasi ma’lum umumiylikka ega bo‘lib, ular xususiy jihatlariga
binoan  tasniflanishi  V.S.Kukushin,  G.K.Selevko,  G.Berdiyev  kabi  ko‘plab  olimlar
tomonidan ko‘rsatilgan.
Mustaqil  Respublikamiz  ta’lim  sohasidagi  islohotlar  ta’lim-tarbiyaning
samarali  omillaridan  keng  ko‘lamda  foydalanish,  bu  jarayon  qatnashchilari  orasida
ongli  hamkorlik  munosabatlarini  yo‘lga  qo‘yish,  o‘quvchilarning  shaxsiy
xususiyatlari va milliy mentalitetini hisobga olishni taqozo qiladi.
Bu  xayrli  ishga Respublikamiz  olimlari  va  amaliyotchilari  ham baholi  qudrat
o‘z ulushlarini qo‘shmoqdalar.
Biz  ko‘p  sonli  pedagog  olimlar  va  amaliyotchilar  tomonidan  bildirilgan  fikr-
mulohazalarga  qo‘shilgan  holda  ta’lim-tarbiya  ishida  o‘quvchilarning  faolligini
ta’min  etuvchi  omillardan  oqilona  foydalanish  hozirgi  zamon  va  istiqbol  talabi  deb
bilamiz.
Faol ta’lim omillaridan foydalanish g‘oyalari XIV-XVI asrlarda ilgari surilgan
bo‘lib,  o‘quvchilarga  tayyor  o‘quv  materiallarini  emas,  balki  ularni  ongli,  mustaqil
izlanuvchan faoliyatlari orqali o‘zlashtirishlariga erishish zarur, ana shunda bilim, va
shaxsiy fazilatlar muhim qiymatga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan.
O‘quvchilar  shaxsida  mustaqillik,  tashabbuskorlik,  javobgarlik  his-tuyg‘ulari
tanqidiy fikrlash kabi sifatlarni shakllantirishda faol ta’lim omillaridan foydalaniladi.
Bunday omillar nomidan ma’lum bo‘lib turibdiki, bu jarayon o‘quvchilarning o‘ziga
xos  individual  xususiyatlarini  rivojlantirish,  namoyon  etishiga  shart-sharoit  yaratish
uchun qo‘llaniladi.
Ma’lumki,  ta’lim-tarbiya  jarayonida  shaxsning  jadal  rivojlanishi,  moddiy  va
ma’naviy  qadriyatlarni  o‘zlashtirishi  faqat  uning  shaxsiy  faoliyati  orqali  amalga
oshadi.  Agar  o‘quvchi  o‘zining  o‘quv-bilish  faoliyati  mohiyatini  anglab  yetmasa,
barcha  xatti-harakatlari  tashqi  tazyiq  natijasida  amalga  oshirilib,  o‘zlashtirgan
bilimlari rasmiy xarakterga ega bo‘ladi.
Bundan  shaxs  rivojlanishida  irsiyat,  ta’lim  tarbiya,  muhit  bilan  birga  shaxsiy
faoliyat  muhim  ahamiyat  kasb  etishi  kelib  chiqadi.  Shaxs  faoliyati  uning  ichki
dunyosi,  tafakkuri  kechinmalari,  diqqati,  xayoli,  hissiyoti  bilan  uzviy  bog‘liq.
O‘qituvchining mahorati  o‘quv materialini pedagogik qayta ishlab, o‘quvchida unga
nisbatan ongli munosabat paydo qiladigan holatda yetkazishdan iborat. Chunki shaxs-
motiv, hissiyot,  shaxsiy fikr va  xatti–harakatlar vositasida namoyon bo‘ladi.
Demak,  faol  ta’lim  o‘quvchi  o‘quv-bilish  faoliyatini  ongli  tashkil  etish  bilan
uzviy  bog‘liq  bo‘lib,  muammoli  izlanish,  tadqiqotchilik,  dialogik  va  poliologik
muloqot va munosabatlarni talab etiladi.
Bu  g‘oyalar  bugungi  kunda  ham  o‘z  dolzarbligini  saqlab  qolgan  va  yetarli
darajada tadqiq etilmagan, pedagogik muammo sifatida e’tirof etiladi.
Ma’lumki,  har  qanday  pedagogik  texnologiya  ta’lim-tarbiya  qonuniyatlari  va
prinsiplariga  asoslanib,  mazmunni  yangicha  shakllantirish,  uni  o‘quvchilar  mulkiga


154
aylantirishning  maqbul  shakl,  yo‘l,  vositalaridan  foydalanish,  shart-sharoitlarini
yaratish hamda ulardan oqilona foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunda maqbullik ta’lim-
tarbiya  jarayoni  ishtirokchilari  tomonidan  imkon qadar  kam  zo‘riqish kuchlari,  vaqt
sarf  etgan  holda  har  tomonlama  mukammal  bilim  va  shaxsiy  fazilatlarni
shakllantirilishini maqsad qilib olmog‘i zarur.
Pedagogik texnologiya turlarini tanlash - shakllantirilishi ko‘zda tutilgan bilim,
shaxsiy  fazilatlar,  mashg‘ulotlarning  tashkiliy  shakli,  qo‘llanilayotgan  metodlar,
vositalar  va  shu  kabi  ko‘plab  omillarga  bog‘liq.  Masalan,  o‘quvchilarda  ijodiy
tafakkurni rivojlantirish, o‘quv materialiga nisbatan tanqidiy yondoshish malakalarini
shakllantirish  hamda  mahsuldor  o‘quv-bilish  faoliyatlarini  tashkil etishda  binar  yoki
integrativ  dars,  ishchanlik  yoki  rolli  o‘yin,  evristik  suhbatdan  foydalanish  tavsiya
etiladi.  Mazkur  vaziyatda  ta’lim-tarbiya  metodlari  qo‘yilgan  maqsad  bilan  albatta
mutanosib bo‘lishi kerak.
3. Amaliyotga keng ko‘lamda joriy etilayotgan pedagogik  (ta’lim)
texnologiyalarga qo‘yiladigan asosiy talablar tomonidan e’tirof etilishi
1. Ma’lum ilmiy konsepsiyaga asoslanganlik.
2. Tizimlilik – pedagogik jarayon va uning tarkibiy qismlarining yaxlit o‘zaro
bog‘liqligi.
3.  Maqbulligi  –  davlat  ta’lim  standartlari  yoki  talablari  darajasida  axborot
hajmi va darajasiga maksimal yaqinlashtirish.
4. Natijalarini imkon qadar barqarorlashtirish.
5.  Boshqa  ishtirokchilar  tomonidan  qayta  amalga  oshirish  mumkinligi  ya’ni
tiklanuvchanlik kabilar.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalar o‘quvchilarni egallayotgan bilim, va shaxsiy
fazilatlarini izlab topishga,  mustaqil o‘rganishga,  o‘z fikrlarini bayon etishga imkon
beradi.  Bu  jarayonda  o‘qituvchi  -  o‘quvchi  shaxsining  shakllanishi,  rivojlanishiga
sharoit yaratib, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyalarini bajaradi.
Ta’lim texnologiyalariga dolzarb muammo sifatida e’tibor berilayotganligining
sabablari:
- birinchidan, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish imkoniyatlarining kengligi;
-  ikkinchidan,  pedagogik  jarayonga  tizimli-faoliyat  yondashuvini  keng  joriy
etish imkoniyatini berishi;
-  uchinchidan,  o‘qituvchini  pedagogik  jarayonning  maqsadidan  boshlab,
olingan  natijani  nazorat  qilib,  baholashgacha  va  zarur  hollarda  kerakli  tuzatishlar
kiritishgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab olishi;
-  to‘rtinchidan,  faollashtirish  omillariga  asoslanganligi  bois  ko‘zda  tutilgan
maqsadga yaqin natija olish imkonini berishi.
Xulosa  o‘rnida  shuni  aytish  mumkinki,  pedagogik  jarayon  (ta’lim
texnologiyalari)ga  qo‘yilgan  asosiy  talab  ortiqcha  (ruhiy  va  jismoniy)  zo‘riqish
kuchlari, vaqt, mablag‘ sarf etmagan holda yuqori (sifat va samaradorlik) natijalariga
erishishdan iborat. Shu o‘rinda pedagogik jarayon unda ishtirok etuvchi sub’ektlarga
bevosita  bog‘liq  bo‘lib,  u  qanday  tashkil  etilib,  o‘tkazilishidan  qat’iy  nazar
quyidagilarni ta’minlashni ko‘zda tutadi:
- pedagogik jarayon samaradorligi va sifatini oshirish;


155
-  pedagogik  jarayon  ishtirokchilari  orasida  ongli  muloqot  va  munosabatlarni
qaror toptirish;
-  o‘quvchilar  tomonidan  bilim  va  shaxsiy  fazilatlarni  har  tomonlama
mukammal o‘zlashtirilishini ta’minlash;
-  o‘quvchilarda  ongli  faol,  mustaqil,  ijodiy  fikrlash  va  xatti-harakatlarni
bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish;
-  o‘quvchilarning  o‘z  imkoniyatlarini  ro‘yobga  chiqarishlari  uchun  shart-
sharoitlar yaratish;
- demokratik va insonparvarlik g‘oyalariga amal qilish kabilar.
Yuqorida zikr etilganlarga ko‘ra “Pedagogik (ta’lim) texnologiya”(si) – ta’lim-
tarbiya  va  shaxsni  rivojlantirish  jarayonlarini  maqbullashtirish  maqsadida  inson  va
texnika  iimkoniyatlari  hamda  ularning  o‘zaro  ta’sirini  hisobga  olib  o‘quvchilarda
bilim  va  ijobiy  shaxsiy  fazilatlarni  shakllantirish  va  rivojlantirishni  ko‘zda  tutuvchi
loyihalashtirish,  tatbiq  etish  (amalga  oshirish),  natijalarni  maqsad  bilan  qiyoslab
kerakli tuzatishlarni kiritish bosqichlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi tizimdir.
Bozor  munosabatlari  sharoitida  faoliyat  ko‘rsatish  bevosita  ijtimoliy  raqobat
muhitini talab etadi. Bu muhit o‘z navbatida yangiliklar yuqori sifat va samaradorlikka
intilish, ijodkorlik, izlanuvchanlik, ishchanlik kabi ongli faoliyatga asos bo‘lib xizmat
qiladi.  Shu  sababli  yosh  avlodda  mustaqil  ravishda  o‘qib  o‘rganishga  nisbatan  ongli
munosabat  his  tuyg‘usini  (rag‘bat)  uyg‘otadi.    Pedagogik  jarayonda  rag‘bat  uni  sifat
va samaradorligini kafolatlovchi asosiy omil deb qaraladi. Bundan o‘quvchilarda o‘qib
o‘rganishga  bo‘lgan  rag‘bat  muhim  ahamiyat  kasb  etishi  tabiiy  holdir.  Davr
o‘quvchini faol ishtirokchiga aylanishini talab etmoqda. Bu faollik o‘z navbatida ongli
munosabat,  mustaqillik,  ijodkorlik,  izlanuvchanlik  kabi  sifat  (fazilat)larni  tarkib
toptirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Respublikamiz ta’lim sohasidagi islohotlar samarali omillaridan keng ko‘lamda
foydalanish, bu jarayon qatnashchilari orasida ongli hamkorlik munosabatlarini yo‘lga
qo‘yish,  o‘quvchilarning shaxsiy  xususiyatlari  va  milliy  mentalitetini  hisobga  olishni
taqozo  qiladi.  Bu  xayrli  ishga  Respublikamiz  olimlari  va  amaliyotchilari  ham  baholi
qudrat o‘z ulushlarini qo‘shmoqdalar. Masalan,  R.J.Ishmuhamedov ishlarida: klaster
(tarmoqlar),  3x4,  blits-o‘yin  metodlari;  intervyu,  iyerarxiya,  muloqot,  boshqaruv,
bumerang texnikasi; talaba, o‘qituvchi shaxsi treningi; murakkab vazifalarni qo‘llash,
aqliy   hujum, skarabey, veyer, FSMU, sinektik muammoli o‘qitish, ijodiy masalalarni
hal  qilish,  tarozi,  yelpig‘ich,  individual  o‘qitish,  mualliflik  texnologiyalarining
mohiyati, ularning qo‘llanish hollari yoritilgan.
N.Sayidahmedovning umumiy tahriri ostida  nashr ettirilgan “Yangi pedagogik
texnologiya:  tahlil,  ta’rif,  mulohazalar”  (o‘qituvchilar  uchun  metodik  tavsiyalar)
nomli ishda: yozma bahslar, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, ajurli arra, 6x6x6,
qarorlar  shajarasi,  rolli  o‘yin,  bahs-munozara,  o‘zing  uchun  qulay  joy  tanla  kabi
metodlaridan foydalanish bayon etilgan.
N.N.Azizxo‘jayevaning  “Pedagogik  texnologiya  va  pedagogik  mahorat”
(barcha  mutaxassislik  magistratura  yo‘nalilari  uchun  o‘quv  qo‘llanma)  nomli  ishida
muammoli  o‘qitish  texnologiyasi,  o‘yin  texnologiyasi,  tanqidiy  fikrlashni
rivojlantiruvchi  metodlar,  mualliflik  texnologiyasi,  shaxsga  e’tibor  qaratish asosidagi
pedagogik  texnologiya,  o‘qitishni  intensifikatsiyalash  yoki  jadallashtirish


156
texnologiyasi,  o‘quv  jarayoninin  samarali  boshqarish  va  tashkil  etish  asosidagi
pedagogik 
texnologiyalar, 
o‘qitishni 
differensiallashtirish, 
o‘qitishni
individuallashtirish  texnologiyasi,  dasturlashtirilgan  o‘qitish  texnologiyasi  kabilar
yoritilgan.
J.G‘.Yo‘ldoshev, S.A.Usmonovlar: klassik ma’ruza, texnik vositalar yordamida
o‘qitish,  maslahatchilik  tizimi,  darslik  bo‘yicha  o‘qitish,  kichik  guruhlar  tizimi,
kompyuter  yordamida  o‘qitish,  repititorlik  tizimi,  dasturlashtiriladigan  boshqaruv,
avtoritar,  didaktik  yo‘naltirilgan,  ijtimoiy  yo‘naltirilgan,  antropologik  yo‘naltirilgan,
pedagogik  yo‘naltirilgan,  shaxsga  yo‘naltirilgan,  insonparvarlikka  va  shaxsga
yo‘naltirilgan,  hamkorlik  texnologiyalariga  yo‘naltirilgan,  erkin  tarbiyaga
yo‘naltirilgan,  ezoterik  ta’lim  va  tarbiyaga  yo‘naltirilgan,  dogmatik,  reproduktiv
metod; tushuntirish, ko‘rgazmali; rivojlantiruvchi ta’lim; muammoli, izlanishli; ijodiy
metod;  dasturlashtirilgan  ta’lim  metodi;  dialogli  metod;  o‘yin  metodi;  o‘z-o‘zini
rivojlantiruvchi  ta’lim  metodi;  axborotli  (kompyuterli)  metodi;  hozirgi  an’anaviy
ta’lim; shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon asosidagi pedagogik texnologiyalar;
o‘quvchilar  faoliyatini  faollashtirish  va  jadallashtirish  asosidagi  pedagogik
texnologiyalar,  o‘quv  jaryonini  boshqarish  va  tashkil  qilish  samaradorligi  asosidagi
pedagogik texnologiyalar;  materialni didaktik takomillashtirish va rekonstruksiyalash
asosidagi pedagogik texnologiyalar; xususiy fan pedagogik texnologiyalari; alternativ
texnologiyalar;  tabiatga  moslashtirilgan  texnologiyalar;  rivojlantiruvchi  ta’lim
texnologiyalari;  mualliflik  maktablari  pedagogik  texnologiyalari;  texnologiyalarni
loyihalash  va  o‘zlashtirish  texnologiyalari;  fanlar  bilim,  o‘quv,  ko‘nikmalarni
shakllantirishga  yo‘naltirilgan  –  axborot  texnologiyalari;  aqliy  faoliyat  usullarini
shakllantiriga  yo‘naltirilgan  -  operatsion  texnologiyalar;  estetik  va  axloqiy
munosabatlar sohasini shakllantirishga yo‘naltirilgan emotsional badiiy va emotsional-
axloqiy  texnologiyalar;  shaxsning  o‘z-o‘zini  rivojlantirish  mexanizmlarini
shakllantirishga  yo‘naltirilgan  o‘z-o‘zini  rivojlantirish  texnologiyalari;  ijodiy
qobiliyatlarni  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan –  evristik  texnologiyalar;  amaliy  faoliyat
sohasini  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan  amaliy  texnologiyalar  va  shu  kabilar  (33-35
betlar).
N.X.Avliyoqulov  “Zamonaviy  o‘qitish  texnologiyalari”  nomdagi  ishlarida:
shaxsga  yo‘naltirilgan  o‘qitish  texnologiyalari;  avtoritar  va  shaxsga  yo‘naltirilgan
o‘qitish  texnologiyalari;  ishbilarmonlik  o‘yinlari  texnologiyasi;  muammoli  o‘qitish
texnologiyasi; individuallashtirilgan o‘qitish texnologiyasi; tabaqalashtirilgan o‘qitish
texnologiyasi;  dasturlashtirilgan  o‘qitish  texnologiyasi;  kompyuterli  o‘qitish
texnologiyasi; modulli o‘qitish texnologiyasi kabilar haqida fikrlar bayon etilgan.
B.L.Farberman,  R.G.Musina,  F.A.Jumabayevalarning  ishlarida:  tanqidiy
fikrlashga  o‘rgatish,  sinkveyn  (axborot  yig‘ish),  klaster  (axborotni  yoyish),  aqliy
hujum,  semantik  (ma’naviy)  jihatlarni  tahlil  qilish,  konseptual  jadval,  T-sxema,
birgalikda o‘qitish, munozara o‘tkazish kabi texnologiyalar haqida fikr yuritiladi.
M.G.Voinova,  trening o‘tkazish,  o‘yin,  kichik  guruhlarda  ishlash,  aqliy  hujum
kabi texnologiyalardan oliy o‘quv yurtlarida foydalanish hollarini yoritib beradi.
Q.T.Olimov, 
S.Y.Ashurova, 
U.A.O‘rinovlar: 
shaxsga 
yo‘naltirilgan,
muammoli, modulli, kompyuterli o‘qitish texnologiyalari haqida fikr yuritganlar.


157
Aqliy hujum; 6X6X6; klaster; harflar shajarasi; qora quti; beshinchisi (oltinchi,
yettinchisi ortiqcha; 3/3, 4/4  5/5);  rasmlarni to‘g‘ri joylashtirish; rangli kartochkalar
bilan  ishlash;  video    topishmoq;  qor  uyumi;  zakovatli  zukko;  qarama-qarshi
munosabat;  bilar  edim,  bilib  oldim,  bilishni  xohlayman  (B-B-B);    zig-zag,  Venn
diagrammasi,  ishbilarmonlik  va  rolli  o‘yin  kabi  o‘quvchilarni  faollashtirish
metodlariga  O‘.Tolipov  va  M.Usmonboyevalar  tomonidan  nashr  ettirilgan  ishlar
bag‘ishlangan.
V.V.Safin  tomonidan  tayyorlangan  pedagogik  texnologiyalar  kursining
ma’ruzalar  matnida  Respublikamiz  ta’lim  tizimini  insonparvarlashtirish  va
demokratlashtirish  boshqacha  mazmun,  yondashuv,  o‘quv  faoliyatida  boshqacha
pedagogik  mentalitet  talab  etishi  ko‘rsatilib,  ta’lim  texnologiyalarining  turlanishiga
asos bo‘luvchi omillar, pedagogik o‘yin muammoli ta’lim,  erkin maktab kabi ta’lim
texnologiyalariga to‘xtalib o‘tilgan.
Modellashtirish,  namoyish  qilish,  kichik  guruhlarda  ishlash,  aqliy  hujum,
tanqidiy tafakkur, debatlar, o‘z nuqtai nazaring bo‘lsin, har kimga  har kim o‘rgatadi,
rolli  o‘yin,  muammoli  holat  (vaziyat)ni  o‘rganish,  bingo,  batakenet,  bumerang,
yelpig‘ich,  klaster,  fikrlay  olasanmi,  skarabey,  tarozi  kabi  metodlardan  foydalanib
pedagogik  jarayonni  amalga  oshirish  A.Yusupov  va  T.Saidovlar  tomonidan  nashr
ettirilgan fizika mashg‘ulotlarini o‘tkazish nomli ishda yoritilgan.
A.P.Parpiyev 
umumiy 
tahriri 
ostida 
A.Mavlonov, 
A.Q.Choriyev,
D.A.Madjidova,  S.R.Abdalova  tomonidan  nashrga  tayyorlangan  “Pedagogik
texnologiyalar  sxemalarda”  nomli  o‘quv-uslubiy  tavsiyanomasining  ilova  qismida:
“Aqliy hujum, fikriy hujum, yalpi fikriy hujum, fikrlarning shiddatli hujumi, qarorlar
shajarasi, tajriba vositasida o‘qitish, qora quti, rasmlarni to‘g‘ri joylashtirish, qizil va
yashil  rangli  kartochkalar  bilan  ishlash,  videotopishmoq,  yumaloqlangan  qor,
zakovatli–zukko,  rolli  o‘yin,  kichik  guruhda  ishlash,  davra  suhbati,  bahs-munozara,
munozara,  ajurli  arra,  o‘z  o‘rningni  top,  menyu,  debat,  tanqidiy  fikrlash,  muammoli
vaziyat,  loyiha,  yo‘naltiruvchi  matn,  charxpalak,  qarama-qarshi  munosabat,  olti
shlyapa, 6x6x6, beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi) ortiqcha, 3/3 (4/4, 5/3), (bilaman/
bilishni xohlayman/ bildim /B/B/B), zig-zag – 1, zig-zag-2, konseptual jadval, kubik,
grafik tashkilotchilar, T-sxema, yozuv malakalarini rivojlantiruvchi interfaol, klaster,
Venn diagrammasi, insert, semantik belgilar tahlili (ma’naviy), Sinkveyn, keys stadi
usullariga  izoh  berilgan.  Bu  o‘quv-uslubiy  tavsiyanoma  o‘qituvchilar  uchun  o‘ziga
xos muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Zikr etilgan metod, shakl, vosita, texnologiyalar ko‘rsatib o‘tilgan manbalarda
yetarli  darajada  yoritilganligi  bois  ularni  takrorlash  shart  emas  degan  fikr-
mulohazalarga keldik.
Kichik guruhlarda ishlash davra suhbati, bahs, munozara, loyihalash, viktorina,
o‘yin  kabi  noan’anaviy  shakl  va  metodlar,    bellashuv,  musobaqa,  o‘zaro  rag‘bat
xususiyatiga ega bo‘lganligi bois, o‘quvchilarni onglilik va faollikka undaydi. Ularda
mustaqillik,  ijodkorlik,  tadbirkorlik,  izlanuvchanlik  kabi  muhim  shaxsiy  xislat
(fazilat,  sifat)larni  shakllantirishni  ko‘zda  tutadi.  Ma’lumki,  pedagogik  jarayonning
samaradorligi faqat uning tashkil etish shakligagina emas, balki uning barcha tashkil
etuvchi komponentlari va ko‘plab omillarga bog‘liq.


158
Ana  shunday  omillardan  ta’lim-tarbiya  metodlari  haqli  ravishda  markaziy
o‘rinlardan biriga ega.
Biz  ko‘p  sonli  pedagog  olimlar  va  amaliyotchilar  tomonidan  bildirilgan  fikr-
mulohazalarga qo‘shilgan holda ta’lim-tarbiya ishida o‘quvchilarning faolligini ta’min
etuvchi omillardan oqilona foydalanish hozirgi zamon va istiqbol talabi deb bilamiz.
Faol ta’lim omillaridan foydalanish g‘oyalari XIV-XVI asrlarda  ilgari surilgan
bo‘lib,  o‘quvchilarga  tayyor  o‘quv  materiallarini  emas,  balki  ularni  ongli,  mustaqil
izlanuvchan faoliyatlari orqali o‘zlashtirishlariga erishish zarur, ana shunda bilim,  va
shaxsiy fazilatlar muhim qiymatga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan.
O‘quvchilar  shaxsida  mustaqillik,  tashabbuskorlik,  javobgarlik  his-tuyg‘ulari,
tanqidiy fikrlash kabi sifatlarni shakllantirishda faol ta’lim omillaridan foydalaniladi.
Bunday omillar nomidan ma’lum bo‘lib turibdiki, bu jarayon o‘quvchi(lar)ning o‘ziga
xos  individual  xususiyatlarini  rivojlantirish,  namoyon  etishiga  shart-sharoit  yaratish
maqsadida qo‘llaniladi.
Ma’lumki,  ta’lim-tarbiya  jarayonida  shaxsning  jadal  rivojlanishi,  moddiy  va
ma’naviy  qadriyatlarni  o‘zlashtirishi  faqat  uning  shaxsiy  faoliyati  orqali  amalga
oshadi.  Agar  o‘quvchi  o‘zining  o‘quv-bilish  faoliyati  mohiyatini  anglab  yetmasa,
barcha  xatti-harakatlari  tashqi  tazyiq  natijasida  amalga  oshirilsa,  o‘zlashtirgan
bilimlari rasmiy xarakterga ega bo‘ladi.
Bundan  shaxs  rivojlanishida  irsiyat,  ta’lim-tarbiya,  muhit  bilan  birga  shaxsiy
faoliyati  muhim  ahamiyat  kasb  etishi  kelib  chiqadi.  Shaxs  faoliyati  uning  ichki
dunyosi,  tafakkuri  kechinmalari,  diqqati,  xayoli,  hissiyoti  bilan  uzviy  bog‘liq.
O‘qituvchining mahorati  o‘quv materialini pedagogik qayta ishlab, o‘quvchida unga
nisbatan ongli munosabat paydo qiladigan holatda yetkazishdan iborat. Chunki shaxs-
motiv,  hissiyot, shaxsiy fikr  va  xatti–harakatlar vositasida  namoyon bo‘ladi.  Demak,
faol  ta’lim  o‘quvchi  o‘quv-bilish  faoliyatini  ongli  tashkil  etish  bilan  uzviy  bog‘liq
bo‘lib,  muammoli  izlanish,  tadqiqotchilik,  dialogik  va  poliologik  muloqot  va
munosabatlarni talab etiladi.
Bu  g‘oyalar  bugungi  kunda  ham  o‘z  dolzarbligini  saqlab  qolgan  va  yetarli
darajada tadqiq etilmagan, dolzarb pedagogik muammo sifatida e’tirof etiladi.
Ma’lumki,  har  qanday  pedagogik  texnologiya  ta’lim-tarbiya  prinsiplariga
asoslanib, mazmunni yangicha shakllantirish, uni o‘quvchilar mulkiga aylantirishning
maqbul  shakl,  yo‘l,  vositalaridan  foydalanish,  shart-sharoitlarini  yaratish  hamda
ulardan oqilona foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunda maqbullik ta’lim-tarbiya jarayoni
ishtirokchilari tomonidan imkon qadar kam zo‘riqish kuchlari, vaqt sarf etgan holda
har  tomonlama  mukammal  bilim,  va  shaxsiy  fazilatlarni  shakllantirilishini  maqsad
qilib olmog‘i zarur.
Pedagogik texnologiya turlarini tanlash - shakllantirilishi ko‘zda tutilgan bilim,
shaxsiy  fazilatlar,  mashg‘ulotlarning  tashkiliy  shakli,  qo‘llanilayotgan  metodlar,
vositalar  va  shu  kabi  ko‘plab  omillarga  bog‘liq.  Masalan,  o‘quvchilarda  ijodiy
tafakkurni rivojlantirish, o‘quv materialiga nisbatan tanqidiy yondoshish malakalarini
shakllantirish  hamda  mahsuldor  o‘quv-bilish  faoliyatlarini  tashkil etishda  binar  yoki
integrativ  dars,  ishchanlik  yoki  rolli  o‘yin,  evristik  suhbatdan  foydalanish  tavsiya
etiladi.  Mazkur  vaziyatda  ta’lim-tarbiya  metodlari  qo‘yilgan  maqsad  bilan  albatta
mutanosib bo‘lishi kerak.


159
  Pedagogik texnologiya aniq  maqsadni ko‘zda  tutib  ma’lum nazariya asosida
ishlab  chiqiladi.  Pedagogik  texnologiyaning  ilmiy  konsepsiyasi  ta’lim tarbiya  orqali
o‘quvchilarni  rivojlantirish  maqsadlariga  erishish  borasida  falsafiy,  psixologik,
ijtimoiy pedagogik va didaktik asoslarini qamrab oladi. U ta’lim, tarbiya va o‘quvchi
shaxsini  rivojlantirilishini  loyihalashtirish,  amalga  oshirish,  natijalarini  nazorat  qilib
baholashdan  iborat  o‘zaro  uzviy  bog‘liq  bosqichlarini  o‘ziga  qamrab  oladigan
tizimdir.
Har  qanday  yangilik  amalga  joriy  etilishida  eng  avvalo  uning  yuqori
samaradorligi hisobga olinadi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Pedagogik innovatsiya deganda nimani tushunasiz?
2. Ta’limni texnologiyalashtirishning mazmuni nimadan iborat?
3. Faol ta’lim texnologiyasining ahamiyati nimadan iborat?
4. Amaliyotga  keng  ko‘lamda  joriy  etilayotgan  pedagogik  (ta’lim)
texnologiyalarga qo‘yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
5. O’zbek  pedagog  olimlaridan  kimlarning  ishida  innovatsion  ta’lim
texnologiyalarini amaliyotga joriy etish masalalari muhokama etiladi?
6. Pedagogik texnologiya turlarini tanlash nimalarga bog’liq?
7.2. KASB-HUNAR TA’LIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Reja:
1.  Ta’lim  jarayonlarini  tahlil  etishda  qo‘llaniladigan  pedagogik
kategoriyalar.
2.  Talaba  yoshlarda  manaviy-axloqiy  odatlarni  tarbiyalash  jarayoni  va
uning vazifalari.
3. Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiyani tashkil etish muammosi.
1. Ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan pedagogik
kategoriyalar
Tarkib topgan ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan va
u hozirda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan. Ta’lim maqsadi,  mazmuni, shakl,
uslub  va  vositalari  pedagogikada  ta’lim  jarayonlarini  tahlil  etishda  qo‘llaniladigan
an’anaviy kategoriyalar hisoblanadi.  Aynan o‘sha kategoriyalar ma’lum bir predmet,
mutaxassislik  yoki  ixtisoslik  bo‘yicha  o‘quv  tarbiyaviy  jarayonni  tashkil  qiluvchi
pedagog  faoliyatining  predmeti  sifatida  yuzaga  chiqadi.  Qayd  etilgan  pedagogik
kategoriyalar  maqsadga  muvofiq  ravishda  yo‘naltirilgan  pedagogik  va  o‘quv
faoliyatining qonuniyat hamda mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.
Uzoq yillar mobaynida pedagogik kategoriyalar hajmi jamiyat talabi darajasida
maqsadlarni  ro‘yobga  chiqarish  uchun  yetarli  bo‘lib  kelgan.  Tan  olish  kerakki,
pedagoglar  ommasi  barcha  davrlarda  pedagogik  faoliyatni  qoniqarsiz  ahvolda  deb
baholab  kelganlar.  Bu  o‘rinda  pedagogik  tushunchalarning  tarif  va  tavsiflarining
noaniqligi,  ta’lim  jarayonlarini  tavsiflovchi  bazi  kategoriyalarning  yetishmasligi,
ta’lim  maqsadi,  mazmuni,  shakl,  uslub  va  vositalari  o‘rtasida  o‘zaro  uzviylikning
?


160
mavjud emasligi hamma vaqt tanqid ostiga olib kelingan va bunday mulohaza hozirga
qadar  saqlanib  kelmoqda.  Ushbu  fikr  bizningcha  quyidagi  ikkita  muammoning
mavjudligi  bilan  izohlanadi:  birinchidan,  kasbiy  pedagogik  ma’lumotga  ega
o‘qituvchilarning  kasbiy  mahorat  darajasining  pastligi,  ikkinchidan,  maxsus
pedagogik  tayyorgarlik  va  savodxonlikka  ega  bo‘lmagan  pedagoglarning  sonining
salmoqli ekanligi.
Ta’lim  natijalari  o‘rganuvchining  pedagogik  jarayonlardan  qanday  salohiyat
bilan o‘tganligiga bog‘liq.
Pedagogik  jarayon  mohiyati  -  o‘qituvchining  ta’lim  oluvchi  ishtirokidagi
faoliyatida  o‘z  aksini  topadi,  bunda  pedagog  qiyinchiliklarni  yengib  o‘tish  yo‘lida
ta’lim  oluvchiga  yordam  beradi.  Pedagogik  yordamning  mohiyati  pedagogik
jarayonni  yo‘naltirganligi,  tavsifi,  shaxsni  shakllantirish  va  tarbiyalashda  hal
etiladigan  vazifalarni  o‘zida  aks  ettirganligi  bilan  ifodalanadi.  Pedagogik  yordam
e’lon  qilingan,  ko‘rsatilgan,  eslatilgan,  tushuncha  berilgan,  yo‘naltirilgan,
haqqoniylashtirilgan,  maslahat  berilgan,  kengashilgan,  bartaraf  etilgan,  hamdardlik
qilingan,  ilhomlantirilgan,  qiziqish  va  hurmatni  izhor  qilgan,  talabchanlikni  qo‘llab-
quvvatlagan hollarda yordam beradi.
O‘qitish  texnologiyalari  majmuaviy  integrativ  tizim  sifatida. Zamonaviy
o‘qitish  texnologiyalari  -  majmuaviy  integrativ  tizimlar  bo‘lib,  ular  o‘zida  ta’lim
maqsadlari  bilan  belgilangan  kasbiy  ko‘nikma,  malakalar  va  shaxs  xislatlarini
o‘rganuvchilar tomonidan egallanishi hamda bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan
operatsiya  va  harakatlarning  tartiblashtirilgan  to‘plamini  aks  ettiradi.  Bu  o‘rinda
ta’lim  maqsadlarining  belgilanishi  (kimga  va  nima  uchun?),  mazmunni  tanlash  va
ishlab  chiqishga  tatbiq  etish  (nima?),  ta’lim  jarayonlarini  tashkil  qilish  (qanday?),
ta’lim  metodi  va  vositalarini  belgilanish  (nimalar  yordamida?),  shuningdek,
o‘qituvchilar  malaka  darajasi  (kim?)  hamda  erishilgan  natijalarni  baholash  metodi
(qanday  yo‘l  bilan?)ga  asoslanishi  lozim.  Keltirilgan  mezonlarning  majmuaviy
qo‘llanilishi o‘quv jarayoni mohiyati va uning texnologiyasini belgilab beradi.
 O‘qitish  texnologiyasini  loyihalash. O‘qitish  texnologiyasining  loyihalash
tuzilishini pedagogik vazifaning qo‘yilishi va uni hal etish asosida ko‘ramiz.
O‘qitish texnologiyasini loyihalash
Pedagogik vazifaning belgilanishida quyidagilar inobatga olinadi:
-  ta’lim  maqsadlarining  tahlili  va  shu  asosida  o‘quv  predmeti  mazmunini
aniqlash;
-  o‘quv  predmeti  mazmuni  tuzilmasini  ishlab  chiqish  va  uni  o‘quv  unsurlari
tizim ko‘rinishida ifodalash;
- o‘quv unsurlarining o‘zlashtirilish darajalarini belgilash;
- ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash, bu ko‘rsatkich o‘quv
predmetining  mazmunini  ifodalovchi  o‘quv  materialini  o‘zlashtirganlik  darajasidan
kelib chiqadi;
-  o‘quv-moddiy  baza  hamda  ta’limning  tashkiliy  shakllariga  qo‘yiladigan
chegaralarni belgilash.
Pedagogik  vazifalarning  hal  etilishini  ta’minlovchi  o‘qitish  texnologiyasini
loyihalashga  qaratilgan  o‘qituvchi  faoliyati  ta’limning  metod,  shakl  va  vositalarini
shakllantirish  bilan  belgilanadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  pedagog  faoliyati  uchta


161
asosiy  xususiyatlar  bilan  tavsiflanadi:  boshqarish  turi,  axborot  almashinuv
jarayonining  turi,  axborot  o‘zatish  vositalari  tiplari  va  bilish  faoliyatini  boshqarish.
O‘qitish  jarayoniga  faoliyat  nuqtai  nazaridan  yondashish  konsepsiyasiga  asoslanib,
uni  tashkillashtirishning  quyidagi  mantiqiy  ketma-ketligini  qurish  mumkin.  Dastlab
o‘quv  materiali  mazmunining  tavsifi,  uni  o‘rganishdan  ko‘zlangan  maqsad
(o‘zlashtirish  darajalari),  shuningdek,  pedagogik  vazifaning  qo‘yilish  shartlari  tahlil
etiladi. So‘ngra, o‘qitishning mos ravishdagi metodlari hamda ta’lim oluvchilar bilish
faoliyatini boshqarish sxemasi belgilab olinadi. Shu asosda o‘qitish vositalari ro‘yxati
tuziladi.  Ushbu  usuli  bilan  hosil  qilingan  metod  va  ta’lim  vositalari  tizimi  tashkiliy
shakllar bilan uyg‘unlashtiriladi, ya’ni, texnologiya ishlab chiqiladi.
 Umumlashgan  pedagogik  texnologiyalar.
Umumlashgan  pedagogik
texnologiyalar  ma’lum psixopedagogik  asoslardan iborat  «sintetik  nazariya» sifatida
qaraladi (2-jadval).
Tatbiqiy pedagogik texnologiyalar oldindan rejalashtirilgan natijaga erishishga
yo‘naltirilgan  kasbiy  tayyorgarlik  jarayonini  loyihalash  muammosini  metodik
jihatdan hal etishga qaratiladi.
Bugungi  kunda  shaxsiy  faoliyatli  yondoshuv,  tanqidiy-ijodiy  fikrlash,
muammolarni  hal  eta  olish,  qaror  qabul  qilish  va  jamoada  hamkorlik  qilishga  oid
pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga ehtiyoj yuzaga kelmoqda.
Shunday  qilib,  ilgaridan  loyihalashtirilgan  ta’lim-tarbiya  jarayonining
pedagogik  texnologiyasi  o‘zida  metodlar  tizimi,  ta’limning  metodik  usullari,
o‘qituvchi  va  talabalarning  birgalikda  faoliyat  ko‘rsatish  imkoniyatlari,  vositalari,
talabalarning  ijobiy  shaxsiy  sifatlarini  rivojlantirish  maqsadi  hamda  yakuniy
natijalarga erishish instrumentariysini mujassamlashtiradi.
Pedagogik texnologiyalar
14-jadval
Pedagogik
texnologiya
nomlanishi
Maqsadi
Mohiyati
Mexanizmi
Muammoli
o‘qitish
Ta’lim 
oluvchilarning
bilish  faolligi  va  ijodiy
mustaqilligini oshirish
Ta’lim  oluvchilarga  ketma-
ket  va  maqsadli  ravishda
ularning
bilimlarni
o‘zlashtirish
faolligini
oshirishga  xizmat  qiluvchi
masalalarni berish borish
Tadqiqotchilik
metodlari;
bilish
faoliyatiga
yo‘naltirilgan
masalalarni yechish
Mujassam-
lashtirilgan
o‘qitish
Insonning 
his 
qilish
xususiyatlariga  maksimal
darajada yaqinlashtirilgan
ta’lim jarayon tuzilmasini
yaratish
Mashg‘ulotlarni  bloklarga
biriktirish  hisobiga  fanlarni
chuqur 
o‘zlashtirishga
erishish
Ta’lim  oluvchilar  ish
qobiliyati
dinamikasini  hisobga
oluvchi 
ta’lim
metodlari
Modulli
o‘qitish
Ta’lim  mazmunini  shaxs
individual  ehtiyojlari  va
uning
bazaviy
tayyorgarligiga
muvofiqlashtirish
Ta’lim
oluvchilarning
individual  o‘quv  dasturi
asosida mustaqil ishlashi
Muammoli
yondashuv, 
ta’limni
amalga 
oshirishning
individual maromi
Rivojlan-
tiruvchi
o‘qitish
Shaxs 
va 
uning
qobiliyatlarini
rivojlantirish.
O‘quv  jarayonini  insonning
potensial  imkoniyatlari  va
ularni  amalga  oshirishga
Ta’lim 
oluvchilarni
faoliyatning 
turli
sohalariga jalb qilish


162
yo‘naltirish
Differen-
siallashgan
o‘qitish
Layoqat,  qiziqish  va
qobiliyatlarni 
aniqlash
uchun  qulay  sharoitlar
yaratish
Turli  o‘zlashtirish  darajalari
bo‘yicha  majburiy  me’yor
(standart)dan
kam
bo‘lmagan  hajmdagi  dastur
materialini o‘zlashtirish
Individual 
ta’lim
metodlari
Faol
(majmuaviy)
o‘qitish
Ta’lim 
oluvchilar
faolligini tashkillashtirish
Bo‘lajak
kasbiy
faoliyatining  predmetli  va
ijtimoiy
mazmunini
modellashtirish
Faol
o‘qitish
metodlari
Ta’lim 
oluvchilarni
ijodiy  faoliyatiga  jalb
etilishining
o‘yin
metodlari
O‘yinli o‘qitish Bilim,
 ko‘nikma
 va
malakalarni
o‘zlashtirishning  shaxsiy
faoliyat 
tavsifida
bo‘lishini ta’minlash
O‘quv  axborotlarini  qayta
ishlash  va  o‘zlashtirishga
yo‘naltirilgan mustaqil bilish
faoliyati
2. Talaba yoshlarda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalash jarayoni va uning
vazifalari
Kamolotga  erishgan,  har  tomonlama  rivojlangan  avlodni  tarbiyalash  jarayoni
uning  doimiy,  muntazam,  izchil  va  tizimli  ravishda  tarbiyalashni  taqozo  etadi.  Bu
yo‘lda kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, fundamental,
kasbiy  fanlar  singari  g‘oyaviy  mazmuni  talabalarga,  yangi  jamiyatning  har  bir
mutaxassisiga  zarur  bo‘lgan  ijtimoiy  dunyoqarashni  shakllantiruvchi  tasavvurlar
zahirasini hosil qilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishga yangicha
yondashuv asosida axloq malakalarini hosil qilish mumkin. Talaba yoshlarda yagona
pedagogik jarayonda ma’naviy-axloqiy odatlarni tarbiyalashda quyidagi vazifalar hal
etilishi lozim:
-  o‘zbek  milliy  mentaliteti  va  jahon  sivilizatsiyasi  yutuqlariga  tayanadigan
manaviy qadriyatlar tizimini mustahkamlash;
- Sharq mutafakkirlari asarlarida qayd etilgan komil inson g‘oyasi, ta’limotiga
amal qilish;
-  O‘zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimov  asarlarida  ta’lim-tarbiya  xususan,
barkamol  shaxs,  yetuk  mutaxassis  xususiyatidagi  fikr-mulohazalarni  o‘rganish  va
ularga amal qilish.
 Tarbiyaviy  ishlar  mexanizmi. Bunday  vazifalarni  hal  etsh  pedagogik
jamoaning  jismoniy  va  manaviy  barkamol  avlodni  tarbiyalash,  talabalarni  Vatanga
sadoqat,  yuksak  axloqli,  mehnatga  halol  munosabatda  bo‘lish  ruhida  tarbiyalash
ishiga  sezilarli  hissa  qo‘shayotgan  yoshlar  bilan  ishlovchi  barcha  davlat  va
jamoatchilik tuzilmalari (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat
ishlari  vazirligi,  Adliya  vazirligi,  Mudofaa  vazirligi,  Davlat  sport  qo‘mitasi,
«Manaviyat  va  marifat»  jamoatchilik  markazi,  «Mahalla»,  «Kamolot»,  «Sog‘lom
avlod  uchun»,  «Nuroniy»,  «Ulug‘bek»,  «Umid»,  «Ustoz»  jamg‘armalari,  Inson
huquqlari  bo‘yicha  markaz  va  hokazo)  bajarayotgan  ishlar,  dasturlardan
foydalanilgan  holda  tarbiyaviy  ishlar  mexanizmini  ishlab  chiqish  va  yoshlar


163
tafakkuriga ta’sir etish ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim tarbiyaviy ahamiyatga
ega.
Kasbiy  ta’lim  muassasalarida  olib  borilayotgan  ishlarning  mohiyati,  uning
milliy  istiqbol  mafkurasiga  asoslangan,  ma’naviy-axloqiy,  huquqiy,  vatanparvarlik,
fuqaroviy,  mehnat,  madaniy-maishiy,  ekologik  va  shu  singari  yo‘nalishlar  bilan
erishiladigan  g‘oyaviy  amal  va  ideallarga  mos  holda  olib  borilishi  maqsadga  molik
masala.  Bu  muammolarni  amalga  oshirish  barcha  pedagoglarining  oldida  turgan
yuksak vazifadir.
Mustaqillik  sharoitida  talaba-yoshlarni  manaviy-axloqiy  tarbiyalashda  qator
vazifalarni hal etish talab etiladi. Jumladan:
-har bir ta’lim oluvchining ongida davlat mustaqilligi  xalqning oliy g‘oyaviy-
axloqiy qadriyati ekani, o‘z vatani bilan faxrlanish, uning xavfsizligini ta’minlash va
O‘zbekistonning  ulug‘  tarixiy  o‘tmishi,  bozor  munosabatlariga  asoslangan  yangi
demokratik  jamiyat  qurishda  tanlab  olgan  o‘ziga  xos  yo‘lini  mustahkamlash,  islom
dini ruhi bilan sug‘orilgan oliy manaviy-axloqiy qadriyatlar, xalqning insonparvarlik
an’analari hamda umuminsoniy sivilizatsiya yutuqlari ahamiyatini to‘g‘ri tushuntirish
va uni e’tiqodga aylantirish;
-ta’lim  oluvchilarda  umuminsoniy  insonparvarlik  axloqi,  madaniyati
me’yorlari,  zamonaviy  qadriyatlar  ehtiyoji,  o‘zini  yuqori  tutish  va  viqor  saqlash,
oilaviy  tan’tanalarda  o‘zini  ko‘rsatishga  urinish,  xizmat  vazifasidan  shaxsiy
maqsadlar  uchun  foydalanish  ko‘rinishlariga  murosasiz  bo‘lish  ruhini  tarbiyalab
borish  ularning  yuqori  axloq  malakalari  bilan  qurollantirishning  garovi  bo‘lib
hisoblanadi.
Axloqiy  tarbiya  tarbiyaviy  ishlar  majmuida  yetakchi  o‘rin  tutadi.  Axloq  yoki
odob  deganda  -  kishilarning  mazkur  jamiyat  uchun  xarakterli  va  muayyan  ijtimoiy
munosabatlar  tizimi  bilan  tarixan  bog‘liq  bo‘lgan  xulq-atvorlarni  belgilab  beradigan
qonun-qoidalar  yig‘indisi  tushuniladi.  Jamiyat  tomonidan  belgilanadigan  talablar
shaxs xulqini baholash uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq
shaxs  xulqining  mazmuni  mamlakatda  sharqona  axloq-odobga  asoslangan  milliy
tarbiyani amalga oshirishdan iborat bo‘lishi lozim. Bunday jamiyatni qurish jarayoni
yangi  ijtimoiy  munosabatlarni  hosil qilish  bilan  bog‘liq.  Shu  ma’noda  bugungi  kun
ta’lim  tizimida  amalga  oshiriladigan  axloqiy  tarbiyaning  asosiy  mezonlari  milliy
axloq me’yorlarini tashkil etadi.
Kasb  ta’limi  muassasalarida  talaba-yoshlar  orasida  axloqiy  tarbiyani  amalga
oshirish avvalo, ularda axloqiy tushuncha va  ishonch hissini yaratishdan boshlanishi
maqsadga  muvofiq.  Chunki  yoshlarda  axloqiy  tushuncha  va  e’tiqodni  tarkib
toptirmay  turib,  axloqiy  odatlar,  shuningdek,  xatti-harakat  bilan  bog‘liq  odat  va
malakalarni hosil qilib bo‘lmaydi. Bunda asosan talaba-yoshlarga axloq-odob me’yor
va  qoidalari  mazmuniga  oid  bilim  berishga  katta  ahamiyat  berish  lozim.  Bunda
asosan  yaxshi  bilan  yomon  o‘rtasidagi  farq  tushuntiriladi.  So‘ngra  yaxshi  xulqlarni
hosil  qilishga  qaratilgan  faoliyat  uyushtiriladi.  Ana  shu  yo‘sinda  yoshlarda  axloqiy
tushunchalar vujudga keladi va xulqiy odatlar hosil qilinadi.


164
3. Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiyani tashkil etish muammosi
Kasb  ta’limi  muassasalarida  axloqiy  tarbiya  muammosini  amalga  oshirish
uchun qator muammolarni hal etishga e’tiborni qaratmog‘i lozim. Ular:
-o‘qitish  jarayonini  ilg‘or  pedagogik  texnologiya  va  axborot texnologiyasi
asosida uyushtirish;
-talaba va ustoz o‘rtasidagi axloqiy hamda aqliy munosabatni qaror toptirishga
erishish;
-ta’lim -tarbiya ishlarining qat’iy reja asosida olib borilishi;
-o‘quv muassasasida ijobiy emotsional muhitni yaratish;
-ta’lim  oluvchilarning  o‘quv  muassasasi  hayoti  ichki  tartibi  qoidalariga  rioya
qilishlariga erishishni ta’minlash. Yagona ta’lim-tarbiya jarayonida axloqiy tarbiyani
tashkil  etishda  suhbat,  munozara,  ma’ruza  kabi  metodlardan  foydalanish,  turli
mashqlar faoliyat orqali ijobiy sifatlarni hosil qilish mumkin.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalarining mazmuni nimadan iborat?
2. Pedagogik texnologiyani loyihalash to’g’risida ma’lumot bering.
3. Muammoli o’qitishning mazmunini yoritib bering.
4. KHTda axloqiy tarbiyaning mazmuni nimalardan iborat?
5. Talaba  yoshlarda  ma’naviy-axloqiy  odatlarni  tarbiyalashda  qanday  vazifalar
hal etilishi lozim?
6. Axloq yoki odob deganda nima tushuniladi?
7.3. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA USLUBIY ISHLARNI TASHKIL
ETISH  VA BOSHQARISH
Reja:
1. Kasb-hunar kollejlarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi.
2. Kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan uslubiy ishlar.
3. Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni boshqarish.
1. Kasb-hunar kollejlarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi
Fan-texnikaning  jadal  taraqqiyoti,  ilg‘or  ishlab  chiqarish  texnologiyalarining
amaliyotga  keng  ko‘lamda  joriy  etilishi,  bozor  munosabatlariga  o‘tish  kabilar
pedagoglardan  o‘quvchilarning  o‘quv-bilish  faoliyatlarini  faollashtirish  omillaridan
oqilona  foydalanib,mashg‘ulotlar  va  sinfdan  tashqari  tadbirlar  samaradorligini
oshirishni  talab    etmoqda.  Ana  shuning  uchun  ham  kasb-hunar  kollejlarida  uslubiy
ishlar tashkil etilib o‘tkaziladi.
Bunday ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad: rahbarlar, pedagog va muhandis-
pedagoglarning  kasbiy-pedagogik  mahoratlarini  oshirish  yo‘li  bilan  pedagogik
jarayon sifat va samaradorligini  oshirishdan iborat.
Kasb-hunar  kollejlarida  uslubiy  ishlar  odatda  yakka  tartibda  va  jamoaviy
shakllarda tashkil etilib, quyidagilarni ko‘zda tutadi:
-  ilg‘or  pedagogik  va  ishlab  chiqarish  tajribalarini  o‘rganish,  umumlashtirish  va
ularni ommalashtirish maqsadida targ‘ib qilish;
?


165
- pedagog va muhandis-pedagog xodimlarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
- axborot resurslari markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
-  pedagoglar  va  muhandis-pedagoglarga  o‘z  imkoniyatlarini  namoyon etishlariga
shart-sharoit yaratish;
- ochiq dars tashkil etib o‘tkazuvchi  o‘qituvchilarga ko‘mak berish;
      - pedagogik jamoani yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishtirib borish;
      - fan yutuqlarini amaliy tajriba- sinovidan o‘tkazish;
-  o‘quvchilarni  olimpiadalar,  ko‘rik-tanlovlar  va  turli  tadbirlarga  tayyorlashga
ko‘maklashish kabilardan iborat.
2. Kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan uslubiy ishlar
1. G‘oyaviy yo‘nalganlik - uslubiy ishlar  zamon talablariga hamnafas chuqur
g‘oyaviylikka ega bo‘lishi kerak.
Mustaqil O‘zbekiston respublikasining kelajagi buyuk davlat ekanligini o‘g‘il-
qizlarimiz  ongiga  singdirish,  tarbiya  asosida  milliy    mustaqillik  g‘oyalari  bilan
sug‘orilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Buning  uchun  yoshlar  bilan  ishlayotgan  pedagoglar,  muhandis-pedagoglar,
tarbiyachilar  bilan  olib  boriladigan  metodik  ishlarning    mazmuni    ham  davr  va
istiqbol talablari darajasida bo‘lishi muhimdir.
2. Ilmiylik - uslubiy ishlarni  ilmiy g‘oyalar, nazariyalarga tayangan holda olib
borishni  ko‘zda  tutadi.  Shuning  uchun  pedagoglar,  muhandis-pedagoglar,
tarbiyachilar  yoshlarning  psixologiyasi,  fiziologiyasi  va  gigiyenasini,  o‘qitadigan
o‘quv predmeti mazmunini, ta’lim-tarbiya nazariyasini, qonuniyatlarini, prinsiplarini,
tashkil  etish  shakllarini,amalga  oshirish  metod  va  vositalarini    mukammal  bilishi
zarur.  Ular    kasbiy  pedagogik  mahoratlarini  oshirishlari  uchun  muntazam  ravishda
o‘z ustida mustaqil ishlab, ijod qilishi darkor.
3.  Maqsadga  muvofiqlik  va  tizimlilik  - dolzarb  pedagogik  muammolarning
maqbul  yechimlarini  topishni  rejalashtirishda  shart-sharoit,  imkoniyat,  talablar
muvofiqligini ta’minlash va amalga oshirish tizimini yaratishda o‘z ifodasini topadi.
4.  Ijodiylik  va  mustaqillik  - kollej  rahbariyati  har  bir  muhandis-pedagog,
tarbiyachilarning  o‘z  qobiliyati  va  iste’dodlarini  namoyon  etishlari  uchun  shart-
sharoit  yaratib,  ko‘mak  berishlarini  ko‘zda  tutadi.  Chunki  uslubiy  ishlar  ijodkorlik,
faollik, novatorlikka asoslangandagina ko‘zlangan natijalarni beradi.
5. Ta’sirchanlik va oshkoralik - uslubiy ishlarning ta’sirchanligi eng avvalo,
o‘quvchilarga  ta’lim  va  tarbiya  berish  sifati  bilan  aniqlanadi.  Agar  o‘quvchilarda
shakllangan    bilim,  ko‘nikma  va  malakalari  sifati  hamda  darajasida  ijobiy  siljishlar
bo‘lmasa,  uslubiy  ishlarning  samarasi    past  hisoblanadi.    Bu  borada  sustkashlikka
yo‘l  qo‘yish  mumkin  emas.  Shuning  uchun  uslubiy  ishlarning  ta’sirchanligi  ko‘p
jihatdan  rejalashtirilishiga,  rejalarining  aniqligiga,  amalga  oshirilgan  ishlarning
hajmiga  va  boshqa  omillarga  bog‘liq.  Shuningdek,  kasb-hunar  kollejlarida  uslubiy
ishlarni tashkil etish va boshqarishda oshkoralikka e’tiborni qaratish zarur, bunda har
bir  xodim  mehnatining  natijalarini  o‘z  vaqtida  xolisona  ko‘rsatish,  rag‘batlantirish,
tanqid qilishni meyorida  amalga oshirish maqsadga muvofiq.


166
Odatda  uslubiy  ishlar  malum  aniq  rejaga  binoan  bajariladi.  Bu  holat  ayrim
ishlarni  bir  necha  marta  takrorlanishini  bartaraf  etib,  pedagoglar  orasida  ishlarni
maqbul taqsimlanishini  ham taminlaydi.
Kasb-hunar  kollejlarida  uslubiy  ishlarni  tashkil  etib  o‘tkazish  uchun  odatda
haftaning  aniq  bir  kuni  ajratiladi.  Misol  uchun  kasb-hunar  kollejlarida  tashkil
etiladigan  uslubiy  ishlar  uchun  haftaning  chorshanba  kuni  ajratilsa,  har  chorshanba
kunlari  jamoaviy  uslubiy  ishlarning  aniq  bir  ko‘rinishi  muntazam  ravishda
o‘tkazilishiga  imkon  beradi:  masalan,  har  oyning  birinchi  chorshanba  kunlari  ilmiy
pedagogik kengash, ikkinchi chorshanba kunlari uslubiy kengashlarning yig‘ilishlari,
uchinchisida  pedagog  va  muhandis-pedagoglarning  malakasini  oshirish  kabilar
rejalashtirilishi  mumkin.  Uslubiy  ishlar  rejalashtirilgan  kunga  kasb-hunar  kollejida
boshqa hech qanday tadbir rejalashtirilmaydi. Kasb-hunar kollejlarida o‘quv yilining
istalgan  birinchi  yoki  ikkinchi  yarim  yilligi  uchun  mo‘ljallab  tuzilgan    uslubiy
ishlarning  umumiy  rejasida:  ilmiy-pedagogik  kengash,  uslubiy  kengash,  seminar-
praktikumlar, ochiq darslar, pedagogik o‘qishlar, ilg‘or pedagogik tajriba  maktablari
kabilar o‘z ifodasini topadi.
3. Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni boshqarish
Yakka  tartibdagi  uslubiy  ishlar.  Kasb-hunar  kollejlarining  rahbarlari
pedagog  va  muhandis-pedagog  kadrlarning  individual  xususiyatlari  va
imkoniyatlarini hisobga olib,  ular bilan muntazam ravishda individual uslubiy ishlar
olib  borishlarini  talab  etiladi.  Bunday  ishlar    ko‘zlangan  darajada  samara  berishi
uchun rahbar har bir xodimning kuchli va kuchsiz tomonlarini, imkoniyatlarini yaxshi
bilishi  zarur.  Kollej  rahbari  pedagog  va  muhandis-pedagoglarning  imkoniyatlarini
bilishi  uchun  quyidagilar  asos  sifatida  olinishi  mumkin:  lavozimiy  vazifalari  va
o‘quvchilarga  nisbatan  munosabati,  mashg‘ulotlarga  tayyorgarlik  ko‘rishi,  malaka
oshirishning  turli  shakllarida  talim  olishi,  ilg‘or  pedagogik  va  ishlab  chiqarish
tajribalarini mohiyatini tushunishi, o‘z shaxsiy tajribasini turli nuqtai nazardan tahlil
eta  bilishi,  uslubiy  ishlanmalar  ishlab  chiqishga  qiziqishi,  muntazam  ravishda  o‘zi
ustida    mustaqil  ishlashi,  tayanch  malumoti  kabilar.  Amaliyotda  pedagoglar  va
muhandis-pedagoglarning  uslubiy  ishlariga  individual ravishda  rahbarlik  qilishlarida
asosiy metod sifatida maslahatdan keng ko‘lamda foydalaniladi. Maslahatlar quyidagi
masalalar yuzasidan bo‘lishi mumkin:
      - o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini faollashtirish omillari;
      - mashq qurilmalaridan samarali foydalanish yo‘llari;
      - predmetlararo aloqadorlikni o‘rnatish va amalga oshirish metodikasi;
      - o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan tipik  xatolarni oldini olish;
      - ishlab chiqarish talimi va amaliyoti davrida o‘quvchilarni tarbiyalash;
      - o‘quv materialidan muhim, tizim hosil qiluvchi tarkibiy qismlarini tanlab
olish;
      - turli talim texnologiyalaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari;
-  noan’anaviy  (nostandart,  zamonaviy)  darslarni  o‘tkazish  metodikasi
kabilar.  Shu  o‘rinda  maslahat  faqat  mavjud  kamchiliklarni  bartaraf  etish  bilan
chegaralanib  qolmasdan,  balki  yangiliklar  kiritish,  ijodkorlik  va  mustaqillikni
rivojlantirishni ham ko‘zda tutishi zarurligini yoddan chiqarmaslik  kerak.


167
Kasb-hunar kollejlarida jamoaviy shaklda tashkil etilib, o‘tkaziladigan uslubiy
ishlarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: ilmiy-pedagogik kengash; uslubiy kengash;
kafedra  yig‘ilishlari;  ilmiy-amaliy  konferensiyalar;  pedagogik  o‘qish;  ilg‘or
pedagogik  tajriba  maktablari;  seminarlar,  seminar-treninglar;  ochiq  darslar;  fan
haftaliklari va hokazo.
      Ilmiy pedagogik kengash ishining mazmuni quyidagilardan iborat bo‘lishi
mumkin:
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  farmonlari,  Vazirlar  Mahkamasining
qarorlari,  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligi,  o‘rta    maxsus,  kasb  –hunar  ta’limi
Markazi  kabi  boshqaruv  idoralarining  ta’lim  –  tarbiya  ishlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan
buyruq    va  ko‘rsatmalarini  bajarish  yuzasidan kasb-hunar  kollejlari  bo‘yicha  chora-
tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
tarbiya jarayoni mazmunini, respublikaning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot
darajasi, istiqbollari, fan va texnikaning yutuqlari asosida  takomillashtirish;
samarali talim  texnologiyalarini  amaliyotga joriy etish;
amaldagi  o‘quv  reja  va  dasturlarni  takomillashtirish  bo‘yicha  tavsiyalar
ishlab chiqish;
mahalliy  sharoitni  hisobga  olib,  mutaxassis    kadrlarga  bo‘lgan  talab  va
ehtiyojni o‘rganish;
kasb-hunar  kollejlarida  malakali  kichik  mutaxassislarni    tayyorlash
dasturini va uning bajarilishini muntazam ravishda muhokama qilib borish;
o‘quv  reja  va  dasturlarning  bajarilishini,  o‘tilayotgan  mashg‘ulotlarning
sifati,  o‘quv  predmetlari  kesimida  o‘quvchilarning  o‘zlashtirish  darajasini  tahlil
qilish;
guruhlar  kesimida    ta’limiy–tarbiyaviy  ishlarning  holati  to‘g‘risida
o‘qituvchilarning hisobotini eshitish;
turkum  o‘quv  predmetlari  uyushmalari  faoliyatini  o‘rganish    va    tahlil
qilish;
o‘quv  yili  yakunlari  bo‘yicha  o‘quvchilarni  kursdan  kursga  o‘tkazish
masalalarini  ko‘rib  chiqish  va  uning  natijalarini    tahlil  qilish,  sayoz  o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilarning bilim saviyasini ko‘tarish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
kasb  -  hunar  kollejlarini  boshqaruv  tuzilmasini  o‘zgartirishga  oid    ilmiy
asoslangan va amalda o‘zini oqlagan takliflar berish;
o‘qituvchi,  muhandis–pedagoglarning  faoliyatini  ichki  nazorat  va  davlat
attestasiyasi natijalariga ko‘ra rag‘batlantirishga tavsiya etish;
o‘quvchilar  safidan  chiqarish,  ularni  rag‘batlantirish  bo‘yicha  tavsiyalar
berish;
kasb - hunar kollejlarining rahbarlari, o‘qituvchilari, muhandis-pedagoglari
tomonidan 
tayyorlangan 
ilmiy-uslubiy 
ishlanmalar, 
o‘quv 
qo‘llanmalar,
tavsiyanomalar, didaktik materiallarning dolzarbligini o‘rganib chiqib nashr ettirishga
oid  tavsiyalar berish;
yakuniy  nazorat,  davlat  attestasiyasini  yuqori  darajada  o‘tkazish  va  uning
natijalarini tahlil qilish;
kollejning  o‘quv-tarbiyaviy,  o‘quv-amaliy  ishlari  va  istiqbol  rejalarini,
moddiy-texnik va ilmiy-uslubiy  bazasini  mustahkamlash;


168
qabul komissiyasining hisobotini muhokama etish;
byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar sarf-xarajati hisobotlarini eshitish;
ta’lim  muassasasining  moliyaviy  va  xo‘jalik  ishlari  bilan  bog‘liq
masalalarini muhokama etish;
o‘quvchilarni  sog‘lomlashtirish,  sport  va  yoshlarni  chaqiriqqacha
tayyorgarligiga  oid  davlat  dasturlarini  bajarish  borasida  olib  borilayotgan  ishlarni
o‘rganish va ularni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
o‘quvchilarning  o‘qishi,  yashashi  va  madaniy  dam  olishlari  uchun
yaratilgan sharoitlarni yaxshilash;
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarishini  rivojlantirish;
yosh  o‘qituvchilarning  ish  faoliyatini  o‘rganish,  ularga  zarur  uslubiy
yordam ko‘rsatish, malakasini oshirish kabilar.
Pedagogik kengash kasb-hunar kollejlarida tashkil etilib o‘tkaziladigan uslubiy
ishlarning muhimi bo‘lishi bilan birga kollej faoliyatini boshqarishda o‘ziga xos omil
hisoblanadi. Ana shu bois ham biz keyingi faslda unga to‘xtalib o‘tamiz.
Uslubiy  kengash  - odatda uslubiy  kengash har  oyda  o‘z  yig‘ilishlarini
o‘tkazishi  rejalashtiriladi.    Uslubiy  kengash  pedagogik  kengashga  bo‘ysunadi  va
kasb-hunar  kollejlarida    olib  borilayotgan  uslubiy  ishlarni  muhokama  etadi.  Unda
o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan uslubiy tavsiyalar, qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari,
majmualar,  dars ishlanmalari kabilarni amalga joriy etish masalalarini muhokama etib
xulosalar  beradi.  Ilg‘or  pedagogik  tajribalarni  o‘rganish,  umumlashtirish  va
ommalashtirish maqsadida yosh o‘qituvchilarga uslubiy yordam ko‘rsatadi.
Uslubiy komissiyalar – har bir kafedra qoshida tashkil etiladi. Ularning asosiy
vazifasi  tayyorlov  yo‘nalishlari  bo‘yicha  kichik  mutaxassislar  tayyorlashda    davlat
ta’lim  standartlari  asosida  ta’lim  shakllari,  metodlari  va  vositalarini    tanlashga  oid
uslubiy  tavsiyalar  ishlab  chiqishdan  iborat.  Shuningdek,  ularda  o‘qituvchilarning
ijodiy ishlari muhokama etilib, amaliy ko‘mak ham beriladi.
Seminarlar,  seminar-treninglarning  maqsadi  –  o‘qituvchilar,  muhandis-
pedagoglar tomonidan o‘quvchilar shaxsini rivojlantirishga oid pedagogik-psixologik,
fiziologik, gigiyenik, estetik va texnik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga
amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Odatda seminar mavzulari pedagogik jamoaning
talab  va  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda  shakllantiriladi  va  amalga  oshiriladi.
Seminar-treninglarning  amaliy  ahamiyati  shundan  iboratki,  u  o‘qituvchilar,
muhandis-pedagoglarga dolzarb muammolarni tezkor hal etishga imkon beradi.
Ilmiy-amaliy konferensiyalar - ilmiy ish natijalari, ilg‘or pedagogik va ishlab
chiqarish  tajribalarini  ommaviy  muhokama  etib,  ularni  amalga  joriy  etishga  oid
qarorlar qabul qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Shu o‘rinda konferensiyalar aniq mavzular, muammolar, yo‘nalishlar bo‘yicha
tashkil etilib, o‘tkazilishini ta’kidlash zarur.
Pedagogik o‘qishlar – ayni zamonda dolzarb bo‘lgan muammolarni ommaviy
tarzda muhokama qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Pedagogik o‘qishlarda eng dolzarb va maqbul yechim berilgan deb tan olingan
ma’ruzalar  viloyat,  respublika  pedagogik  o‘qishlariga  tavsiya  qilinadi.  Respublika
miqyosida  tan  olingan  ma’ruzalar  esa  ilg‘or  tajribalar  sifatida  umumlashtirilib,
amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya etiladi.


169
Yuqorida  zikr  etilgan  uslubiy  ishlar  an’anaviy  xarakterga  ega  bo‘lib,  hozirgi
kunda ular bilan birga  noan’anaviy deb e’tirof etilayotgan quyidagi uslubiy ishlardan
ham keng ko‘lamda foydanilmoqda.
Ko‘rik  tanlovlar  – pedagogik  jarayon  natijalari  sifatini  oshirishga  qaratilgan
bo‘lib,  “Yilning  eng  yaxshi  o‘qituvchisi”,  “Mohir  usta”,  “Ilg‘or  guruh  rahbari”
“Namunali  murabbiy”  kabi  mavzularda  ko‘rik  tanlovlar  o‘tkazish  mumkin.  Ko‘rik-
tanlovlarni  o‘tkazish  tartibi  har  bir  kollej,  viloyat  yoki  respublika  miqyosida
belgilanadi hamda uning g‘oliblari rag‘batlantiriladi.
Ilg‘or  tajriba  maktabi  –  eng  avvalo  o‘qituvchi,  muhandis-pedagoglarda
pedagogik  jarayonni  yaxlit  holda  takomillashtirishga  oid  tajribalarni  o‘rganish,
ommalashtirish kabilarni ko‘zda tutadi.
Kitobxonlar konferensiyasi – kasb-hunar kollejlari  o‘qituvchilari, muhandis-
pedagoglari  faol  ishtirokida  o‘tkaziladi.  Konferensiyada  muhokama  etiladigan
materiallarni  tayyorlagan  mualliflar  bilan  birga  ilmiy-tadqiqot  institutlari  va  oliy
o‘quv yurtlari professor o‘qituvchilari, ishlab chiqarish korxonalaridan vakillar taklif
etiladi.
Kitobxonlar  konferensiyasida  ilmiy-uslubiy  adabiyotlar,  ularning  dolzarbligi,
amaliy masalalarni yechishdagi ahamiyati, yangiligi, ularni pedagogik jarayonga joriy
etishdan kutilayotgan samaralar nuqtai nazaridan tahlil etilgan holda baholanadi.
Ochiq dars - uslubiy ishlarning keng tarqalgan shakli.  Bunda o‘qituvchilar va
muhandis-pedagoglarning  ochiq  darslarda  ishtirok  etishi  va  o‘zaro  darslarga  kirishi
muhim ahamiyatga ega.
Odatda,  ochiq  darslar  va  o‘zaro  darslarga  kirish  o‘qituvchilarga  kasbiy
pedagogik  mahoratini  yuqori  ekanligini  ko‘rsatib  berish  bilan  birga  yosh
o‘qituvchilarga  o‘rnak  ko‘rsatishdan  iboratdir.  Unda  yosh  o‘qituvchilarning  ishtirok
etishlaridan  ko‘zlangan  maqsad  –  tajriba  almashish,  darsni  tashkil  etishning  yangi
shakllari,  amalga  oshirishning  samarali  metod  va  vositalarini  tanlay  bilishga
o‘rgatishdan  iborat.  Ta’lim  jarayonida  sodir  bo‘layotgan  o‘zgarishlar  tufayli  ochiq
darsni  muhokama  qilish  jarayonida  o‘quvchilarning  faolligi,  mustaqil  fikr  yuritishi,
o‘quv  materialini o‘zlashtirish darajasi,  o‘quv  materialining  hayot  va  amaliyot  bilan
bog‘liqligi,  predmetlararo  aloqaning  ta’minlanganligi,  muammoli  vaziyatlarni
vujudga  keltirilganligi,  o‘quvchilarning  ijodiy  izlanishga  yo‘naltirilganligi,  ta’lim-
tarbiya  va  rivojlanishning  mushtarakligini  ta’minlanganligiga  e’tibor  berish  muhim
hisoblanadi.  Shu  o‘rinda  aytib  o‘tish  zarurki,  mashg‘ulotlarni  ochiq  dars  deb  atash
shartli  bo‘lib,  ularni  namunaviy  dars  deb  yuritish  maqsadga  muvofiq  ko‘rinadi.
Ta’lim  muassasalarida  tashkil etilib,  o‘tkaziladigan  barcha  darslar  ochiq,  oshkoralik
ruhida o‘tkazilgandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Ilmiy-uslubiy  muvofiqlashtiruvchi  markaz  - kasb-hunar  kollejlari  uslubiy
ishlar  tizimida  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  yo‘lga  qo‘yishga,  olingan  natijalarni
ekspertizadan  o‘tkazishga,  tajriba-sinov  ishi  natijalarini  umumlashtirish  va
rasmiylashtirishga  imkon  beradi.  Ilmiy-uslubiy  muvofiqlashtiruvchi  markaz  ham
ilmiy-pedagogik  kengashga  bo‘ysunadi.  Unga  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  direktor
o‘rinbosari, kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari,  uslubchi, bo‘lim boshliqlari,
kafedra  mudirlari,  uslubiy  komissiya  raislari,  yuqori  malakali  o‘qituvchilar  va  kasb
ta’lim o‘qituvchilari   kabilar  jalb  etiladi.  Ilmiy–uslubiy  muvofiqlashtiruvchi  markaz


170
shuningdek,  ekspert  kengash  vazifasini  ham  o‘taydi  va  unda  mualliflik  o‘quv
dasturlari,  o‘quv-ishlab  chiqarish  jarayoniga  yangiliklarni  tatbiq  etish  bo‘yicha
tajriba-sinov ish natijalari muhokama etilib, maxsus qarorlar qabul qilinadi.
Ilmiy-uslubiy  muvofiqlashtiruvchi  markazning  boshqaruv
vazifalariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
- kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini ishlab
chiqish;
- o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va ishni muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
-  pedagogik  jamoaning  ehtiyojlarini  e’tiborga  olgan  holda  ular  faoliyatini
muvofiqlashtirish;
-  o‘qituvchilarning  ta’lim  samaradorligini  oshirishga  bo‘lgan  moyilligi,
qiziqishlari, maqsadlariga ko‘ra ijodiy guruhlar tuzish;
-  o‘qituvchilarning  ilmiy-tadqiqot  ishlari  holatini  nazorat  qilish,  tadqiqot
natijalarini tahlil etish va baholash uchun ekspertlar guruhini tashkil etish.
Ilmiy-uslubiy  muvofiqlashtiruvchi  markazga  uslubiy  ishlarning  ijodiy  tajriba-
sinov laboratoriyalari, o‘qituvchilarning ijodiy guruhi va pedagogik tajribalar markazi
kabi tuzilmalari bo‘ysunadi.
Ijodiy  tajriba-sinov  laboratoriyalari  - kafedralar  qoshida  hamda  kollejlar
miqyosida tashkil etiladi. Ularning asosiy vazifasi dolzarb va istiqbolli  muammolarni
ijodiy hal etishdan iborat. Ijodiy tajriba-sinov laboratoriyalarida har bir o‘qituvchi o‘z
ijodiy ishlarini amalda ko‘rsatib berish imkoniga ega bo‘ladi va pedagogik jamoaning
ijodiy faolligini oshiradi.
Xulosa  qilib  aytganda,  kasb-hunar  kollejlarida  an’anaviy  va  noan’anaviy
uslubiy  ishlardan  uyg‘un  holda  foydalanish,  o‘quv-meyoriy  hujjatlarni
takomillashtirish,  ta’limni  jadallashtirish,  samarali  ta’lim  texnologiyalarini
amaliyotga keng ko‘lamda tatbiq qilish kabilarga imkon beradi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasb-hunar  kollejlarida  tashkil  etiladigan  uslubiy  ishlar  nimalarni  nazarda
tutadi?
2.  KHKlarda tashkil etiladigan uslubiy ishlar qanday tamoyillarga asoslanadi?
3. KHKlaridagi uslubiy ishlarning qanday turlari mavjud?
4. Yakka tartibdagi uslubiy ishlarning mazmuni nimadan iborat?
5. Ilmiy pedagogik kengashning vazifalari nimalardan iborat?
6. Ochiq dars va uning vazifalari nima?
7.4. KASB-HUNAR TA’LIMI SOHASIDA IJTIMOIY HAMKORLIKNI
YO’LGA QO’YISH
Reja:
1.  Kasb-hunar  ta’limida  ijtimoiy  muloqot,  ijtimoiy  hamkorlik
tushunchasi.
2. Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlari.
3. O‘zbekistonda TA’SIS loyihasining faoliyati.
?


171
4.  Kasb-hunar  kolleji  tomonidan  ijtimoiy  sheriklar  bilan  hamkorlikning
turli shakllarini amalga oshirishning ahamiyati.
1. Kasb-hunar ta’limida ijtimoiy muloqot, ijtimoiy hamkorlik tushunchasi
Ijtimoiy  hamkorlik  –  deganda  jamiyat  yoki  ma’lum  ommaning  siyosiy,
iqtisodiy,  madaniy  va  boshqa  ehtiyojlarini  qondirishga  oid  faoliyat  bilan  bog‘liq
ishlarni  amalga  oshirishda  bir-biriga  ko‘mak  berish  tushuniladi.  Ijtimoiy  muloqot
ijtimoiy  hamkorlikni  amalga  oshirishning  asosiy  mexanizmi  hisoblanib,  u  ijtimoiy,
iqtisodiy,  ma’naviy-ma’rifiy,  texnik-  texnologik  va  shu  kabi  yo‘nalishlarda  bo‘lishi
mumkin.  Hayotiy  tajribalar  va  tahlillarimiz  ijtimoiy  hamkorlik  bevosita  kasb-hunar
ta’limi sohasi uchun ham xos xususiyat ekanligidan dalolat bermoqda. Bu holat bozor
iqtisodiyoti  sharoitida  yanada  yorqinroq  namoyon  bo‘lib,  hamkorlikni  teng
huquqliligi, 
manfaatdorligi 
asosida 
amalga 
oshiriladi. 
Manfaatlarni
muvofiqlashtirshda  eng  avval  moddiy  rag‘bat  sifatida  ish  haqi,  tomonlar  kelishishi,
shart-sharoit, tomonlar burchi va huquqlari amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan
ishlab  chiqiladi  va  u  ish  beruvchilar  va  kasb-hunar  kollejlari  bilan  cheklanib
qolmasdan,  boshqa  ko‘plab  tomonlarni  ham  o‘z  ichiga  qamrab  oladi.  Chunki
tayyorlanayotgan  mutaxassis  kadrlarning  kasbiy  tayyorgarlik  darajasiga  ta’sir
ko‘rsatuvchi:  yuqori  malakaliligi,  keng  ixtisosligi,  yangi  shart-sharoitga  tez
fursatlarda  moslashishi,  mustaqilligi,  ishbilarmonligi,  faolligi,  ijodkorligi  kabilar
bozor munosabatlari sharoitida mutaxassisni ijtimoiy himoyalash omillari sifatida o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi.
Demak,  yuqorida  sanab  ko‘rsatilgan  xislatlar  kasbiy  tayyorgarlik  ko‘rish
jarayonida shakllanishi zarur. Bunga faqat davlat tomonidan ajratilgan mablag‘  bilan
to‘liq erishish imkoniyati mavjud emasligi isbot talab etmaydigan hayotiy haqiqatdir.
Shuning  uchun  ham  mustaqil Respublikamizda  kechayotgan  tub  o‘zgarish  va  bozor
munosabatlari  bilan  uyg‘un  (mos,  mushtarak,  adekvat)likni  ta’min  etuvchi  ijtimoiy
hamkorlik  mexanizmini  ishlab  chiqish  hamda  amalga  joriy  etish  zaruriyatini  taqozo
etmoqda.
Ishlab  chiqarishning  mutaxassis  kadrlarga  qo‘ygan  talablari  shubhasiz  kasb-
hunar ta’limida asosiy mo‘ljal (maqsad va vazifa) bo‘lib xizmat qiladi. Bu jarayonda
bevosita  inson  omilini  ishtirok  etishi  o‘z  navbatida  ijtimoiy  muloqot,  munosabat  va
o‘zaro kelishuvni talab etadi.
Ishlab  chiqarish  korxonalarining  kasb-hunar  kollejlari  faoliyatidagi  o‘rni
kerakli  materiallar,  uskunalar,  dastgohlar  bilan  ta’minlash,  bitiruvchilarni  ishga
joylashtirish kabi o‘ta  muhim muammolar bevosita bog‘liq bo‘lganligi bois bugungi
kunda  aksariyat  ishlab  chiqarish  korxonalari  iqtisodiy  sabablarni  bahona  qilib,
hamkorlikda  ishtirok  etmayaptilar.  Hamkorlik  kichik  korxonalar  kesimida  deyarli
mavjud  emas.  Mavjud  holat  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  talablarini  ham
bajarilishiga  o‘zining  salbiy  ta’sirini  ko‘rsatishi  tabiiy  holdir.  Shuning  uchun  ham
kasb-hunar  ta’limi  sohasida  ijtimoiy  hamkorlikni  yo‘lga  qo‘yishda  oliy  va  o‘rta
maxsus  ta’limi,  mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  vazirliklari,  ularning
joylardagi organlari, bandlik masalalari bo‘yicha xizmatlar, ish beruvchilar, hokimlik,
kasaba uyushmalari, fuqarolarnig o‘z-o‘zini boshqarish organlari (mahalla) kabilarni


172
bu ishga  jalb etish vaqti allaqachon yetgan.  Bu  hamkorlikni ta’min  etish bilan kasb-
hunar ta’limining nufuzi ko‘tarilib, mavqei ham mustahkamlanishi mumkin.
Tahlillarimiz  natijasi  kasbiy  ta’lim  sohasidagi  o‘zaro  hamkorlikni  yo‘lga
qo‘yishda quyidagilar o‘ziga xos to‘siq bo‘layotganligidan darak bermoqda:
kasb-hunar  ta’limi  sohasidagi boshqaruv  va  pedagog  kadrlarning  bozor
iqtisodiyoti sharoitida tashabbus bilan faoliyat ko‘rsatishga tayyor emasliklari;
korxonalarning  mutaxassis  kadrlar  tayyorlash  va  ularning  malakasini
oshirish jarayonidagi ishtirokining keskin pasayib ketishi;
ish  beruvchilarning  yuqori  malakali  kichik  mutaxassis  kadrlar
tayyorlashdan  manfaatdorligini  rivojlantirish  uchun  huquqiy  me’yoriy  asoslarning
ishlab chiqilmaganligi;
mehnatkashlarning  huquqlarini  va  shu  jumladan,  ularning  ishlab
chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda  kasb-hunar ta’limini olish hamda  malaka
oshirish huquqlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari mavqeining zaifligi;
yoshlar  va  aholining  kasb-hunar  ta’limidan  manfaatdor  bo‘lgan  boshqa
guruhlarining  muammolari  bilan  shug‘ullanuvchi  fuqarolik  jamiyatining  ko‘ngilli
tashkilotlarini  tuzish  va  faoliyat  ko‘rsatishi  bo‘yicha  tajribalarning  yetarli  darajada
emasligi;
mahalliy  o‘z-o‘zini  boshqaruv  organlari  funksiyalari  va  moddiy
imkoniyatlarining  cheklanganligi kabilar.
10-chizma
Ota-onalar va ular
ishlayotgan tashkilotlar
Davlat boshqaruv
organlari
Mahalliy o’z-o’zini
boshqarish tashkilotlari
(mahalla)
Kasb-hunar
sohasidagi
hamkorlik
Ta’lim xizmatlar bozorining
sub’ektlari
Yoshlar
tashkilotlari
Bandlik xizmati
Mahalliy hokimiyat
Kasb-hunar kollejlar
Ish beruvchilar va
ularning tashkilotlari,
korxonalar, muassasalar
kasaba uyushmalari


173
Yuqorida  zikr  etilgan  va  boshqa  muammolarni  hal  etish  uchun  ma’lum  ishlar
amalga oshirilayotganligi va rejalashtirilayotganligini qayd etish zarur.
Hamkorlar  orasida  muloqat  yetarli  darajada  yo‘lga  qo‘yilmaganligida  eng
avvalo rahbarlarning hissasi katta.
Kasb-hunar  ta’limi  sohasida  amalga  oshirilishi  mumkin  bo‘lgan  ijtimoiy
hamkorlik ishlarini shartli ravishda quyidagicha ikki guruhga, ya’ni shartnomaviy va
tashkiliy guruhlarga bo‘lish mumkin.
Shartnomaviy  shakl  ikki  va  undan  ortiq,  yani  ko‘p  tomonlarning  o‘zaro
manfaatdorlik  asosidagi  hamkorligining  barcha  turlarini  qamrab  oladi,  tashkiliy
shakllar esa  qo‘shimcha organlar – maslahat kengashlari va boshqalarni tashkil etish
orqali faoliyat ko‘rsatadi.
Kasb-hunar  kollejlarining  shartnomalardan  foydalanishi  avvaldan  ma’lum,
biroq,  so‘nggi  paytlarda  ularning  mavzu  doirasi  juda  kengayib  ketdi.  Ilgari  bunday
shartnomalarning ob’ektlari quyidagilar sanalar edi:
o‘quvchilarning ishlab chiqarish ta’limi va amaliyotini tashkil etish;
o‘qituvchilar,  muhandis-pedagoglar  stajirovkasi  va  ularning  malakasini
oshirish;
tanlovlar va ko‘rgazmalarni birgalikda tashkil etish;
korxonalarga axborot va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;
marketing xizmatlarini ko‘rsatish;
pudrat shartnomalari bo‘yicha ishlar bajarish;
ilmiy tadqiqot va texnik-texnologik ishlarni amalga oshirish.
Hamkorlikning  tashkiliy  shakllari  ijtimoiy  hamkorlar  bilan  o‘zaro  birgalikda
faoliyat  ko‘rsatishning  ancha  yuqori  darajasi  hisoblanadi.  Ular  maxsus  vakolatlarga  ega
bo‘lgan  va  ustav  hujjatlariga  hamda  belgilangan  tartibda  tasdiqlanadigan  boshqa  tartibga
soluvchi  hujjatlarga  asoslanib  harakat  qiluvchi  tashkiliy  tuzilmalarni  yaratishni  taqozo
etadi.  Odatda  bular  ta’lim  muassasalaridan  tashqari  ta’limning  boshqaruv  organlarini,
bandlik  xizmati,  ish  beruvchilar,  kasaba  uyushmalarini  o‘z  ichiga  oluvchi  kengashlar
(maslahat va vasiylik) va boshqalardir.
Kengashlar  faoliyatining barcha  yo‘nalishlarini    shartli  ravishda  ikki  kesimda
guruhga  ajratish  mumkin:  maslahat  va  vasiylik.  Shunga  muvofiq  ravishda  ijtimoiy
hamkorlik tashkiliy tuzilmalarining asosiy turlari deb maslahat va vasiylik kengashlarini
ko‘rsatish mumkin.
Kasb-hunar  ta’limi  sohasida  ijtimoiy  hamkorlikning  rivojlanishiga  xalaqit
berayotgan yoki uning rivojlanishiga xizmat qilmaydigan muammolarni ham shartli
ravishda quyidagi ikkita guruhga bo‘lish mumkin: tashqi shart-sharoit bilan bog‘liq
muammolar  va  ta’lim  muassasasining  ichki  muammolari.  Muammolarning  birinchi
guruhi  tashqi  muhit  omillarining  ta’siri  natijasida  vujudga  keladi  va  ulardan  ta’lim
muassasasi uchun belgilovchi ahamiyatga ega omil kasb-hunar ta’limi sohasida davlat
tomonidan milliy va mintaqaviy darajalarda o‘tkazilayotgan siyosatdir.
 Tashqi  omillarning  ta’siri  ob’ektiv  bo‘lib,  ta’lim  muassasalari  tomonidan
tartibga soluvchi ta’sirga juda oz bo‘ysunadi.
Ijtimoiy  hamkorlikni  tashkil  etishning  ichki  omillari  jumlasiga  to‘g‘ridan
to‘g‘ri ta’lim muassasasining o‘ziga, uning ta’lim xizmatlari bozorida o‘zining yangi


174
mavqeini anglab yetishga va qabul qilishga, eng avvalo, kasb-hunar ta’limi rivojining
mehnat bozori talablarini qondirishga qaratilgan yangi paradigmasini qabul qilishga,
ikki  yoqlama  va  ko‘p  yoqlama  aloqalarni  yo‘lga  qo‘yish  ijtimoiy  hamkorlikning
tashkiliy tuzilmalarini shakllantirish jarayonida faol ishtirok etishga tayyor ekanligiga
bog‘liq.
2. Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlari
ish beruvchilar;
xodimlarning birlashmalari (kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlari);
davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan bandlik xizmati.
O‘quv  muassasasi  darajasida  ushbu  ro‘yxat  ta’lim  xizmatlari  bozorining
sub’ektlari  hisobiga  to‘ldiriladi,  ya’ni,  biz  faqat  ishlab  chiqarish  korxonalarini  va
mehnat  bozorini  tartibga  soluvchi  institutlarnigina  emas,  balki  boshqa  ta’lim
muassasalarini,  shu  jumladan,  ta’limning  boshqaruv  organlarini  ham  kasb-hunar
kollejining ijtimoiy hamkorlari  sifatida qarashimiz kerak.
Shu  tariqa,  ta’lim  muassasasi  darajasida  ijtimoiy  hamkorlarning  ikki
toifasi,  ikki  turi  haqida  gapirish  mumkin:  mehnat  bozori  vakillari  va  ta’lim
xizmatlari  bozorining  vakillari.  Bunday  bo‘linish  prinsipal  xususiyatga  ega
bo‘lib,  faqat  o‘zaro  hamkorlikning  xususiyati  va  usuligina  emas,  balki  ana  shu
hamkorlik  davomida  amalga  oshiriluvchi  manfaatlar tizimi  ham turlanish  uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi.
An’anaviy ravishda ish beruvchilar har doim kasb-hunar kollejining asosiy
hamkori sifatida qaralgan, chunki ular o‘quv muassasasi «mahsuloti»ning asosiy
iste’molchilari  hisoblanadi  va  ta’lim  muassasasining  rivojlanish  istiqboli  ko‘p
jihatdan  ularga  bog‘liq.  So‘nggi  paytlarda  mehnat  bozorida  paydo  bo‘layotgan
ishlab  chiqarish  korxonalarining  turli–tumanligi  ijtimoiy  hamkorlik  tizimini
yaratish  bo‘yicha  ish  boshlayotgan  kasb-hunar  kollejining  vazifasini
murakkablashtiradi.
Ish  beruvchilar  bilan  ishni  rejalashtirishda  faqat  korxonaning  mulkchilik
shaklini,  uning  mehnat  bozoridagi  o‘rnini  emas,  balki  mazkur  korxona  ishlayotgan
iqtisodiyot sektorining o‘zini ham rivojlanish istiqbollarini hisobga olishi zarur. Faqat
ushbu  muammoning  muhimligini  tushunganlargina  bu  borada  faollikni
to‘xtatmadilar,  aksincha  o‘zlarining  ta’lim  tuzilmalarini,  o‘quv  markazlarini  tashkil
etib,  o‘z  xodimlarini  kurslarga,  stajirovkalarga  yuborib,  kadrlar  tayyorlashni
jadallashtirdilar.  Ta’lim boshqaruvi  davlat  organlari  standartlar  ishlab  chiqish  orqali
kasb-hunar  ta’limini  rivojlantirish  siyosatini  belgilaydi  va  o‘quv  muassasasi  rioya
qilishi  lozim  bo‘lgan  qoida  hamda  me’yorlarni  aniqlaydi.  Davlatning  kasb-hunar
kollejlari  oldiga qo‘yadigan asosiy talabi - bu standartni bajarish va ta’lim xizmatlari
sifatini ta’minlashdir. Davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikning bo‘lmasligi kasb-
hunar kollejining faoliyat ko‘rsatishida uzilishga sabab bo‘ladi, mehnat bozorida ham,
ta’lim  xizmatlari  bozorida  ham  uning  mavqeini  zaiflashtiradi.  O‘z  navbatida  davlat
boshqaruvi organlarining kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik tizimida ishlashining
yangi  sharoitlari  ularga  ta’lim  xizmatlari  bozorining  asosiy  hamkorlari  faoliyatini
muvofiqlashtirish, kadrlar tayyorlashni rejalashtirish va tashkil etishi bo‘yicha alohida
mas’uliyat yuklaydi.


175
Bandlik xizmati bilan hamkorlikning ijobiy tajribasi mehnat bozorini birgalikda
o‘rganish va tahlil qilish, korxonalarning ehtiyojlarini taxmin qilish hamda ishsizlarni
qayta  tayyorlash  bo‘yicha  ta’lim  muassasalarining  bazalaridan  foydalanishdan
iboratdir.
Ta’lim  muassasalari  bilan  bandlik  xizmati,  mahalliy  hokimiyat  organlari
o‘rtasida  mavjud  bo‘lgan  ularning  yangi  sharoitlarda  ta’lim  muassasalari  ishining
sifatiga  ishonchining  yo‘qolishiga,  kasb-hunar  ta’limi  tizimining  obro‘sining  tushib
ketishiga  asoslangan  ziddiyatlar  kasb-hunar  ta’limining  bundan  keyingi  taraqqiyoti
ko‘p  jihatdan  ularga  bog‘liq  bo‘lgan  eng  asosiy  hamkorlar  o‘rtasida  muloqotning
yo‘qligidan dalolat beradi.
Mehnat  bozorining  sub’ektlari  bo‘lgan  jamoat  tashkilotlariga  tadbirkorlarning
assosiatsiyalarini,  turli  korxonalarni  va  kasaba  uyushmalarini  birlashtiruvchi
birlashmalarini  kiritish  mumkin.  Afsuski,  ijtimoiy  hamkorlarning  ushbu  toifasi
hozircha ta’lim siyosatini shakllantirishda faollik ko‘rsatmayapti. Sheriklarning ushbu
toifasi bilan hamkorlikni rivojlantirish jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikni yumshatishga,
ularning  kasb-hunar  ta’limini  tashkil  etishidagi  mas’uliyatini  oshirishga,  kasb-hunar
ta’limiga  oid  qonunchilik  jarayonlariga  ta’sirini  kuchaytirishga  xizmat  qilgan  bo‘lar
edi.
Jadal  rivojlanayotgan  ta’lim  xizmatlari  bozori  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv
muassasasini  mazkur  bozorning  ichida  muloqotni  yo‘lga  qo‘yishga,  aloqalarni
mustahkamlashga  rag‘batlantiradi.  Boshlang‘ich,  o‘rta  va  oliy  kasb-hunar  ta’limi
muassasalari  hamda  davlat  va  nodavlat  muassasalari  o‘rtasidagi  hamkorlik  tajribasi
keyingi  paytlarda  kasb-hunar  tayyorgarligining  turli  darajalarida  yuzaga  kelgan  va
o‘tkirlashib borayotgan ziddiyatlarni hal etishiga urinishdir.
Kasb-hunar  ta’limida  ijtimoiy  hamkorlik  tizimini  rivojlantirishning  ob’ektiv
zaruratiga  va  bundan  umumiy  manfaatdorlikning  yaqqol  ko‘rinib  turishiga  qaramay
mazkur  tizimning  vujudga  kelish  jarayoni  hozircha  juda  sust  borayapti  va  bir  qator
qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
3. O‘zbekistonda TA’SIS loyihasining faoliyati
O‘zbekistonda  TA’SIS  loyihasi  doirasida  ikki  yil  davomida  o‘rta  maxsus,
kasb-hunar  ta’limi  sohasidagi  islohotlarga  ko‘mak  beruvchi  loyiha  amalga  oshirildi.
Uning  asosiy  komponentlaridan  biri  ijtimoiy  hamkorlikni  o‘quv  muassasasi
darajasida ham, mintaqaviy, milliy darajada ham rivojlantirish edi.
O‘tish  davrining  hozirgi  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarida  ijtimoiy  hamkorlik
tizimining shakllantirilishi ancha uzoq davom etuvchi va murakkab jarayon bo‘lib, u
bir  qator  ob’ektiv  va  sub’ektiv  sabablarga:  iqtisodiyotning  holatiga,  ijtimoiy
vaziyatga, mintaqaviy organlarning unga qo‘shilish uchun tayyorgarligi, shuningdek,
kasb-hunar kollejlari  rahbarlarining irodasi, istagi va imkoniyatlariga bog‘liq. Har bir
muayyan  vaziyatda  ijtimoiy  hamkorlik  tizimini  rivojlanishi  uchun  ko‘proq  yoki
kamroq  qulay  bo‘lgan  holat  yuzaga  kelishi  mumkin.  Mazkur  sohada  amalga
oshirilayotgan  ko‘plab  loyihalar  o‘zlarining  asosiy  natijalari  sifatida  kasb-hunar
kollejlariga  ish  beruvchilar  va  boshqa  sheriklar  bilan  o‘z  tashabbuslari  asosida
aloqalarni  yo‘lga qo‘yishga oid tavsiyalarni taklif  qilayaptilar.  Bunda o‘z foaliyatini


176
bosqichma-bosqich amalga oshirish taklif qilinayapti. Jumladan, quyidagi bosqichlar
ajratib ko‘rsatilmoqda va kasb-hunar kollejlariga quyidagi tavsiyalar berilyapti:
I. Tayyorgarlik bosqichining  maqsadi -  mehnat bozori bilan o‘zaro birgalikda
faoliyatning  yangi  turlarining  zarurligini  anglab  yetish,  o‘z  salohiyatini  baholash,
ishlab  chiqarish  korxonalari    ehtiyojlarini  tushinib  yetish.  Mazkur  bosqichda  kasb-
hunar kollejining jamoasi quyidagi savollarga javob berishi zarur:
   ijtimoiy  hamkorlik  tizimini  rivojlantirish  orqali  kasb-hunar  kollejining
qanday muammolarini hal etish mumkin?
  ushbu o‘quv muassasasi uchun kimlar asosiy sherik bo‘la olishi mumkin?
  kasb-hunar kollejining amaldagi salohiyati hamkorlikka nima bera oladi?
Barcha  savollarga  javob  berish  uchun  amaldagi  salohiyatni    aniqlash  lozim.
Misol  uchun,  o‘quv  muassasasi  qaysi  soha  uchun  mutaxassis  tayyorlasa,
iqtisodiyotning  o‘sha  sektorini  tadqiq  etish,  qanday  korxonalar,  tashkilotlar,  kasaba
uyushmalarining  assosiatsiyalari  bu  sohaning  vakillari  hisoblanishi,  ushbu  sektor
mintaqa rivojlanishning strategik rejasida qanday o‘rin tutishi, qanday salohiyatga ega
ekanligini o‘rganish lozim.
Ta’lim xizmatlari bozorining tegishli segmentida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim
muassasalari haqidagi ma’lumotlar ham tahlil uchun muhim baza bo‘la oladi. Kasb-
hunar  ta’limining  turli  darajalarda  mavjud  kasb-hunar  ta’limi  standartlari  va
malakaviy tavsifnomalar haqida to‘liq axborotga ega bo‘lishga intilish zarur.
Ammo  birinchi  bosqichning  eng  muhim  vazifasi  kasb-hunar  kolleji  butun
jamoasining  ijtimoiy  sheriklarning  turli  toifalari  bilan  hamkorlikning  barqaror
tizimini  shakllantirish  bo‘yicha  murakkab  va  mashaqqatli  ishni  bajarish  zarurligiga
bo‘lgan  yuksak  motivatsiyasiga  erishishdir.  Bu  jarayon  qaror  topgan  psixologik
qoliplarning sindirilishi bilan tavsiflanadi.
II. Tashkiliy bosqichning maqsadi - ijtimoiy sheriklar bilan barqaror aloqalarni
o‘rnatishdir. Uning doirasida hamkorlik haqidagi shartnomalar tayyorlanadi, ijtimoiy
sheriklarning turli toifalari bilan hamkorlik texnologiyasi ishlab chiqiladi. Shu tariqa
ijtimoiy hamkorlikning kelajakdagi tizimi tashkil etuvchilari shakllantiriladi.
Amaliyot  shuni  ko‘rsatadiki,  kasb-hunar  kollejlari  hamma  vaqt  ham  ish
beruvchilar  bilan  muvaffaqiyatli  aloqalar  o‘rnatishga  erisha  olmaydilar.  Bu  hol
ob’ektiv va sub’ektiv sabablar  tufayli ham yuz beradi. Juda ko‘p hollarda bu o‘zaro
manfaatlarning  mavjud  emasligi,  ammo  undan  ham  ko‘proq,  muayyan
kommunikatsiya  ko‘nikmalarining  yo‘qligi,  kasb-hunar  kollejlari  vakilining
muzokaralar  jarayonini  to‘g‘ri  tashkil eta  olmasligi,  uchrashuvga  tayyorgarlik  ko‘ra
olmasligi tufayli o‘zaro manfaatlarni topishga no‘noqlik qilishidir. Shu sababli har bir
ijtimoiy hamkorga qilinadigan tashrifga puxta tayyorgarlik ko‘rish lozim
II-bosqichning eng  muhim  yo‘nalishlaridan  biri  mehnat  bozorini  baholashdir.
Kasb-hunar  kollejlarining  vakillari  ushbu  faoliyatni  turli  axborot  manbalaridan,  shu
jumladan, davlat va idora statistikasidan (Davlat statistika qo‘mitasi, bandlik xizmati,
ta’lim boshqaruvi organining statistika bo‘limi va boshqalar), tadqiqot markazlarining
sharhlari va   materiallaridan,  o‘z tadqiqotlari va  so‘rovlari  natijalaridan foydalangan
holda amalga oshirishlari lozim.
Ish  beruvchilarning  malakaviy  talablarini,  bitiruvchilarning  bilim  va
malakalarining  mehnat  bozori  ehtiyojlariga  mos  kelishi  darajasini  baholashni  kasb-


177
hunar kolleji eng oddiy ijtimoiy usullar va metodlardan foydalanib (anketa tarqatish,
intervyu  olish)  o‘tkazishi  mumkin.  Bunday  holda  tahlil  ob’ektlari  (so‘raluvchilar)
quyidagilar bo‘ladi:
ish  beruvchilar  -  tarmoq  korxonalarining  tipik  vakillari  (mutaxassis  ega
bo‘lishi talab qilingan bilim,  malaka  va  shaxsiy fazilatlarning ro‘yxatini aniqlash va
tuzish uchun);
ish beruvchilar, o‘quvchilar amaliyot o‘tayotgan ishlab chiqarish ob’ektlari
xodimlari  (muassasada  olinayotgan  malaka  va  ko‘nikmalarning  ish  beruvchilarning
aniq-ravshan talablariga mos kelishini baholash uchun);
amaliyot  o‘tayotgan  o‘quvchilar  (o‘quvchilarning    mehnat  funksiyalarini
bajarishga tayyorlik darajasini  aniqlash uchun);
 ta’lim  muassasalarining  bitiruvchilari  (kasb-hunar  tayyorgarligining
sifatini, uning mehnat bozori talablariga muvofiqligini aniqlash uchun);
 o‘qituvchilar  (mutaxassislar  tayyorlash  darajasini  qo‘shimcha  ravishda
baholash uchun).
Ijtimoiy  hamkorlik  tizimini  shakllantirishning  II-bosqichini  muvaffaqiyatli
amalga oshirish, odatda, quyidagi natijalarni beradi:
1. ijtimoiy  hamkorlarning  turli  toifalari  bilan  imzolangan  hamkorlik  haqidagi
shartnomalar,  o‘quvchilarning  amaliyotni  o‘tashlari  haqida  bitiruvchilarning
ishga  joylashishlari  haqida,  o‘quv-uslubiy  hujjatlar  ekspertizasi  haqida,
uzluksiz ta’lim haqida, pedagogik kadrlar stajirovkasi va boshqalar  haqida.
2. mehnat  bozoridagi  ahvol,  uning  miqdoriy  va  sifat    ko‘rsatkichlari,
qiziqtirayotgan  kasblar  bo‘yicha  malakaviy  talabning  tuzilmasi  haqidagi
statistik va tahliliy materiallar.
II-bosqichning asosiy yakuni ijtimoiy hamkorlikning bo‘lajak tizimining asosiy
tuzilma hosil qiluvchi tarkibiy qismlarini ajratib olish lozim.
III. Tizim hosil qiluvchi bosqichning maqsadi - ijtimoiy hamkorlikning mavjud
va  yaratilayotgan  ayrim  tarkibiy  qismlarini  tizimga  birlashtirishdir.  Sheriklar  bilan
o‘zaro  hamkorlik  doimiy  va  barqaror  bo‘lib  qoladi.  Ish  beruvchilar  bilan  aloqalarni
saqlash  va  olib  borish  ta’lim  muassasasi  xodimlarining  eng  muhim  funksional
majburiyatlari  sirasiga  kiradi.  Buning  uchun  mansab  yo‘riqnomalariga  aniqliklar
kiritiladi,  ijtimoiy  hamkorlik  bo‘yicha  tadbirlar  kasb-hunar  kollejining  ish  rejasiga
kiritiladi.  Ta’lim  muassasasi  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlaridan  biri  ijtimoiy
hamkorlikning  tashkiliy  tuzilmalarini  –  mazkur  jarayonning  barcha  ishtirokchilarini
birlashtiruvchi,  ular  orasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  doimiy  faoliyat
ko‘rsatuvchi kengashlarni shakllantirishdan iboratdir.
Kasb-hunar  kollejlari,  ishlab  chiqarish  korxonalari,  kasaba  uyushmalari,
ta’limning  boshqaruvi  organlari,  bandlik  xizmati  vakillarini  o‘z  ichiga  oluvchi
Maslahat  Kengashlari  bunga  misol  bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin.  Kengashlar  ishini
tartibga  soluvchi  hujjatlar  (qoidalar,  nizomlar)  tayyorlanadi  va  tasdiqlanadi,  uning
barcha  a’zolarining  manfaatlarini  hisobga  oluvchi  ish  tartibi  belgilanadi  (masalan,
o‘quv  rejalarining  ishlab  chiqarish  korxonalari  vakillari  bilan  kelishilgan  holda
tuzilishi, o‘qituvchilar va o‘quvchilar stajirovkasi rejalari).
Shunday qilib, ijtimoiy hamkorlik tizimi shakllanishining III-bosqichida kasb-


178
hunar  kollejining  barcha  manfaatdor  tomonlar  bilan  o‘zaro  hamkorligi  texnologik
darajaga  olib  chiqiladi.  O‘quv  muassasasi  darajasida  ijtimoiy  hamkorlik
texnologiyalari shakllantiriladi.
So‘nggi  bosqichda  erishilgan  natijalar  doimiy  ravishda  mustahkamlash  va
qo‘llab-quvvatlashni  talab  qiladi,  chunki  ko‘p  sonli  ijtimoiy-iqtisodiy  omillar  hali
mazkur  tizimning  barqarorligiga  xizmat  qilmaydi.  Ijtimoiy  hamkorlikning  me’yoriy
bazasining  mavjud  emasligi  esa  ijtimoiy  rivojlanishni  boshqarishdagi  sub’ektiv
asoslarga bog‘liq qilib qo‘yadi.
Kasb-hunar  kollejining  ijtimoiy  hamkorlar  bilan  ishining  samaradorligi  va
natija berishi eng avvalo, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat bo‘lgan
o‘z  manfaatlarini  amalga  oshirish  darajasi  bilan  belgilanadi.  Bugungi  kunda  kasb-
hunar  kollejining  asosiy  ijtimoiy  vazifasi  mehnat  bozorida  talab  qilingan
bitiruvchilarni tayyorlashdir. Demak, kasb-hunar kollejining ijtimoiy hamkorlar bilan
olib borayotgan ishining  samaradorligini faqat ana shu ish boshlangan vaqtdan keyin
muayyan  davr  o‘tgandan  so‘ng,  aniqrog‘i  o‘quv  muassasasida  shakllangan  ijtimoiy
hamkorlik  tizimi  sharoitlarida  ta’lim  olgan  bitiruvchilar  mehnat  bozoriga  chiqib,
muayyan  muddat  ishlaganidan  so‘ng  baholash  mumkin.  Shu  sababli  boshlang‘ich
bosqichda faqat mazkur yo‘nalishdagi oraliq natijalar haqida gapirish mumkin.
Kasb-hunar  kollejining  ijtimoiy  hamkorlik  sohasidagi  ishning  natijasi  va
samaradorligining  indikatorlari  sifatida  quyidagi  ko‘rsatkichlar  xizmat  qilishi
mumkin:
bitiruvchilarning mehnat bozorida talab qilinishi. Ishga joylashishning aniq-
ravshan foizlari haqida gapirishi ancha qiyin, chunki mehnat bozoridagi vaziyat juda
o‘zgaruvchan  va  ko‘p  omillarga  bog‘liq.  Shunga  qaramay,  masalan,  ta’lim
muassasasining yangi sheriklik aloqalari o‘rnatishi bo‘yicha ish boshlangan paytidan
boshlab  o‘tgan  davr  mobaynida  bitiruvchilarning  ishga  joylashish  ko‘rsatkichlari
dinamikasi  bo‘yicha  ijtimoiy  hamkorlikning  mutaxassislar  tayyorlash  sifatiga
ta’siriga qandaydir baholar berish mumkin;
kasb-hunar kollejining ta’lim xizmatlari bozorida talab qilinishi va sh.k.
Ijtimoiy  hamkorlik  tizimi  ishining  samaradorligiga  mazkur  o‘quv  muassasasi
ishlayotgan  ta’lim  xizmatlari  bozori  segmentining  kengayib  borayotganligiga  qarab
baho  berish  mumkin.  Bu  o‘rinda  so‘z  o‘quvchilar  kontingentining  ko‘payishi,
qo‘shimcha tarzda turli toifadagi tinglovchilarning - talabalar va o‘quvchilardan tortib
ishsizlargacha  va  kasb-hunar  bo‘yicha  qayta  tayyorlovdan  o‘tishga  intilayotgan
aholigacha  jalb  etish  haqida  boradi.  Tabiiyki,  turli  ta’lim  dasturlari  milliy  va
mitaqaviy  ta’lim  muassasa  va  bandlik  xizmatlari  byudjetlaridan  tortib,  to
fuqarolarning  shaxsiy  mablag‘larigacha  turli  moliyalashtirish  manbalariga  ega
bo‘lishlari mumkin.
Har  xil  turdagi  ta’lim  xizmatlarini  amalga  oshirish  hisobiga  byujetdan
tashqari moliyalashtirishning amalga oshirilishi.
Turli  toifadagi  ijtimoiy  hamkorlarning  vakillari  bilan  shartnomalarning
mavjudligi  kasb-hunar  kolleji  ishining  samaradorlik  ko‘rsatkichlaridan  biri  sifatida
xizmat  qilishi  mumkin.  Tabiiyki,  shartnomaviy  munosabatlar  amaliy  xususiyatini
baholash  mumkin  bo‘lishi  uchun  bunday  ko‘rsatkich  boshqa  indikatorlar  bilan  bir
majmuada qaralishi lozim. Bunday shartnomalarga quyidagi bitimlar kiradi:


179
o‘quvchilarga amaliy bilim berish;
 o‘quv  muassasasi  xodimlarining  ishlab  chiqarish  korxonalarida  malaka
oshirishi;
bitiruvchilarni ishga joylashtirilishi;
o‘quv-uslubiy va o‘quv-tarbiyaviy  ishlar sohasida hamkorlik;
 ijtimoiy hamkorlar ishtirokida o‘qituvchilar attestatsiyasi;
uzluksiz ta’lim va hakozo.
Kasb-hunar  kollejining  hisobot-rejalashtirish va  me’yoriy  xujjatlarida  ijtimoiy
hamkorlik  bo‘yicha  tadbirlarning  mavjudligi.  Agar  kasb-hunar  kollejida  ijtimoiy
hamkorlikni  yo‘lga  qo‘yish  borasidagi  ishlar  hujjatlarda  qayd  etib  qo‘yilsa,  bu
yo‘nalishdagi faoliyat ancha tezroq boradi.
Aks holda mehnat bozorini baholash, o‘qituvchilar stajirovkasini tashkil etish,
ishlab  chiqarish  korxonalari  vakillarining  attestatsiyaning  har  xil  turlarida  ishtirok
etishi  va  boshqalar  oddiy  istaklarga  aylanib  qolishi  yoki  izchil  xususiyatga  ega
bo‘lmay tarqoq lavhalar tarzida amalga oshirilishi mumkin.
4. Kasb-hunar kolleji tomonidan ijtimoiy sheriklar bilan hamkorlikning turli
shakllarini amalga oshirishning ahamiyati
o‘quv  rejalari  va  ish  dasturlarning  ishlab  chiqarish  korxonalari  vakillari
tomonidan  ekspert  baholashning  mavjudligi  hozirgi paytda  ekspert  baholash  odatda
boshqa kasb-hunar kollejlari  vakillari tomonidan o‘tkaziladi.
Ishlab  chiqarish  korxonalari    vakillarining  jalb  etilishi  o‘quv  rejalari  va
dasturlari sifatini ancha oshiradi.
Kasb-hunar kollejining kasb-hunar assosiatsiyalariga a’zoligi.
Kasb-hunar  assosiatsiyalarida  ishtirok  etish  orqali  o‘quv  muassasasi  uzviy
ravishda  ishlab  chiqarish  korxonalaridagi  o‘z  sektorida  ijtimoiy  hamkorlik  tizimiga
kiradi,  axborot  olish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi,  ishlab  chiqarish  korxonalari  vakillari
uchun hamkorga aylanadi.
Maslahat kengashi ishida ishtirok etishi ta’limining turli darajalarga mansub
kasb-hunar kollejlari, ishlab chiqarish korxonalari, kasb-hunar assosiatsiyalari, ta’lim
va ishlab chiqarish korxonalari,  boshqaruv organlari, bandlik xizmatlari vakillaridan
iborat  bo‘lgan  maslahat  kengashi  ijtimoiy  hamkorlik  tizimidagi  eng  samarali
vositadir.  Bunday  kengashning  mavjudligining  o‘zi  tizimning  shakllanganligidan
dalolat  beradi.  Bugungi  kunda  ijtimoiy  hamkorlik  tashabbuskori  siftida  kasb-hunar
kollejlari  namoyon  bo‘layotgani  tufayli  maslahat  kengashlari  ko‘pincha  ularning
tashabbusi bilan tuzilyapti.
Bandlik xizmatlari bilan aloqalar.
Bandlik  xizmatlari  bilan  hamkorlik,  ishsizlarni  qayta  tayyorlash  haqidagi
shartnomalarni  tuzish,  mehnat  bozorining  holati,  u  yoki  bu  mutaxassislarning  talab
etilishi haqidagi axborotdan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Pedagog  xodimlarning  amaldagi  ish  joylarida  doimiy  stajirovkalari
yuqorida  sanab  o‘tilgan  ko‘rsatkichlardan  tashqari  o‘quv  muassasasi  xodimlarining
o‘z  ishlariga  norasmiy  baho  berish,  mazkur  ishni  ish  beruvchilar,  boshqa  ijtimoiy
hamkorlar  nazarida  baholash  o‘ta  muhimdir.  Turli  kasb-hunar  kollejlarining


180
sharoitlari  bir  xil  emas,  ijtimoiy  hamkorlik  tizimining  rivojlanish  darajasi  esa  ko‘p
omillarga,  shu  jumladan,  mintaqaning  ijtimoiy–iqtisodiy  rivojlanish  darajasiga,
iqtisodiyot  sektorining  holati  va  boshqalarga  bog‘liq.  Shu  sababli  faqat  tizim,
ko‘rsatkichlar  yig‘indisigina  pedagogik  jamoaning    ijtimoiy  hamkorlikning
o‘rnatilishi  borasidagi  sa’y-harakatlarining  samaradorligini  ob’ektiv  manzarasini
ko‘rsatib berishi mumkin.
Shunday  qilib,  kasb-hunar  kollejlarida  ijtimoiy  hamkorlikni  rivojlantirishning
o‘ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) kasb-hunar  kollejlarida  ijtimoiy  hamkorlikning  shakllantirilishi  va
rivojlantirilishi, eng avvalo, ta’lim muassasalari rahbariyatining tashabbusiga bog‘liq;
2) ijtimoiy hamkorlikning samaradorligi ish beruvchilar bilan O‘MKHT tizimi
o‘rtasidagi doimiy va tezkor  aloqalar mavjud bo‘lgandagina namoyon bo‘ladi;
3) O‘MKHTda ijtimoiy hamkorlikning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi
holatlar to‘sqinlik qilmoqda:
Respublika,  mintaqaviy  va  mahalliy  boshqaruv  darajalarda  kasb-hunar
kollejlari    bilan  ish  beruvchilar  o‘rtasida  o‘zaro  ta’sirning  oqilona  mexanizmi  ishlab
chiqilmaganligi;
O‘MKHT muassasalarining ish beruvchilar (ularning vakillari) bilan o‘zaro
birgalikda  faoliyat  ko‘rsatish  mexanizmi  kadrlar  tayyorlash  uchun  mas’ul  bo‘lgan
muassasalar  bilan  ulardan  oqilona  foydalanish  uchun  mas’ul  bo‘lgan  korxonalar
o‘rtasida  shartnomaviy  munosabatlarni  kuchaytirish  hamda  kasb-hunar  kollejlari
dasturlarini  korxonalarning  o‘zgarib  borayotgan  malakaviy  talablariga  moslashtirish
jihatdan ishlab chiqarishni davom ettirishga bo‘lgan muhtojlik;
ish  beruvchilarning  o‘zlari  uchun  malakali  kadrlar  tayyorlashdan  iqtisodiy
manfaatdorligini oshirish mexanizmini ishlab chiqilmaganligi;
ta’lim  muassasalari  tomonidan  kadrlar  tayyorlashning  bozor  boshqaruvi
mexanizmlarining zaifligi faoliyat ko‘rsatmoqda;
O‘MKHT  muassasalarida  ijtimoiy  hamkorlik  rivojlanishining  o‘ziga  xos
xususiyatlari  ish  beruvchilarning  malakali  kadrlarga  bo‘lgan  talabining  shakllanish
tamoyillariga  ham  bog‘liq  ish  beruvchilarning  malakali  kadrlarga  bo‘lgan  talabi
quyidagi tamoyillar bilan belgilanadi:
korxonalar ishlab chiqarishning yangi xodimlardan yuksak bilimlarga va
kasb-hunar  ko‘nikmalariga  ega  bo‘lishni talab  qiluvchi texnologiyalarni
o‘zlashtirishi bilan;
malaka  talab  qilmaydigan  mehnat  ulushining  kamayishi  va  yuksak
malakali xodimlarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi bilan;
ishlab chiqarish jarayonlarining moslashuvchanlik darajasining o‘sishi va
xodimlarning oraliq kasblar va mutaxassisliklarni egallashlari zarurligini
taqozo etishi bilan.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Ijtimoiy hamkorlik deganda nimani tushunasiz?
2. Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlarini aytib
bering.
?


181
3. Ijtimoiy hamkorlik tizimi shakllanishining nechta bosqichi mavjud?
4. Kasb-hunar  kollejlarida  ijtimoiy  hamkorlikni  rivojlantirishning  o‘ziga  xos
xususiyatlari nimalardan iborat?
5. Kasb-hunar  kolleji  tomonidan  ijtimoiy  sheriklar  bilan  hamkorlikning  turli
shakllarini amalga oshirishning ahamiyati nimadan iborat?
6. Maslahat kengashi qanday maqsadda tashkil etiladi?
7.5. KASB TA’LIMINI UMUMIY O’RTA TA’LIM, OLIY TA’LIM VA FAN
BILAN INTEGRATSIYALASH
Reja:
 1. Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim bilan integrasiyalash
omillari.
 2. Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi.
3.  Kasb  ta’limini  umumiy  o‘rta  ta’lim  va  oliy  ta’lim  ta’lim  bilan
integratsiyasini amalga oshirish.
1. Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim bilan integrasiyalash
omillari
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 9-
moddasida,  O‘zbekiston  Respublikasida  ta’lim  tizimining  yagona  va  uzluksizligi
belgilab qo‘yilgan.
Uzluksiz  ta’lim  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi,  O‘zbekiston
Respublikasining  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotini  ta’minlovchi,  shaxs,  jamiyat  va
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy,  ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi
ustuvor soha hisoblanadi. U ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va
yuqori  malakali  raqobatbardosh  kadrlar  ildam  tayyorlanishi  uchun  zarur  shart-
sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta’limni quyidagi prinsiplari asosida tashkil etiladi  va rivojlantiriladi:
-  ta’limning  ustuvorligi  -  uning  rivojlanishining  birinchi  darajali  ahamiyatga
ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzililigi;
-  ta’limning  demokratlashuvi  -  ta’lim  va  tarbiya  uslublarini  tanlashda  o‘quv
yurtlari  mustaqilligining kengayishi,  ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga
o‘tilishi;
-  ta’limning  insonparvarlashuvi  -  inson  qobiliyatlarining  ochilishi  va  uning
ta’limga  nisbatan  bo‘lgan  turli-tuman  ehtiyojlarining  qondirilishi,  milliy  va
umumbashariy  qadriyatlar  ustuvorligining  ta’minlanishi,  inson,  jamiyat  va  atrof-
muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvi;
-  ta’limning  ijtimoiylashuvi  -  ta’lim  oluvchilarda  estetik  boy  dunyoqarashni
hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
-  iqtidorli  yoshlarni  anglash,  ularga  ta’limning  eng  yuqori  darajasida,  izchil
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Shulardan kelib chiqqan holda Kasb ta’limini umumiy o‘rta va oliy ta’lim bilan
integratsiyalash omillarini belgilash mumkin.


182
Kasb  ta’limini  umumiy  o‘rta  va  oliy  ta’lim bilan  integratsiyalashning  muhim
omillari quyidagilardan iborat:
-  respublikaning  demokratik  huquqiy  davlat  va  adolatli  fuqarolik  jamiyati
qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
- O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining  yagona va uzluksizligi;
-uzluksiz  ta’limni  fan  va  ishlab  chiqarish  bilan  integratsiyalash  puxta
mexanizmlarinining ishlab chiqarilganligi va amaliyotga joriy etilganligi;
-O‘zbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  integratsiyasi,  respublikaning
jahondagi mavqei va obro‘-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.
2. Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi
O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  qonuni  va  «Kadrlar
tayyorlash  milliy  dasturi»da  fan  bilan  ta’lim    jarayonining  aloqalarini  rivojlantirish
masalalariga katta e’tibor berilgan va bu borada bir qator vazifalar belgilab berilgan.
Fan  bilan  ta’lim  jumladan,  o‘rta-maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  jarayonining
aloqalarini rivojlantirishda kasb (o‘rta-maxsus, kasb-hunar) ta’limining ilmiy tadqiqot
ishlari bilan integratsiyasi katta o‘rin tutadi.
O‘rta-maxsus,  kasb-hunar  ta’limi,  uning  muammolari  va  yechimlari,
istiqbollari sohasida  ilmiy  izlanishlar olib  boruvchi olimlar tomonidan o‘rta-maxsus,
kasb-hunar  ta’limi  va  kadrlar  tayyorlash  sohasida  ilg‘or  amaliy  ilmiy  tadqiqotlar
o‘tkaziladi.  Ta’lim  sifati  davlat  ta’lim standartlariga  muvofiq  kelishini  o‘rganish  va
uni  muvofiqlashtirishni  tashkil  etish  va  ta’minlash  maqsadida  pedagogika  va  ta’lim
sohasida  ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqib
amaliyotda qo‘llashadi.
Fundamental  va  amaliy  fan  sohasidagi  ilmiy  kadrlarning  o‘rta-maxsus,  kasb-
hunar  ta’limi  jarayonidagi  keng  ishtiroki  ta’minlanadi  va  shu  orqali,  o‘rta-maxsus,
kasb-hunar ta’limi, pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining aloqasi-integratsiyasi
yo‘lga  qo‘yiladi,  yoshlarning  fan-texnika  sohasidagi  ijodkorligi  har  tomonlama
kengayadi, ular Davlat tomonidan  qo‘llab-quvvatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning 1992 yil 2 iyuldagi va 1997 yil 29
avgustdagi  qarorlariga  binoan “Ta’lim to‘g‘risi”dagi    Qonunlari  hamda  uning  yangi
mukammallashtirilgan  varianti,  1997  yil  29  avgustdagi  qarorlariga  binoan   “Kadrlar
tayyorlash  milliy  dasturi”  amalga  kiritildi.  Bu  xujjatlarda  ta’limning  jamiyatni
ijtimoiy-iqtisodiy,    madaniy-ma’naviy  rivojlantirishning  ustuvor  sohasi  ekanligi
e’tirof  etilib,  ta’lim sohasida  davlat  siyosatining  asosiy  tamoyillari,  ta’lim  tizimi  va
uni boshqarish tartibi, pedagog xodimlarning huquqlari, vazifalari va mas’uliyati kabi
masalalar qatorida fan va ta’lim jarayonlari aloqalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish
va  ta’lim  tizimi  integratsiyalashuvini  rivojlantirishning  qonuniy  asoslari  va  yo‘llari
belgilab berildi.
Respublika xalq ta’limining asosiy maqsadlari demokratik erkin davlat qurish,
bozor iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish bilan bog‘langan.  Zero,
eski  ta’lim-tarbiya  tizimi  bilan  yangi  jamiyat  barpo  qilib  bo‘lmasligi  isbot  talab
etmaydigan haqiqatdir. Shuning uchun ham xalq ta’limi tizimining barcha sohalarida
turli  yo‘nalishdagi  yangi  rejalar,  dasturlar,  konsepsiyalar  va  nizomlar  ishlab
chiqilmoqda,  Respublikamizning  porloq  istiqbolini  belgilab  beradigan  mukammal


183
uzluksiz  ta’lim  tizimini  yaratish  va  uni  takomillashtirish  ustida  qizg‘in  ish  olib
borilmoqda.
 O‘zbekiston  Respublikasi  hayotida  sodir  bo‘layotgan    ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy  va  ma’naviy  o‘zgarishlar  xalq  ta’limi  tizimida  o‘z  aksini  topmoqda.
O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi,  O‘zbekiston  Fanlar  Akademiyasi,
Respublika  pedagogika  fanlari  ilmiy-tadqiqot  instituti,  Respublika  o‘quv–metodika
markazi, pedagogika o‘quv yurtlari olimlari va ilg‘or o‘qituvchilari bilan hamkorlikda
ta’lim  mazmunini  yangilash  sohasida  ilmiy  izlanishlar  bo‘yicha  bir  qator  ishlar
amalga oshirilmoqda.
     "Fan  -  texnika  -  ishlab  chiqarish"  tizimining  har  bir  tarkibiy  qismi  ma’lum
darajada  mustaqil  bo‘lib,  ularning  har  biri  fan-texnika  taraqqiyotida  o‘ziga  xos
vazifalarni bajaradi va aniq taraqqiyot qonuniyatlariga ega.
         
Fan  ilmiy  tadqiqotlar  asosida  -  g‘oyalarni  jamlaydi,  texnika  -  uni  yangi
mashina va texnologiyada moddiylashtiradi,  kasbiy ta’lim asosi bo‘lgan berish orqali
mutaxassislar  bilan  ta’minlanadigan  ishlab  chiqarish  o‘z  navbatida  fan,  ilmiy
tadqiqotlar  va  texnika  yutuqlarini  amaliyotda  qo‘llaydi.  O‘rta-maxsus,  kasb-hunar
ta’limi,  uning  muammolari  va  yechimlari,  istiqbollari  sohasida  ilmiy  izlanishlar
fundamental  va  amaliy  fanlar  doirasida  olib  borilganligi  sabab  ushbu  fanlardan
birortasi  ilmiy tadqiqotlar jarayonida - yetakchi  omil bo‘lib,  kasbiy ta’limni tadqiq
qilishda  "fan - ilmiy tadqiqotlar - texnika - kasb ta’limi - ishlab chiqarish" tizimining
asosiy  bo‘g‘ini,  "ishlab  chiqarish  jarayonini  oddiy  mehnat  jarayonidan  ilmiy
tadqiqotlar jarayoniga" aylantirish asosi hisoblanadi. Fan - ilmiy tadqiqotlar - texnika
-  kasb  ta’limi  -  ishlab  chiqarish  integratsiyasi  ta’lim  integratsiyasining  asosiy
yo‘nalishi  sifatida  didaktik  moslangan  ko‘rinishda  ham  namoyon  bo‘ladi.  Ikkinchi
tomondan,  fan  umumta’lim  va  maxsus  ixtisoslik  turkumidagi  o‘quv  predmetlari
doirasida  umumiy  va  kasbiy  ta’lim  mazmunining  shakllanish  manbalaridan  biri
hisoblanadi  va  asosiy  ilmiy  bilimlar  majmuida  o‘z  aksini  topadi.  Zamonaviy  ilmiy
bilimlarga  oid  g‘oyalardan  biri  ularni  integratsiyalash  g‘oyasi  hisoblanadi.  Ilmiy
bilimlarni integratsiyalash g‘oyasi o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ham o‘z
aksini topishi zarur.
Kasb ta’limining ilmiy tadqiqot ishlari bilan integratsiyasi mazmun mohiyatini
to‘laroq  onglash  uchun  avvalombor  “integratsiya”  tushunchasining  o‘zini  ko‘rib
chiqamiz.
"Integratsiya"  tushunchasiga  integratsiyalanadigan  ob’ektlarning  mohiyatiga
ko‘ra turlicha ta’rif berish mumkin. Masalan:
             
-  "mamlakatlar  integratsiyasi"  tushunchasi  ostida  dunyodagi  bir  qancha
mamlakatlarning iqtisodiy, ilmiy-texnik hamkorligi;
-  "ishlab  chiqarish  integratsiyasi"  tushunchasi  orqali  sanoat,  agrosanoat  yoki
ilmiy-ishlab chiqarish majmualari tushuniladi. "Fanlar integratsiyasi" deyilganda esa
bilimlar sintezining  turli shakllari tushuniladi.
 Umuman,  ilmiy adabiyotlarda "integratsiya" tushunchasiga quyidagicha ta’rif
berilgan  "integratsiya  -  bu    ayrim  tarkibiy  qismlarning  yangi  xossa  hosil  qilib,  bir
butun  birlashish  jarayonidir".  Pedagog  olim  V.P.Kuzminning  xulosasiga  ko‘ra,
integratsiya - tizimli yondoshuvdan iboratdir. Chunki "tizim" - bir butunning ob’ektiv
shakli, " integratsiya" esa ayrim qismlarning birlashish mexanizmi  va natijasidir.


184
Biz,  "  integratsiya"  tushunchasiga  berilgan  turli  xil  izohlarni  umumlashtirgan
holda,  bu  jarayonni  u  yoki  bu  fanning  ularni  unifikatsiyalar  va  majmualashtirishga
olib  keladigan  tarkibiy  qismlarning  yagona  dunyoqarash  mantiqiy-metodologik
o‘zaro ta’siri jarayoni deb bilamiz.
O‘rganib  chiqqan  ilmiy  tadqiqotlarimizda  "integratsiyalash,  integratsiyalash
jarayoni"  tushunchasi  bilan  bir  qatorda  "differensiatsiyalash,  differensiatsiyalash
jarayoni" tushunchasi ham uchraydi.  Integratsiyalash va differensiatsiyalash jarayoni
inson  tafakkurining ikki jihati bo‘lib, bir tomondan, olam - yagona butunlik sifatida,
ikkinchi tomondan chuqur  aniq  qonuniyatlar  va  sifatiy  o‘ziga  xos  turli  xil  tarkiblar,
sistemalar  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Bu  ikkita  jarayon  bir-birini  dialektik  taqozo
qiladi, to‘ldiradi va biri ikkinchisi orqali namoyon bo‘ladi.
Ko‘pchilik falsafa sohasidagi tadqiqot ishlarida integratsiya va differensiatsiya
jarayonlarining  o‘zaro munosabati o‘zgarmas va qo‘zg‘almas emasligi ta’kidlanadi.
Ilmiy  bilimlar  taraqqiyotining  turli  bosqichlarida  bu  jarayonlardan  bittasi
ikkinchisidan  ma’lum  vaqt  mobaynida  ustunlik  qilishi  mumkin.  Fan-texnika
taraqqiyotining   hozirgi  bosqichida, integratsiya jarayoni differensiatsiya  jarayoniga
nisbatan  ustunlik  qilmoqda.  Shubhasiz,  ilmiy  bilimlar  differensiatsiyasi  fan-texnika
taraqqiyotida ma’lum ahamiyatga ega, ammo u hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi.
Bu vazifani ilmiy bilimlar integratsiyasi jarayoni bajaradi.
I.T.Frolov fikricha  -    "integratsiyalash g‘oyasi fan va  texnika  taraqqiyotidagi
asosiy yo‘nalishdir".
 Hozirgi  kunda  fanlar  ta’limining,  jumladan  kasb  ta’limining  ilmiy  tadqiqot
ishlari  bilan  integratsiyasi  muammosiga  e’tibor  ortib  bormoqda.  Bu  holat  o‘z
navbatida  tabiat  va  jamiyat  taraqqiyoti  muammolarining  majmuaviy  xarakterda
ekanligini  isbotlamoqda,  ya’ni  ularning  yechimi  bir  qancha  fanlarning  yutuqlarini
amalda ta’lim jarayonida qo‘llash bilan bog‘liqdir.
Hozirgi davrda  ta’limining, jumladan kasb ta’limining   ilmiy tadqiqot  ishlari
bilan  integratsiyasining  yangi  zamonaviy  turi  bilishning  umumiy  ilmiy  shakllari  va
vositalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida
ularning  shakllanish  manbalari  kasb  ta’limida  o‘rganiluvchi  tabiiy,  texnik,
pedagogik, metodik, gumanitar va boshqa fanlar orqali o‘zlashtirib olinuvchi umumiy
ilmiylik  tusini  beruvchi  tushunchalar  hisoblanadi.  Zero  ta’limining,  jumladan  kasb
ta’limining  ilmiy  tadqiqot  ishlari  bilan  integratsiyasi  ko‘p  tushunchalarga  umumiy
ilmiy tus berish va uni shakllantirish asosida namoyon bo‘lmoqda.
3. Kasb ta’limini umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ta’lim bilan
integratsiyasini amalga oshirish
  O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim bilan
integratsiyasini  ta’minlashga  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  qonunda  belgilab  berilgandek,
ta’lim tizimi barcha bo‘g‘inlarining uzluksizligi asos bo‘ladi.
Uzluksiz  ta’lim  tizimining  bir  bo‘g‘ini  bo‘lgan  o‘rta-maxsus,  kasb-hunar
ta’limi  va  umumiy  o‘rta  ta’lim  uzluksizligi  va  izchilligi  hamda  o‘zaro  integratsiyasi
davlat  ta’lim  standartlari  doirasida,  tegishli  ta’lim  dasturlarining  izchilligi  asosida
ta’minlanadi.


185
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi
to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy
etgandan  iboratdir.  Bu  esa,  umumiy  ta’lim  dasturlaridan  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar
ta’limi dasturlariga izchil o‘tishini ta’minlaydi.
Umumiy  ta’lim  dasturlari:  maktabgacha  ta’lim,  boshlang‘ich  ta’lim  (I—IV
sinflar),  o‘rra ta’lim (V-IX sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim. To‘qqiz yillik (I—IX sinflar)  o‘qishdan iborat umumiy
o‘rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlangach ta’limni (I-IV sinflar), o‘rta
ta’lim (V- IX sinflar)ni  qamrab oladi hamda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha
muntazam bilim  olishlarini,  ularda  bilim  o‘zlashtirish  ehtiyojini,  asosiy  o‘quv-ilmiy
va  umummadaniy  bilimlarni,  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga
ongli  munosabatda  bo‘lishni  va  kasb  tanlashni  shakllantiradi.  Umumiy  o‘rta  ta’lim
tugallanganidan  keyin  ta’lim  fanlari  va  ular  bo‘yicha  olingan  baholar  ko‘rsatilgan
holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limning  umumiy  o‘rta  ta’lim  bilan  izchilligi  va
integratsiyasini ta’minlash uchun quyidagilar zarur:
-  maktabning  I—IX  sinflari  doirasida  sifatli  umumiy  o‘rta  ta’lim  olishni
ta’minlovchi davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik
litseylar va kasb-hunar kollejlaridan oldin va  keyin olinadigan ta’lim dasturlari bilan
mantiqiy bog‘liqlikligi hamda biri birini takrorlamasligini  hisobga olinishi lozim;
-  ta’lim  berishning  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalarini,  izchilligi  va
integratsiyasi  ta’minlangan  zamonaviy  o‘quv-uslubiy  majmualarni  yaratish  hamda
o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash.
O‘rta-maxsus,  kasb-hunar  ta’limi. Umumiy  o‘rta  ta’lim  negizida  o‘qish
muddati  uch  yil  bo‘lgan  majburiy  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  uzluksiz  ta’lim
tizimidagi  mustaqil  turi  bo‘lib  unda  -  akademik  litsey  yoki  kasb-hunar  kollejida
o‘qish yo‘nalishi o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akademik  litsey  davlat  ta’lim  standartlariga  muvofiq  o‘quvchilarning
imkoniyatlari  va  qiziqishlarini  hisobga  olgan  holda  ularning  jadal  intellektual
rivojlanishi,  chuqur,  sohalashtirilgan,  tabaqalashtirilgan,  kasbga  yo‘naltirilgan ta’lim
olishini ta’minlaydi.
Bu  ta’lim  turida  o‘quvchilar  o‘zlari  tanlab  olgan  ta’lim  yo‘nalishi  bo‘yicha
(gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni
chuqur  o‘rganishga  qaratilgan  maxsus  kasb-hunar  ko‘nikmalarini  o‘zlarida
shakllantirish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladilar  va  bu  ko‘nikmalarni  biror  bir  oliy  ta’lim
muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida qo‘llashlari mumkin.
Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quvchilarning
kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan
kasb-hunar  bo‘yicha  bir  yoki  bir  necha  ixtisosni  hamda  tegishli  o‘quv  fanlaridan
chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
Akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlarining  bitiruvchilariga  ta’limning
keyingi  bosqichlarida  o‘qishni davom ettirish  yoki egallangan  ixtisos  va  kasb-hunar
bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi diplom beriladi.


186
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  jarayonida umumiy  o‘rta  ta’limning  kasbiy
ta’lim  bilan  izchilligi  va  integratsiyasini  ta’minlovchi  integratsiyalashgan  bilim,
amaliy ko‘nikma va malakalar berish uchun quyidagilar zarur:
- umumiy o‘rta ta’lim negizida ta’limni davom ettiruvchi akademik litseylar va
kasb-hunar  kollejlar  faoliyat  ko‘rsatishining  normativ  bazalarini  ishlab  chiqish  va
joriy etish;
-  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv  muassasalari  uchun  umumiy  o‘rta
ta’lim va oliy ta’lim bilan izchilligi va integratsiyasini  ta’minlovchi ta’lim va kasb-
hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
-  akademik  litseylarning  o‘quvchilari  mehnat  faoliyati  ko‘nikmalarini
egallashlari  uchun  ixtisoslashtirilgan  va  integratsiyalashgan  dasturlar  ishlab  chiqish
va joriy etish.
Kasb ta’limining oliy ta’lim ta’lim bilan integratsiyasini ta’minlashga “Ta’lim
to‘g‘risida”gi  Qonunda  belgilab  berilgandek,  ta’lim  tizimi  barcha  bo‘g‘inlarining
uzluksizligi asos bo‘ladi.
Uzluksiz  ta’lim  tizimining  bir  bo‘g‘ini  bo‘lgan  o‘rta-maxsus,  kasb-hunar
ta’limi  va  oliy  ta’limning  uzluksizligi,    izchilligi  hamda  o‘zaro  integratsiyasi  davlat
ta’lim  standartlari  doirasida,  tegishli  ta’lim  dasturlarining  izchilligi  asosida
ta’minlanadi.
Oliy  ta’lim  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi negiziga  asoslangan  hamda  ikki
(bakalavriat  va  magistratura)  bosqichidan  iborat  uzluksiz  ta’lim  tizimidagi  mustaqil
turi hisoblanadi.
Oliy  ta’lim  muassasalariga  talabalar  qabul  qilish  davlat  grantlari  negizida  va
pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Oliy  ta’limning  birinchi  bosqichi  bo‘lgan  bakalavriatura  -  mutaxassisliklar
yo‘nalishi  bo‘yicha  fundamental  va  amaliy  bilim  beradigan,  ta’lim  muddati  kamida
to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavrlik  dasturi  tugallanganidan  so‘ng  bitiruvchilarga  davlat  attestatsiyasi
yakunlariga  binoan  kasb  bo‘yicha  "bakalavr"  darajasi  beriladi  va  ular  davlat
tomonidan  tasdiqlangan  namunadagi,  kasb-hunar  faoliyati  bilan  shug‘ullanish
huquqini beradigan diplomga ega bo‘lishadi.
Oliy  ta’limning  ikkinchi  bosqichi  bo‘lgan  magistratura  —  aniq  mutaxassislik
bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati
kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim hisoblanadi.
"Magistr"  darajasini  beradigan  davlat  malaka  attestatsiyasi  magistrlik
dasturining  intixosidir.  Magistrlarga  davlat  tomonidan  tasdiqlangan  namunadagi,
kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom beriladi.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  oliy  ta’lim    bilan  integratsiyasini
ta’minlash uchun quyidagilar zarur:
-  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  hamda  oliy  ta’limning  bosqichlari  bo‘lgan
bakalavriatura va magistratura uchun kasb ta’limining oliy ta’lim bilan uzluksizligi va
integratsiyasini ta’minlovchi davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta’limning fan, ishlab chiqarish bilan hamda uzluksiz ta’lim tizimining barcha
bo‘g‘inlari (turlari) o‘zaro integratsiyasini ta’minlovchi mexanizmlarini ishlab chiqish
va amaliyotga joriy etish.


187
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasb  ta’limini  umumiy  o‘rta  va  oliy  ta’lim  bilan  integratsiyalashning  muhim
omillari nimalardan iborat?
2. Kasb  ta’limining  ilmiy  tadqiqot  ishlari  bilan  integratsiyasining  mazmuni
nimalardan iborat?
3. “Integratsiya” tushunchasiga izoh bering.
4. Umumiy o‘rta ta’limning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
6. Oliy ta’limning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
?


188
 GLOSSARIY (Izohli lug‘at)

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin