Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə112/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Relaksatsiya prinsipining mohiyatini tana va ruhning birgalikda ishlashga tayyorlanishi tashkil etadi. Aynan relaksatsiya paytida o‘z ichki ovozingizni eshitish hamda o‘z organizmingiz va tafakkur faoliyatingizning aloqasini his etishingiz mumkin. Relaksatsiya yoki bo‘shashish tana va ruhni keraksiz zo‘riqishdan va odamni bo‘shashtirib yuboradigan jihatlardan ozod qilishni bildiradi, u insonga foydali psixologik va fiziologik ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi jarayon: unda miya xotirjamlashgani sayin tana bo‘shashadi, tana bo‘shashgani sayin miya xotirjam bo‘la boradi.
Ikkinchi prinsip – vizuallashtirish. Intiutiv tafakkur ongga kirib borishining turli yo‘llaridan foydalanadi. Asosiysi manzara hosil qilish yoki miyangizda obrazlarni gavdalantirish yo‘lidir. Vizuallashtirish yo‘nalgan tasavvurni eshitish, ko‘rish, hid bilish, ta’m bilish, teri bilan sezish sezgilari hamda ularning kombinatsiyalari yordamida faollashti- rishning turli usullarini bildiradi. Aslida inson miyasi obyektiv olam obrazlariga ham, ongda yuzaga keladigan obrazlarga ham bir xilda javob beradi. Shu bois vizuallashtirish ko‘nikmalari insonga o‘z ichki imkoniyatlaridan yaxshiroq foydalanish, ruhiy jarayonlarning kechishini faollashtirish imkonini beradi.
O‘zini o‘zi ishontirish prinsipning mohiyati shundaki, biz o‘zini o‘zi ishontirish yordamida ichki obrazlarimizni ongimizda aks-sado sifatida bir necha marta takrorlanadigan so‘zlar bilan ifodalaymiz. O‘zining ichki kuchi va qo‘llab-quvvatlanishi bilan to‘lgan bu so‘zlar his-tuyg‘ular darajasida chuqur qabul qilinadi. Bunday ichki aks-sadoni «Men buni qila olaman» so‘zlarida namoyon bo‘ladigan munosabat, niyat va mayl sifatida ifodalash mumkin. O‘zini o‘zi ishontirish muvaffaqiyatga erishish mumkinligi haqida birinchi shaxs nomidan hozirgi zamonda ifodalangan aniq ta’kiddir. Insonning o‘ziga qarata aytgan so‘zlari o‘z maqsadlariga erisha olishiga bo‘lgan ishonchini kuchaytiradi va qaysi yo‘nalishda harakat qilish kerakligini ko‘rsatadi. Bu so‘zlar miyani maqsadga erishish borasida ishlashga va bunda faol ishtirok etishga majbur qiladi. O‘zini o‘zi ishontirish – obrazlarni so‘zda ifodalashga imkon beruvchi faol moyillikdir.
Autogen mashqlar organizmning avvaldan boshqarilmaydigan funksiyalarini boshqarish imkoniyatini oshirishga qaratilgan mashqlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Autogen mashq – nemis olimi I. G. Shuls taklif etgan o‘zini o‘zi ishontirish usuli. Ushbu metodda dastlab o‘zini o‘zi ishontirish orqali mushaklar tonusining bo‘shashiga – relaksatsiyaga erishiladi, so‘ngra ushbu holatda organizmning u yoki bu funksiyaga qaratilgan o‘zini o‘zi ishontirish amalga oshiriladi.
Bugungi kunda xodimning kasbiy-psixologik tayyorgarligi ichki ishlar organlari faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Ichki ishlar idoralari xodimining inson va uning ruhiyatini uzviy ravishda qamrab oladigan kasbiy mahorati nafaqat maxsus yuridik bilimlardan, balki kasbiy- psixologik tayyorgarlikdan ham tashkil topadi. Agar uning bunday tayyorgarligi bo‘lmasa, haqiqiy mahorati ham bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan xodimlarning kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan zarur, professional jihatdan muhim xislatlarini rivojlantirish, faoliyatining ishonchliligini oshiruvchi, odamlar bilan mohirona ishlashiga yordam beruvchi usullarni o‘zlashtirishlari juda muhim. Shu bois kasbiy- psixologik tayyorgarlikning juda istiqbolli yo‘nalishi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy-psixologik treningi bugungi kunda katta qiziqish uyg‘otadi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin