21
ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion yo’lni, birdaniga katta
to'ntarishlar qilish yoiini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy,
iqtisodiy va tabiiy xususiyatlami hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan
holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani
kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoii tanlandi.
« Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy
rivojlanish yoii xalqimiz
ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan
davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo’lgan qonun
ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar. Buni
hayotimizning o‘zi bugun isbotlab bermoqda ».
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish va keyingi taraqqiyot yo‘li ijtimoiy-
yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘l bo’lib, puxta o‘ylab,
ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga qaratilgan “o‘zbek modeli” deb nom
qozongan taraqqiyot yo‘li edi. Bu yo‘lni amalga oshirishga birinchi Prezidentimiz
tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
-
iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, uning siyosatga nisbatan ustuvorligini
ta’minlash;
-
o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
-
butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi,
qonunlar
ustuvorligining ta’minlanishi;
-
bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida
kuchli chora-tadbirlami amalga oshirish;
-
bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga
egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili
alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini
yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan
kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, birinchi Prezidentimiz shunday
ta’kidlaydi: “Jamiyatimizni isloh qilish borasidagi maqsad va vazifalarimizning ma’no-
mohiyatini ana shunday tushunishdan kelib chiqib bayon etilgan “Islohotlar - islohot
uchun emas, avvalo, inson uchun”, “Yangi uyni qurmasdan turib eskisini buzmang”
degan mashhur shiorlar el-yurtimiz o‘rtasida
keng yoyilib, qoilab-quvvatlanayotgani
bejiz emas, albatta».
Biz tanlab olgan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyot modelining
naqadar to‘g‘ri ekani siyosiy va iqtisodiy tizimni demokratlashtirish, umuman,
mamlakatimiz hayotidagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning istiqlol yillaridagi jadal
rivojlanishi misolida o‘zining amaliy tasdig‘ini topmoqda. Bundan tashqari, bozor
munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi.
U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bogliq bo’lgan barcha sohalarini, shu
jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va
boshqa sohalami ham tubdan
o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-
bosqich, evolyusion yo’l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini
ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oiish tamoyilini amalga oshirish
iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichla- rini aniq farqlash, bu bosqichlaming har
biri uchun aniq maqsadlami, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga oiishning birinchi
bosqichida eng avvalo, quyidagi ikkita vazifani birdaniga
hal qilish maqsad qilib
qo‘yilganligi ta’kidlanadi:
-
totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni
barqarorlashtirish;
-
Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor
22
munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
Shu vazifalami hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim
yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
-
O’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-
huquqiy negizini mustahkamlash;
-
mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini
xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
-
ishlab chiqarishning pasayib
borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning
barqarorlashuvini ta’minlash.
Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va
ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat
jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu
bilan birga isloh qilish- ning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik
maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o‘zgarishlami amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor
munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib
I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi bir qator
vazifalami ko‘rsatib berdi:
-
davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
-
ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash;
-
milliy valyuta – so’mni yanada mustahkanilash;
-
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish,
xomashyo yetkazib
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi
bosqichda tutilgan yo‘1 davom ettirildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi bosqichda
«erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy,
ham siyosiy vazifalami hal qilishning asosiy shartidir». Bu esa iqtisodiyot sohasida
quyidagi aniq vazifalami amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
-
iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik
bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish;
-
xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda
mulkdorlar sinfini shakllantirish;
-
mamlakat iqtisodiyotiga
xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan
sarmoyalami keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy
omillarni yanada kuchaytirish;
-
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin
egallashiga erishish;
-
mamlakatning
eksport
salohiyatini
rivojlantirish
va
mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini
ta’minlash;
-
iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga
qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlami izchil davom ettirish.
Mashhur besh tamoyilga - asoslangan o‘zbek modeli bozor munosabatlariga
asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi
sifatida barcha amaliy
ishlarimiznmg mustahkam poydevori, taraqqi- yotimizning asosiy yo‘nalishiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: