Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə770/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   766   767   768   769   770   771   772   773   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Dasht aro go‘yoki xabar bilmading,
 
Hotam uyi sori guzar qilmading?
 
Da’vat etib asru farovon bukun,
 
Qildi yomon-yaxshini mehmon bukun.
 
deya unga yuzlandim,mo‘ysafid shunday javob qaytardi:
 
Sen dog‘i chekkil bu tikan mehnatin 
 
Tortmag‘il Hotami Toy minnatin
 
Bir diram olmoq chekibon dastranj
 
Yaxshiliq andinki birov bersa ganj
 
deya javob berganda uning himmati 
menikidan ham ortiq ekanligiga amin bo‘ldim degan 
ekan Hotam Toy.
 
Har ikki hikoyatda ham mashaqqat bilan topilgan rizqni, halol luqmani ustun biluvchi 
kishilar, qanoatli insonlar ulug‘lanadi. Biroq hikoyatlarda Navoiyning tasvir ko‘lami, badiiy
mahorati, ifoda uslubi, falsafiy- mushohadalari birmuncha chuqurroq ekanligi seziladi.Navoiy 
har bir hikoyat tugallanmasida
 
Himmat agar bo‘lsa Navoiy sanga,
 
Banda durur Hotami Toyi sanga.
 
kabi o‘zining xulosaviy fikrlari va ko‘pincha Soqiyga;
 
Soqiy, ayoq tut, karam izhor qil,
 
Bazlni Hotamga namudor qil.
 
singari murojaat qilib uni ham saxovat, himmat, qanoatga chorlaydi. Nizomiyda esa bu 
holatni uchratmaymiz. Navoiy badiiy mahoratining yana bir jihati shundaki, u hikoyatlarda 
badiiy san’atlardan ham mo
hirona foy
dalanganligini ko‘rishimiz mumkin.Masalan:
 
Jismi uyin aylabon ul yuk nigun,
 
Tirkabon ul uyga asodin sutun.
 
Baytida “Husni ta’lil”san’atini qo‘llab “chol ko‘targan yuk uning qaddini ya’ni jismi uyini 
egiltirdi,endi u uyga ya’ni egik jismga ustu
n,tirgak qilib aso-
ya’ni hassani chiroyli dalil bilan 
ko‘rsatyapti ”
 
yoki;
 
Tashla tikan, gulshani izzatqa yet,
 
Chekma mashaqqat, qo‘p
-
u da’vatqa yet.
 
Baytida “Amr va nahiy”usulidagi badiiy san’atdan foydalangan.Bu san’at “buyurish va 
man qilish” ma’nosin
i ifodalab
, she’rda lirik qahramonning kimgadir yoki nimagadir buyurish 
yoki biror narsadan qaytarish tarzida o‘z ichki kechinmalarini bayon etishni nazarda tutadi. 
 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Navoiyning “Hayrat ul
-
abror”dostonidagi 
hikoyatlari insonni ez
gu amallar qilishga, imkoni boricha saxovatli bo‘lishga, har bir masala 
yuzasidan chuqur mushohada qilishga undaydi.Bu asar har qanday zamon va davrda ham 
badiiy qiymati va ahamiyatliligini yo‘qotmasdan insoniyatga adab maktabi bo‘lib kelayotgani
ayni haqiqatdir.
 


Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   766   767   768   769   770   771   772   773   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin