Korxona iqtisodiyoti


Korxona rentabelligini aniqlash va uning hisobot



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə82/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103
Korxona rentabelligini aniqlash va uning hisobot
yilidagi o‘zgarishining tahlili
(ming so‘m)

Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yilda

Hisobot yilida

O‘zgari-shi (+,-)

O‘sish sur’ati,%



Mutlaq ko‘rsatkichlar



1. Sof foyda (Sf)

368,0

496,2

+128,2

134,8

2. Asosiy vositalarning o‘rtacha qiymati (Av)

2956,5


3497,5


+541,0


118,3


3. Aylanma mablag‘lar-ning o‘rtacha yillik qiymati (Aym)

7269,0


8810,0


+1541,0


121,2


4. Nomoddiy aktivlar-ning o‘rtacha qiymati (Nf)

73,2


195,0


+121,8


266,4


5. Barcha aktivlar (B) (2q+3q+4q)

10298,7


12502,5


+2203,8


121,4




Nisbiy ko‘rsatkichlar



6. Rentabellik darajasi, (Ra) [(1qx100)/2q+3q+4q] yoki [1qx100)/5q]

3,57


3,97


+0,40


111,2


Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonada aktivlar rentabelligi hisobot yilida 0,40%ga oshgan. Bu bir qancha omillar ta’sirida ro‘y bergan. Ularni aniqlash uchun quyidagi jadvalni tuzish tavsiya qilinadi (10.4.5-jadval).
10.4.5-jadval.
Rentabellik darajasiga ta’sir etuvchi omillarni
zanjirli almashtirish yo‘li bilan aniqlash hisob-kitobi






O‘tgan

Hiso-

Farqi

Zanjirli almashtirishlar

Ko‘rsatkichlar

yilida

bot yilida

(+,-)

I

II

III

IV

1. Sof foyda

368,0

496,2

+128,2

496,2

496,2

496,2

496,2

2. Asosiy vositalar

2956,5

3497,5

+541,0

2956,5

3497,5

3497,5

3497,5

  1. Aylanma mab-

lag‘lar

7269,0


8810,0


+1541,0


7269,0


7269,0


8810,0


8810,0


  1. Nomoddiy

aktivlar

73,2


195,0


+121,8


73,2


73,2


73,2


195,0


5. Barcha aktivlar-ning rentabellik darajasi, %

3,57


3,97


+0,40


4,82


4,58


4,01


3,97


Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, barcha aktivlarning rentabellik darajasi hisobot yilida 0,40% bandga oshgan. Bu quyidagi omillar evaziga sodir bo‘lgan:


1. Foyda summasining 128,2 ming so‘mga ko‘payganligi barcha aktivlar rentabellik darajasini 1,25% bandga oshirgan:
(4,82 - 3,57).
2. Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining 541,0 ming so‘mga ko‘payganligi tahlil qilinayotgan ko‘rsatkich darajasini 0,24% bandga kamayishiga olib kelgan:
(4,58-4,82).
3. Aylanma mablag‘lar o‘rtacha qiymatining 1541,0 ming so‘mga ko‘payganligi barcha aktivlar rentabellik darajasini 0,57% bandga kamaytirgan:
(4,01-4,58).
4. Hisobot yilida nomoddiy aktivlarning 121,8 ming so‘mga ko‘payganligi ushbu kategoriyaning rentabellik darajasini 0,04% bandga kamaytirib yuborgan:
(3,97-4,01).
Barcha omillar ta’siri natijasida barcha aktivlar rentabellik darajasining umumiy o‘zgarishi hosil bo‘lgan:
1,25 - 0,24 - 0,57 - 0,04 = +0,40%.
Tayanch iboralar: moddiy harajatlar, mehnat harajatlari, moliyaviy harajatlar, ishlab chiqarish tannarxi, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, sof foyda, rentabellik, mahsulot rentabelligi, aktivlar rentabelligi, sof foydaga ta’sir qiluvchi omillar, rentabellik darajasiga ta’sir qiluvchi omillar.


Takrorlash uchun savollar

1. Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi qaysi elementlardan tarkib topganQ


2. Davr harajatlari tarkibini yoriting.
3. Moliyaviy harajatlar tarkibini yoriting.

  1. Moliyaviy natijalarning qanaqa ko‘rsatkichlarini

bilasizQ

  1. Sof foydani aniqlash tartibini aytib bering.

  2. Sof foydani taqsimlash tartibini yoriting.

  3. Rentabellikning iqtisodiy mohiyatini oching.

  4. Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullari.

  5. Korxona rentabelligini oshirish yo‘llari.

  6. Sof foydaga qanday omillar ta’sir qiladiQ

  7. Sof foyda o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni hisoblash yo‘lini ko‘rsating.

  8. Rentabellik darajasining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarga nimalar kiradiQ

  9. Mahsulot rentabelligiga ta’sir qiluvchi omillarning hisoblanish usuli.

  10. Aktivlar rentabelligiga ta’sir etuvchi omillar qanday hisoblanadiQ



XI bob. KORXONANING INVESTITSIYAVIY FAOLIYATI


Reja:



  1. Investitsiyalarga oid tushunchalar mazmuni, investitsiya tasnifi va ahamiyati.

  2. Investitsiya manbalari va ularning korxonaga

qo‘yish sohalari.

  1. Investitsiyaviy loyihalar samaradorligi

ko‘rsatkichlari, ularni aniqlash, baholash va
samaradorligini oshirish yo‘llari.

  1. Investitsiyalarga oid tushunchalar mazmuni,

investitsiya tasnifi va ahamiyati

Xo‘jalik faoliyatining elementlaridan biri investitsiya hisoblanadi.


Investitsiya lotincha “investire” (kiyintirish, yasantirish), nemischa “investition” so‘zidan kelib chiqib, uzoq muddatga qandaydir ishga yoki korxonaga kapital mablag‘ qo‘yishni bildiradi. Investitsiya so‘zidan investor - omonatchi so‘zi kelib chiqib, u momonat beruvchi shaxs, tashkilot yoki davlatni anglatadi. Investorlar qatoriga qimmatli qog‘ozlarni sotib oladigan va bu bilan o‘zlarining bo‘sh mablag‘ini joylashtiradigan yuridik hamda jismoniy shaxslar ham kiradi.
Moliyaviy va nomoliyaviy investitsiyalarni joriy qilish bo‘yicha amaliy faoliyatlar majmuasi investitsion faoliyat deb yuritiladi. Asosiy fondlarni ishga tushirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish kapital qurulish deb yuritiladi.
Investitsiya - bu moliyaviy (pul) yoki real kapitalga mablag‘ qo‘yish. U pul mablag‘lari, kredit, qimmatbaho qog‘oz shaklida olib boriladi va ko‘chma, ko‘chma bo‘lmagan mol-mulkga, intellektual mulkga, ne’matlarga bo‘lgan huquqga va boshqa qiymatliklarga qo‘yiladi, ya’ni korxonaning barcha aktivlariga ishlatiladi.
Nomoliyaviy aktivlarga, ya’ni real kapitalga qo‘yilgan investitsiya asosiy kapitalni yangilash va takror ishlab chiqarishga xizmat qiladi.
Moliyaviy (pul) kapitaliga (moliyaviy mablag‘larga kredit sifatida, qimmatbaho qog‘ozlarga) qo‘yilgan investitsiyani bir qismi tezlik bilan real kapitalga aylanishi mumkin, ikkinchisi - kengroq, ya’ni qandaydir vaqt o‘tgandan keyin, uchunchisi esa - umuman real kapitalga aylanmasligi mumkin (Masalan: chiqarilgan yoki sotib olingan qimmatbaho qog‘oz o‘z qiymatini yo‘qotsa, oddiy so‘z bilan aytganda sinsa). Shu sababli moliyaviy investitsiyada investorga moliyaviy xatar ko‘proq bo‘ladi.
Investitsiya moliya bozorining elementi hisoblanadi. Moliya bozori muayyan moliya muassasalari orqali o‘zaro aloqada bo‘ladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilari o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
Aksiya va obligatsiyalar investitsiya qimmatli qog‘ozlari deb yuritiladi. Moliya bozorida qimmatli qog‘ozlarning boshqa turlari - xazina majburiyatlar; depozit sertifikatlari; veksellar; varrantlar va hokazolar muomalada yuradi.
Investitsiya jamiyatni iqtisodiy rivojlanishiga va har bir jamiyat a’zosini moddiy farovonligini oshirishga ta’sir qiluvchi omil hisoblanadi.
Investitsiya korxona aktiviga, yangi mahsulot ishlab chiqish, ularni sifatini oshirish, mahsulotni sotishni va foydani ko‘paytirish uchun qo‘yiladigan mablag‘. Shu sababli investitsiya ishlab chiqarishni kengaytirishni, kapitalni oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni, yangi ish joylarini tashkil qilishni, ish haqini va aholini sotib olish quvvatini oshirishni, davlat va mahalliy byudjetga tushumlarni ko‘paytirishni ta’minlaydi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan investitsiya asosiy va aylanma mablag‘larni jamg‘arishni anglatadi. Moliyaviy nuqtai nazardan moliyaviy resurslarni daromad (foyda) olish uchun to‘plashni ko‘rsatadi. Buxgalteriya hisobi nuqtai nazardan hisobotning aktiv va passivining bir necha moddalariga ishlatilgan kapital harajatlarni birlashishini ifodalaydi.
Investitsiyalarning amal qilinishi bo‘yicha quyidagi turlarga tasniflanadi:
1. Maqsadi bo‘yicha - foyda olish uchun, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlar uchun.
2. Ob’ekti bo‘yicha - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish.
3. Natural-moddiy ko‘rinishi bo‘yicha - moddiy, nomoddiy va moliyaviy.
4. Hududiy kelib chiqishi bo‘yicha - milliy va chet elliy.
5. Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha - xususiy (amortizatsiya, foyda, sotilgan narsalardan tushum) va omonatga olingan (kredit, lizing va boshqalar).
6. Ishlab chiqarish investitsiyasini yo‘nalishlari bo‘yicha - asosiy kapitalni yangilashga, qo‘zg‘almas mulkni, aylanma mablag‘ni ko‘paytirish uchun, yangi mahsulot yaratish uchun, mahsulotni sifatini oshirish uchun.
7. Korxonani boshqarish huquqiga ega bo‘lish omili bo‘yicha: to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita; portfel.
To‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita investitsiyalar - chet el kapitalini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilishini bildirib, investorga ushbu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Investitsiyani ushbu turi transkontinental (boshqa qit’a kontinentga sarmoya kiritish), kapital qo‘yilmalari hamda transmilliy (qo‘shni davlatlarga kapital chiqarish sifatida amalga oshiriladi) kapital qo‘yilmalar sifatida namoyon bo‘ladi.
Portfel investitsiyalar litsenzion va franchayzing kelishuvlari, marketing xizmati haqidagi kontraktlar asosida tashkil qilinsa korxonalarni boshqarish huquqini beradi.
8. Amal qilish muddati bo‘yicha - qisqa va uzoq muddatli investitsiyalar mavjud.
9. Kelib chiqish hududi bo‘yicha - milliy va xorijiy investipsiyalar.
10. Tavvakalchilik darajasi bo‘yicha - tavvakalchiligi past, ishonchli va tavvakalchiligi yuqori, spekulyativ investitsiyalar.
Investitsiyani bir turi bu - annuitet. Annuitet aholining shaxsiy investitsiyasi bo‘lib, omonatchiga qandaydir bir davr ichida yoki doirasida unga daromad beradi. Annuitet asosan sug‘urta va pensiya jamg‘armalariga mablag‘ qo‘yishni anglatadi.
Investitsiya muassasalariga moliya brokerlari, investitsiya kompaniyalari (dillerlar), investitsiya sohasi bo‘yicha maslahatchilar, investitsiya fondlaridan iborat bo‘lib, ular investitsiya bo‘yicha vositachilik, qimmatli qog‘ozlarni chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ularni uchinchi shaxslar foydasiga joylashtirish bo‘yicha kafolatlar berish, aksiyalar chiqarish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.




  1. Yüklə 1,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin