Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
file

Uzluksiz  ta’lim  tizimida  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  quyidagi  talablar
asosida tashkil etiladi va rivojlantiriladi:
- akademik  litseylar  va kasb-hunar kollejlari  faoliyat  ko‘rsatishining  normativ
bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;


9
 soha  uchun  oliy  ta’lim  muassasalarining,  ishlab  chiqarish,  fan  va  madaniyat
sohasining  mutaxassislarini  jalb  etgan  holda  yuqori malakali  mutaxassislarni
tayyorlash  va  qayta  tayyorlashni,  shu  jumladan  chet  ellarda  tayyorlash  va  qayta
tayyorlashni tashkil etish;
-  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv  muassasalari  uchun  ta’lim  va  kasb-
hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
-  akademik  litseylarning  o‘quvchilari  mehnat  faoliyati  ko‘nikmalarini
egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy yetish;
-  kasb-hunar  kollejlarida  tayyorlanadigan  mutaxassislarga  nisbatan  ixtisos  va
kasb- hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish.
3. “Kasbiy pedagogika” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
O‘zbekiston  Respublikasida  kasb  ta’limi  o‘qituvchilarini  tayyorlash
pedagogika  institutlari  va  universitetlari  hamda  boshqa  barcha  oliy  o‘quv
yurtlarining kasb ta’limi fakultetlarida amalga oshiriladi.
Kasb  ta’limi  o‘qituvchilarini  tayyorlash  o‘quv  rejasida  gumanitar  va  ijtimoiy-
iqtisodiy,  matematik  va  tabiiy-ilmiy,  umumkasbiy,  ixtisoslik,  qo‘shimcha  va    tanlov
fanlari bloklaridagi  fanlarni  o‘qitish  orqali  amalga  oshirish  nazarda  tutilgan.
Umumkasbiy  fanlar  blokini psixologik-pedagogik,  loyihalash  -  konstruktorlik  -
texnologik,  ekspluatatsion  (Xizmat  ko‘rsatish),  konstruktorlik  kurslariga ajratish
mumkun.
Kasb  ta’limi  o‘qituvchnlarining  psixologik-pedagogik  jihatdan  tayyorgarligi
psixologik-pedagogik  turkumdagi yoshlar  fiziologiyasi  va  gigiyena,  psixologiya,
pedagogika,  kasbiy  pedagogika, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiyalar, kasb
ta’limi metodikasi kabi fanlarni o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganishda amalga oshadi.
Kasb  ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda «Kasbiy pedagogika» ixtisoslashtiruvchi
fanlardan  biridir.  Bu  fan  boshqa  fanlar  (pedagogika,  psixologiya,  kasb  ta’limi
metodikasi  va  hokazolar)ni  takrorlamaydi,  balki  ular  bilan  yaqin  bog‘lanishda
bo‘ladi.  Shu  sababli  «Kasbiy  pedagogika»  fanini  boshqa psixologik-pedagogik
turkumdagi fanlarsiz  u  fanlarda  olgan  bilimlarsiz  tasavvur  qilib  bo‘lmaydiAyrim
psixologik-pedagogik  turkumdagi fanlarni  o‘rganmasdan,  ulardagi  bilimlarni
egallamasdan turib «Kasbiy pedagogika»  fanini chuqur o‘zlashtirib bo’lmaydi.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisi «Kasbiy pedagogika» fanini o‘rganar ekan,  u
quyidagi  bir  qator  fanlarni  o‘rgangan,  u  fanlardan    chuqur  bilimga  ega  bo‘lgan
bo‘lishi kerak:
- umumiy psixologiyaning obekti, vazifalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan
sifatida.  Psixika,  haqida  tushuncha,  psixikaning  oriyentirovka  qiluvchanlik  va
boshqaruvchanlik  vazifasi.  Bosh  miya  va  psixika.  Psixika  va  ong.  Psixologiya  va
falsafa. Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari.
Muloqot psixologiyasi va nutq. Diqqat va uning turlari. Sezgi va idrok. Xotira
va xayol. Tafakkur. Muammoli vaziyat va uni hal qilish. Temperament, uning o‘ziga
xos xususiyatlari kabi masalalarni o‘rganuvchi umumiy psixologiya faninini;
-  kasbiy  psixologiya  fani,  uning  predmeti,  metodologiyasi,  ilmiy-tadqiqot
ob’ekti, metodlari, kasblarni tasniflash;


10
- pedagogika  fani,  uning  predmeti,  metodologiyasi,  ilmiy-tadqiqot  obekti,
metodlari.
«Ta’lim  to‘grisidagi  Qonun»  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi».
Ta’limning  uzviyligi  va  uzluksizligi.  Uzluksiz  ta’lim.  Pedagog  kadr  tavsifnomasi.
Pedagogika fanining maqsadiga ko‘ra tarmoqlari, boshqa fanlar, shu jumladan falsafa,
psixologiya  fanlari bilan aloqasi. Pedagogik antropologiya.  Shaxs, ta’lim va tarbiya.
Xorijiy  mamlakatlardagi  tarbiyaga  qisqacha  izoh.  Yagona  pedagogik  jarayon.
Didaktika  –  ta’lim  nazariyasi.  Didaktikaning  vazifalari.  Ta’limning  rivojlanish
yo‘nalishlari  (konsepsiyasi):  uzluksiz  ta’lim  konsepsiyasi,  texonologizatsiya
konsepsiyasi, ta’lim paradigmalari.
Didaktik  prinsiplar  (tamoyillar).  O‘qitish  jarayoni,  o‘qitishning  ta’limiy,
tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  vazifalari.  Ta’limning  psixologik,  fiziologik  asoslari.
Ta’limda  ilmiylik,  izchillik,  muvofiqlik,  ijodiylik  va  boshqa  prinsiplar.  Ta’lim
jarayonida motivatsiya.
Ta’lim metodlari,  vositalari va texnologiyalari. Umumiy va  xususiy metodlar.
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga qaratilgan metod va texnologiyalar. Metod tanlash
va motivatsiya. O‘quv adabiyotlari va ularning turlari. Elektron o‘quv adabiyotlari.
Ta’lim  turlarining  o‘ziga  xos  xususiyatlari.  Pedagogik  texnologiyalar.  Ta’lim
shakllari. Ta’limni tashxis etish.
Tarbiya  nazariyasi.  Tarbiya  jarayoni,  muhiti  (sotsium),  tarbiya  prinsiplari,
tarbiyaga  qo‘yiladigan  talablar.  Tarbiya  metod  va  texnologiyalari.  Milliy  tarbiya
masalasi.  Tarbiya  turlari.  Tarbiya  va  milliy  g‘oya.  Tarbiya  va  ma’naviyat.  Oila
tarbiyasi.
O‘zbekistonda  maktab,  maorif,  ta’lim  va  tarbiyaning  rivojlanish  tarixi.
Mustaqillik  davrida  ta’lim  va  tarbiya.  Jahonning  rivojlangan  mamlakatlarida
pedagogik  fikrlarning  xususiyatlari  kabi  masalalarni  o‘rganuvchi  pedagogika
nazariyasi va tarixi fanini;
kasbiy  ta’limda  pedagog  faoliyatining  umumiy  tavsifi:  maqsadga
yo‘naltirilganlik,  o‘quv  motivatsiya  va  rag‘batlantirish;  yangi  bilim,  ko‘nikma  va
malakalarni shakllantirish;  pedagogik  loyihalarni amalga  oshirishda  shakl,  metod  va
vositalarni optimallashtirish;
pedagogik  mahorat  va  pedagogik  bilimdonlik  tushunchasi:  o‘qituvchi
shaxsining shakllanish jarayoni;
muloqatini asosini egallash; kasbiy-pedagogik muloqat texnologiyasi;
pedagogik  vaziyatlar:  pedagogik  vaziyatlarni  va  pedagogik  masalalarni  hal
qilish texnologiyasi; tarbiya faoliyati texnologiyasi;
kasbiy ta’lim pedagogining ixtisoslik tavsifi: kasb-hunar kolleji pedagogining
faoliyati:  mohiyati,  funksiyasi,  tuzilishi,  mazmuni;  kasbiy  ta’limda  tarbiyaviy  ish
mazmuni va uni amalga oshirish; o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish;
guruh rahbarining ishini rejalashtirish;
tarbiya  jarayonini  boshqarish:  kasbiy  ta’lim  tizimida  innovatsion  tarbiya
tizimlarining  tavsifi;  zamonaviy  kasb-hunar  kollejlarida  shaxsiy  pedagogik  tajribani
orttirish  tizimi,  zamonaviy  pedagogik  g‘oya  va  tajribalarni  rivojlantirish  va  ularni
qo‘llash yo‘llarini egallash kabi masalalarni o‘rganuvchi  pedagogik mahorat fanini;


11
pedagogik  texnologiya  haqida  tushuncha:  o‘quv  jarayoni  tuzilishida
pedagogik texnologiya; an’anaviy pedagogik texnologiya;
zamonaviy pedagogik texnologiyalarning afzalliklari, ularning qo‘llanilishi
va  tavsifi:  shaxsiy-yo‘naltiruvchi  pedagogik  texnologiya,  o‘quvchi  shaxsiga  va
faoliyatini  oshirishga  yo‘naltirilganlik;  zamonaviy  va  an’anaviy  texnologiyani
taqqoslovchi tahlil;
o‘zlashtirish nazorati va tuzilishi: ma’nosi, nazoratga qo‘yilgan talablar va
vazifalar,  nazorat  instrumentlarini  ishlab  chiqish,  faoliyatni  baholash va  tahlil:
pedagogik  texnologiyani  samaradorligini  baholash  –  bu  o‘qituvchi  pedagogik
mahoratining ko‘rsatkichi;
ta’limda  axborot  texnologiyalari:  kompyuterlar-o‘quv  tarbiya  jarayonlarni
boshqarish  va  tashkil  qilish  vositasi;  dasturlashtirilgan  pedagogik  vositalar,
masofadan  o‘qitish  tushunchasi;  elektron  o‘qitish  vositalari  va  ularga  o‘quv
jarayonida  qo‘llashda  asosiy  talablar  kabi  masalalarni o‘rganuvchi pedagogik

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin