Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Адвакатлар дарслик

Advokatura - bu har qanday davlatning eng muhim huquqiy instituti bo ‘lib, fuqarolarning va ular birlashmalarining asosiy huquqlari himoyasini amalga oshiradi. Har bir fuqaroning o‘z farovonligiga, tadbirkorlikning muvaffaqiyatiga ishonchi uning qanchalik kuchli, tashkillashtirilgan, qonunan himoyalanganligiga bog‘liqdir.
Biroq, jamiyatdagi huquqiy nigilizm holatida, advokaturaga va advokatga munosabat, ma'lum darajada salbiy bo‘ladi, bu ayniqsa huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan bo‘lishi kuzatiladi. Advokat aksariyat hollarda jinoyatchini yoki nohaq ishni himoyalovchi shaxs sifatida qabul qilinadi. Shu bilan birga, advokaturaning asosiy mohiyati butun jamiyatga yuridik ko‘mak berishdan iborat, zero advokat qonunni beboshdoqlikdan himoya qiladi, shu sababli advokatning faoliyati ham muayyan fuqaro yoki tashkilotning manfaatlariga, ham umumiy suratda davlat va jamiyatning ommaviy-huquqiy manfaatlariga mos keladi. Keyingi vaqtlarda buni ko‘pchilik anglab yetdi va jamiyatda advokaturaga munosabat, asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, o‘zgarmoqda.
Darslikda taklif etilgan material sodda, tushunarli tilda bayon etilgan, muayyan tushunchalar va izohlar batafsil chizmalar va illyustratsiyalar bilan ta'minlangan.
Darslik oliy o‘quv muassasalari yuridik fakultet talabalari va o‘qituvchilariga, shuningdek advokaturaning zamonaviy masalalari bilan qiziquvchi barcha aholiga mo‘ljallangan.
ADVOKATURA'>ATAMALAR LUG‘ATI
ADVOKATURA - bu tushuncha bir nechta ma'nolarga ega:

  1. fuqarolik jamiyati instituti;

  2. advokat huquqlari va majburiyatlari barcha me'yorlarini muvofiqlashtiruvchi; uning huquqiy maqomini, advokatlar hay'ati, maslahatxonalari, firma va byurolarini tashkil qilish va faoliyatini yuritish tartiblarini belgilovchi kompleks huquqiy institut;

  3. advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslaming mustaqil, ko‘ngilli, professional birlashmalari.

ADVOKATLIK FAOLIYATI - advokatning, jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam berish bo‘yicha professional faoliyati.
ADVOKATLIK ETIKASI - advokatlik faoliyatining axloqiy asosi. Advokatlik etikasining elementlari quyidagilardir: bahsli manfaatning qonuniyligi; ishning yuridik istiqboli; ish bo‘yicha yetarlicha dalillar mavjudligi; axloqiy jihat.
ADVOKAT - qonunda belgilangan tartibda advokat maqomini va advokatlik faoliyatini amalga oshirish huquqini olgan shaxs.
ADVOKAT-ShERIK-advokat, advokatlik firmasining hammuassisi.
ADVOKATLIK SIRI (rasman) - ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs)ning advokat yordamiga murojaat qilganligi fakti, ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs) yordam so‘rab murojaat qilgan masalalar, ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs) advokatdan olgan maslahatlar, maslahatlar va tushintirishlar mohiyati, advokatning ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs) bilan suhbatlari mazmuniga oid barcha boshqa ma'lumotlar.
ADVOKATLIK FIRMASI - sheriklikka asoslangan va advokatlar tomonidan advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun ta'sis etilgan notijorat tashkiloti hisoblanadigan advokatlik tuzilmasi.
ADVOKAT SO‘ROVI - advokat huquqi, unga ko‘ra, u yuridik ko‘mak ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni davlat idoralaridan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan olish huquqiga ega, ular qonunchilikda belgilangan tartibda advokatga, u so‘ragan hujjatlarni yoki tasdiqlangan nus’halarini taqdim etishlari lozim.
ADVOKATLIK IMMUNITETI - advokat shaxsining daxlsizligi haqidagi qoidani kafolatlovchi huquqiy me'yor. Advokatlik immuniteti uning turar joyini, xizmat xonasini, u foydalanadigan transport va aloqa vositasini, uning xat- xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ham qamrab oladi.
ADVOKATLIK BYUROSI - advokat tomonidan individual advokatlik faoliyatini yuritish uchun ta'sis etilgan notijorat tashkiloti hisoblanadigan advokatlik tuzilmasi.
ADVOKATNING INTIZOMIY JAVOBGARLIGI - yuridik javobgarlik chorasi bo‘lib, u advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, Advokatlar professional etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilishining huquqiy oqibati sanaladi.
ISHONCH BILDIRUVCHI - professional yuridik yordam so‘rab advokatlik tuzilmasiga murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
MALAKA KOMISSIYASI - Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari qoshida zarur bilimlar va kasbiy ko‘nikmalarga ega shaxslarga litsenziyalar berish, advokat qasamyodini qabul qilish maqsadida, shuningdek, advokatlarga nisbatan intizomiy choralarni ko‘rish uchun tuzilgan komissiya.
ADVOKATLAR HAY’ATI - advokatlar tomonidan advokatlik foaliyatini amalga oshirish uchun ta'sis etilgan, a'zolikka asoslangan, notijorat tashkiloti bo‘lmish advokatlik tuzilmasi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin