www.
kokanduni.uz
ma’rifiy tafakkurni shakllantirish vositasidagina jamiyatimiz hayotini demokratlashtirish,
mafkuraviy sog‘lomlikka erishish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizli
gimiz o‘z kuch–
qudratimizga, hamjihatligimiz va
qat’iy irodamizga bog‘liq. T.: “O‘zbekiston” –
2004 yil.
2.
Egamberdieva N. Ijtimoiy pedagogika Pedagogika oliy o‘quv yurtlari va dorilfunun
talabalari uchun darslik.
–
T.: Milliy kutubxona nashriyoti, 2012.
–
1 b.
3.
Psixologiya. Uchebnik. / Otv. red. prof. A.A.Kr
ы
lov.
–
2-ye izd. pererab. i dop. M.: Izd-
vo: PROSPEKT (TK Velbi). 2004.
–
2 s.
519
www.
kokanduni.uz
BOSHLANG‘
ICH SINFLARDA MULTIMEDIALAR ASOSIDA DARSLARNI TASHKIL ETISH
Erkinova Mashxuraxon Mahmudjon qizi
Qo‘qon Universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3
- kurs talabasi,
Sadriddinova Zulfiya Mirzaliyevna
Ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
Respublikamizda
rivojlanayotgan
axborot
kommunikatsiyalar haqida ma’lumot berilgan. Maktablarda o’quvchilar uchun multimedi
ali
darsliklar va ularning ahamiyati haqida yoritib berilgan. Ushbu darsliklar orqali boshlang’ich
sinf o’quvchilarining ko’nik
ma va malakalari yanada rivojlanishiga hissasi haqida bayon
etilgan.
Kalit so‘zlar:
international, assessment, multimedia, strategiya, kommunikatsion,
refleksiv, animatsiya, grafika, diafilm, kongnitiv
O‘zbekiston jahon axborot makoniga shiddat bilan integratsiyalashmoqda. Mamlakat
fuqarolari bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan to‘plangan ma’lumot va axborotlarni
cheksiz ravishda olish imkoniyatiga ega. Biz oladigan va foydalanadigan axborotning sifati
bizning hayotiy tanlovimizga, ijtimoiysiyosiy faoliyatimizga katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston
Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student
Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning
birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish; o‘qitish metodikasini
takomillashtirish, ta’lim
-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-
bosqich tatbiq etish; xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot
-kommunikatsiya texnologiyalari
va innovatsion loyihalarni joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida mediamadaniyatni shakllantirishga doir turli
chora-tadbirlar amalga oshiril
moqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev 2017-
yil 7 fevralda ,,O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi farmonida ,,Uzliksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, si
fatli ta’lim tizimini xizmatlari, imkoniyatlarini oshirish, maqsadida dars
jarayonida mediamahsulotlardan erkin foydalanish yo‘lga qo‘yilishini kerakligi ma’lum qilindi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim
o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan
yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan
siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda.
2019-yilda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasining asosiy ko‘rsatqichlari;
Iqtisodiy raqamlarga nazar tashlanadigan bo‘lsak, o‘tgan yildagi natijalarni ijobiy deb
baholasa bo‘ladi. Yangi avlod darsliklari uchun 10 ta mobil elektron resurs va 100 ta
multimedia mahsulotlarini yaratish ko
ʻ
zda tutilgan. Mutahasislar tomonidan tayyorlangan
elektron resurslar o
ʻ
quvchilarning bilimlarini to
ʻ
ldirishga xizmat qiladi. Mavzular yuzasidan
shakllantirilgan multimedia mahsulotlari, o
ʻ
qituvchiga ko
ʻ
makchi, ota-onalarga yo
ʻ
l
ko
ʻ
rsatuvchi, o
ʻ
quvchiga esa bilimlarni mukammal o
ʻ
zlashtirish imkonini yaratadi. Dars
mavzusiga oid multimedia, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars
jarayonini yanada qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak beradi. Boshlang‘ich ta’lim tizim
ida yangi
pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot texnologiyalari bilim olish motivini
rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar
tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga
mos tushishi kerak. Chunki
bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini
o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘atish asosida maqsadga erishish
motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. Ilmiy
|