Kirish Mavzuning dolzarbligi


Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlili



Yüklə 330,83 Kb.
səhifə18/22
tarix11.06.2023
ölçüsü330,83 Kb.
#128460
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Diplom ishi

3.2. Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlili

Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning urtacha harajatlari ya’ni tannarxlari kup jihatdan xom-ashyo va materiallardan samarali foydalanish kursatkichlariga bog‘liqdir.


Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlardan tejab-tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan meyorlarga nisbatan ortiqcha bulsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bulmaydi.
Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarini tahlil qilish korxonada ishlab chiqarish uchun rejalashtirilgan mahsulot hajmiga sarflanadigan xom-ashyo va materiallar ta’minoti, ularning bajarilishi, mahsulot birligi uchun mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarinig meyori buyicha ortiqchasini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari, mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar siyoimi, mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar qaytimini hisoblash orqali ularning holatiga baho berishdan iborat.
Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlar tizimi orqali ifodalanadi.
Bularga quyidagi nisbiy miqdorlar kiradi:

  • Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar qaytimi;

  • Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar sig‘imi;

  • Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar rentabelligi;

  • Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar xarajati koeffitsiyenti;

  • Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarning tannarxdagi hissasi.

Mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar qaytimi deganda bir so‘mlik moddiy xarajatlar hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmi tushuniladi. Boshqacha aytganda bir so‘mlik moddiy xarajat hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ifodalovchi ko‘rsatkich moddiy resurslar qaytimi deb ataladi.
Mahsulot, ish (xizmat)larw tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar qaytimi iste’mol qilingan moddiy resursning har bir so‘mi hisobiga qancha mahsulot ishlab chiqarilganligini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich iste’mol qilingan moddiy boyliklardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi bevosita ko‘rsatkichdir. Ushbu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, moddiy boyliklardan foydalanish darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Demak, mahsulot hajmi qiyoslanayotgan davrga nisbatan oshib borgan bo‘ladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining xarajatga nisbatan oshib borishi korxona iqtisodini o‘sishiga sababchi bo‘ladi.
Quyidagi 10-jadval mahsulot, ish (xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar qaytimining omilli tahlili keltirilgan.

Yüklə 330,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin