BOSHQARUVCHI SHERIK - advokatlik firmasi ishlarini yuritish topshirilgan advokat-sherik. ADVOKATLIK KASBI BILAN SHUG‘ULLANISH SENZLARI (ilm.) - advokat maqomini olishga da'vogar shaxsga qo‘yiladigan talablar. YURIDIK KONSULTATSIYA - ushbu tushuncha ikkita ma'noni anglatadi: Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan advokatlik tuzilmasi;
advokat tomonidan huquqiy masalalar bo‘yicha og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar berishdan iborat advokatlik faoliyati turi.
I BOB «ADVOKATURA» FANI TUSHUNCHASI, PREDMETI VA VAZIFALARI “Advokatura” fani tushunchasi, predmeti va vazifalari. Advokatura tushunchasi. Fuqarolar tomonidan malakali yuridik yordam olinishi - ularning konstitutsiyaviy huquqi. Advokatlik faoliyati tamoyillari. Advokatlik faoliyati tushunchasi, belgilari va ko ‘rinishlari. Fanning boshqa yuridik fanlar bilan o ‘zaro aloqasi. § 1. “Advokatura” fani tushunchasi, predmeti va vazifalari Advokatura O‘zbekiston Respublikasidagi fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri, huquqiy davlat tizimining elementi bo‘lib, usiz jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoyalash ilojsizdir.
Yaqin vaqtlarga qadar o‘quv dasturlarida advokaturaga, sud va huquqniy muhofaza qilish idoralariga nisbatan, kam e'tibor berilardi. Jamiyat ongida saqlanib qolgan advokatura - bu obro‘liroq idoralar (prokuratura, sud)da ish topa olmagan yuristlarning unchalik obro‘li bo‘lmagan, ikkinchi darajali kasbi degan fikr, baxtimizga, huquq ijodkorligi, qonunchilik bazasi va huquqni qo‘llash amaliyotidagi o‘zgarishlar ta'sirida, asta-sekin o‘zgarib bormoqda.
Shunday bo‘lsa ham, “Sud va huquqni muhofaza qilish idoralari”, “Jinoiy- protsessual huquq”, “Fuqarolik-protsessual huquq” va “Prokuror nazorati” fanlari doirasida advokatlik faoliyati masalasini o‘rganish bo‘lajak yuristlarda himoya funksiyasiga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish uchun yetarli emas. Shu sababli, mustaqil “Advokatura” fanini o‘qitish muhim ahamiyatga ega.
Masalani yanada chuqurroq tushunish uchun avvalo advokatura to‘g‘risidagi qonunchilik predmetini tashkil qiluvchi munosabatlarni va ularni muvofiqlashtirish uslublarini tahlil etish talab qilinadi.
Ma'lumki, huquqiy tartibga solish - bu ijtimoiy hayotdagi yuridik ahamiyatga ega omillar va jarayonlar bo‘lib, ular huquqning boshqaruvchilik salohiyatini, ya'ni huquqiy me'yorlarning tartibga soluvchi harakatlari yo‘naltirilgan maqsadni o‘zlarida his etadilar (yoki his etishlari lozim).
Advokatura to‘g‘risidagi qonunchilikni shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni boshqaradi:
advokatura faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq munosabatlar;
advokaturaning o‘zini-o‘zi boshqarishi jarayonida yuzaga keluvchi, advokatura mustaqilligi tamoyilini amalga oshirish mazmunidagi munosabatlar;
advokatlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar.
Ijtimoiy munosabatlarning birinchi guruhi advokatlik faoliyatining
ommaviy-huquqiy xarakterga ega ekanligi, davlat tomonidan boshqaruv ta'siridan kelib chiqadi. Ushbu munosabatlar guruhi subordinatsiya tamoyiliga quriladi. Ulardagi majburiy tomon - davlat, o‘zining vakolatli organlari va ularning mansabdor shaxslari timsolida, ya'ni zarurat tug‘ilganda o‘z qarorlarini bajarishga majbur qilishga potensial imkoniyati bor sub'ekt.
Ushbu munosabatlar guruhiga quyidagilar kiradi:
1) davlat tomonidan advokatura faoliyati va advokatlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilash. Davlat, o‘zining qonun chiqaruvchi organlari va ijroiy hokimiyati organlari timsolida, me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qiladi: advokaturaning jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha davlat funksiyasini bajarish bo‘yicha muayyan vakolatlami amalga oshiruvchi fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi huquqiy tabiatini mustahkamlovchi; advokatlik faoliyati tushunchasi, vazifasi va mazmunini belgilovchi; advokatlik faoliyatini amalga oshiruvchi sub'ektlar maqomini, ularning huquqlari va majburiyatlari belgilovchi va sh.k. Advokatlar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari advokaturaning tashkil qilinishi va faoliyat yuritishining huquqiy asoslarini ishlab chiqishda qatnashish vakolatiga egalar;
2) advokatura va advokatlik faoliyatini amalga oshirish jarayonining moddiy-texnik va moliyaviy boshqaruvi, u davlat tomonidan ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.
Birinchidan, bu advokaturani moliyalashtirish. “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunda keltirilganidek, jinoiy sud ishida surishtiruv organlari, dastlabki tergov organlari, prokuror yoki sud tayinlashi bo‘yicha himo yachi sifatida qatnashayotgan advokatning mehnati byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Bu maqsadlarga xarajatlar navbatdagi yilgi byudjet to‘g‘risidagi qonunda xarajatlarning tegishli maqsadlarga oid moddasida hisobga olinadi. Bundan tashqari, har bir advokatga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolar uchun ko‘zda tutilgan ijtimoiy ta'minot kafolatlanadi.
Ikkinchidan, davlat advokatlik faoliyatidan tushgan daromadni soliqqa tortishni amalga oshiradi;
Advokatura va advokatlik faoliyatining davlat boshqaruvi bo‘yicha tashkiliy-boshqaruv ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xosligi fuqarolik jamiyati instituti sifatida advokatura, asoslanmagan va ortiqcha davlat aralashuvidan ihotalangan bo‘lishi lozimligi bilan izohlanadi. Bu - advokatura faoliyat yuritishining zaruriy shartidir.
Munosabatlarning ikkinchi guruhi advokaturaning o‘zini-o‘zi boshqarish tamoyilini amalga oshirish jarayonida shakllanadi. Uning majburiy sub'ekti advokatlik o‘zini-o‘zi boshqarish organi - O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidir.
Advokatlar palatasi (o‘zining boshqaruvi yoki konferensiyasi timsolida) advokatlik palatalari faoliyatini muvofiqlashtirish; advokatlarning kasbiy salohiyatini oshirish, advokatlarning kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlashning yagona uslubiyotini ishlab chiqish; advokatlarning ijtimoiy va kasbiy huquqlarini himoya qilish; advokatlik faoliyatiga oid barcha masalalar bo‘yicha qonunlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish; advokatlarni axborot bilan ta'minlashni tashkil qilish va boshqalar bo‘yicha ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisi sanaladi. Ushbu barcha ijtimoiy munosabatlar advokaturani huquqiy tizim instituti va qonunchilikning tuzilmaviy birligi sifatidagi maqomini boshqarish predmetiga kiradi.
Advokatura vazifalari “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1- moddasida belgilab berilgan - “Advokatura O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi”. Boshqacha aytganda, advokatura oldiga barcha jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, odil sudlovni amalga oshirishga, qonunga rioya etilishi va uning mustahkamlanishiga, fuqarolaming qonunlami aniq va so‘zsiz bajarish, boshqa shaxslar huquqlari, obro‘si va qadriga hurmat ruhida tarbiyalashga ko‘maklashish vazifasi qo‘yilgan.
Ushbu vazifa amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining maqsadlaridan ham kelib chiqadi: “birinchi navbatda sud amaliyotida konstitutsiyaviy va yuridik me'yorlarga qat'iy rioya etilishini ta'minlashga, himoya ostidagi fuqarolarning huquqlari, obro‘si va qadr-qimmatini himoya qilishi lozim bo‘lgan advokatlar institutining roli va ahamiyatini tubdan oshirish... lozim...”2. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta'kidlashicha, advokatura institutini isloh qilish: “.. odamlar advokatlar xizmatlaridan, ularning maslahatlari va takliflaridan faqat sud jarayonlari borishida emas, balki kundalik hayotda ham foydalana olishlari”ga qaratilgan bo‘lishi lozim. Advokatura instituti o‘z faoliyatini qaysi yo‘nalishlarda amalga oshirishini ko‘rib chiqamiz.
Tashkiliy-boshqaruv munosabatlari sohasida eng muhim muammo advokaturaga davlat ta'siri va uning o‘z faoliyati masalalarini mustaqil, ichki boshqaruvi o‘rtasidagi muvozanatni topish sanaladi. Bu yerda faqat advokatura davlat organi emasligi, lekin davlatning jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ommaviy funksiyalarini amalga oshirishga oid alohida vakolatlarini bajarishini hisobga olgandagina optimal natijaga erishish mumkin. Binobarin, davlat tomonidan ta'sir etish, advokatlikka o‘zini-o‘zi boshqarishni hyech qanday tarzda poymol qilmasligi kerak.
Va nihoyat, advokaturaning huquqiy ta'minot predmeti sifatidagi munosabatlarning uchinchi guruhi - bu advokatlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida shakllanuvchi munosabatlar. Bu huquqiy munosabatlarning zaruriy sub'ekti - advokat. Boshqa tomon sifatida turli-tuman jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar qatnashishi mumkin.