Affikslar (Affixe). Prefiks va suffikslar, odatda affiks deb yuritiladi. So‘zning o‘zagi oldida keladigan morfemalar – prefiks (old qo‘shimcha), o‘zakdan keyin keladigan morfemalar – suffiks deb ataladi. Affikslar uchga bo‘linadi: so‘z yasovchi, forma yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi So‘z yasovchi affikslar (Wortbildende Affixe). O‘zakka qo‘shilib yangi so‘z hosil qiluvchi affikslar so‘z yasovchi affikslar deyiladdi. Masalan, frei-die Freiheit-die Be-fre-ung.
Forma yasovchi affikslar (Formbildende Affixe). O‘zak-negizlar qo‘shilib turli grammatik ma’no ifodalovchi affikslar forma yasovchi affikslar deyiladi. Bunga otlardagi ko‘plik, sifatlardagi daraja, fe’llardagi zamon formalarini yasovchi affikslar kiradi: ge-les-en, ge-lern-t,; die Jahr-e, die Straß-en, die Büch-er; stark-stärk-st-en; fragen-fragte;
So‘z o‘zgartiruvchi affikslar (Flexionsaffiixe). So‘zning o‘zaro bog‘lanishini ko‘rsatuvchi va shu aloqaga xos ma’nolarni ifoda etuvchi affikslar forma o‘zgartiruvchi (so‘z o‘zgartiruvchi) affikslar deyiladi. Bularga otlardagi kelishik, fe’llardagi shaxs-son affikslari va shu kabilar kiradi: die Flügel des Flügzeug-es; ich arbeit-en.
So‘z negizi (Stamm). So‘zning morfologik belgi qo‘shilishi uchun asos bo‘ladigan qismi negiz hisoblanadi. Negiz o‘zakka teng bo‘lishi ham mumkin: der Tisch, die Stadt, das Glas;
So‘z yasovchi affikslar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan negiz yasama negiz hisoblanadi: der Arbeiter, die Lehrerin, das Häuschen.
Fleksiya (Flexion) (qo‘shimcha). Nemis tilida qo‘shimcha xuddi so‘z formalarini yasaydigan suffikslar kabi so‘zning grammatik formalarini hosil qiladi. Qo‘shimchalar so‘z formalarini yasovchi affikslardan farqi shundaki, qo‘shimchalar so‘z birikmasi yoki gapdagi so‘zlarning bog‘lanishini ifoda etadi:
1) Ot, sifat, turlanadigan son, olmosh va artikllarning kelishik bo‘yicha o‘zgarishi: warm-er Tag, warm-en Tag-es, warm-er Tag(e), warm-en Tag
2) Sifat, tartib son, moslashadigan olmosh va artikllarniing rod va son bo‘yicha o‘zgarishi: dies-er klein-e Garten, diese-es klein-e Haus, dies-e klein-e Stadt, dies-e klein-en Häuser, ein klein-er ein klein-es Buch, ein-e klein-e Karte, klein-e Tisch kabi
3) Fe’llarning shaxa va son bo‘yicha o‘zgarishi ich geht-e, du geh-st, er geh-t, wir geh-en, ihr geh-t, sie geh-en
Nemis tilida qo‘shimchalar yordamida so‘z formalarining o‘zgarishi prosessiya ba’zi o‘rinlarda qo‘shimchalarning bo‘lmaslik holatlari ham uchraydi. So‘z oxirida mavjud bo‘lmagan qo‘shimcha old qo‘shimcha deb yuritiladi va uning ma’nosi saqlanadi.
Hozirgi zamon va aniq o‘tgan zamonda kuchli fe’lning birlik uch shaxs (Person) bo‘yicha tuslanishini qiyoslang:
Bu holatni otlarni turlanishida ham ko‘rish mumkin: der Tisch, des Tisch-es, dem Tisch(e), den Tisch kabi.
Nemis tilida turli formalarni yasovchi omonim suffikslar va qo‘shimchalar bor. Masalan: er morfemasining qo‘llanishini olib ko‘raylik:
1) Lehr-er, Schreib-er, Fahr-er so‘zlarida –er so‘z yasovchi morfema hisoblanadi;
2) höh-er; lieb-er, ruhig-er so‘zlarida –er qo‘shimcha morfema sanalib, sifatning qiyosiy darajasini yasaydi
3) Kind-er, Ei-er, Bild-er so‘zlarida –er otlarning ko‘plik formasini yasash uchun qo‘llanadigan qo‘shimcha – morfema sanaladi;
4) dies-er, jen-er, gut-er so‘zlarida –er mujskoy rod otlarining birlik bosh kelishigining, jenskiy roddagi otlarning birlik qaratqich va jo‘nalish kelishiklarining, uch rodning ko‘plikdagi qaratqich kelishiklarning ma’nolarini ifoda etadi;
5) Ba’zi so‘z yasovchi affiks bir turkumning o‘ziga xos bo‘lgan so‘zlar yasashi mumkin.
Hamm-er, Hung-er so‘zlarida –er morfema emas. Bu so‘zlar, asosan, bitta yolg‘iz o‘zakdan iborat bo‘lgani uchun o‘zak –er morfemasisiz biror ma’noni anglatmaydi.
6) er III shaxs birlik va bosh kelishikdagi mujskoy rodga oid kelishilik olmoshidir. U mustaqil morfema bo‘lib ham kela oladi.