II.2. Jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harkatli o’yinlar tasnifi va
ularni o’rgatish yo`llari
Bolalarning o’sish va rivojlanishi bilan o’yinlarning mazmuni o’zgarib boradi:
o’yinlar faoliyati dastlabki bosqichlarda oddiy harakterda bo’lsa, keyinchalik u
boyib boradi. P.F.Lesgaft o’zining jismoniy mashqlar tizimida o’yinlarni jismoniy
tarbiya vositasi sifatida ifodalaydi.
U o’yin yordamida bola hayotga tayyorlanishiga e’tibor qaratadi. Uning
harakatli o’yinlarni o’tkazish uchun qo’ygan talablari bugungi kungacha o’z
qimmatini yo’qotgani yo’q: masalan, u har bir o’yin oldiga aniq maqsadlar qo’yishi,
o’tkazilayotgan o’yin qatnaShuvchilarning kuch va qobiliyatlariga mos kelishi,
o’yin Shug’ullanuvchilariga ijobiy ta’sir ko’rsatishi lozimligini, o’yinlarni tizim
tarzda va muntazam o’tkazish, o’quvchilarning faolligi va mustaqilligini oshirishga
harakat qilish zarurligini uqtirgan edi.
O’yinlarning takomillashuvi, o’yin faoliyati dastlab syujet va mazmundan
tashkil topadi. Odatda syujet deganda o’yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan
voqe’likning doirasi tuShuniladi. O’yin syujeti turli davrga sinfiy xususiyatga,
oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bog’liq holda
yaratiladi.
7-8 yoshli bolalarga xos o’yinlarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga ko’ra
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin
1.
Tezkorlikni tarbiyalovchi o’yinlar.
2.
Kuchni oshiruvchi o’yinlar.
3.
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi o’yinlar.
4.
Chidamlikni rivojlantiruvchi o’yinlar.
5.
Egiluvchanlikni tarbiyalovchi o’yinlar;
Ayrim o’yin turlari bolalarning barcha bo’g’inlariga mos kelishi mumkin, ya’ni
jismoniy sifatlarni yaxlit holda tarbiyalashga qaratilgan o’yinlar ham borki, ularda
turli jismoniy sifatlar ketma-ket rivojlanishi mumkin. o’yinlardagi bunday izchillik
bolaning bilim saviyasi, turmush tajribasini kengayishi, uning katta yoshdagi
odamlarning turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bog’liqdir.
Darhaqiqat o’yinlarning oddiyidan murakkabga tomon o’sishi turmushning
tobora yangi qirralarini aks ettirish bilan cheklanib qolmay, muayyan o’yinning
o’ziga xos boshqa ko’rinishlari bilan boyishi sababli ham amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: |