Kirish. 1-bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi



Yüklə 282,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix30.09.2023
ölçüsü282,14 Kb.
#150576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Xulosa 
 
Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida 
vujudga kcladi. 
Bozor munosabatlari subyektlari o‘zaro bogiiq holda va aloqada bandlik, milliy 
daromad va ishlab chiqarishning umumiy haj- mi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish 
natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo‘ladigan daromad lar va xarajatlar 
oqimini shakllantiradi. 
Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va manfaatlaridan kelib 
chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi subycktlaraing iqtisodiy 
erkinligi va mustaqilligi bozor ko‘rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi 


26 
hamda o’z rivojlanishining tabiiy-evolyusion, dinamik xususiyatini belgilab beradi. 
Bozor iqtisodiyoti — murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan, o‘zaro 
bog’langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalami o‘z ichiga 
oladi. 
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi 
shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi — bu bozor munosabatlariga ko‘mak berishga 
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir. 
Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, 
ulami bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal etib 
bo‘lmaydi. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ulami o‘z zimmasiga 
olishi yoki zarur shart-sharoitlami yaratib berishi kerak.
Bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy 
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar 
kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir. 
O’tish davri quyidagi mezonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u yoki bu 
tarkibiy o‘zgarishlaming qaytarilib turishi), beqarorlik (jamiyatda mavjud bo‘lgan turli 
kuchlaming kurashi va o'zaro ta’siri), muqobillik (islohotlar va rivojlanish yoilarini 
tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo‘qolib ketishi, o‘miga boshqa tizimning 
vujudga kelishi, uning rivojlanishi). 
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishda tanlagan yo‘li - o‘ziga xos madaniy, 
tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga 
olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani 
kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich 
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishdan iboratdir. 
Iqtisodiy islohotlar - bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-
tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi 
uchun yashash va xo‘jalik faoliyati yuritishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish
ulaming ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni 
ta’minlashdan iborat, 
Iqtisodiy islohotlaming bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan 
o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti 
shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga 
keltiriladi. 
Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodiyotni rivojlantirish 
borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashti- rish va raqobatchilik muhitini 
shakllantirish jarayonlarini chuqur- lashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; 
milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish; 
ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir. 
O’tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlami keng aholi qatlamlari 
tomonidan 
qo‘llab-quvvatlanishining 
asosiy 
sharti 
islohotlaming 
ijtimoiy 
yo‘naltirilganligidir. 
Milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni isloh etish va 
modernizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik maqsadimiz - 
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo 
etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi harakatlar izchil ravishda amalga 
oshiriladi. Modemizatsiya juda keng tushuncha bo‘lib, bugungi kunda uni jamiyat 
hayotining turli jabhalarini tubdan o'zgartirish, уangilash, bu borada taraqqiyotni 
jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish 
jarayonlarining majmui sifa- tida ifodalash mumkin. 


27 

Yüklə 282,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin