Kegl cc pechat indd



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/197
tarix14.02.2022
ölçüsü1,85 Mb.
#52557
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   197
fizika 6 uzb

Amaliy topshiriq
Uyingizni isitilish chizmasini chizing. Uning qanchalik to‘g‘ri 
bajaril ganligini o‘rganib ko‘ring.
1.  Uy  derazalariga  «fortochka»lar  nima  sababdan  yuqori  qismiga 
qo‘yiladi?
2. Nima  sababdan  yonib  turgan  gugurt  cho‘pini  ushlab  turganda 
qo‘l kuymaydi?
3. 
Jadvalga qarab qaysi uyda yozda salqinroq, qishda issiqroq 
bo‘lishini ayting. G‘ishtdan qurilgan uydami yoki betondan?
39-MAVZU
NURLANISH. TURMUSHDA 
VA TEXNIKADA ISSIQLIK UZATILISHIDAN FOYDALANISH
Shunday qilib, konveksiya ham, issiqlik o‘tkazuvchanlik ham zarralar 
harakati bilan amalga oshiriladi. Unda Yerdagi energiyaning asosiy 
sababchisi bo‘lgan Quyoshdan issiqlik Yerga qanday uzatiladi? Axir, Yer 
va Quyosh orasida zarralar deyarli yo‘q bo‘lgan muhit 
 
– 
 
vakuum 
mavjud-ku! Bu holatda issiqlik 
nurlanish  orqali  uzatiladi.  Quyoshdan 
kelayotgan yorug‘lik oqimi o‘zi bilan birga issiqlik energiyasini ham olib 
keladi. Cho‘g‘lanma elektr lampochkasi ham yorug‘lik bilan birga 
issiqlikni nurlantiradi. Lampochka ichida havo bo‘lmasa-da, lampoch-
kadan nurlangan issiqlikni kaftimiz bilan sezishimiz mumkin. Nurla nish 
orqali olingan energiya isitiluvchi yuza rangiga bog‘liq. Qishda qor ustiga 
bir xil materialdan qilingan bir xil yuzali, biri oq, ikkinchisi qora 
rangga bo‘yalgan mato yoyib qo‘yilsa, qora mato tagida qor ko‘proq 
eriganligini ko‘ramiz. Demak, yuzaga tushgan nurlanish ener 
giyasi unga 
yutilishi yoki undan qaytishi mum kin ekan. Deraza oyna lari Quyoshdan 
keluvchi nurlanishni yaxshi o‘tkazadi, lekin uydagi radiator 
dan chiqqan 
issiqlikni yomon o‘tkazadi. Issiqxona («tep 
litsa») lar dagi oynali devor va 
shiplarning vazifasi sizga endi tushunarli bo‘lsa kerak!
Konveksiya, issiqlik o‘tkazuvchanlik va nurlanish hodisalaridan tur-
mushda va texnikada keng foydala 
niladi. 77-rasmda uylarni qaynagan 
suv bilan isitish siste 
masida qo‘llaniladigan «qozon»ning ichki tuzi-
lishi keltirilgan. Unda hosil bo‘ladigan konveksiyani tushun 
tirishga 
harakat qiling.  78-rasmda radiator vo 
sitasida isitiladigan xonaning 
qirqimi ko‘rsatilgan. Xonada borayotgan jarayon haqida tushuntirish 
bering. Nima sababdan radia torlar  deraza  tagiga  o‘rnatiladi?  79-rasmda 


109
suyuqliklarni dastlab quyilgan paytidagi temperaturasida uzoq muddat 
saqlaydigan idish 
– 
termos keltirilgan. Unda metall qobiq ichida ikki 
qavatdan iborat shisha devorli idish joylashtirilgan. Shisha devorlar 
oralig‘i vakuumdan iborat. Shisha idishning ichki qismi yupqa kumush 
bilan qoplangan. Bunday idishdagi suyuqlik issiq holatda uzoq vaqt 
saqlanadi. Issiqlik uzatishning uchta turi bo‘yicha issiqlik tarqalib 
ketmasligining sababini tushuntirib ko‘ring.
Demak, zaruriyatga qarab, issiqlikni yaxshi o‘tkazish lozim bo‘lsa, 
konvek siyani tezlashtirish choralari hamda issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan 
materiallardan foydalanish kerak ekan. Uyda ovqat pishirish va choy 
qaynatish uchun ishlatiladigan qozon va chovgum 
larni issiqlikni yaxshi 
o‘tkazuvchi materiallardan yasaladi. Lekin qaynagan choyni uzoqroq 
issiq holatda ushlab turish uchun chinni choynakka damlagan ma’qul 
bo‘ladi. Choyni stakanda ichsak, og‘iz kuyib qoladi. Lekin chinni 
piyolada ichsangiz kuymaydi. Nima sababdan?
77-rasm.
78-rasm.
79-rasm.
Nurlanish energiyasidan foydalanishda ham materiallarga va uning 
rangiga e’tibor beriladi. Yozda issiqlik nurlarini yaxshi qaytaradigan oq 
rangdagi liboslar kiyilsa, qishda to‘q rangdagilari kiyiladi.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin