§ 3. Fuqarolarning malakali yuridik yordam olishlari - ularning konstitutsiyaviy huquqi Advokatura zamonaviy davlat huquqiy tizimining eng muhim instituti bo‘lib, fuqarolar va yuridik shaxslarga malakali va davlatdan mustaqil huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarning himoyalanishini ta'minlash uning vazifasidir.
Fuqarolar tomonidan malakali yuridik yordam olinishi - ularning konstitutsiyaviy huquqidir. Konstitutsiyaning 116- moddasida mustahkamlab qo‘yilgan adolatli sudlovni amalga oshirish xalqaro standartlariga muvofiq professional yuridik yordam olish huquqi unga asos bo‘luvchi tamoyillardan biri sifatida ko‘riladi. Malakali yuridik yordam olish huquqi fuqaroning ham huquqiy maqomining uzviy qismi sanaladi va u nafaqat milliy, balki xalqaro huquq bilan ham kafolatlanadi.
Advokatura fuqarolik jamiyatining muhim instituti bo‘lib, fuqarolar va ularning uyushmalarining asosiy huquqlarini himoya qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bu xususda “vazifasi, birinchi navbatda, sud amaliyotida konstitutsiyaviy va yuridik me'yorlarga qat'iy rioya etilishini ta'minlash, himoya ostidagi fuqarolarning huquqlari, obro‘si va qadr-qimmatini himoyalash bo‘lgan advokatlar institutining roli va ahamiyatini tubdan yuksaltirish” zaruriyatini alohida qayd etadi.3 Bunda davlat advokaturaga bir qator ommaviy funksiyalami yuklaydi, ular bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqadi - jinoiy ishda tayinlanish bo‘yicha himoyani amalga oshirish va muayyan vaziyatlarda yuridik yordamni bepul ko‘rsatish majburiyatlaridir. Advokaturaga ommaviy funksiyalar yuklatilganiga qaramay, fuqarolik jamiyatining bu instituti davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi.
Jinoiy sud ishida himoyachi sifatida faqat advokatlarga ruxsat beriladi, bu qabul qilinayotgan sud qarorlarining shaxs va jamiyat uchun yuqori ahamiyatga egaligi bilan bog‘liq. Davlat, aynan malakali yuridik yordam olish huquqini kafolatlar ekan, u malakali, zarur kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga xizmat qiluvchi sharoitlarni ham ta'minlaydi va bu maqsadda muayyan kasbiy va malakaviy talablarni belgilaydi.
Har bir kishining malakali yuridik yordam olish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan boshqa huquq va erkinliklarning amalga oshishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi, jumladan o‘z huquqlarini qonunda taqiqlanmagan har qanday usul bilan himoya qilish huquqi: sud himoyasi, tomonlar o‘rtasidagi muhokama va tenglik asosida sud tomonidan ishning ko‘rilishi kabilar, va ular bilan o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi. Bu huquq hyech qanday sharoitda cheklanmasligi lozim.
O‘zbekistonda zamonaviy davlat qurilishi va uning huquqiy institutlari shakllanishi davrida advokatura to‘g‘risidagi qonunchilik muayyan o‘zgarishlarga uchradi. 1996 yil 27 dekabrda “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi, u butun advokatura instituti faoliyatini tashkil qilishda o‘zgarishlar yasadi. Ushbu qonun advokatlarga kasbiy va boshqa malakaviy talablar qo‘yadi, advokat maqomini va uni olish shartlarini, advokat huquqlari va majburiyatlarini, advokatlik faoliyati mustaqilligining kafolatlarini belgilaydi.
Bundan tashqari, advokatura institutini takomillashtirish maqsadida, 2008 yil 1 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-3993- sonli “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi, bu farmon sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish, fuqarolarning sud ishining har qanday bosqichida professional yuridik yordam olish huquqini mustahkamlovchi konstitutsiyaviy me'yorni amalga oshirish, advokaturaning tashkiliy mustaqilligini ta'minlash, uni yuqori malakali kadrlar bilan butlash, advokatlar mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish, advokatlik kasbi obro‘si va sha'nini ko‘tarishga qaratilgandi.4 Ushbu Farmon advokatura institutini isloh qilishdagi asosiy vazifalarni belgilab berdi:
s Advokaturaning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ishida fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri sifatida markazlashgan, amaliy o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini yaratish; s Advokatlikka nomzodlar malakasiga qo‘yiladigan, yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish staji mavjudligi va advokatlik tuzilmalarida stajirovkadan o‘tishni ko‘zda tutuvchi talablarni kuchaytirish va advokatlarning kasbiy malakasini majburiy tizimli oshirishni joriy etish;
s litsenziyalashning samarali tizimini tashkil etish, u advokaturani halol va yuqori malakali mutaxassislar bilan butlashni ta'minlaydi; s advokatlik tuzilmalari vakolatlarini aniq chegaralash va uning huquqiy maqomini belgilash;
s jinoiy ishda ayblov va himoya tomonlarining protsessual huquqlari tengligini ta'minlash;
s tomonlarning vakillari institutini bosqichma-bosqich takomillashtirib borish, bu sud ishida yurisprudensiya sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lmagan shaxslarning ishtirokini mustasno qiladi; s advokatlar tomonidan kasbiy etika qoidalariga va advokatlarga nisbatan intizomiy ishlab chiqarish tizimiga rioya etilishi ustidan nazorat mexanizmining takomillashtirilishi.