718
www.
kokanduni.uz
TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHATLAR SIFATLI TA'LIM BERISHNING METODIK ASOSLARI
Turdiyeva Iroda Maxmarajabovna
Alfraganus universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Pedagogika va psixologiya 1-kurs magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mustaqillikka erishgan O`zbekiston Respublikasida
ta’lim
tizimining shakllanishi va uning qonun bilan mustahkamlanishi, Oliy va o`rta
maxsus
ta’limning joriy etilishi, unga oid davlat qonunlari, ularga kiritilgan o`zgarishlar haqida
asosiy
ma’lumotlar yori
tilgan.
Kalit so`zlar
: Ajdodlar
merosi, Milliy ma’naviy ruhni
yangilash, Ol
iy ta’lim,
o`rta maxsus
ta’lim, boshlang`ich
ta’lim,
Ta’lim
to`g`risidagi davlat qonunlari.
Kirish.
O`rta Osiyo, xususan, yurtimiz azal-azaldan ilm-marifat o`chog`i jahon
sivilizatsi-
yasi markazlaridan biri deb e’tirof etib kelingan. O`rta asrlard
an xalqimiz
ta’lim
sohasida yuksak marralarga erishgan bo`lib, umumjahon madanyatida o`z o`rniga ega xalq
sifatida fan sohasiga ulkan hissa qo`shishgan. Misol tariqasida
IX-XII asr- larda
Movarounnahrda ko`plab o`quv maskanlari bo`lib, ulardan chinakam olimlar, ulamolar
yetishib chiqqan. Xususan, Xorazm Ma’mun akademyasi ham shu davrda
yirik
tadqiqot
markazlaridan biri hisoblangan. Jumladan matematika faniga Algebra atamasini kiritgan Al-
Xorazmiy ham bizning ajdodimiz ekanligi, azal-azaldan qonimizda yaratuvchanlik, o`qish,
izlanishga bo`lgan qiziqishdan dalolatdir. Bundan tashqari yana
bir buyuk ajdodimiz Abu
Ali ibn Sino o`sha olis XI- asrda hali fan- texnika inqilobi uyoqda tursin eng sodda tibbiy
aparatlar bo`lmagan davrlarda murakkab dori-darmonlarni tayyorlab tibbiy jarrohlik
muolajalarni amalga oshirgani bilan
dunyoga mashhurdir. Uning “Tib
qonunlari”
asari
Yevropada “Injil” kitobidan keyin
eng ko`p nashr etilgan kitoblardan biri bo`lib 500 yil
davomida dunyoning ko`plab nufuzli oliy o`quv yurtlarida barcha talabalar uchun darshlik
sifatida qo`llanib kelingan.
Dostları ilə paylaş: