Kirish I. Bob. Pedagogik faoliyat jarayonida noananaviy ta'lim usullaridan foydalanishning ahamiyati va o'rni


O'qituvchi pedagogik faoliyat sub'ekti sifatida



Yüklə 118,5 Kb.
səhifə8/9
tarix21.05.2023
ölçüsü118,5 Kb.
#119172
1   2   3   4   5   6   7   8   9
PEDAGOGIK FAOLIYAT JARAYONIDA AN’ANAVIY VA NOAN’ANAVIY TA\'LIM TURLARI VA O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

O'qituvchi pedagogik faoliyat sub'ekti sifatida
O'qituvchilik kasbi qo'yadigan eng muhim talablardan biri bu uning vakillarining ijtimoiy va kasbiy pozitsiyalarining aniqligidir. Aynan unda o'qituvchi o'zini pedagogik faoliyat sub'ekti sifatida namoyon qiladi.
O'qituvchining pozitsiyasi - bu dunyoga, pedagogik haqiqatga va pedagogik faoliyatga bo'lgan intellektual irodali va hissiy -baholash munosabatlari tizimi.
Hozirgi zamon noananaviy talimi
O’nlab yillab o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, ananaviy dars o’tish talimning o’ziga xos modellaridan biri bo’lib qolmoqda. Ananaviy dars – muayyan muddatga mo’ljallangan, talim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan (https://fayllar.org/foydalanuvchi-interfeysi-taqdimoti.html), mavzuga kirish yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat talim modelidir. O’quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, ananaviy dars – ko’p hollarda talim jarayonining birdan-bir metodi bo’lib qolmoqda. Malumki, ananaviy darsda talim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. SHu bois bazida ananaviy darsni markazida o’qituvchi turgan o’qitish usuli deb ham atashadi. Markazda o’quvchi bo’lgan o’quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:
O’quvchining o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish;
Ilgari egallagan bilimlarni ham inobatga olish;
O’qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;
O’quvchi tashabbusi va majburiyatini qo’llab-quvvatlash;
Amaliyot orqali o’rganish;
Ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta`minlash;
O’qish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish;
O’qituvchi-o’quvchilar uchun o’quv jarayonini engilashtiruvchi shaxs;
O’quv jarayonini baholash.
Bunaqalani oxiridagi fayllar.org dan kn joyi chiqmasin
Ananaviy dars o’tish modelida ko’proq maruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda ananaviy dars samaradorligi ancha past bo’lib o’quvchilar talim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ananaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli – tuman o’quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib kelar ekan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning talim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash tadqiqot rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash rang-barang baholash usullaridan foydalanish ta`lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.
Ananaviy dars o’tishning asosiy tarkibiy qismlari
1. Kirish.
- o’tgan materialni takrorlash
- dars maqsadini tushuntirish
- dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish.
2. Yangi mavzuni yoritish.
- yangi mavzuni kichik-kichik bo’lakchalarga bo’lib berish
- rang-barang misollar imkoni boricha ko’rgazmali taqdim qilish
- mavzudan cheklashmaslik
- materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish
- o’quvchilarning tushunuvchanlik darajasini tekshirib borish
- teskari aloqani taminlash.
3. «Teta – poya» mashq.
Biror misol (yoki masalani) o’quvchilar bilan qadamba-qadam hal qilish va tahlil qilish.
4. o’naltirib turiluvchi mashq.
O’quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi o’qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.
5. Mustaqil bajariladigan mashq.
O’quvchilar mashqni mustaqil holda o’qituvchi yordamisiz bajariladi.
6. O’quvchilar tushunarlilik darajasini tekshirish.
7. Yakunlash
Dars mavzusining asosiy tushunchalari va o’quv maqsadlarini jamlash.
O’qitishning noananaviy modellari
Bu modellarni shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.
- hamkorlikda o’rganish modeli
- modellashtirish
- o’rganishning tadqiqot modeli.
Bu modellar asosan o’quvchi shaxsiga qaratilgan bo’lib ularni boshqacha qilib markazda o’quvchi turgan talim modellari deb ham atashadi.
Modellashtirish – real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan xodisa va jarayonlarni
ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko’rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o’quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga talim olishini ko’zda tutuvchi metod. Hamkorlikda o’rganish modeli – o’quvchilarni mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga talim olishini ko’zda tutadigan metod.
O’rganishning tadqiqot modeli – o’quvchilarni muayyan muammoni echishga yo’naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko’zda tutuvchi metod. Ananaviy (talim jarayoni markazida o’qituvchi bo’lgan) metodalarning
AFZALLIKLARI
Malum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq malum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali.
O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi.
Vaqtdan unumli foydalanish.
Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.
KAMCHILIKLARI
O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.
O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi.
O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi.
Eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bo’lmagaligi sababli, sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin.
Mustaqil o’rganish va echimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratiladi.
Noananaviy (talim jarayoni markazida o’quvchi bo’lgan) o’qitish metodlarining
AFZALLIKLARI
O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi.
O’z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi.
Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi.
O’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi.
Motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi.
O’tilgan materialning yaxshi eslab qolishi.
Muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi.
O’z-o’zini baholashning o’sishi.
O’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati.
Mustaqil fikrlay oldaigan o’quvchiningshakllanishiga yordam berish.
Nafaqat mazmunini o’zlashtirishga yordam bermay (https://fayllar.org/reja-psixologik-yordam-tushunchasi.html), balki tanqidiy va mantiqiy fikralashni ham rivojlantirish.
Muammolar echish ko’nikmalarning shakllanishi.
KAMCHILIKLARI
Ko’p vaqt talab etilishi.
O’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
Juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi.
«Kuchsiz» o’quvchilar bo’lganligi sababli «kuchli» o’quvchilarning ham past baho olishi.
O’qituvchining o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar echish ko’nikmalariga ega bo’lishining talab etilishi.
O’qitish jarayonidagi mavjud ananaviy talim bilan qurollangan talim muassasalari endilikda o’z oldiga qo’yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmani amalga oshirishga ojizlik qilmoqda. Taniqli didakt olim M.N. Maxmutovning fikriga ko’ra, o’quv jarayonini tashkil etishning ananaviy sxemasi o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini etarli darajada rivojlantira olmaydi, ularning bilimga bo’lgan ehtiyojlarini, fanga bo’lgan qiziqishlarini qondira olmaydi, faol ikrlashni hamda bilishni etiqodga, etiqodni esa ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni taminlay olmaydi. Maktab, kasb-hunar kollji va oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarining ilg’or tajribalari yoritilgan materiallarni o’rganish, shuningdek, kuzatishlar va suhbatlardan malum bo’lishicha, ularning ko’pchiligi o’z amaliy faoliyatlarida kuchsiz avtoritar motivga asoslangan bir hildagi o’qitish jarayonlarini qisman o’zgartirgan holda foydalanishadi. Bunday hollarda o’zlashtirishning yuqori darajasiga deyarli erishib bo’lmaydi. Haqiqatan ham, ananaviy talim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan noananaviy talim jarayoni bilan taqqoslaganda ular o’rtasidagi farq aniq ko’zga tashlanadi.
Ananaviy talim texnologiyalariga asoslangan maruza, seminar, sinov darslarining talim jarayonida tutgan o’rni va qimmatini kamaytirmagan holda, ularni hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirish yo’llari ustida qayg’urish zarur.
Mazkur darslarni takomillashtirishda quyidagilarga etibor qaratilishi ko’zda tutiladi: Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va va demokratlashtirish. Hamkorlik pedagogikasiga amal qilish.
1. Talim jarayonini demokratlashtirish. O’quvchilarga tanlash huquqini berish.
2. O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o’zaro hamjixatlikka asoslangan qulay ijtimoiy – psixologik muhit yaratish.
3. O’quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlarini samarali tashkil etish.
4. Maruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarda zamonaviy talim texnologiyasi elementlaridan foydalanish.
Bugungi talim jarayoni pedagogning shaxsga bo’lgan insonparvarlashtirilgan munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun qayg’urishi, bolalarga ishonchning yuqoriligi, o’zaro hamkorlikning vujudga kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo’lishi, talim oluvchilarni to’g’ridan-to’g’ri majburlashdan voz kechish va aksincha ijobiy rag’batlantirishning usutnligi tufayli ko’zlangan maqsadga erishish, bolalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo’lish, ularni bartaraf etishning samarali usullarini qo’llashda namoyon bo’lsa, talim jarayonini demokratlashtirish esa o’qituvchi va o’quvchilar huquqlarini tenglashtirish, talim jarayonida talim oluvchilarga tanlash huquqining berilishi, o’z fikri, nuqtai nazarini erkin bayon etishni aqozo etadi. Noananaviy talim jaaryonida o’quvchilar va o’qituvchilar munosabatining o’ziga xos jihati o’quvchilar mustaqilligi va o’quv faoliyatini boshqarish emas, balki hamkorlikda tashkil etish, talim olishda majburlash emas, balki o’quvchilarni ishontirish, biror-bir faoliyatni amalga oshirish buyruq orqali emas, balki shu faoliyatni samarali tashkil etish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi, imkoniyatlarini chegaralash emas, balki erkin tanlash huquqini berish sanaladi. Yangi munosabatlarning asosiy mohiyati, ananaviy talimda ko’zda tutilgan natijalarni bermayotgan majburan o’qitishdan voz kechish va uning o’rniga:
- o’zaro ishonchga asoslangan talabchanlik;
-talim jarayonini samarali tashkil etish orqali o’quvchilar o’rtasida qiziqish uyg’otish va ongli intizomni vujudga keltirish;
- o’quvchilarni muvafaqqiyatli bilim olishga yo’llovchi hamkorlikning paydo bo’lishi;
- muntazam faoliyatning tashkil etilishi;
- tegishli talablarni jamoa orqali qo’llashni amalga oshirish muhim sanaladi.
Noananaviy talim jarayonini tashkil etishda:
- o’rta saviyali o’quvchiga nisbatan mo’ljal olishdan voz kechish;
- o’quvchilarning eng yaxshi sifatlarini aniqlash va rivojlantirish;
- talimda psixologik-pedagogik diagnostikani qo’llash orqali o’quvchilarning qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati (https://fayllar.org/pedagogik-qobiliyat-necha-xil-boladi-va-ular-qaysilar.html), shaxsiy sifatlari, aqliy faoliyatning xususiyatlarini aniqlash;
- o’quvchilar o’zlashtiradigan bilim, ko’nikma va malakalar dinamikasini tasavvur qilish;
- o’quvchi shaxsi rivojlanishining dasturiga tegishli o’zgartirishlar kiritish talab etiladi.
Pedagogik jarayonni tashkil etishda xar bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini xisobga olish zarur. Pedagogik mulokot urnatish uchun zamonaviy, innovatsion texnologiyalardan foydalanish extiyoji tugildi. Bu texnologiyalardan biri interaktiv dars usullaridir. Lotinchadan “inter”- ozaro, “akt”- muloqot, yaqinlikdir. Interaktiv usullardan foydalanishdan maqsad shuki, darslarni qiziqarli, sermazmun, eng muhimi samarali kilib utkazishdir. Bunda o’quvchining bilimi ortadi, shaxsiyati rivojlanadi va uquv jarayonining maxsuldorligi kupayadi. Ma’lumki yaxshi uzlashtirish uchun shunchaki tinglab, yozib otirish yetarli emas, balki shu material ustida faol ishlash, oylab kurish, muxokama qilib chiqish, yordamchi vazifalar bajarishi kerak. Xozirgi paytda biz pedagoglarning asosiy vazifamizdan biri talabada mustaqil shugullanish malakasini xosil qilishidir. Interaktiv usullardan foydalanilganda, talabaning barcha psixik jarayonlari idrok, ong, diqqat, xotira, sezgi, aql, tasavvur, tafakkuri ishga tushib, muammoni yechish uchun izlashga, qidirishga, fikrini rivojlantirishga yunaltiriladi. Bunda materialni uzlashtirishga bolgan extiyoj, mayl ortib boradi va natija xam samarali buladi. Interaktiv usullar amaliy mashgulot vaqtida otkazib, ma’ruza bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish, aniqlashtirish mustaxkamlash va rivojlantirish uchun muljallangan.
Mashgulotlarni tashkil kilish usullari
Interaktiv usullarga: “miya xujumi”, mojaro metodi, “dumaloq stol”, “uch bosqichli intervyu”, “muammolarni xal kilish metodi”, “stol urtasidagi ruchka”, “galereyani aylanish”, “akademik munozara”, “qor boron” metodi, “asalari galasi” “kritik vaziyatni taxlil kilish” va b. kiradi. Bu metodlar buyicha ishlash uchun 5 kishidan iborat guruxlar tuzib, ishonchli vaziyatni vujudga keltirib, oshkora muxokama kilish uchun psixologik keskinlikni bartaraf etish kerak.
Afzalliklari:
1. Qatnashchilarga oz goyalari va fikrlari bilan koproq ortoqlashishi, ularning bir-biridan organishi uchun imkon beradi.
2. Kichik guruhlarda qatnashchilar katta guruhda aytishlari mumkin bo`lgan fikrlardan boshqacha fikrlarni aytishlari mumkin .
3. Dikkat markazini pedagogdan katnashchilarga kuchiradi.
4. Katnashchilarni uz ustlariga kuprok mas’uliyat olishga majbur kiladi.
Interaktiv mashgulot turlari
Miya xujumi:

Mas: O’quvchilarga pedagogika tarmoklarini sanab berish topshiriladi. Javob berilayotganda – javoblar izoxlanmaydi yoki orinsiz deb rad etilmaydi. Javoblar tugagach o’quvchilar ukituvchi bilan birgalikda javoblarni muxokama qilishadi. Yoki psixologiyadan tafakkur operatsiyalarini sanab berish topshiriladi. Guruh a’zolari shu mavzu yuzasidan gaplashib, miyaga nima kelsa, shularning xammasini daftarga yozib olishadi. Keyin xamma uz fikrini bayon etadi. goyalarni yozish uchun bir kishini ajratish kifoya kiladi. Bu metod guruhni birlashtirib, yakdil qiladi.


Mojaro metodi:
Axlokiy tarbiya mavzusi buyicha muammoli vaziyat kurinishidagi topshirik beriladi. SHu topshirikni tahlil qilib, tez qaror qabul qilish zarur. Yoki psixologiyadan diqqat mavzusi boyicha turli muammoli vaziyatlar berilishi mumkin. Bu metod o’quvchilarga tez fikrlashni va favqulodda vaziyatlarda ishlashni o`rgatadi.
Dumaloq stol metodi:
Topshirik yozib kuyilgan kogoz varagi davra buylab utkaziladi. Xar bir o’quvchi uzining javob variantini yozib kuyadi va varakni boshka o’quvchiga uzatadi. Javoblar tugagach, muxokama buladi.
Notugri javoblar uchiriladi, tugri javoblar soniga karab o’quvchilar baxolanadi.
Masalan: 1 Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini kursating. 2 Pedagog maxoratlarini aytib bering. Yoki 1 SHaxs komponentlarini belgilab bering. 2 Leongard buyicha xarakter xususiyatlarini sanab bering va x. k.
Uch bosqichli intervyu:
Guruh 3 ga bo`linadi pedagog – o’quvchi - ekspert. Xar bir guruh shu rollarni egallaydi. “Pedagog guruhi mavzu buyicha savol va topshiriklar berishi, “o’quvchi” guruxi javob berishi, “Ekspert” guruhi ularni baxolashi zarur. Ekspert 3 bulimga bulib baxolaydi:
1. Nimalar tugri kilindi.
2. Nimalar notugri kilindi.
3. Qanday kilish kerak edi.
Bu metod o’quvchilarga surab-surishtirish, pedagogik mulokot olib borish, bilim va malakalarni tekshirish va baxolashni urgatadi.
“Ruchka stol urtasida” metodi.
Guruxga topshirik beriladi. Xar bir o’quvchi uz javob variantini varak kogozga yozib, uni qushnisiga uzatadi, uz ruchkasini stolning urtasiga surib kuyadi. Javobni bilmaydigan o’quvchi kogozni keyingisiga uzatib ruchkani uzida olib koladi. Javob variantlari yozilgan kogoz ukituvchiga beriladi va birgalikda muxokama kilinadi. Bu metodda ukituvchi mashgulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini kurib turadi.
Masalan: Tarbiya usullarini belgilab bering. Yoki temperament turlari va ularning asosiy xususiyatlarini kursating.
Galereyani aylanish” metodi”
Kichik guruxlarga 1 ta muammo taklif etiladi. Xar 1 gurux 10 min davomida uz fikrlarini yozadida, javob yozilgan varaklarni 2 chi gurux bilan almashtiradi. Keyingi gurux oldingi guruxning javoblarini baxolashi va javob tulik bulmasa, uz javobi bilan tuldirishi kerak. Masalan: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning boskichlari. Javoblar yozib bulingach, varaqlar doskaga osib kuyiladi va birgalikda muxokama kilinadi.
Akademik munozara.
Gurux 2 komandaga bulinadi, xar biriga vaziyatga oid topshirik beriladi, masalan: “o’qituvchi - o’quvchi mulokoti”. Bunda 1chi gurux mulokotning salbiy tomonlarini taxlil kiladi - ya’ni “prokurorlar”. 2 chi gurux vaziyatning ijobiy tomonlarini izoxlab beradi. Vaziyatga oid topshirik yoki rolli uyinni muxokama kilish uchun talabalar shu mavzu yuzasidan chukur bilimga ega bulishi kerak.
“Kor buron” metodi.
Ikki gurux o’quvchilari bir muammo yoki vaziyatni muxokama kilib eng kup mikdorda tugri javoblar olish kuzda tutiladi. Xar bir tugri javob yumaloklangan kor kurinishida usha guruxga ball tariqasida yozib kuyiladi. Eng kup ball olgan gurux a’lo baxolanadi.
Kritik vaziyatni taxlil kilish.
Biror bir tashvishli muammoli vaziyat muxokama kilinishi kuzda tutiladi. Bunda nimani boshqacha qilish kerak edi (https://fayllar.org/boshqaruv-tarixi-uning-asosiy-maktablari-va-rivojlanish-bosqic.html), nima uchun bu xatoga yul kuyildi, xatoni takrorlamaslik yoki tuzatish uchun nimalar qilish lozim, degan masalalar kurib chikiladi. Javob variantlari iloji boricha kup bulishi kerak.
Akvarium” metodi.
Guruxdan 5 kishi tanlab olinadi. Ular sinfxonasining urtasidan joy oladilar – guyoki “balik”, qolganlar kuzatuvchi bulishadi. Kichik guruxga bir vaziyat taklif etiladi. Ular buni birgalikda muxokama qilishlari, kuzatuvchilar ularning tugri yoki notugri javoblarini yozib borishlari kerak. Avval “baliklar” versiyasi beriladi, keyin kuzatuvchilar oz versiyalarini taklif etadilar. Eng yaxshi versiya muallifi uz versiyasini taklif etmagan o’quvchi urniga kichik guruxga utadi. Buni “Nima, kachon, kaerda” degan oyin singari xam utkazish mumkin, ukituvchi oldindan tayyorlab kuyilgan savollarni beradi, o’quvchilar bularni 1min davomida muxokama kilib, javob berishadi. Javoblar kanaotlanarli bulmasa, stolga boshqa o’quvchilar utirishadi. o’quvchilarda munozara olib borish malakasi rivojlanadi.
“Kora yashik” konkursi
O`qituvchi topshirish variantlari yozib kuyilgan kartochkalarni tayyorlaydi. o’quvchilar tavakkaliga kartochkalardan oladi. Savollarga javoblar yozma shaklda beriladi.
“Kim kuprok? Kim tezrok” konkursi.
Bir kancha savollarga istagan o’quvchi bir minut ichida javob beradi. Ekspert tugri javoblarni sanab boradi. Bu konkurs “Eng zaif xalka” uyiniga uxshab utadi. Masalan: 1. Kuzi ojizlar bilan shugullanadigan pedagogika tarmogi kanday nomlanadi? 2. Psixologiyaga stress tushunchasini kiritgan olim kim?
Ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy usullarini qo’llash, o’qitish jarayonida yuqori natijalarga olib keladi. Ta’lim usullarini har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, uni turli-tuman zamonaviy usullar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasini ko’tarilishini ta’minlaydi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichikkichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda interfaol usullarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni ommaviy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Bu usullar qo’llanilganda ta’lim beruvchi (https://fayllar.org/ijaraga-beruvchi.html) ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.
Interfaol usullarni qo’llash bo’yicha umumiy metodik tavsiyalar:
1. Ishlash uchun joyni tayyorlash. sinfxonasini shunday tayyorlash kerakki, bunda ishtirokchilar kichik yoki katta guruhlarda ishlash uchun qulay joylashishlar zarur.
2. Jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda bo’lish.Barcha tinglovchilar har bir nuqtai nazarga sabrli bo’lib, so’z erkinligini hurmat qilishlari kerak.
3. Tinglovchilarning guruhlarga bo’linishiga jiddiy e’tibor berish.
4. Tinglovchilarning hammasi u yoki bu darajada ishga jalb qilingan bo’lishi kerak.
5. Tinglovchilarning mashg’ulotga ruhiy tayyorgarligiga ko’maklashish.
6. Interfaol usullar asosida mashg’ulotlar o’tkazilganda guruhda ta’lim oluvchilar soni ko’p bo’lmasligi kerak. 4-6 kishidan iborat bo’lgan kichik guruhlarda samarali ish olib borish mumkin.
Aqliy hujum” usuli-g’oyalarni ishlab chiqish usuli. Qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy g’oyalarini ilgari suradilar. “Aqliy hujum” quyidagi qoidalar bo’yicha o’tkaziladi: -fikr hech qanday cheklanmagan holda, iloji boricha balandroq ovozda aytilishi lozim; -har qanday fikrni aytish mumkin, u qabul qilinadi; -g’oyalarga tushuntirish berilmaydi, ular vazifalarga bevosita bog’liq holda aytiladi; -takliflar berish to’xtatilmaguncha, aytilgan g’oyalarni tanqid yoki muhokama qilishga yo’l qo’yilmaydi. Samarali aqliy hujum uchun bosqichlar: 1. Ishtirokchilarni majburiy bo’lmagan holda o’tkazing. 2.Fikrlarni bayon qilish uchun qog’oz va doskani tayyorlang. 3.Aqliy hujum ishtirokchilariga muammoni yetkazish kerak. 4. Ish tartibini aniqlang: a) fikrlar tashlanganda ularni baholamang b) doimiy fikrlash ozodligi v) qancha aqlli fikr ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi g) “ushlang”, “tuting” boshqalarning fikrlarini rivojlantiring 5. Fikrlar to’g’risida surishtiring va tezda ularni yozing. 6.Qog’oz varag’i to’ldirilganda, uni muhokama uchun qo’ying. 7.O’z g’oyalaringizni qo’shib yangi g’oyani rag’batlantiring. 8.Boshqalar fikrini tanqid qilish yoki ustidan kulish kerak emas, kulgiga yo’l qo’ymang. Aqliy hujumning asosiy ko’rinishlaridan biri juftlikdagi aqliy hujumdir. Agar ish daliliy axborotga bog’liq bo’lsa, unda ta’lim oluvchilarga dalillar ro’yxatini tuzish taklifi beriladi. Ikki daqiqadan so’ng individual ishdan keyin ular bir-birlari bilan muloqotda bo’lib muhokama qiladilar va o’zlarining ro’yxatlarini birlashtiradilar
CHarxpalak” texnologiyasi-ushbu texnologiya ta’lim oluvchilarni o’tilgan barcha mavzularni yod olishga (https://fayllar.org/inson-organizmida-yod-tanqisligi.html), mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to’g’ri javob berishga va o’z-o’zini baholashga o’rgatishga hamda qisqa vaqt ichida ularni baholay olishga qaratilgan. O’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o’quv predmetining biror-bir bo’limi tugallanganda o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash, yoki oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun mo’ljallangan.
O’tkazish texnologiyasi: 1.Ishtirokchilar kichik guruhlarga bo’lib olinadi (sharoitga qarab).
2.Mashg’ulotni o’tkazishga qo’yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtirish. 3.Guruh ishtirokchilari mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi vazifani bajaradilar. 4.Har bir guruh ishtirokchisi o’zi ishlab chiqqan tarqatma materialning o’ng burchagiga guruh raqamini, chap burchagiga esa o’zining biror bir belgisini chizib qo’yishi kerak. 5.Vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga tarqatiladi. 6.Yangi guruh a’zolari berilgan materiallarni o’rganib, unga o’z o’zgartirishlarini kiritadilar. 7.Tuzatish, o’zgartirish kiritilgan materiallar yana bir marta boshqa guruhlarga uzatiladi (guruhlar soniga qarab).
Noan’anaviy ta’lim aniq bir mavzudan uzoqlashmagan holda, innovatsion
ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda, turli ta’lim metodlaridan foydalanib
mashg’ulotni tashkil etishdir.
An’anaviy ta’lim - ta’lim tizimining negizidir. Uni noan’anaviy qilish uchun
esa talabalarni qiziqtiradigan yangi texnologiyalaridan foydalanish kifoya.
Davr shiddat bilan o’zgarib borayotganligi sababli maktabgacha yoshdagi
bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun nostandart, noan’anaviy yondashuvni
talab qiladi. Bizning davrimizda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishni tashkil etishning yangi shakllari va usullarini izlash nafaqat tabiiy hodisa, balki zaruriy hodisa hamdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har bir bolaning faol ishtirokini ta’minlaydigan, ularning diqqatini chorlaydigan, bolalarning shaxsiy javobgarligini oshiradigan, mustaqil tarzda ish qobiliyatini shakllantiradigan faoliyatlarni tashkil eta olish dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Buni nostandart, noan’anaviy ta’lim va tarbiya shakllari texnologiyasi orqali muvaffaqiyatli hal etish mumkin.
Noan’anaviy faoliyatlarning vazifalari:
bolaning rivojlanish darajasini yaxshilash;
insonning axloqiy fazilatlarini, qarashlari va individulliligini shakllantirish;
tarbiyalanuvchilarda bilimga qiziqish, ijodkorlik, iroda, his-tuyg’ular, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishga o’rgatishda - nutq, xotira, e’tibor, tasavvur, idrok.
Ta’limni noan’anaviy tashkil etish shakllari hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim muassasalari amaliyotida eng samarali qo’llanilmoqda.
Darsning noan’anaviy shakllari, qoida tariqasida, bitta yoki bir nechta
mavzularni, mashg’ulotlarni o’rgangandan so’ng, mustahkamlash unktsiyalarini bajarish uchun amalga oshiriladi. Bunda birinchi navbatda ta’lim muhiti o’zgartiriladi. Xato qilish qo’rquvi tufayli an’anaviy sharoitda paydo bo’ladigan ruhiy to’siqni yo’q qiladi va bajarilgan ish natijalarini sarhisob qilishda bayramona muhit yaratadi.
Darsning noan’anaviy shakllari guruh yoki sinfning barcha talabalarining majburiy ishtiroki bilan amalga oshiriladi, shuningdek,maktabgacha yoshdagi bolalar ko’ruv va eshituv analiztorlarining tez refleksiv tarzda harakatlanishi bilan ajralib turadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi blalar uchun noan’anaviy faoliyatlarni tashkil etish faoliyatlarda uslubiy, pedagogik va psixologik xarakterdagi maqsadlarga erishish mumkin. Bular quyidagilar:
talabalarning ma’lum bir mavzu bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilinadi;
maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatlarni jiddiy qabul qilish ko’nikmasi vujudga kelib, ijodiy muhit tashkiletiladi;
tarbiyachi faoliyat davomida minimal ishtirok etadi;
Ta’lim jarayonining pedagogik samaradorligini pasaytiradigan noan’anaviy faoliyatlarning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
Ijobiy o’zgarishlar - bilim va ko’nikmalar sifatining oshishi, talabalar rivojlanishidagi siljishlar prognozining yo’qligi. Hamma tarbiyachilar faoliyatlarning asosiy g’oyasini, uning rivojlantirvchi imkoniyatlarini aniqlay olmaydilar;
Reproduktiv ta’lim texnologiyalarining tarqalishi. Ta’lim jarayonining mazmuniga emas, balki asosan uni tashkil etish shakliga e’tibor beriladi.
Ba’zi bir faoliyat turlarida haddan tashqari didaktik materiallar ortiqcha yuklanadi;
Faoliyatlar doimo integratsiyalashgan, ko’ngil ochar shaklda tashkil etiladi. Bu kabi faoliyatlarda alohida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lmagan faktik materiallar bilan ishlash ustunlik qiladi;
Noan’anaviy faoliyatlarni tashkil etishda qo’yiladigan talablar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachi, pedagoglari, psixologlari noan’anaviy faoliyatlarni tashkil etishda bir necha talablarga javob berishlari kerak.
XULOSA
Noan’anaviy faoliyatlar maktabgacha yoshdagi bolalarning o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini umumlashtirish va mustahkamlashda yakuniy mashg’ulot sifatida ishlatilishi kerak;
Ta’lim jarayonini tashkil etishning bunday shakllariga juda tez-tez murojaat etish noo’rin, chunki bu mavzuga va o’quv jarayoniga doimiy qiziqishni yo’qotishiga olib kelishi mumkin;
Noan’anaviy faoliyatlardan oldin puxta tayyorgarlik ko’rish va birinchi navbatda ta’lim va tarbiyaning aniq maqsadlari tizimini ishlab chiqish kerak;
Noan’anaviy faoliyatlar shakllarini tanlashda tarbiyachi, pedagog, psixolog maktabgacha ta’lim yshidagi tarbiyalanuvchilarning xarakteri va temperamentining xususiyatlarini, tayyorgarlik darajasi va umuman butun guruhning va ayrim tarbiyalanuvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishlari kerak;
Tarbiyachilar, pedagoglar, psixologlarning bigalikdagi integratsiyalashgan faoliyatlarni tashkil etishlari;
Nostandart darslarni o’tkazishda o’quvchini mehr-oqibat, ijodkorlik va quvonch muhitida tarbiyalashning asosiy maqsadlaridan birini belgilab, «bolalar bilan va bolalar uchun» tamoyiliga amal qiling.
Noan’anaviy faoiyatlarni tashkil etishning didaktik talablari:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalar noan’anaviy faoliyatlarini tashkil etishda – faoliyat nafaqat bola uchun bilim bera olishi, birinchi navbatda ijodiy muhitni yaratib berishi zarurdir.
So’ng bu faoliyat birinchi navbatda bola uchun chuqur bilim berib, o’tilgan faoliyatlardagi bilimlarni mustahkamlashi zarurdir.
Noan’anaviy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqishini orttirishi, faoliyatlar davomiaesa, bolalarni mustaqil tarzda ishchanligini oshirishi kerak.
Faoliyat tarbiyachiga maktabgacha yoshdagi bolalarning individual qobiliyatlarini o’rganishga, ular orasidan iqtidorli, qobiliyatli bolalarni aniqlashga yordam beradi.
Noan’anaviy faoliyat tarbiyalanuvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish bilan birga o’quv dasturining asosiy mazmunidan chalg’itmasligi kerak.
Noan’anaviy faoliyat davomida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi ijodiy yoki amaliy ma’noda muhim tadqiqotlarni izlayotgan tadqiqotchi sharoitida o’zini his etib, shu yo’sinda mashg’ulotlarda ishtirok etishi kerak. Noan’anaviy faoliyat talabani ixtiyoriy ishni bajarish majburiyati bilan birlashtirish asosida rivojlantirishi va takomillashtirishi kerak.
Didaktik noan’anaviy faoliyat quvnoq faoliyat uchun zarur bo’lgan ko’ngil ochish elementlarini o’z ichiga olishi, taqdim etilgan materiallar talabalar uchun qulay bo’lishi, ularning rivojlanish darajasiga mos kelishi kerak.
Noan’anaviy faoliyatda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar munosabati:
Noan’anaviy faoliyat tashil etish uchun tarbiyahi, pedagog, psixologlar mashg’ulotga puxta tayyorgarlik ko’rishlari zarur;
faoliyatning borishi, maqsadi, vazifalari oldindan tayyorlanib, guruh bolalarining xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi.
Barcha guruh bolalariga ularning faolligini oshirishga alohida e’tibor beriladi.
Bolalarga faoliyatning boshida dastlabki topshiriqlar beriladi, faoliyat tarkibi tushuntiriladi, ko’rgazmali qurollar tayyorlanadi.
tarbiyachi faoliyatlar davomida bolalar bilan faoliyat davomida bajariladigan xatti-harakatlarini ketma ketligini muhokama qiladi va har bir tarbiyalanuvchiga o’ziga tegishli vazifasini beradi;
u yoki bu faoliyat turi davomida «kuchli» va «zaif», «tarbiyasi og’ir» va «befarq» bolalarning hammasi jalb etiladi

Yüklə 118,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin