577
www.
kokanduni.uz
topshirig‘ini tarbiyachining bevosita ishtirokida (barcha bolalar –
qushchalar, tarbiyachi
–
ona
qush bo‘ladi) bajaradilar.
3 yoshli bolalar asta-
sekin yakka holda rollarni bajarishga o‘rgatib borilad
i (barcha
bolalar qushlar, bitta yoki ikkita bola avtomobil bo‘ladi).
O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa tarzda
ham o‘tkazish mumkin
Katta guruhda bolalar uchun harakatli o‘yinlar o‘z mazmuni, qoidalari, rollarni
ng
miqdori, topshirishni jamoa musobaqasiga joriy etishga ko‘ra murakkablashtiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari birmuncha murakkab harakatli o‘yinlar, shuningdek
jamoa musobaqalaridan iborat jamoa o‘yinlarni, o‘yin estafetasi, sport o‘yinlarini o‘
ynaydilar.
Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlanishi, harakat ko‘nikmalrining
takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Milliy xalq o
ʻ
yinlari
maktabgacha yoshdagi bolalarga o
ʻ
zgacha xushnudlik ulashadi, ularning kayfiyatiga ijobiy
ta’sir etadi. U bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir,
farosatli, mard insonlar bo
ʻ
lib kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil yurtimiz kelajagi buyuk bo‘lishi eng avvalo
farzandalari salomatligiga bog‘liq
sog‘lom yurt qudratli va boy bo‘ladi. O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, ilgari
hosil qilingan tasavvur, tushunchalar, mo‘ljal olish singar
i xususiyatlarni yana ham
aniqlashtirish uchun qulay shart-sharo
itlar yaratiladi; o‘yinlar ijodiy tasavvurni, xotirani,
fikrlashni, tafakkur faoliyatini yana ham rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib
harakatli o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga
xizmat qiladi. Xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish orqali
bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Xalq о‘yinlarida bolaning har tomonlama
rivojlanishi, psixologik, bilish jarayonlari, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari
takomillashadi. O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq
-
atvoriga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. O‘yin faoliyati tufayli bola nafaqat jismoniy balk
i ruhiy
tomondan ham rivojlanadi. O‘yin tufayli bola baquvvat, sog‘lom, bo‘lib rivojlansa, o‘yin
faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etish esa bolaning estetik rivojlanishi, dunyoqarashini
kengayishi, tabiatni his qilish, sezish kabilarni hisiyotlari rivojlantiradi. Maktabgacha tarbiya
muassasalari sharoitida bolalarni
ng harakat faoliyatini rivojlantirishning yoshga bog‘liq
xususiyatlari o‘tkazilgan tajribalar orqali aniqlandi va nazariy jihatdan asoslab berildi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida harakatli
o‘yinlarni qo‘llash
bolalarning harakat imkoniyatlarini, jismoniy tayyorgarligini
rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, ularning kichik maktab yoshi davriga o‘tish
uchun tayyorgarligi sifatini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: