www. kokanduni.uz berayotgan xodisalarga nisbatan o‘z munosabatini bildira oladigan bo‘ldilar. Biz olib borgan
pedagogik tadqiqot ishlari asosida yoshlarda milliy mafkura shakllanganligining sifat va
miqdoriy o‘zgarishlari haqidagi ma’lumotlar umumlashtirildi.
Yuqorida olib borilgan statistik tahlil tajriba guruhlarida mafkuraviy immunitetni
mustaxkamlash nazorat guruhlaridagidan sezilarli darajada yuqori ekanligini isbotladi. Bu esa
tajribaning samarador ekanligini ko‘rsatadi.
Tajriba boshida Tajriba yakunida Ko‘rsatkichlarning poligonda ifodalanganligi.
Talabalarda mafkuraviy immunitetni mustaxkamlash bo‘yicha amalga
oshirilgan tajriba-
sinov ishlari va natijalari shuni ko‘rsatadiki, ular ta’lim muassasalarida “Kamolot” YIH
tomonidan o‘tkaziladigan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan loyixa, tadbirlari
ularda mafkuraviy immunitetni mustaxkamlash bilan birga, mafkuraviy taxdidlarga qarshi
mustaqil fikr bildira olish ko‘nikmalarini shakllantirdi.
Mazkur masalalarni hal etish uchun “Kamolot” YIH tomonidan mazkur yo‘nalishda olib
borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish shuningdek yoshlarning barcha
qa
tlamlarini o‘z safiga birlashtirish ularda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy
vazifalari xisoblangan quydagi ishlarni amalga oshirib borish zarur.
-mamlakatimizda erkin demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga
ko‘maklashish maqsadida
muntazam ravishda yoshlarning xuquqiy bilimini oshirib borish;
- barkamol avlod tarbiyalash soxasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishga yoshlarni
jalb etish, bu borada turli davlat va jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qilish;
-yoshlarning kuch-
g‘
ayratini, intellektual salohiyati, kasb malakasini vatan ravnaqi
uchun yo‘naltirish;
-
xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan o‘zaro foydali aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
-
yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jinoyatchilik,
diniy ekstremizm, giyohvandlik, loqaydlik kabi turli millatlarga qarshi kurashda harakatning
tasirchan kuchga aylanishiga erishish;
-
millatlararo totuvlik va do‘stlikni yanada mustahkamlashga xissa qo‘shish;
-
yoshlarni ish bilan ta’minlashda qo‘shimcha
imkoniyatlar yar
atish, shu yo‘l bilan
yangicha fikrlaydigan mulkdorlarni shakllantirish va ularni «Kamolot» tayanadigan ijtimoiy
kuch bo‘lishiga erishish.
Zero, talaba yoshlarda jamiyatimizning siyosiy, ma’naviy
-axloqiy muhitida yuz
berayotgan voqea-hodisalarga oqilona munosabatni tarkib toptirish, ularda ilmiy mushohada,