www. kokanduni.uz MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARI ILMIY MEROSINING SHAXSNI KAMOL TOPTIRISH VA TA’LIM -TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI Abdulhaqov Nodirbek Otabek o ‘ g ‘ li Qo ‘qon universiteti ta’lim fakulteti psixalogiya yo ’ nalishi 1- bosqich talabasi, Temirova Mashhura Muhammadaminova Qo’qon universiteti v/b. dotsenti. (PhD) Annotatsiya : Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mutafakkirlarining globallashuv davrida
ta’lim
-tarbiya, odob-axloq masalalaridagi qarashlari, shuningdek, mutafakkirlarning ijodiy
faoliyatidagi ta’lim
-
tarbiyaga oid yondashuvlar, g’oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga
singdirishda tarbiya usullarinining bugungi kundagi ahamiyati masalalari chuqur tahlil
etilgan.
Kalit so’zlar: axloqiy tar
biya, odob, barkamol avlod, insonparvarlik, yosh avlod, ma’aniv
-
ma’rifiy meros, falsafiy qarashlar, ezgu g’oyalar.
Bugun oldimizga tu
rgan o‘ta muhim vazifalardan yana biri o‘z fikri, dunyokarashi,
zamonaviy bilim va tafakkurga ega bo‘lgan yangi avlod tarbiyasidir. O‘zbekiston mustakillikka
erishgan dastlabki kunlardanok yangi tarixiy sharoitlarda o‘zgarib borayotgan jamiyatga
munosib har tomonlama yetuk va barkamol yoshlarni tarbiyalash kun tartibidagi dolzarb
muammolardan biri sifatida belgilandi. Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning
bebaxo merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish,
ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga aloxida e’tibor karatishimiz kerak
[1].
Istiqlol yillarida Vatanimiz ijtimoiy-
siyosiy hayotining barcha jabhalarida o’zlikni
anglash, ma’naviy
-
ma’rifiy qadriyatlarni chuqur idrok etish va xalqq
a yetkazish, yoshlarni
Vatanga, xalqqa muhabbat ruhida tarbiyalashda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ma’naviy
hayotni yu
ksaltirishda hukumatimiz tomonidan uzoqni mo’ljallab ishlab chiqilgan maxsus
dasturlar bu borada muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Buyuk aj
dodlarimizning hayoti va bebaho
me’rosini o’rganish, qadamjolarni obod etish va asrab
-avaylash borasida ulkan ishlar amalga
oshirildi. O’tmish tariximizga nazar tashlaydigan bo’lsak, qadimda Turon, o’rta asrlarda
Turkiston, Movarounnahr deb yuritilgan bizning zamin azaldan svilizatsiya markazlaridan
biri bo’lgan. Ayniqsa, 9
-
12 asrlardagi madaniy yuksalish Sharq uyg’onish davr
i
–
Sharq
renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. O’rta
asrlarda Sharq ilm-fani rivojida x
alifa Ma’mun ibn Xorun ar
-Rashid zamonida (813-833)
Bag’dodda tashkil etilgan “Baytul hikma” alohida o’rin tutgan.” Baytul
hikma” me’rosini
o’rganganda Muhammad ibn Muso al
-Xorazmiy (786-850) nomi birinchilar qatorida tilga
olinadi. Xalifalik akademiyasini
ng mudiri bo’lgan al
-
Xorazmiy o’nlik pozitsion hisoblash
tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan
bo’lib asoslab berdi va
amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astranomiya fanlari rivojida keskin burilish
yasadi. Bag’dod akademiyasining yana bir Movarounnahrlik namoyondasi Ahmad Farg’oniy
(797-
865)o’zining “Astranomiya asoslari”deb nomlangan fun
damental asrada olamning
tuzilishi, yerning o’lchovi haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon
ko’rinishiga ega ekanlig
i xususidagi dalillari keyinchalik buyuk geografik kashfiyotlar davrida
Kolumb,Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfi
yotlari uchun asos bo’lib xizmat
qiladi.Yillar o’tishi nilan yana ilm
-
fan va madaniyat o’chog’i Bag’doddan Movarounnahrga
ko’chdi.1004
-
yilda xorazmshoh Ali ibn Ma’mun tomonidan Gurganchda akademiya tashkil
etiladi. Xorazm Ma’mun akademiyasi” ning asosini A
bu Nasr ibn Iroq (10 a-1034),Abdulhayr
ibn Hammor (991-1048),Abu Sahl Masihiy (970-1011), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu