YAF
Srent= ———
ST
Korxonaning o‘z kapitali rentabelligi (O‘Krent) - bu sof foydaning korxona o‘z kapitali (mablag‘i) 1 so‘miga to‘g‘ri keladigan ulushidir. U sof foydaning (SF) korxona o‘z kapitalining o‘rtacha yillik summasiga nisbati ko‘rinishida aniqlanadi:
SF
O‘Krent= ———
O‘K
Harajatlar rentabelligi (Harrent.) - bu korxona asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foydaning asosiy ishlab chiqarish harajatlari (sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, sotish harajatlari, ma’muriy harajatlar, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan harajatlar)dagi (AICHX) ulushini tavsiflaydi.
AFF
Harrent= ————
AICHX
Aksionerlik jamiyatining bir dona aksiyasi rentabelligi (AK) - sof foydaning korxona aksiyalari (AK) soniga nisbati ko‘rinishida hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich korxonaning bozordagi faolligini tavsiflaydi.
SF
AKrent= ———
AK
Rentabellikning barcha ko‘rsatkichlari korxonaning barqarorligini aniqlashga, uning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va bozordagi raqobat bardoshliginpi ko‘tarish bo‘yicha tadbirlarni belgilashga xizmat qiladi.
10.4. Foyda va rentabellikka ta’sir qiluvchi omillar
Hozirgi paytda foydaga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini bir qancha usullarni qo‘llab aniqlash mumkin. Eng avvalo korxonaning yalpi foydasiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanadi.
Sotishdan olingan sof tushumni korxonaning yalpi foydasi (Fsm) deb ham atash mumkin. Bu odatda sotilgan mahsulotning umumiy qiymatidan (Sm) uning tannarxini (Tn) ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Ammo shu ikki ko‘rsatkich zamirida mahsulotning qiymati, miqdori, baho o‘zgarishi, tannarxdagi tebranishlar mujassam etilgan. Shu tufayli yalpi foydaning vujudga kelishida bevosita shu omillar ta’sirini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Buni amalga oshirish uchun quyidagi jadvalni tuzish tavsiya qilinadi (10.4.1-jadval).
10.4.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |