Yalpi foyda o‘zgarishiga ta’sir etuvchi
omillar hisob-kitobi
Ko‘rsatkichlar
|
Asos yilida
|
Hisobot yilidagi shu davr tannarxi va asos yilidagi bahosi bilan
|
Hisobot yilidagi mahsulot asos yi-lidagi tannarxi va hi-sobot yi-lidagi baho bilan
|
Hisobot yilida
|
Farqi (+,-)
|
1. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) qiymati
|
4583,3
|
5694,5
|
4745,4**
|
5694,5
|
+1111,2
|
2. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)ning to‘la tannarxi
|
3951,2
|
3951,2
|
4841,7
|
4841,7
|
+890,5
|
Yalpi foyda*(1q-2q)
|
632,1
|
1743,3
|
-96,3
|
852,8
|
+220,7
|
* Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)dan olingan yalpi foyda
** Viloyat statistika va istiqbolni belgilash boshqarmasining hisobotiga asosan baho indeksi 1,2 ga teng.
Jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, yalpi foyda shu davr mobaynida 220,7 ming (852,8-632,1) so‘mga oshgan. Uning o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir qilgan:
1. Sotilgan mahsulot hajmining ko‘payishi
(Fsm=(Sm1-Tn0) - (Sm0-Tn0)=1743,3-632,1=+1111,2
2. Tannarxning oshganligi
(Ftk=[(Sm1/ir) - Tn1] - (Sm1-Tn0)= - 96,3-1743,3=-1839,6
3. Bahoning oshganligi
(Fb = (Sm1-Tn1) - [(Cm1/ip)-Tn1] = 852,8+96,3=+949,1
Barcha omillar ta’siri
(F=1111,2 - 1839,6 + 949,1 = +220,7 ming so‘m
Korxonada yalpi foyda ma’lum ahamiyatga ega, chunki u barcha moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar negizini tashkil qiladi. Ammo xo‘jalik faoliyatining pirovad natijasi sof foydaga erishish bilan belgilanadi. Shu tufayli iqtisodiy tahlilda sof foydani o‘rganish va tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Korxonada sof foydaning shakllanish jarayoni butun moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini qamrab oladi. Bu yerda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish, sotish va ma’muriy harajatlarni tejsh, moliyaviy faoliyat natijasida ijobiy saldoga erishish, tasodifiy foydaga muyassar bo‘lish, soliq stavkasi o‘zgarmagan holda soliq so‘mmasini kamaytirish kabi bir qancha bosqichlar mujassam. Ularning ketma-ketligini quyidagicha ifodalash mumkin.
-
|
Mahsulotni (ish, xizmatni) sotishdan tushgan sof tushum
|
|
|
-
|
Shu sotilgan mahsulot (ish, xizmat)ning ishlab chiqarish tannarxi
|
|
|
=
|
Sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natija
|
|
|
-
|
Davr harajatlari (sotishga, boshqarishga va boshqa ma’muriy harajatlar)
|
|
|
()
|
Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromadlar va harajatlar
|
|
|
=
|
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining natijasi
|
|
|
|
Moliyaviy faoliyat natijasi (olingan dvidendlar, foizlar, valyuta kursi farqi foyda(+), zarar(-))
|
|
|
=
|
Umumxo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijasi
|
|
|
|
Favqulotdagi (tasodifiy) foyda (+) yoki zarar (-)
|
|
|
=
|
Soliq to‘laganga qadargi umumiy moliyaviy natija - foyda (+), zarar (-)
|
|
|
-
|
Soliqlar va majburiy ajratmalar
|
|
|
=
|
Sof foyda
|
|
|
-
|
To‘langan dvidend
|
|
|
=
|
Balansda ko‘rsatila-digan taqsimlanmagan foyda
|
Ushbu chizma moliyaviy natijalarni, ya’ni sof foydaning shakllanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlashning mumtoz chizmasi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda amaldagi me’yoriy hujjatlar moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning shakllanishini aynan shu tarzda ifodalashni taqozo qiladi. Ushbu holat moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish uchun ham uslubiy jihatdan yondoshishga asosdir.
Ushbu ketma-ketlikka asoslanib korxona sof foydasining shakllanishi va ularning bir-biri bilan bog‘liqligini ko‘rib chiqish mumkin. Bu tadbirni amalga oshirish uchun quyidagi jadvalni tuzish tavsiya qilinadi (10.4.2-jadval).
10.4.2-jadval.
Dostları ilə paylaş: |