2-bob. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning xususiyatlari. 2.1. O`tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning
alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki
butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri - ma’muriv-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki
tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarni shakllantirish jarayonlari amalga
oshiriluvchi tarixiy davrdir.
1980-1990-yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar iqtisodiy
taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan kо‘rib chiqish va ularga
jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. Chunki, bu vaqtga kelib g‘arb
mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri
(A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin
iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham,
iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g‘oyasi ham
inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi
yo’llarini qidirib topish zarur bo’lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina rivojlangan
mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li -
ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi
va aksariyat davlatlar shu yo’lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish
yoilari (modellari) xilma- xil bo’lib, ulaming umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari umumlashtirilib,
quyidagi uchta asosiy turga bo’linadi:
1)
rivojlangan mamlakatlar yo’li;
2)
rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;
3)
sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li.
Bu yo’llar turli tuman va har xil bo’lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir.
Ularning umumiyligi shundaki, bu yo’llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni
maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish
mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga har bir yo’lning o‘ziga xos
xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarmi shakllantirishning ijtimoiy-
iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor
munosabatlariga o‘tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar xo‘jaligidan
erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi
zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlaming bozor
iqtisodiyotiga o‘tish yo’lining xususiyati - bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin
bozor iqtisodiyotiga o’rishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’lining muhim
belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi
19
zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo’lning boshqa yo’llardan
farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular
batamom bir-biriga