Korxona faoliyatiga ob’ektiv baho berishda, takror ishlab chiqarish jarayonlarining ayrim bosqichlarida harajatlar bilan natijalarni qiyoslashda ma’lum bir iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur bo‘ladi. Ular qatoriga rentabellik ko‘rsatkichi ham kiradi.
Rentabellik - korxonalar tijorat hisobi faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlaridan biridir. Foydalalik ishlab chiqarish faoliyatining ma’lum muddati (yil, chorak0 davomida serdaromadlik (zarar keltirmaslik) xususiyatini anglatadi. U xo‘jalik faoliyatining pirovard natijalarini to‘g‘ri baholashga va korxonadagi mavjud resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy manfaatdorligini yo‘lga qo‘yishga imkon bradi.
Ishlab chiqarishning intensiv va samarali rivojlanayotganligiga baho berishda rentabllikning bir qator ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi, qaysikim, ularni hisoblashda foydaning absolyut miqdori ma’lum bir bazalar bilan taqqoslanadi.
Amaliyotda tadbirkor va investorni qiziqtiradigan rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichlari hisoblanadi:
- xo‘jalik faoliyatini yuritishga solingan aktivlar rentablligi;
- mahsulotni sotish rentabelligi;
- o‘z kapitali (mablag‘i) rentabelligi;
- harajatlar rentabelligi;
- bir dona aksiya rentabelligi.
Korxona faoliyatini yuritishga solingan aktivlar rentabelligi (Arent) - bu sof foydaning qo‘yilgan barcha mablag‘lar, ya’ni aktivlarning 1 so‘miga to‘g‘ri keladigan ulushidir. U sof foydaning (SF) umumiy aktiv (A)ning o‘rtacha yillik summasiga nisbati ko‘rinishid aniqlanadi:
SF Arent= ———
A Mahsulotni sotish rentabelligi (Srent) - bu sotilgan mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan foyda ulushini, ya’ni sotilgan mahsulotning samaradorlik darajasini tavsiflaydi. U yalpi foyda samarasining (YAF) mahsulot sotishdan tushgan sof pul tushumiga (ST) nisbati ko‘rinishida hisoblanadi: