zid.
Shu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan
iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlaming o‘zi o‘tish
sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari bilan
bir-birlaridan farqlanadi.
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni ma’muriy buyruqbozlik prinsiplari
asosida yuritib kelgan, keyinchalik ularga bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtirish
orqali o'ziga xos o
’
tish yo’lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko'rsatish
mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik
iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali
bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga
erishmoqdalar. Bulaming barchasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo’llarining o‘ziga xos
xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo’l bilan, ya’ni
jadal usulda yoki evolyusion yo’l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish mumkin.
Birinchi holda, tub islohotlami o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy
munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish ya’ni, to‘ntarish yasash talab etilib, «
karaxt qilib davolash » usuli (« shokovaya terapiya ») deb nom oldi. Eski iqtisodiy
munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib,
larzalarsiz, shikastsiz samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mumkin.
Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyusion yoi kamroq ijtimoiy larzalarga olib
keladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo’llarigina emas, balki uning
andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga
keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlaming milliy xususiyatlari va an’analari
bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari ularni amalga
oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya,
Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish
imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining
pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkila muhim kamchilikka ega:
1)
uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda sekinlik bilan
moslashib borishi;
2)
mehnatkashlarda moddiy qiziqish va xo‘jalik yuritish tashabbuskorligining
yo‘qligi oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab
mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish,
chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) tub o‘zgarishlami o‘z
ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini
amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur
tizim asosining o‘zgarishim hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga
almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o’zgarishlami tizimiv islohotlar deb
atash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
1.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo‘jalik hayotining barcha
sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda
qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltiriIgan chora-tadbirlar tizimidan iborat.