Kimyoviy texnologiyalar


oxak tarkibidagi faol cao+mgo miqdorini aniqlash



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə23/25
tarix11.02.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#83920
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Materiallar texn-laboratoriya2018

oxak tarkibidagi faol cao+mgo miqdorini aniqlash.
Oxak tarkibidagi faol SaO+MgO ning umumiy miqdorini bilish uchun (MgO ni miqdori 5%gacha bo’lganda) muayyan miqdordagi oxakni xlor kislotasi (NSŀ) bilan titrlash kerak. Titrlash esa SaO+MgO ning barcha faol zarrachalari kislota ta’sirida batamom neytrallangunga qadar davom ettiriladi. Buning uchun kesak yoki kukun xolidagi so’ndirilmagan oxakdan, yoki karbonatli oxakdan 4-5 gr miqdorda tortib olinadi, shu namuna chinni yoki agat xovonchada tuyilib, mayin kukunga aylantiriladi. 1 gr kukun 250 ml suv konussimon kolbaga solinadi. Ustidan 150 ml distillangan suv quyiladi, kolbaga 3-5 dona shisha marjon yoki sirti erib ketadigan shisha qalamchalar (uzunligi 5-7 mm) tashlanadi. Kolbaning og’zi shisha voronka bilan berkitiladi. So’ngra kolba 5-7 minut mobaynida qizdiriladi, lekin eritmaning qaynashiga yo’l qo’yilmaydi. Keyin eritma 20-30oS gacha sovitiladi. Eritma sovigach, kolbaning devorchasi va shisha voronka qaytadan distillangan suv bilan chayiladi, fenolftalinning spirtdagi 1% li eritmasidan 2-3 tomchi tomiziladi va kolbani uzluksiz ravishda chayqatib, eritmaga oz-ozdan xlorid kislotasi qo’shiladi (titrlash deb ana shunga aytiladi). Kolbadagi eritmaning rangi o’zgargunga (rangsizlangungacha) qadar titrlash davom ettiriladi. Eritmaning kasb etgan rangi 8 minut davomida o’zgarmasa, titrlash nixoyasiga etkazilgan xisoblanadi. Titrlash chog’ida xlorid kislotani asta-sekinlik bilan tomchilab turish tavsiya etiladi.
So’ndirilgan oxak tarkibidagi SaO+MgO miqdorini (% xisobida) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Bu erda V- titrlashda sarflangan 1 N xlorid kislota eritmasining xajmi, ml;
TSaO- 1 N xlorid kislota eritmaning titri (SaO massasi bo’yicha grammlarda);
m- oxakning massasi, gr.
Gidrat oxakdagi faol SaO bilan MgO miqdori (%da) formula yordamida aniqlanadi:

Bu erda W- gidrat oxakning namligi, %.
Oxak tarkmibidagi faol SaO bilan MgO miqdorini aniqlash maqsadida o’tkazilgan sinov natijalari laboratoriya ishlapri daftariga yozib boriladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin