www. kokanduni.uz “Najot taʼ
limda, najot tarbiyada, najot bilimda. Maktab ta
ʼ
limini rivojlantirsak, oliy ta
ʼ
lim
ham, ilm ham kelajakda rivojlanadi. Hozir bu masalaga e
ʼ
tibor qilmasak, nafaqat kechirmaydi,
yoshlarimiz sharoit bor joyga ketadi”.
Tabiatning inson ongidagi aksi bo‘lgan tabiatshunoslik jamiyatning rivojlanishi bilan
mukammalashadi.
Tabiatshunoslik fanining maqsadi - tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat
qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish imkoniyatlarini ochib berish.
Tabiatshunoslik tushunchalarini o‘zlashtirishda predmetlararo; nutqni rivoj
lantirish,
o‘qish, matematika, ona tili,
musiqa, ashulla, mehnat ta
ʼ
limi, rasm fanlari bilan aloqa
o‘rnatilishi muhim ahamiyatga ega. Predmetlararo aloqadan tizimli ravishda foydalanish
bolalarni ilgari olingan bilimlarni qo‘llashiga, o‘quv faoliyatlarinin
g barcha turlarida mantiqiy
bog‘lanish o‘rnatishga o‘rgatadi. Tabiatshunsolik fanini o‘qitish metodikasini yaxshi bilish
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga bolalarni o‘qitishni to‘g‘ri tashkil qilish imkonini beradi.
Tabiatshunoslik fanining mazmunini ochi
b berishda xilma xil o‘qitish metodlaridan
foydalanish va bu fanga
turlicha yondashish mumkin. U yoki bu metodni tanlashda o‘qituvchi
shuni nazarda tutishi kerakki, bu tanlagan metod rivojlantiruvchi ta
ʼ
limning vaziflarini
ta
ʼminlash orqali, o‘quvchilarning bilish foaliyatini faollashtirsin va o‘quvchilar tomonidan
yangi bilimlarning qanday o‘zlashtirilyotganligini tez va aniq ko‘rsatib bersa maqsadga
muvoffiq bo‘ladi.
Shunga ko‘ra tabiatshunoslik dars
larida amaliy ishlar, suhbatlar, hissiyotni
qo‘zg‘atuvchi hikoyalar, ayniqsa, mustaqil ishlardan ko‘proq foydalanish kerak, bunda
tadqiqiy yondashish, murakkab bo‘lmagan tahlil va sintez, taqqoslash va umumlashtirish,
tabiat ishlarining majburiy tarkibiy q
ismlari bo‘lishi lozim.
Tabiiy fanlar o‘quvchilarni, i
nsonning tabiatga ta
ʼ
sirini va tabiat boyliklarini avaylab -
asrashni o‘rgatadi.
Tabiiy fan tushunchasini samarali o‘zlashtirishni taʼ
minlovchi metod bu tabiatni
kuzatish metodi hisoblanadi. Kuzatishlar xulosasiga ko‘ra, o‘simlik, hayvon yoki biror hodis
a
haqida o‘quvchida aniq tasavvurlar hosil bo‘ladi.
Tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish
uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go‘zallikni tushunishni
tarbiyalash kerak.
Tabiats
hunoslikni o‘qitishda og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan
foydalaniladi.
Hozirgi kunda o‘quvchilarga zamonaviy bilim berishda ularning ijodiy faolligi, individual
qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. T
abiatshunoslik
bo‘yicha mashg‘ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o‘yinlar,
o‘lkashunoslik sayyohatlari, yurishlar bilan chambarchas bog‘lamoq zarur. Tabiatshunoslik
darslari
—
bu mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollar
da o‘quvchilarni oda
m mehnati
—
uning jismoniy va ma‘naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o‘qituvchi mehnatga
muhabbatni, astoydil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatini tarbiyalaydi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 1
-sinfda maktab xodimlarining mehnatiga hurmat,
maktabning yer maydonchasidagi ishlarda qarashish, 2-sinfda esa kun tartibidagi
mehnatning turlari, maktab mulkiga ehtiyotlik munosabati, xona o‘simliklarini parvarish