Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
file

texnologiyalar fani va shu kabi fanlarni.
 Shu tariqa “Kasbiy pedagogika”  fanining boshqa  fanlar bilan o‘z  aro aloqasi
ta’minlanadi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasbiy mahorat deganda nima tushuniladi?
2. Kasbiy pedagogika nimani o’rganadi?
3. Kasbiy pedagogikaning asosiy vazifalarini aytib bering.
4. “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi”ni  amalga  oshirishning  asosiy  maqsadi
nimalardan iborat?
5. Uzluksiz  ta’lim  tizimida  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  qanday  talablar
asosida tashkil etiladi va rivojlantiriladi?
6. Kasbiy pedagogika qaysi fanlar bilan aloqador?
1.2. KASB TA’LIMINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Reja:
1. Insoniyat rivojlanishi tarixining turli davrlarida kasbiy ta’lim.
2. Yevropa olimlarining asarlarida kasbiy ta’lim.
3.  O‘rta  Osiyo  hududida  kasbiy  ta’lim  tizimi,  O‘rta  Osiyo  mutafakkir
olimlari kasbiy ta’lim haqida.
1. Insoniyat rivojlanishi tarixining turli davrlarida kasbiy ta’lim
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan keyingi qisqa vaqt ichida
bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li asrlarga tatigulik mazmun va samara kasb etmoqda. Shu
boisdan  ham  mamlakatimiz  Prezidentining  «O‘zbekiston  Respublikasi  davlat
mustaqilligining  yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish
to‘g‘risida»gi  Qarorida  ta’kidlanganidek,  yurtimizda  «demokratik  davlat,  fuqarolik
jamiyatini  barpo  etish,  iqtisodiyotimizni  bozor  munosabatlariga  o‘tkazish  va
rivojlangan  davlatlar  qatoridan  munosib  joy  olish  yo‘lida  erishgan    marralarimiz
jahon ahlini haqli ravishda hayratda qoldirmoqda».
?


12
Haqiqatan   ham,  bundan  25  yil  oldin  xalqimiz  o‘zining  mard  va  donishmand
rahbari boshchiligida  mustaqillikka erishdi. Bu mustaqillik  mamlakatimizda  siyosiy,
iqtisodiy,  ijtimoiy  hayot  va  milliy  ma’naviyat  sohalarida  yangi  bir  davrni  boshlab
berdi. U ta’lim tizimini rivojlantirish sohasida ham tub buyuk islohotlarga  yo‘l ochdi.
Mustaqillikkacha  bo‘lgan  davrda  yagona  mafkura  hukmronligi  ostidagi
pedagogik  tizim  sharoitida  yashadik,  faoliyatimizni  sobiq  markazdan  yuborilgan
tavsiyalar  asosida  tashkil  etdik.  Natijada  shaxs  manfaatlari  va  ularning  ma’naviy
ehtiyojlari  maktab  devorlari  ortida  qoldi.  Amalda  maktab  bitta  yo‘nalishga  -
kommunistik  mafkurani  mustahkamlashga  xizmat  qildi.  Pedagogik  ijod,  ona  tili  va
Vatan  tarixi,  geografiyasi,  tabiati,  milliy  urf-odatlari,  an’analar,  ma’naviyat  va
qadriyatlarni o‘z o‘quvchilariga o‘rgatishdan deyarli mahrum etilgan o‘qituvchi unga
buyurilganlarnigina o‘rgatuvchiga aylandi. Ta’lim-tarbiya ishlarining 70 yil davomida
shakllanib  qolgan  ana  shu  illatlardan  xalos  qilish  ta’limdagi  islohotlarning  tub
mohiyatini tashkil qildi.
2. Yevropa olimlarining asarlarida kasbiy ta’lim
Buyuk  chex  pedagogi  Y.A.Komenskiy  «Kishilik  jamiyati  ishlarini  yaxshilash
haqida hammaga talluqli maslahat» nomli 7 jildli katta asar yozdi (U hayot ekanligi
vaqtida  hammasi  bo‘lib  2  jildi  bosilib  chiqdi,  qolgan  jildlari  esa  faqat  1935  yilda
topildi va Chexoslovakiyada chop qilindi). Bu asarida «Hammani va hamma narsada
har  tomonlama  tuzatish»ning  insonparvarlik  va  demokratik  dasturini belgilab  chiqdi
va kishilik jamiyatini isloh qilish rejasini ilgari surdi.
«Buyuk  didaktika»  asarida  «pan  sofiya  g‘oyasini»  (pan grekcha  —  butun,
hamma, sofiya  —  donolik,  aqllilik)  hamma  narsani  bilish,  hamma  uchun  bilim
berish» demakdir. Pan sofiyada  u tabiat va jamiyat bilimlarining yig‘indisini beradi.
Maktab — bu muassasa, u yerda «Hammani har narsaga o‘rgatmoq kerak» degan fikr
ko‘p marta takrorlanishini ko‘ramiz.
Komenskiy  o‘z  asarlarida  tarbiyaning  maqsadini  ko‘rsatadi.  Tarbiyaning
maqsadi  kishini  mangulik  dunyosiga  tayyorlashdan  iboratdir.  Buni  uch  xil  tarbiya
orqali amalga oshirish mumkin:
1. Aqliy tarbiya.
2. Axloqiy tarbiya.
3. Diniy tarbiya.
Bu  maqsad  bolaning  tug‘ilganidan  to  24  yoshigacha  amalga  oshadi,  bu  davr
ichida  bola  to‘rt  maktabni  o‘qib  tugatishi,  har  birida  6  yil  o‘qishi  kerak,  deb
hisoblaydi.
K.D.Ushinskiyning  pedagogika  nazariyasi  xalqchillik  g‘oyasi  asosida
qurilgandir. «Har bir mamlakatda bolalarni tarbiyalash tizimi,— deb aytgan edi u, —
xalqning  rivojlanish  sharoitlari,  uning  ehtiyoj  va  talablari  bilan  belgilangan».
«Hamma  uchun  umumiy  bo‘lgan  birgina  tug‘ma  moyillik  borki,  tarbiya  hamisha
shunga  tayanishi  mumkin;  bu  biz  xalqchilik  deb  atagan  narsadir.  Xalqning  o‘zi
tomonidan  yaratilgan  va  xalqchilik  asosiga  qurilgan  tarbiya  shunday  tarbiyaviy
kuchga  egaki,  bunday  kuch  abstrakt  g‘oyalarga  asoslangan  yoki  boshqa  xalqlardan
olingan eng yaxshi tizimlarda ham yo‘qdir».


13
Ushinskiy  xalqchillik  deb  har  bir  xalqning  o‘ziga  xosligini  tushunar ediki,  bu
o‘ziga xoslik o‘sha xalq yashashi va  mehnat qilishi lozim bo‘lgan tarixiy taraqqiyot,
geografik va tabiiy sharoitlar bilan ifodalanadi.
Uning  fikricha,  «agar  tarbiya  kishini  baxtli  qilmoqchi  bo‘lsa,  uni  baxt  uchun
tarbiyalamaslik  kerak,  balki  hayotdagi  mehnat  uchun  tayyorlashi  lozim».  Tarbiya
kishida mehnatga muhabbat va odatni o‘stirish kerak. Ushinskiy kishi o‘z faoliyatida
jismoniy  mehnat  bilan  aqliy  mehnatni  birlashtirsa,  juda  foydali  bo‘lur  edi,  deb
hisoblaydi.  U  o‘quvchilar  mehnati  haqida  gapirib,  «O‘qish  mehnatdir  va  mehnat
bo‘lib qolishi, ammo to‘la ma’noli mehnat bo‘lishi lozim», — deydi.
3. O‘rta Osiyo hududida kasbiy ta’lim tizimi. O‘rta Osiyo mutafakkir olimlari
kasbiy ta’lim haqida
Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da ham kasb-hunar ta’lim-tarbiya
masalalariga  katta  ahamiyat  berilgan.  Unda:  «tarbiya  hayotining  eng  muhim  tirgagi,
tayanchi  bo‘lib  hisoblanishi  lozim.  Har  bir  yoshni  shunday  tarbiyalash  lozimki,  u
avval  yaxshi  o‘qishni,  keyin  esa  yozishni  o‘rganish  bilan  eng  yuksak  pog‘onaga
ko‘tarilsin» deyilgan.
Imom  al-Buxoriyning  tarbiya  haqidagi  qarashlarida  jaholat  kishiga  o‘lim
keltiruvchi  fojea  sifatida  qoralanadi.  U  odamlarni  to‘g‘ri  so‘zli  bo‘lishga,  va’daga
vafo  qilishga  da’vat  etib,  munofiq  kishining  uchta  belgisini  ko‘rsatadi,  ular  yolg‘on
gapirish,  va’daga  vafo  qilmaslik  va  omonatga  xiyonat  qilishdan  iboratligini  aytgan
Imom al-Buxoriyning ta’lim-tarbiya  xususidagi ta’limotida axloqiy qarashlar  muhim
o‘rin tutadi.
Yoshlarimizni  tarbiyalash,  ularga  kasb-hunar  o‘rgatish  uchun  birinchi  galda
sharq  mutafakkirlarining  duru-javharga  teng  ma’naviy  meroslari  misol  bo‘la  oladi.
Abu  Nasr  Forobiy,  Axmad  Yassaviy,  Baxouddin  Naqshbandiy,  Imom  al-Buxoriy,
Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Firdavsiy, Amir
Temur,  Navoiy  va  Bobur  singari  jahonga  taniqli  va  shular  singari  boshqa  aql
egalarining  ijtimoiy-siyosiy,  falsafiy  ta’limotlariga  tayanib  ish  ko‘rilsa  tarbiya
ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi.
O‘rta  asr  ijtimoiy-falsafiy  fikr  taraqqiyoti  mutafakkir  Abu Nasr  Forobiy  nomi
bilan bog‘liq bo‘lib,  uning inson kamoloti haqidagi ta’limoti ta’lim-tarbiya sohasida
katta  ahamiyatga  ega.  Mashhur  yunon  faylasufi  Aristotel  keyin  Sharqda  o‘z  bilimi,
fikr dorasining kengligi bilan nom chiqargan yirik mutafakkir Forobiyni «muallim us-
soniy» («ikkinchi muallim») deb ataydilar.  Forobiy o‘z  asarlarida ta’lim-tarbiyaning
muhimligi,  o‘qituvchi  kasb-hunari,  unda  nimalarga  e’tibor  berish  zarurligi,  ta’lim-
tarbiya berish usullari haqida fikr yuritadi.
«Fozil odamlar shahri», «Baxt va saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ilmning kelib
chiqishi»,  «Aql  ma’nolari  to‘g‘risida»  kabi  asarlarida  kasb-hunarga  o’rgatishga  oid
ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Sharqda  mashhur  bo‘lgan  allomalardan  biri  Abu  Ali  Ibn  Sinodir.  Ibn  Sino
bolalarni  maktabda  o‘qitish  zarurligini  qayd  etar  ekan,  ta’lim-tarbiyada  quyidagi
tamoyillarga rioya qilish zarurligini ta’kidlaydi.
- yoshlarga ta’lim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
-  ta’limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish;


14
-  olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;
-  jamoa bo‘lib maktabda o‘qishga e’tibor berish;
-  bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
-  o‘qishni  jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Davlatimizning  mustaqillikka  erishishi  kasb  ta’limining  rivojlanishiga
qanday ta’sir ko’rsatdi?
2. Ya.A.Komenskiyning asarlarida ta’lim-tarbiyaga oid qanday g’oyalar ilgari
surilgan?
3. K.D.Ushinskiyning pedagogik qarashlari xususida fikr bildiring.
4. O’rta  Osiyo  hududida  kasb  ta’limining  rivojlanishi  to’g’risida  nimalar
bilasiz?
5.  A.N.Forobiyning ijtimoiy fikr va falsafiy qarashlarining mohiyatini so’zlab
bering.
6. Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini aytib bering.
1.3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KASB-HUNAR TA’LIMINING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Reja:
1. Hozirgi O‘zbekiston hududida kasb-hunar ta’limining tub asoslari.
2. 1960-1980-yillar kasb-hunar ta’limining evolyutsion rivojlanish davri.
1. Hozirgi O‘zbekiston hududida kasb-hunar ta’limining tub asoslari
Hozirgi  zamon  kasb-hunar  ta’limi  tizimi  faqatgina  XX  asr  oxiri  ilmiy-
pedagogik  tafakkurining  natijasigina  bo‘lmay,  balki  uning  poydevori  insoniyat
jamiyatining  uzoq  tarixi  davomida  to‘plangan  tajribasiga  hamda  olimlar,
mutafakkirlar,  pedagoglar  ishlab  chiqarishning  turli  sohalaridagi  mutaxassislarning
mehnatlariga  asoslangan.  Markaziy  Osiyoda,  hozirgi  O‘zbekiston  hududida  kasb-
hunar  ta’limining  tub  asoslari  bundan  uch  ming  yil  avval  Avestoda  bayon  etilgan
desak  xato  qilmaymiz.  Lekin  bu  boradagi  tajribalar  bizda  yetarli  darajada
o‘rganilmagan.  Shu  bois,  bugun  butun  dunyo,  xususan  Sharq  xalqlarining  tarixiy
merosini zamonaviy kasb-hunar  ta’limi  mazmuni  va  tuzilmasiga  singdirilishini  davr
o‘zi taqozo etmoqda.
Sharq  mutafakkirlari  o‘z  asarlarida  yoshlarning  kasb-hunar  ta’limi  va
tarbiyasiga katta ahamiyat berib, kasb-hunar o‘rganishni jismoniy, aqliy va ma’naviy
kamolotga erishishning asosiy  vositasi deb bilganlar
.
Buyuk  ajdodlarimiz  aqliy,  jismoniy  va  ma’naviy  tarbiya  kasb-hunar  sir-
sinoatlarini  egallashning  asosiy  omili  deb  talqin  etganlar.  Ular  uchun  inson  timsoli
kamolotga yetgan,  ilmli yoki kasb-hunarga ega ijobiy fazilatlar sohibi bo‘lgan. Misol
uchun  Kaykovus  o‘z  farzandiga  qarata:  “Ey  farzand,  ogoh  bo‘lki,  hunarsiz  kishi
hamisha  foydasiz  bo‘lur  va    hech  kishiga  naf  yetkurmas.  Bilursanki,  xori
mug‘ilonning  tani  bordur,  ammo  soyasi  yo‘qdur.  Hunarsiz  kishi  ham  xori  mug‘ilon
yanglig‘ na o‘ziga va na o‘zgaga foyda berur.
?


15
Agar  kishi  har  qanchaki  oliy  nasab  va  asl  bo‘lsa,  ammo  hunari  bo‘lmasa,
xaloyiqning  izzat  va  hurmatidin  noumid  bo‘lur.  Agar kishida  ham  nasab  gavhari  va
ham  hunar  zevari  bo‘lmasa,  undan  batarroqdur.  Jahd  qilg‘il,  agar  gavharing  har
nechakim asl bo‘lsa,  unga  g‘arra bo‘lmag‘il,  nedinkim tan gavhari hunar zevari bila
muayyan bo‘lmasa, u  hech narsaga arzimagusidur.
Andoqkim debdurlar: “Ulug‘lik aql va donishlik birladur, gavhar va nasab birla
bo‘lmas”.
Otni  ota  va  onang  qo‘ymishlar,  sen  unga  g‘arra  bo‘lmag‘il,  nedinkim,  ul
otmazhi  bir  nishondin  o‘zga  narsa  emasdur.  Ammo  sen  hunar  bila  bir  nomga  ega
bo‘lg‘il.  O‘zingni  “Jafar”,  “Muhammad”,  “ustod”,  “xo‘ja”,  “fozil”  oti  bila  atab,
ammo  unga  loyiq  bo‘lmasang,  u  ot  ermasdur.  Agar  kishida  nasab  gavhari  bo‘lsa,
ammo  hunar  zevari  bo‘lmasa,  u  hech  kishining  suhbatiga  loyiq  bo‘lmag‘usidur.
Garchi  bu  ikki  gavhar  hosil  qilg‘on  kishi  topsang,  etagini  mahkam  tutg‘il  va  undin
ilkingni chekmag‘il, bilki u barcha kishilarning mushkulin oson qilg‘ay.
Barcha  hunardin  so‘z  hunari  yaxshiroqdur,  nedinkim,...  hamma  maxluqotdin
odam yaxshiroq yaraldi va o‘zga jonivorlardin odam o‘n daraja ziyodadur va bu o‘n
daraja  odamning  badanida  hamisha  bordur.  Beshi  tashida  zohirdur,  beshi  ichida
pinhondur.  Ul  pinhon  narsalar:  biri,  bir  narsani  yod  olmoq;  biri,  hamisha  esda
saqlamoq,  biri  taxayyul  (xayolga  keltirmoq);  biri  tahavvur  (g‘azab  va  shiddat  bilan
hujum etish); biri takallum (so‘zlash). Ammo ul beshtakim tashida zohirdur: bu zavq,
yani eshitmoq, ko‘rmoq, hid bilmoq, totmoq, siypalamoq, yani sezuv “.
 Ajdodlarimizning  barkamol  shaxs  haqidagi  g‘oyalari  mohiyatini  anglash
uchun  Abu  Nasr  Forobiy  tomonidan  hozirgi  paytda  komil  inson  deb  yuritilayotgan
fozil odamning o‘n ikki muhim fazilati yoki Alisher Navoiyning Farhod obrazi orqali
talqin etgan:
“Hunarni asrabon netkumdir oxir,
Olib tuproqqamu ketgumdir oxir”.
Fikrlarini  tahlil  etishning  o‘zi  kifoya.  Ular  ma’naviy  barkamollikka  inson o‘z
mehnati  bilangina  erishishi  mumkinligini  baralla  kuylaganlar,  mehnat  va  kasb-
hunarni inson hayoti va baxtining moddiy va ma’naviy asosi, deb bilganlar.
 Burxoniddin  az  Zarnujiy  ilm,  kasb-hunar  o‘rganish  uchun  eng  avvalo
o‘quvchida  jiddiy  xohish,  qat’iyat  bo‘lishi  lozimligini,  shundan  keyin  yaxshi  ustoz
hamda  yetarlicha  vaqt  zarurligini  ko‘rsatgan.  Ibn  Sino  ilmu  amalning  birligi,  ya’ni
nazariya bilan amaliyotni uzviy bog‘lash,  dual ta’lim g‘oyasini ilgari surgan.
 Suqrotona  savol-javob  usuli  (zig-zag,  arra  usulining  asosi)  bo‘lib  mantiqiy
fikrlashga,  ziyraklikka,  aniq  va  to‘g‘ri  so‘zlashga,  nutqning  mantiqiyligi  va
ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatgan.
 Tibetdagi  lamaizm  ta’limoti  asosida  alohida  sohalarga  ixtisoslashgan
ibodatxonalarda ta’lim-tarbiya ishlari  amalga oshirilgan. Bunda o‘quvchi tomonidan
uzluksiz,  qayta  takrorlash  vositasida  material  to‘liq  yod  olingan  va  uning  natijasi
o‘ziga  xos  sinov  ishlari,  ya’ni  o‘quvchini  bir  necha  vaqt  davomida  alohida  ajratib
qo‘yib,  o‘zlashtirgan  axborotlarini  xotirasiga  asoslanib  yozib  berish  talab  etilgan.
Demak, ularning ruhiy, jismoniy irodalari qattiq sinovdan o‘tkazilib, muvaffaqiyatga
erishgan shogirdlargagina mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari uchun ruxsat berilgan.


16
Kasbiy  ta’lim  berish,  kasb-hunar  sirlarini  o‘rgatish  juda  qadim  zamonlarda
paydo  bo‘lgan.  Kasbiy  malaka  bevosita  mehnat  faoliyati  jarayonida  berilgan.  Ishlab
chiqarish  kuchlarining  rivojlanishi,  hunarmandchilikning  ixtisoslashib  borishi,
mehnat  murakkablashuvi  to‘plangan  mehnat  tajribasi,  jumladan  tizimlashgan  bilim,
malakalarini ma’lum bir tarzda avloddan-avlodga o‘tkazish zaruriyatini tug‘dirdi. Bu
ehtiyoj dastlab ustoz-shogird yo‘li bilan tartibsiz, ya’ni xaotik tarzda amalga oshirildi.
Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan turli darajadagi va sohadagi kasb-hunar
o‘quv yurtlari paydo bo‘ldi. Kasb-hunar ta’lim tizimi mustaqil tarmoq sifatida dastlab
Yevropada, so‘ng Amerikada shakllandi.
XI  asrda  Gugo  Sen  Viktorskiy  (1096  -  1141)  mexanikani  san’at  deb  bilib,
buyumlar tayyorlashda yetti san’at turi mavjudligini ko‘rsatdi ular: qurol va asboblar
ishlab chiqish, tikuvchilik, navigatsiya, agromadaniyat, meditsina, badiiy san’at.
Gumanistik  utopiya  tarafdorlari  T.Mor  (1478  -  1535)  va  T.Kompanellalar
(1568  -  1639)  asarlarida  yoshlar  ta’limini  ishlab  chiqarish  mehnati  bilan  bog‘lash
(qo‘shib  olib  borish)  g‘oyalari  ilgari  surildi.  Ishlab  chiqarish  munosabatlarining
rivojlanishi,  fan-texnika  taraqqiyoti  kasbiy  ta’limga  bo‘lgan  qiziqishni  kuchaytira
bordi.  Eng  avvalo  bolalarni  mehnatga  jalb  etishning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  jihatlariga
katta ahamiyat berildi.
Ingliz iqtisodchisi va pedagogi Dj.Bellers (1634 - 1725)ning “Ishlab chiqarish
muassasalarida  hamkorlik  haqida  tavsiyalar”  asari  dastlabki  kasbiy  ta’limga  oid
loyihalardan  biri  sanaladi.  Unda 
ijtimoiy  pedagogik  masala  sifatida
kambag‘alchilikdan  qutilish  yo‘llaridan  biri  yoshlarni  kasb-hunar  sir-sinoatlarini
o‘zlashtirishga  o‘rgatish,  ta’limni  ishlab  chiqarish  mehnati  bilan  bog‘lash  g‘oyasi
ilgari surilgan edi.
Ingliz  faylasufi  va  pedagogi  Dj.Bellers  (1632  -  1704)  “Jentlmen”  tarbiyalash
tizimini  ishlab  chiqib,  unda  kasb-hunarga  o‘rgatishga  alohida  e’tibor  berdi.  D.Lokk
“Ishchilar maktabi haqida bitiklar”ida  davlat ishchilar maktabini tashkil etish g‘oyasi
ilgari surilgan.
Fransiyalik  ijtimoiy  arbob  K.A.Korbonning  (1808  -  1881)  “Kasb  ta’limi
haqida” asarida ilk bor ustoz-shogird tizimi holati tahlil etilib, erkin kasb tanlashning
shaxs  va  jamiyat  uchun  muhimligi  ko‘rsatildi,  shuningdek,  umumiy  va  kasbiy
tayyorgarlik, kasbiy maktab tuzish, umumiy kasbiy ta’limni uyg‘unlashtirish, aqliy va
jismoniy mehnatni o‘zaro aloqadorligi kabilarga ham alohida  to‘xtalib o‘tilgan.
K.Marks (1818 - 1883) politexnik ta’lim zarurligini asosladi va ta’limni ishlab
chiqarish mehnati bilan qo‘shib olib borish masalasini ilgari surdi.
 Tizimli tahlil prinsipi Respublikamiz kasb-hunar ta’limining butun rivojlanish
yo‘liga yangicha nazar tashlashni talab etadi. Bu holat o‘z navbatida ushbu ta’limning
rivojlanish  yo‘li  va  turli  bosqichlarini  tarixiylik  nuqtai  nazaridan  tahlil  etib,
qonuniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini  aniqlash imkonini beradi.
 Respublikamiz  kasb-hunar  ta’limida  miqdor  ko‘rsatkichlari  va  tashkiliy
shakllaridagi o‘zgarishlar dinamikasining tahlili bizga shartli ravishda tabiatiga ko‘ra
kasb-hunar  ta’limi  tizimining  farqlanuvchi  quyidagi  rivojlanish  bosqichlarini  ajratib
ko‘rsatish imkonini berdi:
1924-1940  –yillarda  ta’lim  tizimi  sifatida  Vatanimiz  kasb-hunar  ta’limining
tarkib topishi va rivojlanishi barqaror bo‘lmagan davri;


17
1941-1959 yillarda  safarbarlik davri.
1960-1980 yillar evolyutsion  rivojlanish davri;
1981-1986-yillar – sakrashsimon o‘zgarishlar inqirozoldi davri;
1987-1990-yillar – rivojlanishdagi sifat o‘zgarishlar (inqiroz) davri;
1991-1996-yillar  inqirozdan  asta-sekin  chiqish  va  barqarorlik  (moslashish)
davri;
1997-2002-yillar  –  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelini  amalga  joriy  etishning
birinchi bosqichi (yangitdan rivojlanish) davri;
2003 yildan hozirgi davrgacha bo‘lgan davri.
Zikr etilgan bosqichlarga ajratish mezoni sifatida kasb-hunar ta’limi tizimining
quyidagi  ko‘rsatkichlariga  asoslandik:  o‘quv  muassasalari  miqdori  va  har  yilgi
bitiruvchilarining soni; shuningdek, yangi o‘quv yurtlariga aylanishi va ularning turli
darajalarga  bo‘linishi.  Tarixiy  manbalarni  o‘rganish  bizga  o‘tgan  asrning  20-
yillaridan  boshlab  Respublikada  kasb-hunarga  o‘qitish  bo‘yicha  maxsus  kurs  va
maktablar  tashkil  etila  boshlanganligidan  darak  berib,  ular  tugallangan  bilimlar
berishni  emas,  balki  ma’lum  ish  o‘rinlarida  ishlash  uchungina  zarur  bo‘lgan  tor
doiradagi bilim, ko’nikma va malakalarni berishni maqsad qilib qo‘ygan edi.
Dastlab  barcha  yirik  korxonalar  qoshida  fabrika-zavod  o‘quvchilari  (FZO’)
kurslari va sanoat-texnika o‘quv yurtlari tashkil etila boshladi,  ularda maxsus o‘quv
predmetlari bilan bir qatorda umumta’lim o‘quv predmetlari o‘qitilgan. O‘sha davrda
korxonalarning  texnik  jihozlanishi  past  darajada  bo‘lganligi  bois  o‘quv  yurtlarining
ham  jihozlari  ularga  mos  ma’lum  ma’noda  chegaralangan  darajada  edi.
Respublikamizda katta sanoat korxonalari mavjud bo‘lmaganligi sababli XX asrning
30-yillarigacha texnikumlar, zavod fabrika o‘quv kurslari, hunar texnika maktablari,
o‘quv ishlab chiqarish ustaxonalari va turlicha hunar-texnika bilim yurtlari muntazam
ko‘paya  bordi.  Lekin  kasb-hunar  ta’limiga  ajratilgan  davlat  byudjetining  miqdori
yaxlit  holda  yetarli  darajada  bo‘lmaganligi  sababli    o‘quvchilarni  ovqatlantirish  va
kiyim-kechak  bilan  ta’minlash  darajasi  past  edi.  Shuningdek,  yotoqxona  masalasi
ham asosiy muammolardan biri bo‘lib, kasb-hunar ta’limi  xodimlariga juda kam ish
haqi  to‘lanar  edi.  Shu  bois  1930-yillardan  boshlab  bunday  o‘quv  yurtlari  tarmog‘i
kamaya  boshladi.  1938  yilga  kelib  1932-1933  -  o‘quv  yiliga  nisbatan o‘quv  yurtlari
va ularda o‘qiydigan o‘quvchilar soni 3 barobar kamaygan.
1930-yillarning oxiri 40-yillarning boshlarida Respublikada sanoat korxonalari
tashkil etila boshladi. Tarixiy manbalar tahlili 1940-yilda O‘zbekistonda 1445ta yirik
sanoat  korxonalari  mavjud  bo‘lganligi  haqida  guvohlik  beradi.  Bu  sanoat
korxonalarida  zamonaviy  texnika  va  ilg‘or  texnologiyalarning  amalga  joriy  etilishi
ommaviy ravishda texnik jihatdan savodxon ishchi kadrlar tayyorlash zaruratini kun
tartibiga qo‘ydi. Ana shunday malakali  kadrlar tayyorlash vazifasi 1940-yilda tashkil
etilgan davlat mehnat zahiralari tizimiga yuklatildi. Davlat mehnat zahiralari tizimida
asosan  quyidagi  uch  turdagi:  hunarmandchilik  o‘quv  yurtlari,  temir  yo‘l  o‘quv
yurtlari va fabrika-zavod o‘quvchilar maktablarini o‘ziga qamrab oldi. Shunday qilib,
yana ishchi mutaxassis kadrlar tayyorlashga diqqat e’tibor kuchaytirildi. Lekin 1941-
yilda  boshlangan ikkinchi jahon urushi kasb-hunar ta’limi tizimiga ham bevosita o‘z
ta’sirini ko‘rsatmay qo‘ymadi. Mamlakatdagi urush holati barcha ishchilarni frontga
safarbar  etish bilan  bir  vaqtda  sanoatni to‘liq  harbiy  qurol-aslaha  ishlab  chiqarishga


18
o‘tkazishni talab etdi. Shu bois nisbatan qisqa vaqtda yoshlardan ishchi mutaxassislar
tayyorlashga  talab  ortdi.  Shuning  uchun  yangi  o‘quv  yurtlari  tashkil  etish  bilan  bir
qatorda,  vaqtinchali  fabrika-zavod  o‘quvchilar  maktablari  tashkil  etildi.
Mamlakatning g‘arbidan evokuatsiya qilingan o‘quv yurtlari qisqa muddatlarda qayta
tiklanib ishga tushirildi. Natijada faqat urush yillarining o‘zida Respublikamiz mehnat
zahiralari tizimida 70 mingga yaqin malakali ishchilar tayyorlanib, ulardan 30  mingi
shu  yerlarda  qoldirilib,  qolganlari  mamlakatning  boshqa  hududlariga  jo‘natildi.
Urushdan  so‘nggi  yillarda  xalq  xo‘jaligini  tiklash  uchun  zarur  mahsulotlar  ishlab
chiqishga  kirishildi.  Demak,  bu  davrda  mexanizatsiyalashgan  ishlab  chiqarish
sharoitida  mehnat  qiluvchi  murakkab  kasblar  sohibi  bo‘lgan  malakali  mutaxassislar
tayyorlash zarurati kelib chiqdi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin