20
-
resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
-
narxlaming asosan, talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o'tish;
-
ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
2.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish,
Bu yo‘nalish
quyidagi jarayonlaming amalga oshirilishini taqozo etadi:
-
barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng
imkoniyat va sharoitlar
yaratilishi;
-
bozorga xorijiy raqobatchilaming ham kirishi uchun imkon berilishi;
-
kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to’siqlarni olib
tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi
to‘siqlami pasaytirish;
-
tabiiy monopoliyalaming narx va mahsulot sotish siyosatini
tartibga solish va
boshqalar.
3.
Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalami qamrab oladi:
-
mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
-
bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya fondlari
va h.k.) shakllantirish;
-
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning
yangi tizimini yaratish;
-
bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.
4.
Tarkibiy o‘zgarishIar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning
alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish
yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan
asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qodir talabga mos bo‘lgan
mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5.
Iqtisodiyotni
modemizatsiyalash,
diversifikatsiyalash.
Ishlab
chiqarishni
modernizatsiyalash - ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni
ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta
tuzish kabi
chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Diversifikatsiya - ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlami sotish
bozorlarini kengaytirish
maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar
assortimentlarini ko‘paytirish, ulaming sifatini takomillashtirish.
6.
Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda bu jarayon
tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor
iqtisodiyoti barqaror amal
qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi. Bu yo‘nalishning muhim
ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik
tizimining inqirozi eng
avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida
namoyon boiadi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud boiishi
bozor munosabatlarining
me’yorda qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o‘tish davri
iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-
tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish,
ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
7.
Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo’lgan tizimini
shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini
aniq ijtimoiy qoilab-
quvvatlashga o’tishga yo‘naltirilgan.
Bozor tizimining ko‘rsatib o’tilgan asosiy unsurlari shakllanishining yakuniga yetishi
o‘tish davri tugaganligidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: