II.1. Milliy o’yinlarning bola tarbiyasiga tutgan o’rni.
KIRISH
Mamlakatning qudratini
belgilaydigan omillar ko`p. Biroq ularning eng
asosiylaridan biri shu yurtda
voyaga etayotgan yuksak ma`naviyatli, jismonan
sog`lom, har tomonlama
barkamol avloddir. Zero, el-yurtning kelajagi bugun
kamolga etayotgan yoshlar
qo`lida. Ana shu ezgu maqsadlarni amalga oshirish
mamlakatimiz mustaqil
taraqqiyot yo`lidagi davlat siyosatining eng ustivor
yo`nalishlaridan etib
belgilandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh
avlodni yuksak
intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, ayni
paytda sog`lom
turmush tarziga rioya qiladigan, jismonan sog`lom, ruhan tetik
insonlar etib
voyaga yetkazishning samarali tizimi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
Bu
jarayonda o`g`il-qizlarimizni jismonan sog`lom, kuchli iroda va yuksak
intellektual salohiyatga ega insonlar etib tarbiyalashning bosh omili, o`zbek
sportining kelajagi xalqaro maydondagi obro`-e`tiborini yuksalitirish asosi
bo`lgan bolalar sportini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrda qabul qilingan
qarori
1
ijrosini ta’minlashda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan
yaxshilash, ta’limtarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish,
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual,
ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta’lim
muassasalarning moddiy-Jismoniy tarbiya metodikasi maktabgacha yoshdagi
bolalar jismoniy tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Jismoniy
tarbiya metodikasi amaliyot bilan uzviy bog’liqdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va
vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat,
shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta`minlash,
1
“
2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi
PQ-2707-sonli qarori
ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga
muvofiq maktab ta`limiga tayyorlashdan iborat.
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona
zimmasiga uni sog`lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo`yiladi.
Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga etishiga ko`p
jihatdan bog`liqdir. O`z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy darajasi
bilan belgilanadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach barcha sohalar singari ta`lim
tarbiyada ham ko`pgina yangilanishlarni amalga oshirish ehtiyoji tug`ildi. Buning
uchun esa pishiq-puxta ishlangan, ma`lum maqsad va vazifalarni o`zida
mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilar edi. Birinchi Prezidentimizning
mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ushbu sohada bo`lgan alohida e`tibori, uning
taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini, davlatimizning buyukligini
tasavvur etganligining natijasi o`laroq 1997yilda "Ta`lim to`g`risida" gi Qonuni
hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"
2
dunyoga keldi. Unda uzluksiz davom
etadigan bir butun ta`lim-tarbiya jarayonining belgilovchi ilk turi-maktabgacha
ta`lim, deya ataladi. Birgina ushbu yondashuvning o`ziyoq bu ta`lim turiga har
tomonlama ehtiyotkorlik va mehribonlik bilan qaramoqni talab etadi. Negaki,
bugunki bolakay yoki qizaloq zimmasida XXI asrda kuchga to`lib, sog`lom,
bilimli, aqlli bo`lib jamiyatimizning faol a`zolariga aylanishdek ulkan vazifa
turibti. Bunda esa ular sizu-bizga-kattalarga ishonishadi. Agar yoshlarimizdagi
shijoatni, kuch-quvvatni, bilimdonlikni, fidoiylik va vatanparvarlik bilan
uyg`unlashtira olsak, bundan-da ziyoda qudratni topa olmaymiz.
Maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalar bilan
ish
olib borishda bu qoidalar quyidagilarda o‘z ifodasini topadi.
Shaxsni
har
tomonlama
rivojlantirish
qoidasi
harakat
madaniyati
iisoslarini shakllantirishni va ayni vaqtda aqliy qobiliyatlami (topqirlik,
2
Mazkur dastur O‘zbekistan Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
kuzatuvchanlik, qiziqish va boshq.), axloqiy fazilatlami (intizomlilik, jamoatchilik
va boshq.), estetik didni rivojlantirishni ta’minlaydi. U yoki bu alohida jismoniy
mashq turlariga erta ixtisoslashuvga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. U bola salomatligiga va
uning uyg'un jismoniy rivojlanishiga zarar yetkazishi, yangi ko‘nikmalar,
keyinchalik
sport
mahorati
tarkib
topishida,
shakllanishida
i|iyinchilik tug‘dirishi mumkin. Sog‘lomlashtirish yo‘nalishi qoidasi materiallar va
vositalar mazmunini, hajmini tanlashni ko‘zda tutadi, u salomatlikni
mustahkamlashni,
shifokor-pedagog
nazoratini
amalga
oshirishni
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: