I.2. Ilk yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash
Ilk yoshdan bola organizmida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Skeletning tog‘ay
to‘qimasida suyak to‘qimasi paydo bola boshlaydi, muskul va paylar zaif boladi,
lekin ulaming qisqarish xususiyatlari yaxshilanadi. Bolaning vazni ortib boradi,
uning asab tizimi rivojlanadi, miyaning tez o‘sishi va analizatorlaming rivojlanishi
kuzatiladi.
Ilk yoshdagi tartib bolaning to‘g‘ri rivojlanishi va tarbiyalanishining asosidir.
Ilk yoshdagi bolalar uchun uxlash va bedor yurish qonuniyatlariga bogliq ravishda
tabaqalashtirilgan tartiblar ishlab chiqilgan.
1. Ilk yoshdagi bolalarning birinchi gumhida uchta kichik yosh
guruhi uchun tabaqalashtirilgan tartib tashkil etiladi: 2,5—3 oydan 5—6 oygacha;
5—6 oydan 9—10 oygacha; 9—10 oydan 1 yoshgacha.
2. 1 yoshdan 2 yoshgacha bolgan bolalar gumhida 2 ta tartib
mavjud. 1,5 yoshgacha bolgan bolalar 2 marta uxlaydilar 1,5 yoshdan keyin esa
bolalar bir marta uxlashga olkaziladi.
3. 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalar 1 ta tartibga o‘tadilar.
Ilk yoshdagi bolalar har 3—3,5 soatda gigiyenik sharoitda, belgilangan vaqtda
ovqatlantiriladi. 2 yoshga qadam qo‘ygan bolalami ovqatlantirishda ular kichik
gumhlarga bolinadi. 3 yoshli bolalar esa ovqatlami mustaqil va tartibli yeyishga
o‘rgatib boriladi.
Ilk yoshdagi bolalarda kiyinishga, yuvinishga, ovqatlanishga ijobiy
munosabatlami tarbiyalash o‘ziga o‘zi xizmat qilish ko‘nikmalarini, mustaqil
harakatlarni
shakllantirishga
tayyorgarlik
bo‘lib
xizmat
qiladi.
1,5—2
yoshli bola deyarli hamma kiyimlarini o‘zi yecha oladi,
taxlab qo‘yadi va kiyimlarining ayrimlarini kiya oladi. Bu yoshdagi
bolalar o‘zlari yuvinadilar va artinadilar. 2—3 yoshli bolalar mustaqil ovqat
yeyishga, kiyimlarini kiyib-yechishga o‘rganadilar.
Bola hayotining dastlabki yilida uqalash va gimnastika har kuni yakka tartibda
o‘tkaziladi. 2 yoshga qadam qo‘ygan bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazayotganda
yurish, sakrash, buyumni uloqtirish o‘rgatiladi, muvozanatni rivojlantirishga alohida
e’tibor beriladi.
Mashqlarni bajarish uchun bolalarga kerakli dastlabki holatni ko`rsatib
berish ham juda muhimdir. Harakat ko`lami (miqyosi)ni ko`paytirish yoki
kamaytirish uchun, muayyan muskul gruppalariga ta`sir o`tkazish uchun mana
shunday dastlabki holatni ko`rsatib berish zarur. Bir nechta misolni ko`rib
chiqamiz. Agar mashqda burilish vaqtida gavdaning pastki qismi harakatsiz
qoladigan bo`lsa, unda tarbiyachi o`tirib bajariladigan dastlabki holatni tanlaydi.
Agar gavda burilishini oshirish zarur bo`lib qolsa, unda oyoqlarni juftlab tik
turilgan dastlabki holat tanlanadi. Agar gavda engashtirilishi bilan bog`liq bo`lgan
mashq bajariladigan bo`lsa, unda oyoqlarni juftlab tik turilganidan ko`ra, oyoqlarni
yelka kengligida ochib tik turgan holda bajargan ma`qul.
Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida bolalarni to`liq nafas olish (to`la nafas
olib, nafasni oxirigacha asta-sekim chiqarish)ga o`rgatish ham g`oyat muhim
ahamiyatga egadir.Tarbiyachi bolalarning diqqat-e`tiborini muayyan paytlarda
nafas olish bilan nafas chiqarishni qulay ravishda bir-biriga muvofiqlashtirishga
qaratadi. Ayrim nafas olish harakatlarini umumiy rivojlanish mashqlarininг harakat
bosqichlari bilan bog`liq holda olib ko`rsatish mumkin. Yelka muskullari va
qo`l mushaklarini mustahkamlashga qaratilgan mashqlarda nafas olish,
qo`llarni yon tomonga yoyish, orqaga uzatish, yuqoriga ko`tarish paytiga to`g`ri
keladi; nafas chiqarish esa qo`llarni tushirish (yuqoriga ko`tarilgan holatdan)
pastga oldinga tushirish vaqtiga to`g`ri keladi.
|