Kimyoviy texnologiyalar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə19/25
tarix11.02.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#83920
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Materiallar texn-laboratoriya2018

LABORATORIYA ISHI №8
MAVZU: TABIIY GIPSTOSHIDAN PAST XARORATLI QURILISH GIPSINI OLISH VA UNI XOSSALARINI O’RGANISH


Ishdan maqsad: Tabiy gipstoshdan past xaroratli qurilish gipsini olish jarayonini o’rganish.
Kerakli reaktiv va jihozlar: tabiiy gipstosh namunasi, analitik tarozi, chinni xovoncha, elak, laboratoriya kamerali pechi, eksikator.
Ishning nazariy asoslari: Gipsli bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish uchun ikki molekula suvli gips tosh CaSO4 2H2O, suvsiz tabiiy gips-angidrid CaSO4, tarkibida gips bo’lgan jinslar - gaja (gilgips), arziq (lessli gips), oq gil, gipsli er hamda sanoat chiqindilari - fosfogips, gipsli qolip va boshqalar asosiy xom-ash’yo hisoblanadi.
Kimyoviy toza gipstosh 32,56 % CaO, 46,51% SO3 va 20,93% H2O dan tashkil topgan. Tabiiy gipstosh tarkibida gil, qum, ohaktosh, kolchedan kabi aralashmalar bor. Ular tufayli gips rangi o’zgaradi va sifati yomonlashadi. CaSO42H2O asosan suv xavzalarida o’ta to’yingan kaltsiy sulfat eritmalaridan yumshoq cho’kindi jins sifatida ajralib chiqadi. Odatda u oqish rangda bo’lib, qattiqligi Moos shkalasi bo’yicha 2 raqamiga teng. Zichligi 2300-2400 kg/m3 ga teng, eruvchanligi esa 293 K da 2,05 g/l. Uning rangi temir oksidlari ta’sirida qo’ng’ir sarg’ish tusgi o’tadi. Mustahkamligi past, shu tufayli engil parchalanadi. Gipstosh tarkibidagi CaSO4 2H2O miqdori birinchi sort xom-ash’yo uchun 90% dan yuqori, ikkinchi sort uchun 75% va nihoyat uchinchi sort uchun 65% dan kam bo’lmasligi kerak.
Tabiiy tosh CaSO4 2H2O jinsli bog’lovchi moddalar xom-ash’yosi bo’lib qolmay, boshqa maqsadlarda ham keng qo’llaniladi. U sulfat kislotasi, portlandtsement, gipsli shlak tsementi, ammoniyning oltingugurtli nordon tuzi kabilarni olishda keng qo’llaniladi.
Suvsiz tabiiy gips CaSO4 konlari gips tosh CaSO4 2H2O konlariga nisbatan ancha kam. Tarkibi 41,19% CaO va 58,81% SO3 dan tashkil topgan bo’lib, rangi oqish, qattiqligi 3-3,5 ga teng, eruvchanligi esa kamroq -1 l suvda 1 g eriydi. Zichligi 2900-3100 kg/m3 atrofida. Tabiiy gips tabiatda ba’zan gil, qum va ohaktosh bilan aralashgan holda uchraydi.
Kuydirish sharoitlariga ko’ra yarim molekula suvli gips va suvsiz gips kris-tallari tuzilishi turlicha bo’ladi. To’yingan bug’ bilan bosim ostida  - CaSO4 0,5 H2O ning tiniq igna yoki prizmalar ko’rinishidagi kristallari hosil bo’ladi. Qurilishda ularning suvli aralashmasi qotganidan keyin ancha zich va mustahkam mahsulot olinadi. CaSO4 2H2O quruq muxitda qizdirish esa beta modifikatsiyali CaSO4 0,5H2O va CaSO4 larni payda bo’lishiga olib boradi. Jarayonda suv bug’ holida ajralib chiqadi. Natijada mayda kristall strukturaga ega bo’lgan moddalar gipsning asosiy massasini tashkil etadi. - CaSO4 0,5N2O qurilish qorishmasi hosil qilish davrida ko’proq suv talab qiladi. Aralashma qotganidan keyin hosil bo’luvchi mahsulot mustaxkamligi esa al’fa-modifikatsiyasiga qaraganda kamroq bo’ladi.
1-jadval
Ikki molekula suvli gipstoshni suvsizlantirish mahsulotlari

Kuydirish harorati, oC

Kuydirilgan mahsulot tarkibi

105 gacha

Asosan ikki molekula suvli gipsdan iborat, ammo atrofidagi muhitda bo’lgan suv bug’larining bosimi past bo’lsa, yarim molekula suvli gips hosil bo’lishi mumkin.

105-170

Asosan beta (to’yingan bug’dan xoli havoli muxitda) yoki alfa (tuyingan bug’li yoki nam muxitda) modifikatsiyali yarim molekula suvli gips va qisman parchalanmagan ikki gidratdan iborat.

170-200

Tarkibida eruvchan beta- yoki alfa angidriti bo’lgan yarim molekula suvli modda.

200-300

Asosan tarkibida oz miqdorda yarim molekula suvli gips bo’lgan eruvchan beta- yoki alfa anigdriti

300-450

Eruvchan beta- yoki alfa va erimaydigan angidritar aralashmasi.

450-750

Erimaydigan angidrit

750-1000

Angidrit va uning SaSO4SaO + SO3 reaktsiyasi natijasida hosil bo’lgan ohak.

Ikki molekula suvli gipstoshga 150-170 0C haroratda termik ishlov berish natijasida olinadigan mahsulotni maydalashdan hosil buluvchi va havoda qotuvchi bog’lovchi modda qurilish gipsi deb ataladi. Uning asosiy ximiyaviy tarkibi yarim molekula suvli kaltsiy sulfatdan iborat. SHu tufayli qurilish gipsi ishlab chiqarishdagi texnikaviy vazifa digidrat CaSO4.2H2O ni yarimgidrat CaSO4 . 0,5H2O ga o’tkazishdan iborat. SHu maqsadlarda ishlatilayotgan birinchi sortli gipstosh tarkibida 95% CaSO4.2H2O, ikkinchi - to’rtinchi sortda esa 90,80 va 70% CaSO4.2H2O bo’lish shart.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin