L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Iogan Genrix fon Tyunen
(1783-1850)-shimoliy Germaniyalik bo‘lib,
(pomeshchik) qishloq xo‘jaligi bilan bevosita shug‘ullangan. Kurno g‘oyalarini 
amaliy material bilan to‘ldirgan. Iqtisodiy model yaratgan. Modelga ko‘ra, xo‘jalik 
doira shaklidan iborat bo‘lgan. Markazda qishloq xo‘jalik mahsulotlari iste’molchisi-
shahar, atrofda esa, bir hil tuproq unumdorligida bo‘lgan yopiq xudud tushuntiriladi. 
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari samaradorligi pasayib boruvchi konsentrik 
doiralarga joylashtirilgan. 
Belgilangan baho bilan ishlab chiqarish va taransport harajatlari orasidagi farq 
asosida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishning norentabelligi hisobab 
chiqilgan. 
Tyunenning fikricha, iqtisodiy jarayon ketma-ket kichik orttirmalar yo‘li bilan 
rivojlanadi. Rivojlanishning ma’lum holatiga kelib keskin sifat o‘zgarishi ro‘y beradi.
Bu usul ishlab chiqarish optimal tarkibining ya’ni, mehnat va kapitalining o‘zaro 
to‘ldirish jarayonining shakllanishiga imkon beradi. 
Tyunen qo‘llagan usul keyinchalik iqtisodiyotda kichik orttirmalar va 
cheklangan sharoitlar uslubi marjinalizmi nomini oldi. 
Tyunen davlatning qishloq xo‘jaligi va milliy iqtisodiyotga munosabati 
yoritilgan yagona asar yozgan. U Smitning daromad taqsimoti g‘oyasini hamda 
Rikardodan bexabar holda diferensial renta g‘oyasini qiymatning mehnat nazariyasi 
asosida rivojlantirdi. 
Umuman olganda 19-asr kelib, iqtisodiyotga matematikaning targ‘ibi 
mustaxkam asosga ega bo‘ldi. 
Natijada, keyingi tadqiqotlarning ilmiy negizda bo‘lishiga katta hissa 
qo‘shildi. Iqtisodiy jarayonlar tahliliga sinfiy-siyosiy tus berilishidan chetlashildi. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
nisbiy afzallik tamoyili; differensial renta; fritrederlik; Sey, «bozorlar qonuni», ishlab 
chiqarishning uch asosiy omili; foydalilik; Maltus; arifmetik va geometrik 
progressiya; «aholi nufusi nazariyasi»; tuproq unumdorligi pasayishi qonuni; 


 
48 
inqirozlar; Senior; tiyilish; so‘nggi soat nazariyalari; Bastia, Keri; iqtisodiy 
uyg‘unlik, elastiklik, orttirmalar. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin