23
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay
boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning
asosiy yo'nalishiarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar - iqtisodiyotda
tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.
Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va
faoliyat ko‘rsatishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ulaming ma’naviy-axloqiy
yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Islohotlami amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning nazariy modeli
yaratildi.
Bu modelda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari
nazarda tutiladi, islohotlaming asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
-
mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
-
agrar islohotlar;
-
moliya-kredit va
narx-navo islohoti;
-
boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzihnasini yaratish;
-
tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
-
ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlaming bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan
o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti
shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga
keltiriladi. Shu sababli respublikada mulkiy munosabatlami isloh qilishdan ko‘zda
tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish
hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq
qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab bo‘ldi:
-
Respublikamiz iqtisodiyotida agrar sohaning salmoqli o‘ringa egaligi,
ishchi
kuchining ko‘pgina qismi qishloq xo‘jaligida bandligi, iqtisodiy o‘sishning ko‘p
jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog’liqligi;
-
Respublika butun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan sanoat
tarmoqlarini (paxta tozalash, to'qimachilik, yengil, oziq-ovqat, kimyo sanoati, qishloq
xo‘jalik mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq
xo‘jaligiga bog’liqligi;
-
O’tish davrining boshlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari (asosan paxta), valyuta
resurslari, respublika uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar,
texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta’minlayotgan
asosiy manba
ekanligi;
-Mustaqillik sharoitida qishloq xo‘jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi
rolining ortib borishi.
Mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor munosabatlariga o‘sib o‘tishida
moliya-kredit sohasini isloh qilish alohida o‘rin tutadi. Moliyaviy munosabatlarda
davlat byudjeti taqchilligini kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan dotatsiyalar va
subsidiyalami bos-qichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat
ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag’ ajratish, iqtisodiyotni rivojlantirishda
investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohotlarning asosiy yo’nalishlari
hisoblanadi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri narxlarni
erkinlashtirishdir. Narxlarning erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish ham
zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi
qisqartiriladi va keyin
ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdek, narxlarni
erkinlashtirishda ayrim turdagi xomashyo va mahsulot narxlari bilan aholi va korxonalar
daromadlari o
4
rtasidagi tenglikka erishishga harakat qilinadi.
24
Narxlar islohoti boshlangandan 1994-yilgacha hamma turdagi xomashyo va
mahsulotlar bo‘yicha erkin narxlarga o‘tildi, barcha iste’mol mollari narxi ustidan davlat
nazorati bekor qilindi.
Isloh qilishning dastlabki bosqichida (1992-yil) keng doiradagi ishlab chiqarish-
texnik vositasi bo’lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’mol mollari, bajarilgan
ishlar va xizmatlaming kelishilgan narxlari va ta’riflarga o‘tildi.
Aholini himoyalash
maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi
belgilab qo'yildi. Narxlar islohotining ikkinchi bosqichida (1993- yil) kelishilgan ulgutji
narxlarni davlat tomonidan tartibga solish umuman to‘xtatildi. Narxlarni
erkinlashtirishning uchinchi bosqichida (1994-yil oktyabr-noyabr) xalq iste’mol mollari
asosiy turlarming narxi erkin qo‘yib yuborildi. Shunday qilib, iqtisodiyotni isloh
qilishning birinchi bosqichi narxlarni to‘liq erkinlashtirish bilan tugadi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boshqarishning tegishli tizimini yaratishni talab
qiladi. Shunga asosan respublikada butun iqtisodiyotni, tarmoqlar va hududlarni
boshqarishning eng maqbul va hozirgi davrga mos bo’lgan tuzilmalari ishlab chiqildi.
Ko‘plab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi (Davlat reja qo‘mitasi,
Davlat ta’minot qo'mitasi, Davlat narxlar qo‘mitasi, Davlat agrosanoat qo‘mitasi va
boshqa qo‘mita hamda vazirliklar) yoki ularning faoliyati tubdan qayta qurildi. Faoliyati
tugatilgan ma’muriy apparatlar o‘rniga bozor iqtisodiyotiga xos yangi boshqarish
bo‘g‘inlari tuzildi.
Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman, shahar)
ijroiya-boshqaruv
vazifalarini bajarish uchun hokimliklar joriy qilindi. Quyi bo‘g‘in boshqaruvida
korxona va tashkilotlarga iqtisodiy erkinlik berilib, ular yangicha ish uslubiga o‘tdi.
Isloh qilish natijasida tarkib topgan boshqaruv tizimi bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish
bilan yanada takomillashib va rivojlanib boradi.
Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham qamrab oladi.
Bunda moliya, bank-kredit tizimi muassasalari, sug‘urta, auditorlik, yuridik va
konsalting firmalari hamda kompaniyalarini. birja tizimini yaratish taqozo qilinadi.
Respublikada bozor infratuzilmasini yaratish bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha bordi.
Birinchi yo‘nalish bo‘yicha tovar-xomashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu, o‘z navbatida,
brokerlik va dilerlik idoralari,
savdo uylari, vositachi firmalar paydo boiishiga olib
keldi. Ikkinchi yo‘nalishda kapital bozorining ishini ta’minlaydigan tuzilmalar vujudga
keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta bozori vujudga keltirildi hamda davlatga
qarashli bo’lmagan sug‘urta kompaniyalari tuzildi. Uchinchi yo‘nalish ishchi kuchi
bozorini shakllantirishdan iborat bo’lib, bu sohada 240 dan ortiq bandlikka
ko‘maklashuvchi markazlami o‘z ichiga oluvchi katta tarmoq tuzildi.
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada islohotlarni
amalga oshirish borasida respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy kompleksi mutlaqo
yangidan shakllantirildi, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning mohiyat e’tibori
bilan yangi mexanizmi vujudga keltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi
zarur bo’lgan muassasalar (Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati)
barpo etildi. Respublikaning barcha vazirliklari va idoralari,
korxonalarida tashqi
iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo’limlar, tashkilotlar va firmalar
tuzildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming asl maqsadi insonga munosib yashash
va faoliyat ko’rsatish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat. Shu sababli iqtisodiy
islohotlami amalga oshirishning butun davri davcmida aholini ijtimoiy himoyalash
bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish obyektiv zaruratdir.
Respublikada aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha amalga oshirildi:
birinchi yo’lialish - narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib
borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam
oshirib borish;
25
ikkinchi yo‘nalish - Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda
oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada
saqlab turish;
uchinchi yo‘nalish - islohotlaming dastlabki bosqichida aholining kam ta’minlangan
qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qoilab-quvvatlash.
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq yillar
davomida qaror topgan ma’naviy ahloqiy
qadriyatlari, turmush tarzi va dunyoqarash
xususiyatlari hisobga olinadi. Shunday qilib, islohotlarning barcha yo‘nalishlari mavjud
iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o'sib o‘tishiga qaratildi. Bu
islohotlar O’zbekistonmng mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta’minlash, uni iqtisodiy
jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborli mamlakatga aylantirishga
xizmat qildi.
Islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modemizatsiyalash asosida taraqqiyotni
jadallashtirish bugungi kunning muhim bosqichiga aylanmoqda.
Dostları ilə paylaş: