Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
file

1991-1996-yillarni  o‘ziga  qamrab  olgan  moslashuvchanlik  davri.  90-
yillarning 
boshlarida 
hunar-texnika 
ta’limi 
tizimining 
ko‘plab 
miqdor
ko‘rsatkichlarining  kamayishi  sekinlasha  bordi.  Demak,  bu  tanglik  davri  bosib
o‘tilganligidan  guvohlik  berar  edi,  1992-yilga  kelib  sekin-asta  tayyorlangan
mutaxassis  kadrlar  va  o‘quv  yurtlari  soni  ham  barqarorlasha  boshladi.  1993-yilga
kelib hunar-texnika ta’limiga qabul qilishda ortish ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Respublikamizda  1990-1996-yillarda  hunar-texnika  ta’limining  asosiy
ko‘rsatkichlarini rivojlantirish quyidagi 3- jadvalda o‘z ifodasini topgan:
3-jadval
Yillar
O‘quv yurtlarining
soni (yil oxiridi)
Ularda o‘quvchilar
soni (ming kishi)
Qabul qilingan
o‘quvchilar soni
(ming kishi)
Tayyorlangan
malakali ishchilar
(ming kishi)


20
1991
450
211,6
111,5
113,4
1992
445
210,7
111,9
104,1
1993
439
219,0
125,4
100,8
1994
437
212,5
126,2
115,6
1995
439
218,2
132,4
118,7
1996
442
220,0
128,4
122,0
Bu  davrda  davlatning  asosiy  vazifasi  fuqarolar  huquqi  va  qiziqishlarini
himoyalash,  eng  avvalo  yoshlarning  konstitutsiyaviy  bilim  olish,  kasb egallash
huquqlarini  himoya  etishdan  iboratligiga  qat’iy  amal  qilindi.  Mustaqillik  qo‘lga
kiritilgan  ilk  kunlardan  boshlab  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonun  loyihasi  ustida  ishlar
olib borildi.
Natijada  1997-yilda  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonun  qabul  qilindi.  Shuningdek,
“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‘g‘risida”gi  Qonun  ham  1997  yil  29  avgustda
qabul qilindi.
1997-yil  boshida  Respublikada  umumiy  221ming  o‘quvchilari  bo‘lgan  442
kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatar edi. Ularning tarkibi 209 ta kasb-
hunar maktablari 180 kasb-hunar litseylari va 55ta biznes maktabdan iborat edi.
Moslashish  davri  kasb-hunar  ta’limi  tuzilmasi  o‘quv  yurtlarining  turlari
bilangina  emas,  balki  o‘qish  muddati  va  qabul  kilish  shartlari  bilan  ham  yetarli
darajada murakkab ekanligi quyidagi 4- jadvalda o‘z aksini topgan:
4-jadval
O‘quv yurtining nomi
va mablag‘ bilan
ta’minlanish manbai
O‘qish muddati
Qabul qilish shart-
sharoiti
Bitiruvchilarga
beriladigan hujjat nomi
1.  Kasb–hunar  maktab
davlat byudjeti
1,5
2
3
1
9-sinf negizida
9-sinf negizida, suhbat
9-sinf negizida ,suhbat
11-sinf  negizida,  test
asosida
Kasb haqida attestat
Kasb haqida attestat
O‘rta ma’lumot va kasb
haqida diplom
Kasb haqida diplom
2. Kasb–hunar  litseylari
davlat byudjeti
1 bosqichli, 2 yillik
Ikki  bosqichli  to‘rt
yillik
9-sinf  negizida,  test
asosida
Birinchi 
bosqichdan
so‘ng
To‘liq  o‘rta  va  kasbiy
ta’lim to‘g‘risida diplom
O‘rta  maxsus  ta’lim
haqida diplom
3. Biznes-maktab davlat
byudjeti
Uch yil
9-sinf  negizida  test
asosida
To‘liq  o‘rta  ma’lumot
haqidagi diplom
4.  Fuqarolarning  to‘lov
vositalari hisobidan
1 yil
11-sinf  negizida  test
asosida
Tadbirkorlik 
asoslari
bo‘yicha 
kasb-hunar
diplomi
1996-yildan  boshlab  hunar-texnika  bilim  yurtlarining  moliyalashtirish  asosan
joylarning  byudjetiga  o‘tkazildi.  Yuqorida  zikr  etilgan  tadbirlar  ma’lum  ma’noda
hunar-texnika  ta’limining  barqarorlashishiga  imkon  berib,  uning  imkoniyatlarini
saqlab qoldi. Lekin barcha muammolari yechimini topa olmadi.
Bunday muammolar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
-  o‘quv  jarayonining  moddiy-texnika  va  axborot  negizining  yetarli  darajada
emasligi;
- yuqori malakali pedagog-kadrlarning yetishmasligi;


21
-  o‘quv-metodik,  ilmiy  adabiyotlar  va  didaktik  materiallar  bilan  sifatli  va
yetarli darajada ta’minlanmaganligi;
- kadrlar tayyorlash tizimida fan va ishlab chiqarish orasida uzviy o‘zaro ta’sir
va  manfaatli integrasiyaning mavjud emasligi va hokazolar.
 Bu muammolarning yechimini topish maqsadida 1997-yil 29 avgustda “Ta’lim
to‘g‘risida”gi  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‘g‘risida”gi  Qonunlar  qabul
qilingan  bo‘lib,  ular  Vatanimiz  kasb-hunar  ta’limini  yangi  sifat  bosqichiga
ko‘tarishga  imkon  berdi.  1997-yildan  shu  paytgacha  bo‘lgan  davr  ichida  o‘qish
muddati  uch  yil  bo‘lgan  yangi  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  tizimi  yaratildi.  Bu
tizim  akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlarini  o‘ziga  qamrab  olib,  ixtiyoriy
majburiy ta’lim turi deb ataldi.
Ma’lumki,  insonning  har  bir  hatti-harakati  ongli ravishda  amalga  oshadi.  Ana
shu  ongli  hatti-harakatlar  psixolog  olim  P.Y.Galperin  va  uning  maslakdoshlari
fikricha quyidagi uch asosiy bosqichni o‘ziga qamrab oladi:
Birinchi bosqich  mo‘ljalga olish deb nomlanib, unda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadini belgilab oladi, ya’ni bajaradigan ishlarini rejalashtiradi, maqsadga erishish
omillarini modellashtiradi.
Ikkinchi  asosiy  bosqich.  Amalga  oshirish  bosqichida  o‘z  imkoniyati,  shart-
sharoit, mavjud bo‘lgan ko‘plab boshqa omillarni hisobga olgan holda hatti-harakatlar
amalga oshirilib, ma’lum natijaga erishiladi.
Uchinchi  bosqich  nazorat  qilish  va  o‘zgartirish  kiritish  (takomillashtirish)
bosqichi  hisoblanib,  unda  ko‘zlangan  maqsad  bilan  olingan  natija  qiyoslanadi  va
kerakli  xulosa  chiqarilib,  zarur  bo‘lsa,  rejalashtirish  va  amalga  oshirish
bosqichlarining mazmuni, tuzilmasi, shakli va kechishiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Kishilar (inson) tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlar kabi ta’lim-
tarbiya  ishi  ham  ushbu  yuqoridagi  qonuniyatga  to‘liq  bo‘ysunadi.  Demak,  ta’lim-
tarbiya ishi ma’lum meyorlar doirasida amal qiladi. Bu meyorlarsiz ta’lim-tarbiya ishi
mazmun,  shakl,  zamon,  makon  hamda  natijalar  nuqtai  nazarida  samarasiz  bo‘ladi.
Aslini olganda, maxsus ta’lim  muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy
ishlar  aniq maqsadni ko‘zlab reja asosida kechadi.
Ma’lumki,  Respublikamizda  kasb-hunar  ta’limi:  elementar;  o‘rta  maxsus,
kasb-hunar ta’limi bosqichlarida amalga oshiriladi va maxsus belgilangan hujjat bilan
tasdiqlanadi.  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  kasb-hunar  kollejlarida  amalga
oshiriladi.
“Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi
Qonunida  “Kasb-hunar  kollejlari  jihozlanganlik  darajasi,  pedagogik  tarkibining
tanlanganligi hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim
muassasalari  hisoblanadi.  Ular  bir  yoki  bir  necha  zamonaviy  kasb-hunarni  egallash
hamda  tegishli  o‘quv  fanlaridan  “chuqur  nazariy  bilim  olish  imkonini  beradi”
1
  deb
ko‘rsatilgan.
Kasbiy  tayyorgarlik  iqtisodiyotning  muayyan  sohasida  muvaffaqiyatli  kasbiy
faoliyat  ko‘rsatishga  imkon  beradigan  maxsus  bilim,  ko‘nikma,  malaka  va  mehnat
tajribalari kabilar majmuasidir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, T.- 1997y.


22
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi amaldagi  Qonunining 13-
moddasida “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta
ta’lim  asosida  akademik  litsey  yoki  kasb-hunar  kollejlarida  o‘qishning  yo‘nalishini
ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlari  egallagan  kasb-hunar  bo‘yicha
ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limning navbatdagi bosqichida
davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik  litsey  o‘quvchilarning  intellektual  qobiliyatlarini  jadal  o‘stirishni,
ularni  tabaqalashtirilgan  va  kasb-hunarga  yo‘naltirilgan  bilim  olishlarini
ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
Kasb-hunar  kolleji  o‘quvchilarining  kasb-hunarga  moyilligi,  mahorat  va
malakasini  chuqur  rivojlantirishni,  tanlangan  kasblar  bo‘yicha  bir  yoki  bir  necha
ixtisos  olishni  ta’minlaydigan  uch  yillik  o‘rta  maxsus  kasb-hunar  o‘quv  yurtidir”  –
deb ko‘rsatilgan.
Kasb-hunar  kolleji  tegishli  davlat  ta’lim  standartlari  doirasida  o‘rta  maxsus,
kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar, yuqorida zikr etilganidek,
ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallagan ixtisoslik  va
kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
Kasb-hunar  ta’limi  tizimining  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  –  kasb-hunar
kollejlarining  ishlab  chiqarish  korxonalari  bilan  uzviy  aloqada  bo‘lishidadir.  Kasb-
hunar  kollejlari  uchun  baza  bo‘lgan  korxonalar  o‘quvchilar  uchun  kerakli  jihozlar,
asbob-uskunalar ajratadi, korxona sexlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish uchun
imkoniyat yaratadi.
Shunday qilib, yuqorida zikr etilgan fikr-mulohazalarga  asoslanib, kasb-hunar
pedagogikasining  vazifasi  yoshlar  tomonidan  kasb-hunar  sir-sinoatlarini  egallash
qonuniyatlarini  o‘rganish  hamda  pedagogik  amaliyotga  qo‘yilgan  maqsadlarga
maqbul erishish omillarini ko‘rsatishdan iboratdir, deb xulosa chiqarish mumkin.
 Ko‘p asrlik kishilik jamiyatining amaliy tajribalari,  falsafa,  jamiyatshunoslik,
pedagogika  va  psixologiyaga  oid  g‘oyalar,  dunyo  miqyosida  kechayotgan  ta’lim-
tarbiyaga  oid  bilimlar,  maxsus  pedagogik  tadqiqotlar  natijalari,  izlanuvchi  pedagog
novatorlar  tajribalari  va  shu  kabilar  Kasb-hunar  ta’limi  pedagogikasini
rivojlantiruvchi manbalardir.
Shunday qilib, kasb-hunar pedagogikasi nisbatan yangi va rivojlanuvchi fandir.
U  kasb-hunar  ta’limi  tizimining  takomillashuvi  jarayonida  umumiy  pedagogikadan
maxsus soha sifatida ajralib chiqdi.  Kasb-hunar ta’limi pedagogikasining o‘z obekti,
predmeti,  prinsiplari,  maqsadi,  mazmuni,  tashkiliy  shakllari,  metod  va  vositalari,
o‘ziga xos kategoriyalari mavjud bo‘lib, ular fanning asosini tashkil etadi.
Zamonaviy  kasb-hunar  ta’limining  asosiy  xususiyati  -  uning  integratsiya
yo‘nalishi (tendensiyasi) hisoblanib, bu holat ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Agar
tashqi  integratsiya  umumjahon  ta’lim  makonini  qurish  bilan  bog‘liq,  ya’ni  turli
mamlakatlarda  to‘plangan  tajribalardan  foydalanishni  ko‘zda  tutgan  bo‘lsa,  ichki
integratsiya  predmetlararo  yondashuv  asosida  integrativ  kurslar  tuzishni  ko‘zda
tutadi.  Ana  shunday  integrativ  o‘quv  predmetlaridan  biri  kasb-hunar


23
pedagogikasining  o‘zi  hisoblanadi.  Chunki  u  kichik  mutaxassislar  tayyorlashning
zaruriy  va  yetarli  mazmunining  darajasini  belgilovchi  Davlat  ta’lim  standartlariga
binoan yaratilmoqda.
 Kasbiy  ta’limning  shakllanishi:  yosh  avlodni  mehnat  faoliyatiga  tayyorlash
muhim ijtimoiy pedagogik vazifa bo‘lib,  insoniyat jamiyati o‘z tarixida bu masalani
turlicha yechimini  topishga harakat qilgan. Dastlabki paytlarda bolalarni  mehnatga
tayyorlash  bevosita  mehnat  faoliyati  jarayonida  amalga  oshirilgan.  Dehqonchilik,
chorvachilik  va  hunarmandchilikning  paydo  bo‘lishi  yoshlarni  hayot  faoliyatiga
maxsus  tayyorlash  zarurligini  muhim  masala  sifatida  kun  tartibiga  qo‘ydi.  Shunday
qilib,  aqliy  va  jismoniy  mehnat  ajraldi.  Uzoq  o‘tmish  tarixda  ustoz-shogird  tizimi
paydo bo‘ladi.
Yuqoridagilarga xulosa qilib, takidlash joizki, hozirgi jadal sur’atli fan-texnika
taraqqiyoti  natijasida  kasbiy  mehnat  mazmuni  va  xarakteri  jadal  ravishda
o‘zgarmoqda,  texnika  sohasidagi  yangiliklar  ishlab  chiqarish  jarayoniga  tezkorlik
bilan joriy etilib, insoniyat jamiyatining tinchligi, farovonligi ta’minlanmoqda. Bunga
ko‘plab  rivojlangan  mamlakatlarni  misol  sifatida  ko‘rsatish  mumkin.  Ana  shunday
yetakchi  mamlakatlar  orasidan  o‘ziga  munosib  o‘rin  egallayotgan  Respublikamiz
uchun  yuqori  malakali,  keng  ixtisosli,  mehnat  bozorida  raqobatlasha  oladigan
mutaxassis kadrlarga talablar qo‘yilgan ( 5-jadvalga qarang).
Mutaxassis kadrlarga qo‘yilgan talablar
5-jadval
Asoslar
Kadrlar tayyorlashga qo‘yilgan talablar
Sanoatlashgan  jamiyatga  o‘tish,  xalqaro  o‘zaro
ta’sirlar masshtabini kengayishi
Kommunikabellik, 
tolerantlik, 
ijtimoiy
moslashuvchanlik, 
axborot 
texnologik
madaniyat, moslashuvchan tafakkur.
Xalqaro hamkorlikda  yechimini topish  mumkin
bo‘lgan  global  muammolarning  paydo  bo‘lishi  va
rivojlanishi
Dunyoqarash  va  tafakkurni  global,  tizimli,
axborot texnologik loyihalash.
Iqtisodni  dinamik  rivojlanishi,  raqobatning
kuchayishi,  malakasiz  mehnatning  qisqarishi,
bandlik sohasidagi chuqur tuzilmaviy  o‘zgarishlar
Kasbiy  kompetentlik  va  mobillik,  muntazam
ravishda  malaka  oshirish  va  qayta  tayyorlashga
talab, raqobatbardoshlik
Ishbilarmonlikning  rivojlanishi,  individual-
xususiy   faoliyat,  mehnat  bozorini tuzish.  Kadrlar
tayyorlashga  talab va taklif
Ishbilarmonlik,  raqobatbardoshlik,  o‘z  kasbiy
mahoratini oshira borish, mustaqillik, ijodkorlik
Tez,  to‘g‘ri,  mustaqil  ravishda  qabul  qilish,
dinamik  ravishda  ishlab  chiqarish  texnologik
jarayonlarining o‘zgarishi.  O‘zi  va  kasbiy  faoliyat
natijalarini tahlil eta bilish.
Kasbiy  mustaqil,  javobgarlik,  kreativlik,
adekvat o‘z-o‘zini baholash kabilar.
Dunyo  miqyosidagi  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  ishlab  chiqarishdagi  texnik  va
texnologik  o‘zgarishlar  kadrlar  tayyorlashga  yangi  talablar  qo‘ymoqda.  Rossiyalik
olim  E.F.Zeyer  tomonidan  K.K.Platonov  g‘oyalariga  asoslangan  holda,  to‘rt
komponentli  mutaxassis  tuzilmasi  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  unda  kasbiy  fazilatlar
shaxsning  ijtimoiy-psixologik  va  psixofiziologik  komponentlari,  talab  etiladigan
ixtisosliklar kabilarni o‘ziga qamrab oladi (6 va 7-jadvallarga qarang)
Mutaxassis tuzilmasi
6-jadval
T/r  Kasbiy fazilatlar
Shaxsning ijtimoiy
Talab etilgan kasbiy muhim


24
psixologik 
va 
psixo-
fiziologik komponentlari
 ixtisosliklar
1. 
Kasbiy yo‘nalganlik
Moyillik, 
qiziqishlar,
munosabatlar,  kutayotgan
natijalar
Ijtimoiy 
kasbiy 
qobiliyatlar:
hamkorlik 
qilishga 
tayyorligi,
yutuqlarga  intilish,  kasbiy  jihatdan
o‘sishga 
tayyorlik, 
 
ijtimoiy
javobgarlik, ishonchlilik
2. 
Kasbiy kompetentlik
Kasbiy  bilim,  malaka  va
ko‘nikma, ixtisoslik
Ijtimoiy-huquqiy 
va 
iqtisodiy
kompetentlik,  maxsus  kompetentlik,
shaxsiy  kompetentlik,  (bir  kasb)
doirasidan  tashqari  bilim,  ko‘nikma
va malakaga ega bo‘lish kabilar
3. 
Muhim kasbiy fazilat 
Diqqat-e’tiborlilik,
kuzatuvchanlik,
qat’iyatlilik,
kirishuvchanlik,
mustaqillik,  o‘zini  nazorat
qila olishlik
Kasbiy  mustaqillik,  ijtimoiy  kasbiy
intellekt,  texnologik  jarayonlarni
rejalashtira 
olish 
qobiliyati,
tashhislash 
qobiliyati, 
kasbiy
moslashuvchanlik va shu kabilar.
4. 
Muhim 
kasbiy
psixologik-fiziologik
fazilatlar
Ekstravertivlik,  chamalash,
reaktivlik
Umumlashgan  kasbiy  qobiliyatlar:
ish-harakatlaridagi 
muvofiqlik,
tezkor  reaksiya,  chamalay  olish,
chidamlilik, 
sabr-toqatlilik,
qat’iyatlilik kabilar.
Muhim kompetentlik mazmuni
                                                                                                               7-jadval
Kompetensiya
Kompetentlik mazmuni
Ijtimoiy
O‘ziga  javobgarlikni  olish,  oldiga  qo‘yilgan  maqsadga  erishish  yo‘lida  o‘z
qiziqishlarini ishlab chiqish va jamiyat talablariga uyg‘unlashtira olish
Kommunikativ 
Og‘zaki  va  yozma  muloqot  texnologiyalarini  o‘zlashtirganlik,  shuningdek,
kompyuter dasturlari va internet tizimi bilan ishlay olish
Axborotchilik
Axborot  resurslari,  texnologiyalari,  olingan  axborotlarga  o‘z  munosabatini
bildira  olish  yoki  pedagogik  ishlov  berib  o‘quvchilarga  tushunarli  holga
yetkaza olish
Maxsus
Kasbiy  vazifalarni  mustaqil  va  ijodiy  bajarishda  o‘zi  va  o‘zgalar  ishini
obektiv baholash.
Kognitiv
Muntazam  ravishda  o‘zining  kasbiy  mahoratini  oshirishga  tayyorgarlik,
shaxsiy  imkoniyat-  larini  dolzarblashtirish  va  amalga  joriy  etish,  mustaqil
ravishda  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  o‘zlashtirish  qobiliyati,  o‘zini
doimo rivojlantirishga intilishi va shu kabilar.
Professionalizm  (kasbiy  yetuklik)ning  eng  yuqori  darajasi  kasbiy  mahorat
hisoblanib, u kasbiy faoliyatning mohirlik cho‘qqilarini zabt etishni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich  (elementlar)  kasb-hunar  ta’limi  umumiy  o‘rta  ta’lim
maktablarida,  qisqa  muddatli  maxsus  o‘quv  kurslarida  ma’lum  tor  ixtisoslikni
egallashga  imkon  beradi.  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  umumiy  o‘rta  ta’lim
negizida o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, tanlagan kasbi bo‘yicha bir yoki bir
necha ixtisoslikni egallashni ta’minlaydigan o‘qish muddati uch yillik ta’limdir.
 Oliy kasb-hunar ta’limi - yuqori malakali mutaxassislarni ikki (bakalavriat va
magistratura) bosqichda tayyorlaydi.
Kasb-hunar ta’limining tarixan vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagi omillar
bilan asoslanadi:


25
- mehnat sohalarining bo‘linishi, jismoniy va aqliy kasblar sonining ortishi;
-urbanizatsiya, ya’ni jamiyat rivojlanishida shaharlar rolining oshishi;
-fan-texnika  taraqqiyoti  va  ilg‘or  ishlab  chiqarish  texnologiyalarining
yaratilishi hamda tezkorlik bilan amaliyotga joriy etilishi kabilar.
Ijtimoiy institut sifatida kasb-hunar ta’limi tizimi quyidagi uch asosiy  vazifani
bajaradi,  bular:  ta’limiy  (ta’lim,  tarbiya  berish,  shaxsni  rivojlantirish),  iqtisodiy
(mehnat  bozorida  raqobatlasha  oladigan  kichik  mutaxassis  kadrlar  tayyorlash)  va
ijtimoiy-madaniy  (ijtimoiy  faol,  mustaqil  holda  izlanuvchan  faoliyat  ko‘rsatuvchi
ma’naviy  yetuk  shaxsni  shakllantirish).  Bu  vazifalar  kasb-hunar  ta’limining
rivojlanish tarixida minglab yillar davomida shakllangan. Sharq pedagogik tafakkuri
antologiyasi,  Markaziy Osiyo  xalqlari  madaniyati  va  xalq  hunarmandchiligi  tarixiga
oid manbalar tahlili bunga misol bo‘la oladi.
Bu  haqda  X.X.Tilashev,  A.Ismoilov,  M.M.Hayrullayev,  I.Xusanxo‘jayev,
N.Boboyev,  B.G.G‘ofurov,  A.X.Qosimjonov,  M.X.Xursandov,  X.F.Rashidov,
D.A.Zohidova, X.Homidiy va ko‘plab shu kabilar vatandosh olimlar tomonidan nashr
ettirilgan  ishlarda  muhim  ma’lumotlar  keltirilgan.  Shu  o‘rinda  Rossiyada  tashkil
etilgan  dastlabki  ta’lim  muassasalari  qatoriga  Pyotr  I  tomonidan  tashkil  etilgan
navigatsiya  maktabi,  artilleriya  maktabi  (1712),  harbiy  feldsherlik  maktabi  (1754),
san’at  bilim  yurti  (1783),  o‘qituvchilar  seminariyasi  (1786)  kabilarni  ko‘rsatish
mumkinligi rus pedagog olimi V.D.Purin tomonidan ta’kidlangan.
Shunday  qilib,  XIX  asrning  o‘rtalariga  kelib,  bir  qancha  rivojlangan
mamlakatlarda ta’limning mumtoz (klassik) umumiy va oliy turiga qo‘shimcha yangi
yo‘nalishini  shakllantirish  muammosi  kelib  chiqdi.  Y.A.Komenskiy,  Djon  Lokk,
J.J.Russo  va D.Didro kabilar ham maktab o‘quv rejalariga amaliy bilimlarni kiritish
zaruriyatini  ko‘rsatib  o‘tganlar  zero,  hozirgi  paytda  kasb-hunar  ta’limi  global,
umumjahon xarakterga ega bo‘lgan hodisa sifatida e’tirof etilmoqda.
Shuningdek,  yaxlit  kasb-hunar  ta’limi  tizimining  paydo  bo‘lish  tarixi  mehnat
qurollari ishlab chiqishga tirikchilik buyumlari, talablarini ortib borishi bilan bog‘liq.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Hozirgi O‘zbekiston hududida kasb-hunar ta’limining tub asoslari nimalardan
iborat?
2. Kaykovusning farzand tarbiyasi xususidagi qarashlarini izohlang.
3. Kasb-hunar ta’limining rivojlanish bosqichlarini aytib bering.
4. Mutaxassis kadrlarga qo’yiladigan talalarni aytib bering.
5. Mutaxassis tuzilmasining to’rt komponenti nimalardan iborat?
6. Muhim kompetentlik mazmunini izohlang.
1.4. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM TIZIMI ISLOHOTLARI
Reja:
1.  Ta’lim  tizimi  islohotlarini  muvaffaiyatli  amalga  oshirish  shart-
sharoitlari.
2. Ta’lim tizimi islohotlarining moiyati.
?


26
3. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
4. O‘zbekistonda «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi.
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari.
1. Ta’lim tizimi islohotlarini muvaffaiyatli amalga oshirish shart-sharoitlari
Istiqlolga  erishgan  mamlakatimizda  yuz  berayotgan  tub  o‘zgarishlar  ta’lim
mazmunini  davr  nuqtai  nazaridan  yangilashni  taqozo  etmoqda.  Bunday  yangilanish
O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni  va  “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” asosida amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 
«Kadrlar 
tayyorlash 
milliy 
dasturi» 
talablari 
asosida
shakllantirilayotgan  uzluksiz  ta’lim  tizimi  doirasida  kasb  ta’limiga  alohida  o‘rin
berilishining  samarasi  sifatida  kasb-hunar  kollejlari  va  akademik  litseylar  tizimi
shakllandi.
Bugungi  kunda  kasbiy  pedagogika  jahon  miqyosida  tan  olingan  eng  ilg‘or
metodlar va yo‘nalishlar bilan boyib bormoqda. Ayni vaqtda o‘zining keng tatbiqini
kutayotgan,  fanning  boshqa  sohalari  bilan  aloqadorlikda  ishlab  chiqilgan  yangi
konsepsiya va nazariyalar rivojlantirilmoqda.
Respublika  xalq  ta’limi  tizimida  olib  borilayotgan  islohotlar  natijasida  kasbiy
ta’limni  samarali  tashkil  etish,  ishchi  kasblariga  maxsus  tayyorlash,  ta’lim  oluvchi
shaxsida  kasbiy  mahorat  va  layoqat  sifatlarini  shakllantirish  masalalariga  alohida
e’tibor berilmoqda.
2. Ta’lim tizimi islohotlarining moiyati
Bugungi  kunda  barcha  fan  sohalari,  jumladan,  kasb  ta’limi  bo‘yicha  yangi
o‘quv  darsliklari,  qo‘llanma  va  tavsiyalarni  yaratish  muhim  ahamiyatga  ega
bo‘lmoqda.  Bu  o‘rinda  kasb  ta’limiga  bo‘lgan  e’tiborning  ortib  borayotganligini
quyidagilar bilan izohlash mumkin:
*  ta’lim  islohotlari  natijasida  akadem  litsey,  kasb-hunar  kollejlari  va  boshqa
turdagi o‘quv muassasalarining shakllantirishilishi va rivojlanishi;
* oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limini o‘qitilishning yo‘lga qo‘yilayotganligi, bu
borada alohida fakultet va bo‘limlarning tashkil etilishi;
*  kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi,
istiqbolda  amalga  oshirilishi  ko‘zda  tutilgan  bilim  sohalari  tutashuvida  yangi
konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi;
 kasbiy  ta’lim  muassasalarining  aholiga  ta’lim  xizmatlarini  ko‘rsatish
borasidagi  faoliyat  turlarining  ortib  borishi,  o‘z  bazasida  tayyor  mahsulot  ishlab
chiqarishning  yo‘lga  qo‘yilishi;  mehnatni  tashkil  qilishning  ilg‘or  shakllarini  joriy
etishi va boshqalar.
3. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
1997  yil  29  avgustdagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX
sessiyasida  O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  qonunining  va
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ning  qabul  qilinishi  mamlakatda  amalga
oshirilayotgan  demokratik  va  iqtisodiy  o‘zgarishlarni  hisobga  olgan  holda  kadrlar
tayyorlash tizimini keng ko‘lamda isloh qilishning ibtidosi bo‘ldi.


27
Milliy dasturning maqsad va  vazifalari
«Kadrlar  tayyorlash  milli  dasturi»  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston
Respublikasi  Qonunining  qoidalariga  muvofiq  holda  milliy  tajribaning  tahlili  va
ta’lim  tizimidagi  jahon  miqyosidagi  yutuqlari  asosida  tayyorlangan  hamda  yuksak
umumiy  va  kasb-hunar  madaniyatiga,  ijodiy  va  ijtimoiy  faolikka,  ijtimoiy-siyosiy
hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol
vazifalarini  ilgari  surish  va  hal  etishga  qodir  kadrlarning  yangi  avlodini
shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Mazkur  dasturning  maqsadi  –  ta’lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni
o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan
demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak  ma’naviy  va  ahloqiy  talablarga  javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu  maqsadni  ro‘yobga  chiqarish  qo‘yidagi  vazifalar  hal  etilishini
nazarda tutadi:
«Ta’lim  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuniga  muvofiq  ta’lim
tizimini isloh qilish, davlat  va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar
tayyorlash  sohasida  raqobat  muhitini  shakllantirish  negizida  ta’lim  tizimini  yagona
o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
4. O‘zbekistonda «Uzluksiz ta’lim» tushunchasi. Uzluksiz ta’lim tuzulishi.
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari
               
1.  Uzluksiz  ta’lim  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi,  O‘zbekiston
Respublikasining  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotini  ta’minlovchi,  shaxs,  jamiyat  va
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy,  ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi
ustuvor sohadir.
   Uzluksiz  ta’lim  ijodkor,  ijtimoiy  faol,  ma’naviy  boy  shaxs  shakllanishi  va
yuqori  malakali  raqobatbardosh  kadrlar  ildam  tayyorlanishi  uchun  zarur  shart-
sharoitlar yaratadi.
 Uzluksiz  ta’lim  tizimining  faoliyat  olib  borishi  davlat  ta’lim  standartlari
asosida,  turli  darajalardagi  ta’lim  dasturlarining  izchilligi  asosida  ta’minlanadi  va
quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
maktabgacha ta’lim;
umumiy o‘rta ta’lim;
o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi;
oliy ta’lim;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi
to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy
etgandan  iboratdir.  Bu  esa,  umumiy  ta’lim  dasturlaridan  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar
ta’limi dasturlariga izchil o‘tishini ta’minlaydi.
Umumiy  ta’lim  dasturlari:  maktabgacha  ta’lim,  boshlang‘ich  ta’lim  (I—IV
sinflar),  umumiy  o‘pra  ta’lim  (I—IX  sinflar),  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini
qamrab oladi.


28
2. Kasbiy ta’lim turi va tizimi. Kasbiy ta’lim rivojlanishining asosiy omillari.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari quyidagadardan iborat:
• ta’limning ustuvorligi — uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga
ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;
ta’limning  demokratlashuvi  —  ta’lim  va  tarbiya  uslublarini  tanlashda  o‘quv
yurtlari  mustaqilligining kengayishi,  ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga
o‘tilishi;
ta’limning  insonparvarlashuvi  inson  qobiliyatlarining  ochilishi  va  uning
ta’limga  nisbatan  bo‘lgan  turli-tuman  ehtiyojlarining  qondirilishi,  milliy  va
umumbashariy  qadriyatlar  ustuvorligining  ta’minlanishi,  inson,  jamiyat  va  atrof-
muhit o‘zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi;
ta’limning  ijtimoiylashuvi  —  ta’lim  oluvchilarda  estetik  boy  dunyoqarashni
hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
•ta’limning milliy yo‘naltirilganligi — ta’limning milliy tarix,  xalq an’analari
va  urf-odatlari  bilan  uzviy  uyg‘unligi,  O‘zbekiston  xalqlarining  madaniyatini  saqlab
qolish  va  boyitish,  ta’limni  milliy  taraqqiyotning  o‘ta  muhim  omili  sifatida  e’tirof
etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
* ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol
topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;
*  iqtidorli  yoshlarni  anglash,  ularga  ta’limning  eng  yuqori  darajasida,  izchil
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
3.  Uzluksiz,  kasb-hunar  ta’limi  tizimida  O‘rta  maxsus  ta’limining  o‘rni  va
ahamiyati.
Umumiy  o‘rta  ta’lim  negizida  o‘qish  muddati  uch  yil  bo‘lgan  majburiy  o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turidir. O‘rta maxsus
kasb-hunar  ta’limi  yo‘nalishi  akademik  litsey  yoki  kasb-hunar  kolleji  o‘quvchilar
tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akademik  litsey  davlat  ta’lim  standartlariga  muvofiq  o‘rta  maxsus  ta’lim
beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda  ularning
jadal  intellektual  rivojlanishi  chuqur,  sohalashtirilgan,  tabaqalashtirilgan,  kasbga
yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Akademik  litseylarda  o‘quvchilar  o‘zlari  tanlab  olgan  ta’lim  yo‘nalishi
bo‘yicha  (gumanitar,  texnika,  agrar  va  boshqa  sohalar)  bilim  saviyalarini  oshirish
hamda  fanni  chuqur  o‘rganishga  qaratilgan  maxsus  kasb-hunar  ko‘nikmalarini
o‘zlarida  shakllantirish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladilar.  Bu  ko‘nikmalarni  o‘qishni
muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga
chiqarishlari mumkin.
Kasb-hunar  kolleji  tegishli  davlat  ta’lim  standartlari  doirasida  o‘rta  maxsus,
kasb-hunar  ta’limi  beradi;  o‘quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  bilim  va
ko‘nikmalarini chuqur  rivojlantirish,  tanlab  olingan  kasb-hunar  bo‘yicha  bir  yoki bir
necha ixtisosni egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar  kollejlari  jihozlanganlik  darajasi,  pedagogik  tarkibning
tanlanganligi,  o‘quv  jarayonining  tashkil  etilishi  jihatidan  yangi  tipdagi  ta’lim
muassasalari  hisoblanadi.  Ular  bir  yoki  bir  necha  zamonaviy  kasb-hunarni  egallash
hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.


29
Akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlarida  ta’lim  olish  o‘quvchilarga  o‘z
bilimlarini  chuqurlashtirish  va  tanlagan  ixtisosliklariga  ega  bo‘lishni  ta’minlaydi.
Akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlarining  bitiruvchilariga  davlat  tomonidan
tasdiqlangan  namunadagi  diplomlar  beriladi.  Bu  diplomlar  ta’limning  keyingi
bosqichlarida  o‘qishni  davom  ettirish  yoki  egallangan  ixtisos  va  kasb-hunar
bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  tashkil  etish  va  rivojlantirish  uchun
quyidagilar zarur:
•  akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlari  faoliyat  ko‘rsatishining normativ
bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
•  soha  uchun oliy ta’lim  muassasalarining,  ishlab  chiqarish,  fan va  madaniyat
sohasining  mutaxassislarini  jalb  etgan  holda  yuqori  malakali  mutaxassislarni
tayyorlash  va  qayta  tayyorlashni,  shu  jumladan  chet  ellarda    tayyorlash  va  qayta
tayyorlashni tashkil etish;
 •  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv  muassasalari  uchun  ta’lim  va  kasb-
hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari
uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;
•  kasb-hunar  kollejlarida  tayyorlanadigan  mutaxassislarga  nisbatan  ixtisos  va
kasb-hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish;
hududlarning  jug‘rofiy  va  demografik  shart-sharoitlarini  va  tegishli  sohadagi
mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-
hunar  ta’limi  tizimi  ta’lim  muassasalarining  tashkil  etilishini  va  ular  oqilona
joylashtirilishini  ta’minlash,  ularga  o‘quvchilarni  imkon  qadar  oilasidan  ajratmagan
holda  qamrab olish;
•  akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlarining  moddiy-texnika  va  axborot
bazalarini mustahkamlash.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Ta’lim  tizimi  islohotlarini  muvaffaiyatli  amalga  oshirish  shart-sharoitlari
nimalardan iborat?
2. Ta’lim tizimi islohotlarining moiyatini tushuntirib bering.
3.  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonun  va  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  qachon  qabul
qilingan?
4. Uzlukasiz ta’lim turlarini aytib bering.
5. Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish prinsiplarini aytib bering.
6. Akademik litsey va kasb-hunar kollejining farqi nimada?
1.5. KASBIY TA’LIMNING DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMOLARI
VA ULARNI TADQIQ ETISH METODLARI
Reja:
1. Kasbiy ta’limining dolzarb pedagogik muammolari.
2. Ilmiy pedagogik tadqiqotlarning uch guruhi.
?


30
3. Pedagogik  tadqiqot  metodlarining  amaldagi  turlari  (nazariy  va
empirik).
1. Kasbiy ta’limining dolzarb pedagogik muammolari
Ta’lim-tarbiya  jarayoni  samaradorligini  oshirish  muammosi  shu  paytgacha
pedagogik  jarayonning  alohida  elementlarini  takomillashtirish,  o‘qish  muddatini
oshirish,  o‘quv  guruhida  o‘quvchilar  sonini  kamaytirish,  tor  ixtisosliklarini  kiritish,
yangi shakl, metod va  vositalardan foydalanish yo‘lidagi izlanishlar kabi yo‘llar bilan
amalga oshirilgan.
Kasb-hunar  kollejlarida  ta’lim-tarbiyaviy  ishlarini  ilmiy  tashkil  etish
quyidagilarni nazarda tutadi:
-  o‘quvchilar,  o‘qituvchilar  va  muhandis-pedagoglar  ishlashi  uchun  imkon
qadar yaxshi shart-sharoit yaratish;
-  o‘quv  kabinetlari,  laboratoriyalar  va  ustaxonalarini  tashkil etish,  ularni davr
va istiqbol talablari darajasida jihozlash;
-    o‘quv  ustaxonalari,  laboratoriya,  mashq  maydonlari  va  kabinetlarni  zamon
fani,  texnikasiga  mushtarak  jihozlar,  priborlar,  mexanizmlar,  moslamalar,  asbob-
uskunalar, ko‘rsatmali qo‘llanmalar, texnik vositalar bilan jihozlash;
-  zamonaviy  fiziologik,  sanitariya-gigiyena  va  estetik  talablar  asosida  o‘quv
xonalari, laboratoriyalar, ustaxonalar uchun mebellar tayyorlash;
-  har  bir  o‘quv  kabineti,  ustaxona,  laboratoriyalarda  o‘qituvchi,  muhandis-
pedagoglar  va  o‘quvchilar  uchun  barcha  zaruriy    asbob-uskunalarga  ega  ishchi
o‘rinlarini tashkil etish;
-  oqilona  mehnat  va  dam  olish,  shuningdek  sanitariya-gigiyena    shart-
sharoitlarini yaratish;
-  ta’lim-tarbiya  jarayonini  o‘z  vaqtida  sifatli  materiallar,  asbob-uskunalar,
o‘quv-meyoriy,  texnik-texnologik  hujjatlar  va  o‘quv  ma’lumotnoma  adabiyotlari
bilan ta’minlanishini yo‘lga qo‘yish, laboratoriya amaliy ishlarini oldindan tayyorlab
qo‘yish  va  h.k.  Shu  sohadagi  ko‘p  yillik  amaliy  faoliyatimiz,  kasb-hunar  ta’limi
nazariyasi  va  amaliyotini  tahlil  etish,  soha  mutaxassislari  bilan  o‘tkazgan
suhbatlarimiz  bu  sohada  quyidagi  majmuaviy  xarakterga  ega  bo‘lgan  muammolar
mavjudligini ko‘rsatdi:
kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  kasb-hunar  ta’limi  tizimida    kadrlar
salohiyatini  tubdan  yaxshilash,  tarbiyachi,  o‘qituvchi,  muallim  va  ilmiy  xodimning
kasbiy  nufuzini  oshirish  masalasi,  uzluksiz  ta’limni  isloh  qilishning  asosiy
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan, biroq uni amalga oshirish bo‘yicha tegishli
chora-tadbirlar  yetarli  darajada  ishlab  chiqilmaganligi  sababli  yuqori  salohiyatli
pedagog  kadrlarning  boshqa  sohalarga  ketib  qolish  xollari  kuzatilmoqda,  natijada
ta’lim-tarbiya  jarayoni  samaradorligi  pasayib  ketmoqda  va  bu  holat  o‘z  navbatida
kadrlar tayyorlash sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslarning mavjud emasligi;
rahbar  va  boshqaruv  kadrlari  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  ularning
malakasini  oshirishga  bo‘lgan  ehtiyojlarning  muntazam  ravishda  va  tizimli
o‘rganilmasligi;


31
rahbar  va  boshqaruv  kadrlar  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  ularning
malakasini oshirish muammolari bo‘yicha ilmiy–tadqiqot va loyiha ishlarining yetarli
darajada olib borilmayotganligi;
joylarda kadrlar zahirasini tayyorlash tizimining yo‘lga qo‘yilmaganligi;
mavjud  malaka  oshirish  kurslarining  kasb-hunar  kollejlari  tayyorlov
yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilmaganligi;
malaka 
oshirish 
jarayonida 
zamonaviy 
pedagogik 
va 
axborot
texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi;
muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashda sohalar bo‘yicha hududlarda kadrlarga
bo‘lgan  ehtiyoj,  ularning  malaka  darajasiga  bo‘lgan  mehnat  bozori  talablari  yetarli
darajada o‘rganilmaganligi;
oliy ta’lim muassasalarining o‘quv reja va dasturlari mazmuni bilan kasb-hunar
kollejlaridagi ta’lim mazmuni orasida nomutanosibliklar mavjudligi;
O‘MKHT  muassasalari  muhandis-pedagogik  kadrlarining  malakasini  oshirish
maqsadida  tegishli  oliy  ta’lim  muassasalarida  tashkil  etilgan  malaka  oshirish
fakultetlari  va  markazlarining    aksariyat  qismi  yetarli  darajada  zamonaviy  moddiy-
texnika bazasiga va o‘quv-uslubiy ta’minotga ega emasligi;
ta’lim  muassasalari  va  o‘qituvchilar  sifatiga  baho  beruvchi  tizim  mexanizmi
ishlamayotganligi;
O‘MKHT  tizimida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  pedagog  va  muhandis-pedagoglar
orasida nafaqat pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan kadrlar, balki, diplom bo‘yicha
mutaxassisligi mos kelmaydiganlar sonining ko‘pligi;
O‘MKHT tizimi  uchun  davlat  ta’lim standartlari,  o‘quv  rejalari  va  dasturlari,
o‘quv-uslubiy  adabiyotlar,  huquqiy-meyoriy  hujjatlar,  darslik  va  o‘quv
qo‘llanmalarini  o‘z  vaqtida  va  sifatli  yaratish  ishlarini  amalga  oshiruvchi  va
muvofiqlashtiruvchi ixtsoslashtirilgan metodik markaz mavjud emasligi;
kadrlar tayyorlash milliy dasturi bajarilishini nazorat qilishning jamoat nazorati
mexanizmi yaratilmaganligi.
o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  bilimi,  malaka  va  ko‘nikmalarini  baholashning
barcha ta’lim turlari uchun yagona va sodda reyting tizimi yaratilmaganligi;
ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirishda davlat ta’lim muassasalari
bilan  raqobatga  kirishi  mumkin  bo‘lgan  nodavlat  ta’lim  muassasalarining  tashkil
etilishi sust darajada ekanligi;
kasb-hunar  kollejlari o‘quv rejalaridagi  umumta’lim  fanlarining  hajmi  yildan-
yilga  ko‘payib  borayotganligi  tufayli  bitiruvchilarning  kasbiy  mahoratlari  pasayib
ketayotganligi;
uzluksiz  ta’lim  tizimini  ishlab  chiqarish  bilan  integratsiyalashning  puxta
mexanizmi ishlab chiqilmaganligi;
oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida  tayyorlanayotgan
kadrlarning amaliy  ko‘nikmalari yetishmayotganligi;
mehnat  va  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  vazirligi  tomonidan  kichik
mutaxassislarning mehnat bozoridagi o‘rni hanuzgacha aniq belgilab berilmaganligi;
kasb-hunar  kollejlari  faoliyatining  ishlab  chiqarish  amaliyoti  bilan  bevosita
bog‘liq  bo‘lganligi,  har  qanday  amaliyot  uchun  esa  xom  ashyo  va  materiallar
zarurligi, lekin ular uchun alohida byudjet mablag‘lari ko‘zda tutilmayotganligi;


32
o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida  kasb-hunarga  yo‘naltirish
ishlarining olib borilishi yetarli darajada emasligi;
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1998  yil  23  sentabrdagi
406-sonli  qarori  bilan  qishloq  xo‘jalik  tayyorlov  yo‘nalishlariga  ixtisoslashtirilgan
kasb-hunar kollejlariga o‘quv xo‘jaliklari uchun yer maydonlari ajratib berilishi kerak
edi, amalda bu qarorning joylarda yetarli darajada amalga oshirilmayotganligi;
yer  maydoni  va  muayyan  ishlab  chiqarish  bazasiga  ega  bo‘lgan  kasb-hunar
kollejlarida  mahsulot  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  uchun  boshlang‘ich  kapital
mablag‘larining manba’larining aniqlanmaganligi;
ta’lim  muassasalari o‘quvchilarini ta’lim-tarbiya  jarayonidan tashqari  ishlarga
(qishloq xo‘jaligi ishlari, metall yig‘ish, majburiy obuna va x.k.) jalb etilayotganligi;
umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarini  bitirib,  litsey  va  kollejlarga  kirgan
o‘quvchilar  o‘zlari  uchun  butunlay  yangi  bo‘lgan  ta’lim  muassasasidagi  ijtimoiy
muhitga tez kirisha olmaganliklari;
umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarini  bitirib,  kasb-hunar  kollejlariga  o‘qishga
kirgan  o‘quvchilarning  shaxsiy,  individual  psixofiziologik  xususiyatlari,  umumiy
o‘rta  ta’lim  dasturlarini  o‘zlashtirish  darajasi,  ijtimoiy  sharoitlari,  istak-
xohishlarining  turli-tumanligi  kasb-hunar  kollejlari  ta’lim  dasturlarida  hisobga
olinmaganligi;
o‘quv-uslubiy  majmualarning  hamda  ta’lim  jarayoni  didaktik  va  axborot
ta’minotini ishlab chiqish va joriy etish sekinlik bilan amalga oshirilayotganligi;
o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  uchun  zarur  moddiy-texnika,
o‘quv-uslubiy  va   kadrlar  bazasini  tayyorlash  tugallanmaganligi;
tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish to‘liq amalga oshmayotganligi;
ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar     bilan
ta’minlash,  ularning  faoliyatida  raqobatga  asoslangan  muhitni  vujudga  keltirish
to‘liq amalga oshmayotganligi.
Ta’lim  xizmatlari  ko‘rsatish  bozorini  shakllantirish  mexanizmlari  to‘liq
yaratilmaganligi  va  shu  kabi  ko‘p  sonli  majmuaviy  muammolar  mavjudligidan
darak bermoqda.
Har  qanday    pedagogik  tadqiqot  maxsus  dastur  asosida  o‘tkaziladi.  Tadqiqot
natijalari  ilmiy  yangilik  va    amaliy  ahamiyatga  ega  bo‘lishi zarur.Tadqiqot    mantiqi
turli bosqichlarni ko‘zda tutadi.
Ilmiy  pedagogik  tadqiqot  amaliyot  uchun  yangi  muhim  bilimlarni  olishga
yo‘naltirilgan ilmiy faoliyat jarayoni va natijasidir. Ilmiy pedagogik tadqiqot natijalari
ta’lim-tarbiya tuzilmasi,  mazmuni va texnologiyasi, tashkil etish shakllari,  metodlari
va vositalarini takomillashtirishga imkon beradi.
2. Ilmiy pedagogik tadqiqotlarning uch guruhi
1.  Fundamental  ilmiy  tadqiqotlar. Bu  umumlashtiruvchi  konsepsiyalar
natijasida  buyuk  yutuqlarga  erishiladi,  avval  noma’lum  bo‘lgan  qonuniyatlar
bog‘liqlik asosida o‘z yechimini topadi.
II.  Amaliy  (tajriba-sinov)  xarakteridagi  tadqiqotlar  ta’lim-tarbiya
jarayonining  alohida  qirralarini  chuqur  o‘rganish,  avval  shakllantirilgan  qonun  va
nazariyalardan amaliy foydalanish shart-sharoitlarini aniqlashga yo‘naltiriladi.


33
III.  Metodik ishlanmalar  yoki  amaliyotga  yo‘nalgan  tadqiqotlar   avvaldan
ma’lum  bo‘lgan  nazariy  qoidalarni  hisobga  olgan  holda  aniq  tavsiyalarni  ilmiy
uslubiy  jihatdan  asoslash.  Bunday  tadqiqotlar  asosan  alohida  o‘quv  predmetlarini
o‘qitishni  takomillashtirish  sinfdan  va  ta’lim  muassasasidan  tashqari  tarbiyaviy
tadbirlarni  imkon  qadar  samarali  o‘tkazishni  ko‘zda  tutadi.  Har  qanday  pedagogik
tadqiqotlar eng kamida quyidagicha to‘rt bosqichni o‘ziga qamrab oladi:
1.  Tayyorgarlik  bosqichi  (tadqiqot  dasturini  tuzish,  maqsad  va  vazifalarni
belgilash,  muammolarning  nazariy  va  amaliy  holatini  aniqlash  maqsadida  manbalar
bilan tanishish, o‘z farazini  ilgari surish, tadqiqot bosqichlarini belgilab olish);
2. Asosiy tadqiqotchilik (tanlangan metodik majmuani qo‘llash);
3. Miqdoriy va sifat tahlili bosqichi -  olingan ma’lumotlarni qayta ishlash;
4.  Yakuniy  bosqich  -  tadqiq  etilayotgan  pedagogik  jarayonning  kechishini
tavsiflovchi 
sabab, 
omil 
shart-sharoitlari 
o‘rnatiladi, 
tushuntiriladi 
va
umumlashtiriladi.
Pedagogik  tadqiqot  prinsiplari:  ob’ektivlik,  ilmiylik;  tizimlilik,  tarixiylik,
uzviylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi.
Pedagogik  tadqiqotlar  metodlari.  Ma’lumki,  har  qanday  ilmiy  bilish  jarayoni
quyidagicha  uch  o‘zaro  aloqador  tarkibiy  qismlardan  tashkil  topadi:  bilish  ob’ekti,
o‘rganuvchi sub’ekt va bilish metodi,  ya’ni tadqiq etish instrumentariysi.
Metod (grekcha “nimagadir erishish yo‘li”)  maqsadga erishish usuli,  ma’lum
ma’noda tartibga keltirilgan faoliyat kabi umumiy ma’nolarni anglatadi.
Pedagogik tadqiqotlar metodlari, tadqiqotchi tomonidan real pedagogik voqelik
haqidagi  dalil  va  ma’lumotlarni  to‘plash,  ularga  ishlov  berish  va  tahlil  etish
usullaridir. Pedagogik tadqiqot metodikasi deganda,  metodlar yig‘indisi, aloqadorligi
va  ulardan  foydalanish ketma-ketligi tushuniladi.  Tadqiqot  metodlaridan  majmuaviy
foydalanish bizni sub’ektiv ta’sirdan xalos etadi.
3. Pedagogik tadqiqot metodlarining amaldagi turlari (nazariy va empirik)
1. Nazariy metodlar: ilmiy pedagogik manbalarni tahlil qilish, tahlil  va sintez,
induksiya va deduksiya, turlash (shajaralash), analogiya, taqqoslash kabilar.
2. Emperik metodlarga:  ma’lumotlar olish va yig‘ish (kuzatish, suhbat, anketa
so‘rovnomasi,  test  so‘rovnomasi  va  shu  kabilar);  ma’lumotlarga  ishlov  berish
(matematik,  statistik,  grafik,  jadval);  baholash  metodlari    (o‘zini-o‘zi  baholash,
reyting, pedagogik konsilium); pedagogik tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish
(tajriba-sinov ishlari, tajribaviy  o‘qitish, ommaviy o‘qitish) kabilar. Tadqiqotchi aniq
shart-sharoit  va    vaziyatga  binoan  maqbul  metodlar  uyg‘unligini  tanlaydi.  Ilmiy
tadqiqotchilik  faoliyatining  prinsiplari,  metod  va  usullarini  bilish  fanning
metodologik asoslarini bilishni anglatadi.
Pedagogik jarayon yaxlit  hodisa bo‘lib,  unda biologik,  ijtimoiy,  individual va
jamoaviy jihatlar murakkab o‘zaro munosabat hamda ta’sirda bo‘ladi. Ta’lim-tarbiya
jarayonini  harakatlantiruvchi  kuch  shaxsning  o‘z-o‘zini  rivojlantirishi  va
takomillashtirishi hisoblanadi.
Pedagogik jarayon ta’lim,  tarbiya  va  shaxsni rivojlantirish qonunlari  haqidagi
bilimlar  asosida  qo‘yilgan  maqsadga  uyg‘un  holda  o‘quvchilar  faoliyatini  tashkil
etishdir. Pedagogik jarayon boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy – axloqiy va


34
shu kabi jarayonlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u  bevosita uning maqsadi, vazifasi,
mazmuni, ishtirokchilarining hamkorlik faoliyati va natijalarida o‘z ifodasini topadi.
Pedagogik  jarayonga  tashqi:  tabiiy  geografik,  ijtimoiy,  ishlab  chiqarish,
madaniy  va  shu  kabi  shart-sharoitlar  ta’sir  qiladi.  Pedagogik  jarayon  o‘zining
maqsadi,  vazifalari, mazmuni,  metodllari ishtirokchilarining o‘zaro ta’siri, erishilgan
natijasi bilan tavsiflanadi.
Pedagogik  jarayonning  yaxlitligi  maxsus  o‘quv  dasturiga  binoan  ta’limiy,
tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  maqsadlar  birligini ta’minlash bilan amalga  oshiriladi.
Pedagogik jarayonning mazmun komponenti ma’lum o‘quv dasturlari bilan aniqlanib,
insoniyat jamiyatining ijtimoiy munosabatlar, g‘oyalar, ishlab chiqarish, mehnat, fan
va  madaniyat    sohalaridagi  tajribalarini  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Pedagogikaning
muammolarini  tadqiq  etishga  ko‘p  sonli  ishlar  bag‘ishlanganligi  bois  ularga  batafsil
to‘xtalib o‘tmadik.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasb-hunar ta’limining dolzarb pedagogik muammolari nimalardan iborat?
2. Ilmiy pedagogik tadqiqotlar qanday guruhlarga ajratiladi?
3. Fundamental ilmiy tadqiqotlarning mazmunini izohlang.
4. Amaliy xarakterdagi ilmiy tadqiqotlarni tushuntiring.
5. Metodik ishlanmalar yoki amaliyotga yo‘nalgan tadqiqotlarning mazmuni.
6. Pedagogik tadqiqot metodlarini aytib bering.
1.6. KASB-HUNAR TA’LIMINING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI
Reja:
1. Kasb-hunar ta’limining huquqiy-meyoriy asoslarini qamrab olishi.
2.  O‘zbekiston  Respublikasininng  ta’lim    tizimi  va  kasb-hunar
pedagogikasining metodologik asoslari.
3. Tasniflagichdan foydalanish.
1.
Kasb-hunar ta’limining huquqiy-meyoriy asoslari qamrab olishi
Ta’lim  -  bilim  berish,  malaka  va  ko‘nikma  hosil  qilish  jarayoni,  kishini
hayotga,  mehnatga  tayyorlashning  asosiy  vositasidir.  Ta’lim  jarayonida  ma’lumot
o‘zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.
Ta’lim tor ma’noda o‘qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o‘quv
yurtlarida  o‘qitish  jarayonigina  emas,  balki  hayot,  oila,  mahalla,  ishlab  chiqarish
jamoasi va shu kabi sohalarda ham ma’lumot o‘zlashtirish jarayonidir.
Kasb-hunar ta’limining  metodologik asosini dialektik bilish  nazariyasi tashkil
etadi. Shu o‘rinda kasb-hunar ta’limi pedagogikasida keng ko‘lamda qo‘llaniladigan
ba’zi  bir  asosiy  tushunchalarga  baholi  qudrat  izoh  berib  o‘tish  lozim.  Chunki
ishlatilayotgan  tushuncha  mohiyatini  bilmasdan  ta’lim-tarbiya  ishida  samaraga
erishib bo‘lmasligi hayotiy haqiqatdir.
Kasb – ish-faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan turi, sohasi.
Kasb-hunar  sirlarini  egallashga  umumilmiy,  umumkasbiy,  maxsus  ma’lumotlar
?


35
hamda  amaliy  hatti-harakat  usullari  va  shaxsiy  fazilatlarini  o‘zlashtirish  orqali
erishiladi.
Kasb o‘ziga mehnat faoliyatining tor doirasi bilan tavsiflanuvchi ixtisosliklarni
mujassamlashtiradi. Ba’zi kasblar o‘ziga bir qancha ixtisosliklarni qamrab olishi ham
mumkin.  Masalan,  o‘qituvchilik  kasbi  o‘qitiladigan  o‘quv  predmetlariga  binoan:
umumta’lim,  umumtexnik,  maxsus  fanlar  bo‘yicha  o‘qituvchiliklariga  bo‘linishini
ko‘rsatishning o‘zi kifoya. Kasb  va ixtisoslik shaxsning muntazam ravishda  ma’lum
turdagi ish bilan shug‘ullanish metodlarini o‘zlashtirib borishni ifodalaydi.
Metod    iborasi  (yunoncha  –  methodos  –  tadqiqot  yoki  bilish  yo‘li,  nazariya,
ta’limot  ma’nosini  anglatadi)  voqelikni  bilish,  o‘zlashtirish,  o‘zgartirish  usullari
majmuasidir. Metod aslida insonning amaliy faoliyati negizida vujudga kelgan.
Metodika  -  pedagogikaning  o‘qitish  qonuniyatlari,  qoidalari,  tashkil  etish
shakllari,  amalga  oshirish  va  natijalarini  nazorat  qilib  baholash  metod  hamda
vositalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog‘idir. N.S.Sayidaxmedov fikricha,
“metodika  o‘quv  jarayonini  tashkil  etish  va  o‘tkazish  bo‘yicha  tavsiyalar
majmuasidir.  Metodikadan  ko‘zlangan  maqsad  predmet  mavzulariga  oid
nazariyalarni, aniq hodisalar tekisligiga ko‘chirishdir”
2
Metodologiya  –  “metod”  va  “logiya”  iboralarining  birligida  bilish  faoliyati
usuli,  vositalari  va  mantiqiy  tartibi  haqidagi  ta’limot  ma’nosini  anglatadi.  Demak,
metodologiya  har  qanday  faoliyatning  zaruriy  tashkiliy komponentidir.  Shu jihatdan
metodologik  bilimlar,  eng  avvalo,  muayyan  faoliyat  turlarining  mazmuni  va
izchilligini  o‘ziga  qamrab  olib,  odat  hamda  meyorlar  shaklida,  ikkinchidan,  amalda
bajariladigan  faoliyatning  ta’siri  sifatida  yuzaga  chiqadi.  Har  ikkala  holda  ham
bilimning asosiy  vazifasi bilish jarayonini tartibli ravishda amalga oshirish yoki biror
ob’ektni amaliy o‘zgartirishdan iborat.
Demak,  kasb-hunar  ta’limi  pedagogikasi  ijtimoiy  hayotning  ma’lum sohasida
faoliyat  ko‘rsatish  uchun  zarur  bo‘lgan  bilim,  amaliy  va  shaxsiy  fazilatlarni
shakllantirish  qonuniyatlari,  qoidalari,  shakl,  metod  va  vositalari  hamda  mazmuni
haqidagi pedagogikaning muhim tarmog‘idir.
Ta’lim  ilm  berish  va  tarbiyalashni  o‘ziga  qamrab  olib,  Respublikaning  aql-
zakovat  va  ilm  borasidagi  kuch-quvvatini  rivojlantirish,  jamiyat,  oila  va  davlat
oldidagi  o‘z  mas’uliyatini  anglaydigan,  har  jihatdan  barkamol,  erkin  shaxsni
shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Shuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasininng ta’lim tizimi va kasb-hunar
pedagogikasining metodologik asoslari
-O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
-O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni;
-O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi
Qonuni.
Shuningdek,  buyuk  mutafakkirlar  va  olimlarning  ta’lim-tarbiya  haqidagi
g‘oyalari, hukumat qarorlari, farmon va farmoyishlar kabilar.


36
Konstitutsiya mohiyati va mazmuni boshqa ijtimoiy fanlarni o‘rganish davrida
chuqur o‘rganganligi bois, uning bevosita ta’lim-tarbiya bilan takomillashib boruvchi
hujjat ekanligini e’tirof etish zarur.
Mustaqil  O‘zbekistonning    “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  ilk  Qonuni  1992  yil  2
iyuldan amalga joriy etilgan bo‘lib, u VII bo‘lim  44 moddadan iborat edi.
Amaldagi  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonun  1997  yil  29  avgustda  qabul  qilingan
bo‘lib,  34  ta  moddadan  iborat.  Bu  qonunga  binoan  Respublikamizda  shu  paytgacha
hech  bir  mamlakatda  avval  ishlab  chiqilmagan  va  amalga  joriy  etilmagan  “Kadrlar
tayyorlash  milliy  dasturi  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasining  qonuni  ham
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 1X sessiyasida  1997- yil 29-avgust kuni qabul
qilindi. Bu qonun quyidagi bo‘lim va fasllardan tashkil topgan.
Bo‘lim.  Umumiy  qoidalar.  Muammolar  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini  tubdan
isloh qilish omillari:
rivojlanishning erishilgan darajasi;
kamchiliklar va muammolar;
isloh qilish omillari.
Milliy dasturning maqsadi vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlari:
2.1. Dasturning maqsad va vazifalari;
2.2. Dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichlari.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli.
3.1. Shaxs;
3.2. Davlat va jamiyat
3.3. Uzluksiz ta’lim;
3.3.1. Uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari;
3.3.2. Uzluksiz ta’limni isloh qilish yo‘nalishlari;
3.3.3.  Uzluksiz  ta’lim  tizimi  va  turlari:  maktabgacha  ta’lim;  umumiy  o‘rta
ta’lim;  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi;  oliy  ta’lim;  oliy  o‘quv  yurtidan  keyingi
ta’lim;  kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash;    maktabdan  tashqari
ta’lim;
3.4. Kadrlar tayyorlash tizimida fan;
3.5. Kadrlar tayyorlash tizimida ishlab chiqarish;
IV. Kadrlar tayorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari:
4.1.Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;
4.2. Pedagog va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash,  qayta tayyorlash va ularni
malakasini oshirish;
4.3. Ta’lim jarayonini mazmunan isloh qilish;
4.4. Ma’naviy axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;
4.5. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;
4.6. Ta’lim tizimini boshqarish;
4.7. Kasb ta’limi tizimi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
4.8. Ta’lim tizimini moliyalash;
4.9. Moddiy-texnika ta’minoti;
4.10. Ta’lim tizimini yaxlit axborot makoni monitoringini vujudga keltirish;
4.11. Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;


37
4.12. Ta’lim sohasida  ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash hamda bu sohani davlat
tomonidan qo‘llab- quvvatlash;
4.13. Fan va ta’lim jarayonlari aloqalarini rivojlantirish;
4.14. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish;
4.15. Ta’lim bilan kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik;
   V. Dasturni ro‘yobga chiqarishga doir chora-tadbirlar.
Yuqorida  keltirilgan  qisqa  jumlalar  mazmuni  umuman  Respublikamiz  ta’lim
tizimi,  shuningdek,  kasb-hunar  ta’limining  ham  metodologik  asosi  ekanligiga
ishoradir.  Kasb-hunar ta’limining  metodologik asoslarisiz  uning  maqsadi,  vazifalari,
mazmuni,  tashkil etish shakllari,  metod  va  vositalari,  ishtirokchilari natijalari hamda
bu  jarayonga  ta’sir  etuvchi  boshqa  omillarni  asosli  o‘rganish  mumkin  emas.  Kasb
ta’limining metodologik asoslari uning me’yoriy hujjatlarini aniqlashga imkon beradi.
Ma’lumki,  bo‘lajak  kichik  mutaxassislarni  tayyorlash  ishi  bevosita  davlat  va
jamiyatning  talab  hamda  ehtiyojlariga  asoslanib,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’lim
tizimidagi tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar tasniflagichida o‘z ifodasini
topadi. Amaldagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari kasblar
va  ixtisosliklar  umumiy  davlat  tasniflagichi  (2006y)  O‘zbekiston  Respublikasida
texnikaviy,  iqtisodiy    va  ijtimoiy  axborotlarni  tasniflash  va  kodlashtirish  bo‘yicha
yagona  tuzilma  tarkibiga  kiradi  va  Vazirlar  Mahkamasining  “Uzluksiz  ta’lim tizimi
uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida”gi 1998 yil
5-yanvardagi 5-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
muassasalari  tayyorlov  yo‘nalishlari  kasblar  tasniflagichining  tasniflash  ob’ektlari
hisoblanib,  unda  tayyorlov  yo‘nalishlari  nomi,  kodi  va  shu  tayyorlov  yo‘nalishlari
turkumiga kiruvchi kasblar nomi va kodi hamda ixtisosliklar ro‘yxati keltirilgan.
Tasniflagichda ta’lim haqidagi meyoriy hujjatlarni indeksatsiyalash maqsadida
foydalaniladigan ta’limning halqaro standart tasniflash kodlari ham keltirilgan.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limidagi  tayyorlov  yo‘nalishlari  kasblar  va
ixtisosliklar  umumdavlat  tasniflagichini  joriy  etish  oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim
vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi standartlari bilan birga tasniflagichlarni
ishlab chiqish va yuritish tartibiga RST O‘z. 6. 01.02  95 ga muvofiq ravishda amalga
oshiriladi.
Tasniflagich o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish
bilan  ta’minlovchilar,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limida  Davlat  ta’lim  standartlari
o‘quv rejalari,  dasturlari  va boshqa  me’yoriy  hujjatlarni  ishlab  chiqaruvchilar ta’lim
muassasalari  rahbarlari,  Respublika  va  mahalliy  boshqaruv  tashkilotlar
mutaxassislari,  Vazirliklar,  muassasalar  va  boshqa  Respublikamiz  xo‘jaliklarini
rivojlantirishda  faoliyat  ko‘rsatayotgan  sub’ektlar  uchun  mo‘ljallangandir.
Tasniflagich kasb-hunar kollejlari  va  boshqa  tashkilot  hamda  muassasalarning qaysi
Vazirlikka  qarashliligidan  va  mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar  aynan  qo‘llanilishi
shart.
Tasniflagichda  quyidagi  tariflar  qo‘llanilgan:  tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar
va  ixtisosliklarning  umumdavlat  tasniflagichi  (TYKIUT),   o‘rta  maxsus,  kasb-hunar
ta’limi  o‘quv  muassasalarida  kichik  mutaxassislarni  tayyorlash  bo‘yicha  tayyorlov
yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ro‘yxati.


38
Malaka  mutaxassisning  kasbiy  tayyorgarlik  darajasi,  undagi  ma’lum  ishni
bajarish  uchun  zarur  bo‘lgan  bilimning  aniq,  tez  fursatda,  talab  darajasida
bajarilishidir.
Mutaxassisning  malakasini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib,  u  haqida  toifa  yoki
diplomning mavjudligi hisoblanadi.
-  nazariy  va  amaliy  bilimlar  majmuasiga  kasbiy  bilim,  ko‘nikma  va
malakalarga;
-  mazkur  jamiyatda  o‘zining  muvaffaqiyatli  hayot  darajasini  ta’minlaydigan
umumiy va kasbiy madaniyat, ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlar va shaxsiy fazilatlarga
ega bo‘ladi.
Kasbiy  faoliyat  sohasi  (KFS)  kasbiy  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarning
qo‘llanish doirasidir, uning nomlanishi iqtisodiy sohalar nomlari bilan moslashtirilgan
O‘MKHT ta’lim muassasalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari  aniq kasbiy faoliyat
sohasida  mutaxassislarga  kasbiy  ta’lim  berish  doirasidir.  Mutaxassislar  kasbiy
faoliyatining aniq sohasi bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari nomi mehnat faoliyatining
mazmuni va xususiyati orqali aniqlanadi.
Kasb – ish-faoliyatning ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan turi, sohasi.
Ixtisoslik – ilm-fan, texnika, san’at sohalarida aniq bir mutaxassislik.
O‘MKHT  tayyorlov  yo‘nalishlari  va  kasblar  kodi  kasbiy  faoliyat  sohalariga
muvofiq  kasblar  va  ixtisosliklar  bo‘yicha  tayyorlov  yo‘nalishlari  ixtisoslashtirilgan
ro‘yxatining raqamli belgisidir.
Ikkinchi raqam-bilim sohasi kodi;
Uchinchi raqam-ta’lim sohasi kodi;
To‘rtinchi va beshinchi raqamlar-tayyorlov yo‘nalishi kodi;
Oltinchi va yettinchi raqamlar-mutaxassislik kodi
Uzluksiz  ta’lim  tizimidagi  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  tizimi  va  oliy
ta’lim  (bakalavriat)da  uzviylikni  ta’minlash  maqsadida  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar
ta’limidagi  tayyorlov  yo‘nalishlari  kodlari  oliy  ta’limning  bakalavriat  ta’lim
yo‘nalishlari kodlariga moslashtirilgan.
3. Tasniflagichdan foydalanish
- hududiy bandlik dasturlarini ishlab chiqish;
-  milliy  va  hududiy  mehnat  bozorlarida  ijtimoiy  mehnat  sohasidagi
jarayonlarini ta’minlash va tartibga solish;
- ish kuchining samaradorligini va ish kuchiga ketayotgan sarflarni aniqlash;
- mehnatga haq to‘lashni tartibga solish va meyorlashtirishni takomillashtirish;
-  xalq  xo‘jaligining  kadrlarga  bo‘lgan  ehtiyojini  aniqlash  va  asoslangan
uzluksiz ta’lim dasturini ishlab chiqish;
-  mehnat  statistikasi  sohasida  axborotning  xalqaro  miqyosda  taqqoslanishini
ta’minlash.
Tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar  va  ixtisosliklarning  tasniflagich  ro‘yxati
bo‘lib,  u  qo‘shimchalar  va  o‘zgartirishlar  kiritish  uchun  ochiqdir.  Amaldagi
tasniflagida  zarur  hollarda  tasniflagichga  o‘zgartirishlar  va  qo‘shimchalar  kiritish
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  o‘rta  maxsus,
kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan amalga oshiriladi deb ko‘rsatilgan.


39
Kichik  mutaxassislar  quyidagi  lavozimiy  vazifalarni  bajarishlari  ko‘zda
tutiladi:
-  kompyuter  va  boshqa  texnikalardan,  texnikaviy  va  fizikaviy  fanlar  sohasida
foydalanish usullarini qo‘llash bilan bog‘liq texnik-texnologik topshiriqlarni bajarish;
- texnik jihoz va transportlarni ishlatish.
-  mashinalar,  mexanizmlar,  qurilmalar,  moslamalar  hamda  muhandislikka  oid
texnik  jihozlar  va  asboblarga  texnik  xizmat  ko‘rsatish  hamda  ta’mirlash,  metall
konstruksiyalarni o‘rnatish, dastgohlarni o‘rnatish va boshqa ishlarni amalga oshirish;
-  xom  ashyo  qazib  olish  va  qayta  ishlash,  metallurgiya,  qurilish  binolari  va
inshootlarni  ta’mirlash  va  ularga  texnik  xizmat  ko‘rsatish  sohasida  o‘z  kasbiy
bilimlarini tatbiq etish;
- bosish (qoliplash) ishlarini bajarish;
-  oziq-ovqat,  to‘qimachilik  mahsulotlari,  yog‘och  va  metall  buyumlar,  shu
jumladan badiiy hunarmandchilik buyumlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash;
-  bolalar  bog‘chasi  va  boshlang‘ich  maktablarda  ta’lim  va  tarbiya  ishlarini
amalga oshirish;
-  sog‘liqni  saqlash,  gigiyena,  insonlarga  g‘amxo‘rlik  qilish,  qishloq  joylarda
o‘simlik  va  hayvonlarni  parvarish  qilish,  yetishtirish  bo‘yicha  zarur  ishlarni  amalga
oshirish;
-  kadrlarni  tanlab  olish,  joy-joyiga  qo‘yish  va  ularning  ijtimoiy  ta’minoti,
soliqqa tortish va turizmga aloqador davlat xizmatlari, buxgalteriya hisobi, huquqiy,
statistik,  ish  yuritish  korxonalarini  boshqarish  va  tijorat.  Moliya  va  savdo-sotiq
sohasidagi  bilimlarni  texnik  qo‘llash  bilan  bog‘liq  ma’muriy  va  ishlab  chiqarish
vazifalarini bajarish;
- ijtimoiy masalalar bo‘yicha yordam ko‘rsatish va maslahat berish;
- sport va boshqa qiziqarli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish,  madaniyat va
san’at  sohasida  ijodiy  faoliyat  ko‘rsatish,  diniy  marosimlarni  o‘tkazishda  aholiga
yordam  ko‘rsatish  va  shu  kabilar.  Bu  vazifalarni  bajarish  uchun  tabiiyki,  kichik
mutaxassis  ma’lum  hajmdagi  va  darajadagi  bilim  (ko‘nikma  va  malaka)  hamda
shaxsiy  fazilatlarni  o‘zlashtirishi  zarur  bo‘ladi.  Mutaxassis  egallagan  lavozimidagi
vazifalarni  talab  darajasida  bajarishi  uchun  zarur  va  yetarli  bilim  hamda  shaxsiy
fazilatlar davlat ta’lim standartlarida o‘z ifodasini topadi.
Amaliyotga  kasb-hunar  ta’limining  davlat  standartini  kiritishdan  asosiy
maqsad uni yangi huquqiy va tashkiliy metodik asosda reintegratsiya etishdir. Kasb-
hunar ta’limini standartlashtirishning nazariy asosi akademik S.Y.Batishev tomonidan
ishlab chiqilgan:
bosqichli  ta’lim  nazariyasi;  tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar  va  ixtisosliklarni
guruhlash nazariyalari  tashkil etadi.
Kasb-hunar  ta’limi  davlat  standarti  yaqin  kelajakda  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar
ta’limi  tizimida  faoliyat  ko‘rsatishi  va  rivojlanishini  majmuaviy  belgilab  beruvchi
yechim  sifatida  xizmat  qiladi.  Pedagogik  manbalarda  kasb-hunar  ta’limi  davlat
standarti quyidagicha  talqin etiladi:  bo‘lajak  kichik  mutaxassislar  egallashi zarur  va
yetarli  bo‘lgan  mazmun  darajasi  va  ko‘lami;  o‘quvchilarning  maksimal  o‘quv
yuklamasi  hajmi,  bitiruvchilarning  kasbiy  tayyorgarlik  darajasiga  qo‘yilgan  talablar
va hokazo.


40
Kasb-hunar  ta’limi  davlat  standartining  mohiyati    uning  ichki  va  tashqi
aloqalari tahlil etilsagina to‘liq ochilishi mumkin, standartlarning tashqi aloqalari eng
avvalo  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarda  o‘z  ifodasini  topadi,  bundan  standart
ijtimoiy  buyurtmani  talablar  shaklida  o‘zida  ifodalovchi    me’yoriy  hujjat  ekanligi
kelib  chiqadi.  Kasb-hunar  ta’limi  standartining  ichki  aloqadorligi  esa  uni  o‘zaro
aloqador va ta’sirdagi elementlardan tashkil topgan mustaqil tizim sifatida qaralganda
namoyon  bo‘ladi.  Standartni  tashkil  etuvchi  elementlarning  xususiyatlari,  o‘zaro
aloqadorligi uning mohiyatini ochib berishga imkon beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda
standartning rolini tushunish uchun uning  vazifalarini bilish muhimdir. Lo‘nda qilib
aytganda,  standart  nima  uchun  va  kimga  kerak?  Birinchidan,  o‘qituvchilar  va
o‘quvchilar  uchun  o‘zlarining  hamkorlikdagi  faoliyatlarini  tashkil  etish  uchun,
ikkinchidan,  kasb-hunar  ta’limi  tizimi  rahbarlari  va  nazorat  qilish  mexanizmini
shakllantirish  uchun;  uchinchidan,  bandlik  idoralari  xodimlari  uchun,  ishga
joylashtirish  va  qayta  tayyorlash  ishlarini  rivojlantirish  maqsadida;  to‘rtinchidan,
ijtimoiy  hamkorlar  uchun,  ya’ni  ish  beruvchilar,  kasaba  uyushmalari  va  barcha
mehnat  munosabatlari  bilan  shug‘ullanuvchilar  uchun;  beshinchidan,  yaqin  va  uzoq
chet el hamkorlarimiz uchun, xalqaro mehnat bozorida inson huquqlarini erkin o‘zaro
ta’sirini  ta’minlash  uchun  zarur.  Shunday  qilib,  kasb-hunar  ta’limi  davlat  standarti
o‘ziga xos kasbiy ta’lim sifatini boshqarish mexanizmi bo‘lib  xizmat qiladi.  Buning
uchun  u  kasbiy  ta’lim  sifati  bilan  bog‘liq  ko‘plab  komponentlarni  qamrab  olishi
kerak.  Keng  ma’noda  kasb-hunar  ta’limining  sifati  jamiyatni  ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish  vazifalariga  qanchalik  mos  kelishi  bilan  aniqlanadi.  Fan-texnika
taraqqiyoti  bilan  bog‘liq  holda  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv-meyoriy  hujjatlari  tez
o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Malaka darajasi aniq shaxsning kasbiy mahoratini
xarakterlaydi.  Malaka  darajasi  shaxsning  o‘qib  o‘rganganligiga  bog‘liq,  demak,  uni
ob’ektiv  ravishda  baholash  mumkin  bo‘lgan  o‘lchamlar:  hajmi,  sifat  daraja
ko‘rsatkichlariga  ega  bilim  va  shaxsiy  fazilatlar  bo‘lishi  mumkin.  Kasb  qanchalik
murakkab  bo‘lsa,  unga  mos  holda  kasb-hunar  sirlarini  o‘zlashtirish  uchun  shuncha
ko‘p vaqt talab etiladi. Mehnatning intellektual darajasi  aqliy va manual (jismoniy)
faoliyatning  o‘zaro  munosabatini  ko‘rsatadi.  Ilmiylik  darajasi  esa  mehnat
faoliyatining  texnik-texnologik  jihatlari  bilan bevosita  bog‘liqligini  ko‘rsatadi.  Ko‘p
funksiyalilik  mehnatning  murakkabligi,  turli  xildagi  vazifalarni  bajarishi  bilan
xarakterlanadi. Mehnat faoliyati algoritmining murakkabligi   faqatgina turlicha emas,
balki  bir  paytning  o‘zida  parallel  ravishda  aqliy  va  manualni  bajarilishi  bilan
xarakterlanadi. Stereotip kasb-hunar darajasida mahsulli va mahsulsiz faoliyatlarning
o‘zaro nisbatida namoyon bo‘ladi.
Boshqacha  qilib  aytganda,  Davlat  ta’lim  (tarmoq)  standarti  (DTS)
mutaxassisliklarning  yozma  modeli  bo‘lib,  kasbiy  tayyorgarlik  darajasiga  qo‘yilgan
talablarni hamda  shaxsiy fazilatlarni o‘ziga  qamrab oladi.  Uni quydagicha  tasvirlash
mumkin (1-chizmaga qarang).
Rasmdan  ko‘rinib  turibdiki  DTS  va  TTS  ko‘p  vazifali  hujjat  bo‘lib, ish
beruvchilar,  bandlik  xizmati,  vazirlik  va  tashkilotlar,  ilmiy  metodik  tashkilotlar,
o‘quv  muassasalari,  fuqarolar  uchun  mo‘ljallanadi.  DTS asosida  quyidagilar  amalga
oshiriladi:
ta’lim mazmuni tanlab olinadi va shakllantiriladi;


41
o‘quv dasturlashtirish va metodik hujjatlar, ta’lim vositalari ishlab chiqiladi;
ta’lim natijalariga qo‘yilgan talablar shakllantiriladi;
kasbiy tayyorgarlik sifatini nazorat qilish tizimi ishlab chiqiladi;
ta’lim muassasasi attestatsiya qilinadi;
kasbiy maslahat, kasbga yo‘naltirish, kasbiy tanlash ishlari tashkil etiladi;
mutaxassislarning malakasini oshirish shakllari aniqlanadi;
DTSning o‘zi esa tasniflagich asosida ishlab chiqiladi;
DTSni  ishlab  chiqishni  tashkil  etish.  DTSning  amaliy  muhimligini  hisobga
olib, uni quyidagi tartibda ishlab chiqish tavsiya etiladi:
mualliflik jamoalarini tuzish;
alohida bo‘limlarni  ishlab chiqish,  ularni dastlabki baholash va o‘zgartirishlar
kiritish;
DTS loyihasini tuzish uni ekspert baholash;
yakuniy ishlov berish, tahrirlash, rasmiylashtirish va tasdiqlash.
DTSni  ishlab  chiqish  bo‘yicha  mualliflar  jamoasiga  amaliyotchilar,  soha  va
pedagogika  fani  namoyondalari,  mehnat  bo‘yicha  mutaxassislar,  psixologlar,
fiziologlar  kiritilishi  maqsadga  muvofiq.  DTS  ustida  ishlashning  asosiy  bosqichi
ekspert baholash bosqichidir. Ekspert baholashning asosiy vazifasi xatolarni aniqlash,
mohiyati, mazmuni, terminologik noaniqliklarini aniqlash va ularni kelgusida tuzatish
yo‘llarini ko‘rsatishdir.
Ta’lim standartlari iste’molchilari
1-chizma
DTSning mazmuni quyidagilar asosida aniqlanadi:
Davlat va soha meyoriy, texnik va texnologik hujjatlarni tahlil etish;
mehnat bozori talablari;
mutaxassis mehnat faoliyati mazmuni;
Ish
beruvchilar
Davlat va
jamiyat
Ta’lim
beruvchilar
Ta’lim
oluvchilar
Ota-onalar
Davlat ta’lim
standartlari,
tarmoq ta’lim
standartlari


42
ilmiy texnik taraqqiyot va bozor munosabatlarining rivojlanishi ta’sirida ushbu
sohadagi mehnatlarini rivojlanishi;
mavjud tarifikatsiya va attestatsiya tuzilmalari;
chet el kasbiy ta’lim standartlarini o‘rganish, tahlil etish va shu kabilar.
Tahlil o‘z navbatida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
hujjatlarni bevosita o‘rganish;
intervyu olish;
maslahat  berish,  ekspert  so‘rovnomasi  o‘tkazish,  mutaxassislar  amaliy
faoliyatini kuzatish.
Bunda  quyidagilar  tahlil  obektlari  bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin:    mehnat
qurollari,  mehnat  vositalari,  mehnat  mahsuloti,  mehnat  jarayoni,  vazifalari,  shart-
sharoitlari va uni tashkil etish shakllari.
O‘quv rejasi
O‘quv rejasi ta’lim oluvchi bilimi va kasbiy tayyorgarlik mazmunining yetarli
va  zarur  darajasini  ta’minlaydigan  o‘quv  jarayoni  va  o‘quv  yuklamalari  hajmi,
muddatlari va tayyorlanuvchi mutaxassis sifati, nazorati shakllarini belgilab beruvchi
huquqiy-meyoriy hujjatdir.
Kasb-hunar  kollejlari  va  akademik  litseylar  uchun  mo‘ljallangan  yangi o‘quv
rejalari  quyidagi  7ta  blokdan  iborat  qilib  tuzilgan  (bloklar  va  ularga  ajratilgan  vaqt
miqdori  ish beruvchilarning  talablari,  fan-texnika  taraqqiyoti,  ilg‘or  ishlab  chiqarish
texnologiyalari,  talim  muassasalarining  mustaqillik  darajalari  va  boshqa  shu  kabi
omillarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin):
Kasb-hunar kollejlari uchun (100 % = 6480/4560 soat):
Umumta’lim fanlari (43.7 % = 2833/2020 soat);
Umumkasbiy fanlar (7 % = 452/316 soat);
Maxsus fanlar (20 % = 1346/946 soat);
O’quv amaliyoti (10.1 % = 661/465 soat);
Ishlab chiqarish amaliyoti (14.2 % = 921/648 soat);
Davlat attestatsiyasi (1.6 % = 102/72 soat);
Kasb-hunar kolleji  ixtiyoridagi  vaqt (2.5 % = 165/80 soat).
Akademik litseylar uchun (100 % = 6480/4560 soat):
Umumta’lim fanlari (25.8 % = 1673/1178 soat);
Chuqurlashtirilgan fanlar (42.6 % = 2760/1942 soat);
Qo‘shimcha chuqurlashtirilgan fanlar (16.2 % = 1053/740 soat);
Maxsus fanlar (3.3 % = 210/148 soat);
Fakultativ kurslar (5 % = 324/228 soat);
Yakuniy va davlat attestatsiyasi (5.5 %=358 x 252 soat);
Kasbiy tayyorgarlik amaliyoti (1.6 % = 102/72 soat vaqt).
Bizning  fikrimizcha,  o‘quv  rejalaridagi  bloklarga  qat’iy  emas,  balki  ma’lum
oraliqdagi vaqt miqdorini belgilash maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Davlat  ta’lim standartlari  asosida  o‘quv rejalari  ishlab  chiqiladi.  O‘quv  rejasi
har  bir  yo‘nalish  uchun  alohida  tuzilib,  Vazirlik  tomonidan  tasdiqlanadi.  Unda
quyidagilar o‘z ifodasini topadi:
tayyorlov yo‘nalish (ixtisoslik) kodi va uning nomlanishi;
o‘quv muddati;


43
tugatgandan so‘ng olinadigan akademik darajasi;
ta’lim shakli;
o‘quv davrining taqsimoti (jadvali);
o‘quv jarayonining rejasi;
o‘rganiladigan  o‘quv  predmetlari:  har  bir  o‘quv  predmetini  o‘rganish  uchun
ajratilgan umumiy vaqt miqdori;
o‘rganish  uchun  ajratilgan  vaqtni  ma’ruza,  amaliy  mashg‘ulot,  laboratoriya
ishlari,  seminarlar,  kurs  loyihalari  va  mustaqil  ta’limga  qanday  nisbatda
taqsimlanganligi;
o‘quv  predmetini  qaysi  bosqichda,  semestrlarda  haftasiga  qancha  soatdan
o‘rganish tartibi;
davlat attestatsiyasi.
tanlov fanlarining ro‘yxati;
 izohlar kabilar.
Shu  o‘rinda  o‘quv  rejalarining  tayanch,  namunaviy  va  ishchi  turlari  bo‘lishi
mumkinligini  yodda  tutib,  ularni  bir-biridan  farqlay  olish  zarur.  O‘quv  rejalari  o‘z
navbatida o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin