Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə6/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Адвакатлар дарслик

Esingizda tuting!
Shu tariqa, “Advokatura” o‘quv yo‘nalishining predmeti advokat va advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va maqomini o‘rganish, O‘zbekiston va chet mamlakatlardagi “advokatura” va “advokatlik faoliyati” tushunchalarini izohlash, advokatura va advokatlik tuzilmalarni tashkil qilish tamoyillarini, advokatlik faoliyatning axloqiy asoslarini, jinoiy, fuqarolik, ma'muriy, xo‘jalik sud ishidagi advokat rolining o‘ziga xosligini, shuningdek kasbiy faoliyat standartlarini ko‘rib chiqishdir.
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari, advokatlik bo‘linmalarning tamoyillari va tashkiliy-huquqiy shakllari, zamonaviy chet mamlakatlarda advokatura faoliyatining o‘ziga xosliklari, fuqarolik, xo‘jalik, jinoiy sud ishi jarayonlarida advokatning huquqiy maqomi haqida asosiy tushunchalarni shakllantirish va sh.k.
Fanning vazifalari talabalarga advokatura institutlarining rivojlanish tarixini o‘rgatish; advokatlik maqomini olish tartibi, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani taqdim etish va ularning amal qilishini to‘xtatish asoslari, advokatlik faoliyati kafolatlari, advokat huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirish va shu bilan bir qatorda, fanning boshqa yuridik predmetlar bilan aloqasini o‘rganishdan iborat.
§ 2. Advokatura tushunchasi
“O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati” fani mazmuni va tizimini umumiy va maxsus qismlarda bayon etilgan mavzular bo‘yicha o‘quv materiali tashkil etadi.
Advokatura - huquqiy institut bo‘lib, advokatlik faoliyati bilan shug ‘ullanuvchi shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy
birlashmalarini va xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi alohida shaxslarni o‘z ichiga oladi.
Malakali yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lsa-da, qonunda belgilangan tartibda advokatlik maqomiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat advokatlik faoliyatiga kirmaydi.
Advokatlik faoliyati tijorat, tadbirkorlik sanalmaydi. Bu esa, uning maqsadi foyda ko‘rish bo‘lishi mumkin emasligini anglatadi. Advokatlik tuzilmalarining yoki alohida advokatning barcha daromadlari o‘zining huquqiy tabiatiga ko‘ra, tijorat yoki boshqa tadbirkorlik faoliyatining natijasi emas, balki ko‘rsatilgan yuridik xizmatlar uchun pul mukofotidir.
Advokatlik faoliyatini tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xizmatchilari tomonidan, notariuslar va patent ishonch bildirilganlar, soliq maslahatchilari (bundaylar sifatida advokat faoliyat yuritayotgan holatlar bundan mustasno) va o‘zlarining professional maslahat (lekin yuridik emas) faoliyatlarini yuritishga vakolat olgan boshqa shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam (konsultatsiya)dan farqlash lozim.
Mustaqil va professional advokaturani tashkil qilish, advokatlik faoliyatini amalga oshirish shaxsning malakali yuridik yordam olish huquqlari kafolati haqidagi konstitutsiyaviy talablarning bajarilishini anglatadi. (Konstitutsiya 116- moddasi).

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin