Kirish. 1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi


 Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal qilinishi



Yüklə 282,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix30.09.2023
ölçüsü282,14 Kb.
#150576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.2. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal qilinishi, 
afzlliklari va ziddiyatlari.
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan har 
qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi 
muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, harqanday iqtisodiy tizimning umumiy 
muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo’ladi: 
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqaarish zarur? 
2) ushbu mahsulol va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab 
chiqariladi? 
3) bu mahsulot va xizmatlarni kim uchun ishlab chiqariladi? 
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - « nima, qanday qilib, kim uchun 
ishlab chiqarish zarur? » tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an'anaviy iqtisodiyotda 
asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davoniida mavjud bo’lib kelayotgan an’analar, milliy, 
diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan 
iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. 
Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor 
iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-
qoidalaridan kelib chiqadi. 
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng 
avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog‘liq. 
Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab 
chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob 
berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish 
qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va xizmatlarning qanday to‘plami 
jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va 
xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovami sotishdan olinadigan 
umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat 
aniqlaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib 
borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa 
kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib olishini ta’minlaydi. Ammo tarmoqda 
yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishi o‘zini o‘zi cheklovchi jarayon 
hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalaming kirib kelishi bilan uning mahsuloti 
taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot 
narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo‘qolishiga olib keladi, Boshqacha 
aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy 
foyda nolga teng bo’lgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini 


18 
-
elektron tijoratda savdoni tashkil etish korxonalaming raqobatini kuchaytiradi, 
monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlaming sifatini oshirish imkoniyatini beradi. 
Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor 
infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari 
zimmasiga tushadi. Auditor firma-korxona, firma, kompanivalar moliyaviy xo‘jalik 
faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa. Ular 
odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi va to‘liq 
mustaqillikka ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro 
miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor 
firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Shunday qilib, bozor 
infratuzilmasi va uning ко‘rib chiqilgan muassasalari barcha bozor turlarining faoliyat 
ko‘rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlami tartibga solishni ta’minlaydi. 

Yüklə 282,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin