bajarish sharoitlari o’zgaruvchan milliy o’yinlarda chaqqonlik yaxshi rivojlangan
bo’lishi kerak. Shunga tayangan holda chaqqonlikni tarbiyalash uchun “Almash
qadamlar”, “Tiriltirishma”, “Urdi-qochdi”, “Olacha tovuq”, “Kim chaqqon” kabi
nihoyatda jadal bajariladigan mashqlar tufayli tezkorlik va chidamlilik kabi jismoniy
sifatlar tarbiyalanadi. Bunday o’yinlarda jismoniy yuk (nagruzka) ham asta-sekin
oshirib boriladi. Masalan, maydonni kattalashtirish; maydonni kichraytirmay turib
o’yinchilarning sonini kamaytirish; o’yin jihozlari sonini ko’paytirish (tayoqcha,
ro’molcha, do’ppi, chopon, to’p v.h.) yugurish masofasini uzaytirish; to’siqlar sonini
oshirish; murakkab mashqlarni qo’llash va ularning sonini ko’paytirish va hakazo.
Ko’rsatilgan bu metodik usullar izchillik bilan qo’llanilganda maqsadga
tezroq erishiladi. Mazkur jismoniy sifatni tarbiyalovchi o’yinlarga “Oqsoq qarg’a”,
“Lanka”, “Podachi” kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. masalan, “Oqsoq
qarg’a”-estafeta tarzidagi harakatli o’yin. O’yinchilarning miqdori teng bo’ladi,
ikkita jamoa bir-biriga ro’para turib, saf tortadi. O’ynovchilardan har biri navbat
bilan o’zining bitta oyog’i bog’ich (ro’molcha yoki tasma) bilan boldiridan
sonigacha bog’laydi.
Dostları ilə paylaş: