Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
file

Davlat  va  jamiyat –  ta’ lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimining  faoliyatini
tartibga  solish  hamda  nazorat  qilishni  amalga  oshiruvchi
kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari.
Davlat  va  jamiyat - uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimi  barcha
uchun 
ochiq 
bo‘lishini 
va 
hayot 
o‘zgarishlariga
moslashuvchanligi ta’minlaydi.
Didaktika-pedagogikaning  ta’lim  jarayonini  umumiy  qonuniyatlarini
o‘rgatuvchi qismi bo‘lib,  «didasko» – «o‘qitish», «didachol»-
o‘rgatuvchi degan ma’nolarni bildiradi.
DTS  (davlat  ta’lim  standarti) -  ta’lim  maz muni,  shakllari,  vositalari,
usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi.
Ishlab  chiqarish  – kadrlarga  bo‘lgan  ehtiyojni,  shuningdek  ularning
tayyorgarlik  sifati  va  saviyasiga  nisbatan  qo‘yiladigan
talablarni  belgilovchi  asosiy  buyurtmachi,  kadrlar  tayyorlash
tizimini  moliya  va  moddiy-texnik  jihatdan  ta’minlas h
jarayonining qatnashchisi.
Yo‘ldosh  aloqa  tizimlari  -  Ko‘plab  yer  ustidagi  stansiyalarni  va  yer
sun’iy yo‘ldoshdagi retrenslyatorlarni o‘z ichiga oladi.
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  - 1997  yil  29  avgustda  Oliy
Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan huquqiy hujjat.
Kasb ta’limi jarayoni - pedagogik jarayonning  muhim qismi,  u o‘qitish,
bilim  berish,  ko‘nikma  va  malakalar  hosil  qilish  bilan  birga
kasbga yo‘naltiradi.
Kasb  ta’limi  metodlari -  talabalarni  bevosita  kasbga  yo‘naltiruvchi
usullar majmuasi.
Kasbiy  ta’lim  uslubiyoti -  talabalarni  kasbga  yo‘naltirishning  shakl,
metod va vositalarining birligi.
Kompyuterlar  - kompyuter  texnikasi  hozirgi  vaqtda  tezkorlik  bilan
rivojlanmoqda.  Bu  eng,  avvalo,  operativ  xotira  hajmi,
vinchesterli  disketalar,  tashqi  xotirasi  hajmi,  kompakt  optik
disklar 
hajmi 
kabi 
texnik 
xarakteristikalarning
yaxshilanishiga  xos  bo‘lib,  ularda  tezkorlik  oshmoqda.
Keyingi  vaqtda  turli  optik  xotiralovchi  qurilmalar  (video-
disklar, optik disklar) keng tarqalmoqda.
Ma’lumot –  ta’lim-tarbiya  natijasida  olingan  va  tizimlashtirilgan  bilim,
hosil  qilingan  ko‘nikma  hamda  shakllangan  dunyoqarashlar
majmui.
Modullik  - o‘quv  kursiga  bog‘liq  bo‘lmagan  holatda  shaxsiy,  hamda
gruppa  talabiga  javob  beradigan  o‘quv  rejasini  amalga
oshiradi.
Masofaviy  o‘qitish  -  yangi  va  ancha  progressiv  bo‘lgan  o‘qitish
shaklidir.  Bu  usulni  turli  xil  muassasalariga  tatbiqi,  xususa n
iqtisodiy,  ijtimoiy,  huquqiy  sohalarga  tadbig‘i  talaba  va


189
o‘qituvchilarning  ilg‘or  dunyo  ilmiy  maktablarining  yuqori
sifatli  o‘quv  uslubiy  ishlanmalari,  zamonaviy  va  so‘nggi
axborotlardan  qayerda  bo‘lishidan  qat’iy  nazar  to‘g‘ridan-
to‘g‘ri 
foydalanish 
imkoniyatlarini 
beradi. 
Bularning
barchasini  e’tiborga  olgan  holda  oliy  va  o‘rta  ta’lim  vazirligi
ustoz  fondi  qiyofasida  jahon  instituti  bilan  oliy  ta’limda
masofaviy  o‘qitish  usuli  komponentlarini  tatbiq  qilish  haqida
kelishuv tuzildi.
Pedagogik  texnologiya - ta’lim  shakli,  usuli,  uslublari,  tarbiyaviy
vositalarning  maxsus  yig‘ilishini  aniqlovchi  psixologik-
pedagogik ko‘rsat malarning  majmuidir.
Pedagogik  texnologiya - bu  o‘quv  jarayonini  amalga  oshirilishining
sermazmun texnikasidir (G. Bespalko).
Pedagogik  texnologiya
-
o‘qitishning  rejalashtirilgan  natijalariga
erishish jarayonining tavsiflaridir.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin