I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI
TARBIYALASHDA JISMONIY TARBIYANING O’RNI
I.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning mazmuni va
vositalari
Jismoiy tarbiya mazmuni ijtimoiy-tarixiy tajribaning shunday qismiki, u odam
salomatligini saqlashni va mustahkamlashni, harakat madaniyatini ta’minlovchi
bilimlar, malakalar, ko‘nikmalami o‘z ichiga oladi. Shuningdek, sanitariya-gigiyena
madaniyati va normalari, qoidalarini (tana, ovqat yeyish, turarjoy va h.k.)
bilishni va ularni bajara olishni o‘z ichiga oladi.
Harakat madaniyati turli harakatlaming ishlab chiqilgan normativlarini
egallashni va shu asosda chaqqonlik, tezlik, chidamlilik kabi sifatlami
rivojlantirishni nazarda tutadi.
Maktabgacha
tarbiya
pedagogikasida
bola
egallashi
lozim
bo‘lgan madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarning quyidagi guruhlari ajratiladi:
a) ovqat yeyish ko‘nikmalari (ovqatni tartib bilan olish, yaxshilab chaynash,
qoshiqdan, sanchqidan, salfetkadan foydalanish va h.k.);
b) o‘z tanasini parvarish qilish ko‘nikmalari (yuvinish, soch
tarash va h.k.);
d) xonada tartibga rioya etish, kiyimlardan foydalanish va unga
qarash ko‘nikmalari (tez kiyinish va yechinish, kiyimlarni tartibli, ozoda saqlash va
h.k.).
Bolalar harakat ko‘nikmalari va malakalarini egallaydigan jismoniy mashqlar
ham belgilangan:
a) asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, uloqtirish,
muvozanatni saqlash mashqlari);
b)
umumiy
rivojlantiruvchi
mashqlar,
safga
turish
va
qayta
safga turish;
d) sport mashqlari (suzish, chang‘ida yurish, konki uchish va h.k.).
Harakatli o‘yinlar (mazmunli, mazmunsiz, sportning tarkibiy qismlari bo‘lgan
o‘yinlar va boshq.), yozgi va qishki davrda uchastkadan tashqariga qilinadigan uzoq
sayrlar ko‘zda tutilgan.
Jismoniy
tarbiyaning
mazmunini
belgilab
beruvchi
asosiy
hujjat
«Uchinchi
ming
yillikning
bolasi»
3
tayanch
dasturidir.
U
bolalami
izchil harakat malakalari va ko‘nikmalariga o‘rgatish
imkonini
beradi,
harakatlarning
muvofiqliligini
rivojlantiradi,
jismoniy
sifatlar
(chaqqonlik,
tezlik,
chidamlilik)
ni
tarbiyalaydi.
Jismoniy
tarbiya
tizimidagi
ishlar
xilma-xil
yo‘llar
yordamida
amalga oshiriladi, masalan, gigiyenik omillar (to‘g‘ri rejim, maqsadga muvofiq
ovqatlanish, gigiyenik vaziyat, madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish,
mustahkamlash uchun) jismoniy mashqlar shular jumlasidandir.
Bolalar hayotining tartibi, bu — bedor yurish, uxlash, ovqatlanish, faoliyat
xilma-xil turlarining har kuni muayyan izchillikda takrorlanib, oqilona almashinib
turishidir. Tartib uchun qulay sharoit ta’minlash kerak, shuning uchun u bolaning
yoshi,
uning
salomatligi,
kattalar
mehnatining
xususiyatlari,
bola
tarbiyalanayotgan oila turmushi va muassasaga bog‘liq tarzda o‘zgaradi.
Muayyan
vaqt
ichida
rejimning
asosiy
tarkibiy
qismlari
bir
maromda va doimiy bo‘lishi uning ajralmas xususiyatlaridir. Tartibning bir
maromdaligi tabiat hodisalarining maromi, organism faoliyatining maromiga
asoslanadi. Bu bedor yurish va uxlashning, tana haroratining o‘zgarishi, nafas olish,
yurak urishining qisqarish maromida, ovqat hazm qilish traktining ish maromida
namoyon bo‘ladi va hokazo.
Oqilona tartib bedor yurish va uxlashning eng maqbul nisbati
asosida quriladi, bu vaqtda bosh miya qobig‘i uchastkalari o‘rtasidagi
3
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash
to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib
chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil
27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
vazifalar
qayta
taqsimlanadi,
olingan
axborot
qayta
ishlanadi,
aqliy
va jismoniy ishlaming nisbati, ovqat hazm qilish maromini hisobga
olish asosida quriladi.
Tartibdan chetga chiqish darhol bolaning kayfiyatida, shu bilan
birga
uning
xulq-atvorida
namoyon
bo‘ladi.
Tartibni
tuzishda
quyidagilarni hisobga olish zarur:
1. Oliy asab faoliyatining yosh xususiyatlarini.
2. Ovqat hazm qilish sistemasi ishidagi yosh xususiyatlarini.
3. Alohida xususiyatlar: asabiy bolalar va asab tizimi zaif bolgan bolalar
ko‘proq uxlashlari kerak.
4. Yil fasli, iqlim sharoitlarini bolalar uyqusini tashkil etishda
hisobga olish lozim.
To‘g‘ri tashkil etilgan ovqatlanish bolalami to‘laqonli jismoniy tarbiyalashning
muhim jihati hisoblanadi. Ovqatlanish o‘sib borayotgan organizm uchun g‘oyat
muhimdir, chunki u barcha to‘qimalaming normal o‘sishi va rivojlanishini
ta’minlaydi.
Chiniqtirish
deganda
organizmning
atrof-muhitdagi
turli
tabiiy
ta’sirlar
(harorat,
namlik,
quyosh
nuri
darajasining
o‘zgarishi)ga
eng
ko‘p
chidamliligi,
moslashishini
tarbiyalash
tushuniladi.
Bolada faqat harorat, iqlim o‘zgarishlariga tez ta’sir bildirishgina
tarkib topmasdan shu bilan birga gemoglobin miqdori oshadi, ularning immun tizimi
yaxshilanadi. Bolalar turli kasalliklarga kamroq chalinadilar va ularning
organizmlari kasalliklami tezda yengadi.
Chiniqtirishni tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1. Chiniqtirishni butun yil davomida mavsumiy holatlarni hisobga olib,
muntazam o‘tkazish kerak.
2. Ta’sir etuvchi vositalarning kuchini asta-sekin kuchaytirish zarur.
3. Bolaning salomatligini, yosh xususiyatini, hissiy holatini, uy va
maktabgacha ta’lim muassasasining sharoitini hisobga olish zarur.
Kundalik
hayotda
chiniqtirish
tadbirlarini
jismoniy
mashqlar,
bolaning xilma-xil faoliyati bilan bog'liq holda olib borish chiniqtirish uchun ham,
organizmni mustahkamlash uchun ham yaxshi natija beradi.
Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarga tanani ozoda tutish, to‘g‘ri ovqatlanish,
tartibga
rioya
qilish
va
bolalaming
bir-birlari
bilan,
kattalar
bilan,
o‘zaro
madaniy
munosabatlariga
doir
ko‘nikmalar
kiradi.
Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirishda quyidagi shartlarga e’tibor
qaratish zarur:
1. Maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada harakatlar hamda
topshiriqlami
bajarish
uchun
qulay
vaziyatni
(qulay
mebel,
jihozlar) yaratish.
2.
O‘zlashtirilayotgan
madaniy-gigiyenik
ko‘nikmalarni
qat’iy
belgilangan tartibda bir vaqtda bajarishga o‘rgatish.
3. Har bir bola bilan yakka tartibda ish olib borish.
4.
Bolalami
madaniy-gigiyenik
ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishlarini
nazorat qilib borish.
5. Bolalami kattalarning gigiyena va axloqqa oid barcha talablarini
so‘zsiz bajarishga o‘rgatish.
Jismoniy mashqlar — jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga qaratilgan
maxsus harakatlar, shuningdek, harakat faoliyatining murakkab turlaridir.
Jismoniy mashqlar organizmga ko‘p qirrali fiziologik ta’sir ko‘rsatadi. U modda
almashinuvini, qon aylanish jarayonlarini faollashtiradi, suyaklaming o‘sishiga
yordam beradi.
Kichik
bolalami
tarbiyalashda
passiv
gimnastika
turlaridan
biri — massaj (uqalash) qo‘llaniladi. Uqalash ta’sirida qon aylanishi, shuningdek,
teri va muskullarning oziqlanishi yaxshilanadi, issiqlik chiqishi ko‘payadi,
muskullarning charchashi yo‘qoladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning tashkiliy shakllari
quyidagilardan iborat: 1) mashg`ulotlar, 2) jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish
tadbirlari (ertalabki gimnastika, harakatli o`yinlar, sayr vaqtidagi sport mashqlari,
fizkult daqiqa, bog`cha atrofiga saylga chiqish, jismoniy tarbiya bayramlari,
shaxsiy ishlar) ni bolalar bog`chasi kun tartibiga binoan o`tkazish, 3) bolalarning
mustaqil ravishda bajaradigan harakatli faoliyati. Mana shu sanab o`tilgan ish
shakllarining hammasi bir-biri bilan o`zaro bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldiradi. Bu
shakllarning barchasi qo`shilib, muayyan harakat tartibini yaratadi.
Mashg`ulot-bolalar
bog`chasida
jismoniy
tarbiya
yuzasidan
olib
boriladigan o`quv ishlarining asosiy shakli. Mashg`ulotlar amalda sog`lom
bo`lgan barcha tarbiyalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi. Mashg`ulotlar
qat`iy jadval asosida-haftaning muayyan kun va soatlarida (haftasiga ikki marta)
ma`lum yosh gruppasidagi bolalar bilan butun yil davomida o`tkazib boriladi. Har
bir yosh guruhlari uchun mashg’lulotlarning maqsadga muvofiq davom etish vaqti
belgilab qo’yilgan.
Mashg`ulotlarda dasturdagi o`quv materialining o`zlashtirilishi bolalar bilan
o`tkaziladigan barcha jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish tadbirlarining hamda ular
bilan o`tkaziladigan mustaqil mashqlar va o`yinlarning negizini tashkil etadi.
Mashg`ulotlar jismoniy tarbiyaning ta`lim-tarbiya hamda sog`lomlashtirish
vazifalarini hal etishga qaratilgandir. Ta`lim vazifalari bolalarga jismoniy
mashqlarni o`rgatishdan, hosil qilingan malakalarni o`zgarib turgan sharoitlarga
mos ravishda qo`llay olishga o`rgatishdan iboratdir.
Bolalar jismoniy tarbiya to`g`risida, uning sog`lomlashtiruvchi ahamiyati
haqida, chiniqish usullari, to`g`ri nafas olishning ahamiyati, mashqlarni bajarish
uslublari va shu singari boshqa mashqlar to`g`risida tasavvur hamda bilimga ega
bo`lishlari kerak. Jismoniy tarbiya yuzasidan o`tkaziladigan mashg`ulotlarda
majburiy mashqlarning bajarilishi tarbiyalash hamda sog`lomlashtirish vazifalari
bilan, jismoniy fazilatlarning shakllanishi bilan hamohang holda birga qo`shib olib
boriladi.
|