Kirish I bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o’rni


II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MILLIY



Yüklə 291,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix02.01.2022
ölçüsü291,58 Kb.
#41643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
MTM jismoniy

II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA MILLIY 

QADRIYATLARDAN FOYDALANGAN HOLDA BOLALARNI 

TARBIYALASH 

II.1. Milliy o’yinlarning bola tarbiyasiga tutgan o’rni 

Prezidentimiz  Sh.  Mirziyayev  yosh  avlod  tarbiyasiga  katta  ahamiyat  berib, 

Shunday  degan  edi;  “  yosh  avlodni  tarbiyalash  biz  uchun  eng  asosiy  vazifadir” 

Shundan  kelib  chiqib,  hozirgi  vaqtda  O’zbekiston  pedagogik  jamiyati  tarbiyaning 

odatiy  bo’lgan  shakllari  va  usullarini  izlab  topish,  o’sib  borayotgan  avlodda 

mustahkam  umuminsoniy  ishonch  va  qarashlarini  shakillantirish;  shaxsda  milliy 

madaniyat  va  milliy  qadriyatlarni  hurmat  qilish,avaylab  asrash  tuyg’ularini 

o’stirishga diqqatiniqarratmog’imiz lozim. 

Yuqoridagi  fikirlarga  asoslanib,  o’sib  borayotgan  avlodning  tarbiya  tizimida 

halq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy halq o’yinlari yoshlarning xarakteri 

va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin. 

Milliy  harakatli  o’yinlardan  foydalanish  jarayonida  boshlang’ich  maktab 

o’quvchilarining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak: 

1.  Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va 

o’zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi. 

2.  Bolalar xalq o’yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali 

jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar. 

3.  Milliy  o’yinlarda  bola  kattalar  bilan  bir  xil  sharoitda,  yagona  zaminda 

yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi. 

4.  Kattalarning  hayoti  va  faoliyatiga  kirish  bolaning  tasavvuri  timsollari 

tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas 

iz qoldiradi. 

 Xulosa    qilib    aytish    mumkinki,    milliy    xalq    o’yinlaridan  foydalanishda, 

ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab 

etadigan  mayda  harakatlarga  qaraganda  keng,  kuchli  harakatlarga  ancha  moyil 



bo’ladilar.  Buni  bolalar  yosh  davrlarini  ishlab  chiqqan  buyuk  pedagog 

YA.N.Komenskiy ham o’z vaqtida ta’kidlagan edi. 

Umuman  bu  yoshda  bolalar  juda  ham  harakatchanligi  bilan  ajralib  turadi. 

Harakatchanlik  esa  maxsus,  oqilona  tashkil  etilishni,  harakatga  soluvchi  yurish-

turish shakllarining to’g’riligini talab etadi. 

Bolalarning  bu  yoshida  tormozlanish  va  qo’zg’alish  jarayonlarini 

muvozanatligini  yuzaga  keltirishda  kattalar  talabining  tizimliligi  va  o’zini  tuta 

bilishga odatlantirish katta rol o’ynaydi. 

Milliy  o’zbek  o’yinlarini  yoshlar,  ayniqsa  maktab  o’quvchilari  sevib,  maroq 

bilan o’ynamoqdalar. Bunday o’yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas, balki 

hovlilar  va  bog’,  parklarda  dam  olish  soatlarida  o’ynaladi.  Muhim  sifatlarni 

rivojlantirishga mo’ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir 

bayon qilingan material ko’proq o’yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni tuShuntirish 

va faol dam olish uchun qisqacha pauzalar bo’lgan kichik dozada uzluksiz bajariladi. 

O’yin  mashqlaridan  keyin  bo’shashtiradigan,  ohista  yuriladigan  mashqlarni  yoki 

diqqat-e’tiborini o’stiradigan mashqlarni berish lozim. 

Xalqning sog’lig’ini mustahkamlash O’zbekistondagi jismoniy madaniyatning 

asosiy  vazifasidan  biridir.  Istiklol  davrida,  ayniqsa,  sport  va  jismoniy  tarbiyaga 

e’tibor  kundan-kunga  kuchayib  bormoqda.  Jismoniy  tarbiya  oldida  jismoniy 

madaniyat  va  sportni  xalqimizning  hayotiga  ko’proq  singdirish;  yoshlarni 

mustaqillik  ruhida  tarbiyalashda  jimoniy  tarbiya  va  sportning  barcha  turli-tuman 

shakllaridan, jumladan, xalq an’analaridan keng foydalani, insonlarning sog’ligini 

yaxshilash vaularni Ona Vatan mudofaasiga tayyorlash va Shu singari katta vazifalar 

turibdi.  Xalqimizning  milliy  o’yinlari  esa  ana  Shu  maqsadda  keng  qo’llanib 

kelinayotgan  muhim  jismoniy  va  sport  vositalaridan  biridir.  Shuning  uchun  xalq 

milliy  harakatli  o’yinlariga  e’tiborni  kuchaytirish  zaruriyati  yanada  yaqqol 

ko’rinmoqda. 



Qadriyatlarga  e’tibor  qaratish  Sharq  xalqlari  madaniyatining  juda  ko’p 

unsurlari (elementlari) ni saqlab qolishga va ulardn amaliy foliyatda foydalanishga 

imkoniyat yaratiladi. qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o’yinlar 

va milliy bellaShuvlar qachonlardir ular hayotining ajralmas bir qismi bo’lgan, ular 

xalq  marosimlarida,  rasm-rusumlarda  va  urf-odatlarda  mustaqil  bir  soha  sifatida 

faoliyat  ko’rsatib  kelgan,  mustahkam  o’rin  olgan  jismoniy  madaniyatning,  rasm-

rusumlarida va mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mutahkam o’rin 

olgan.  Jismoniy  madaniyatning  bunday  o’ziga  vositalar  yordamida  bobolarimiz 

o’sib  kelayotgan  avlodda  chaqqonlik,  epchillik,  kuchlilik  va  sabr-toqat  kabi 

xususiyatlarni  shakllantirganlar.  Farzandlarini  hayot  qiyinchiliklariga  vatabiatning 

qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar. 

Yosh avlodning jismoniy jihatdan to’kis sog’lom mehnatga va Vatanni himoya 

qiluvchi  tarzida  o’sishidan  xalq  ham,  jamiyat  ham  manfaatdor.  Buning  uchun 

o’quvchilar  jismoniy  madaniyat  bilan  chuqur  Shug’ullanishlari,  turli  milliy 

o’yinlardan  foydalanish  mahoratini  egallashlari  kerak  bo’ladi.  Bu  esa  yosh  avlod 

tarbiyasini  yanada  kuchaytirish,  ularni  o’z  xalqi,  mustaqil  davlati  vajamiyati 

oldidagi  burchini  his  etish  ruhida  tarbiyalashdek  g’oyat  muhim  vazifalar  bilan 

bog’liqdir. 

Bolalarda maktabda o’qiy boshlagan birinchi kundanoq mehnatga muhabbat, 

ishchanlik,  boshlagan  ishini  oxiriga  yetkazish,  sabotlilik  xususiyatlarini 

shakllantirish imkoni yaratiladi. Bunda jismoniy madaniyatning barcha zamonaviy 

vositalari bilan birga o’zbek xalq milliy o’yinlari juda qo’l keladi, chunki bu o’yinlar 

bolalarni jismoniy, ruhiy, ma’naviy jihatdan tarbiyalashning  barcha jihatlarini o’z 

ichiga  ola  biladi.  Zero,  millatning  kelajagi  bo’lgan  yoshlarni  sog’lom,  yetuk  va 

komil  inson  qilib  tayyorlash  mustaqil  O’zbekistonimiz  keljagining  zamini 

mustahkam bo’lishiga xizmat etadi. 

Milliy xalq o’yinlari va milliy sport turlari tarixiy taraqqiyot jarayonida jiddiy 

o’zgargani,  har  bir  iqtisodiy  tuzum  ularning  mazmun  va  qoidalarida  o’zining 

muayyan izini qoldirgani haqida yuqorida to’xtalgan edik.ba’zi o’yinlarning nomi 



va  qoidalari  hozircha  saqlanib  qolgan.  Ana  Shunday  o’yinlardan  foydalanishda 

ularningbolalarga  jismoniy  ta’sirdan  tashqari  tarbiyaviy  ta’sir  ko’rsatishini  ham 

nazardan soqit qilmaslik, ijodiy qo’llashni maqsadga muvofiqlashtirish kerak. 

Masalan, “ Uloq” o’yini deganda odatda ot bilan o’ynaladigan, chavandozlar 

haqiqiy  uloq  uchun  kurashadigan  qadimiy  ko’pkari  o’yini  tuShuniladi.  Bolalarga 

mo’ljallangan  “Uloq”  o’yini  otsiz  o’tkaziladi,  o’yinchilar  bir  parcha  echki  terisi 

yopishtrilgan to’ldirma to’pni olish uchun kurashadilar. O’yin qoidalarining ba’zi 

jihatlari  kattalarnikiga  o’xshab  ketadi.  Tezkorlik,  chaqqonlik  va  kuchlilikni 

tarbiyalovchi bu o’yin katt tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, bunda bir-birini hurmt 

qilish, samimiy munosabat, qo’pollik qilmaslikka katta e’tibor briladi. 

Xalq milliy harakatli o’yinlari bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda 

muhim rol o’ynaydi. Chunki o’yinlar o’quvchilarning qiziqishlarini oshiradi, ularga 

zavq  bag’ishlaydi,  ish  qobiliyatlarining  tezroq  tiklanishini  ta’minlaydi.  O’yinlar 

tufayli  bolalar  charchashni  unutadilar,  mashqlarni  diqqat  bilan  bajarishga  harakat 

qiladilar. 

Xalq  milliy  o’yinlarining  barchasi  bolalarning  organizmlariga  yaxlit  ta’sir 

o’tkazadi.  Shuning  uchun  ham  o’yinlarga  umumiy  jismoniy  ta’sir  ko’rsatuvchi 

sifatida qarash lozim. Bironta o’yin yo’qki, u ayrim jismoniy sifatni rivojlantiruvchi 

vosita bo’lib hisoblanmasin. Masalan, “Do’ppi kiyishda kim g’olib?” milliy o’yinida 

faqat chaqqon bo’libgina qolmay, balki epchil, sezgir bo’lishga ham da’vat etiladi. 

Jismoniy  madaniyat  tizimidagi  barcha  soha  va  bosqichlarning  birdan-bir  va 

yagona  maqsadi-insonni  to’g’ri  yashashga  tayyorlashdir.  Boshlang’ich  sinf 

o’quvchilari  jismoniy  tarbiyasining  vazifalari  bolalarning  yoshiga  xos 

xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, lekin bunda jismoniy madaniyatning 

umumiy maqsadi ko’zdan qochirilmaydi. 

 

 





Yüklə 291,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin