Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə9/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138
Адвакатлар дарслик

Esda tuting!


§ 5. Advokatlik faoliyati tushunchasi, belgilari va turlari
Advokatlik faoliyati - bu jismoniy va yuridik shaxslarga qonunda belgilangan tartibda advokatlik maqomini olgan shaxslar tomonidan, huquqlar, erkinliklar va manfaatlarni himoya qilish maqsadlarida doimiy professional asosda malakali yuridik xizmat ko ‘rsatishdir.
Advokatlik faoliyati tushunchasini tahlil qilish bu faoliyatining qator belgilarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
Jumladan,

  1. advokat tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam malakali bo‘ladi,

chunki u oliy yuridik ma'lumotga, shuningdek yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yil mehnat stajiga ega, jumladan advokatlik tuzilmasida stajirovkadan
o‘tgan va malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Ko‘zda tutiladiki, mazkur shaxs yetarlicha yuqori (malakali) darajada yuridik yordam ko‘rsata oladigan mutaxassis bo‘ladi. Ushbu belgiga ko‘ra advokatlik faoliyati ishonch bildiruvchining qarindoshlari, oliy yuridik ma'lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lmagan, binobarin, mutaxassis bo‘lmagan va zarur malakaga ega bo‘lmagan boshqa shaxslar ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yordamdan farqlanadi. Bundan tashqari, advokatlik faoliyati - bu aynan yuridik yordam bo‘lib, iqtisodiy yoki moliyaviy masalalar bo‘yicha konsultatsiyalarni, tashkiliy, texnik, ma'muriy harakatlarni o‘z ichiga olmaydi.

  1. yuridik yordam doimiy professional asosda ko‘rsatiladi bu anglatadiki, advokat uchun bu asosiy faoliyat turi, uning “kasbi”. U boshqa pul to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanish (ilmiy, o‘qituvchilik, ijodiy faoliyat bundan mustasno), jumladan ishchi sifatida mehnat munosabatlariga kirishish, shuningdek davlat mansablarini egallash huquqiga ega emas.

  2. yuridik yordam ko‘rsatish sub’ekti faqat advokat bo‘ladi. Ushbu belgiga ko‘ra, advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam boshqa, yuridik shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmatlari, notariuslar, patent ishonch bildirilganlar, yoki qonun bilan o‘z kasbiy faoliyatini yuritishga maxsus vakolat berilgan, qonunga muvofiq vakolatlarini amalga oshiruvchi boshqa shaxslar ko‘rsatuvchi o‘xshash yordamdan farqlanadi. Advokatlik faoliyatini faqat advokatlik tuzilmasidagi advokat amalga oshirishi mumkin.

  3. yuridik yordam ko‘rsatish maqsadi - jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoyalash, shuningdek, adolatli sudlovdan foydalanishni ta'minlash. Advokatlik faoliyati tizimli ravishda foyda olishga qaratilgan bo‘lishi mumkin emas, ya'ni tadbirkorlik emas. Advokat oladigan mukofot - bu foyda emas, mehnati (xizmati)ning haqidir.

  4. yuridik yordam advokat va ishonch bildiruvchi o‘rtasidagi kelishuv asosida ko‘rsatiladi. Advokat kelishuv tuzmay yuridik yordam ko‘rsatish huquqiga ega empas. Jinoiy sud ishida dastlabki tergov organlari yoki sudning tayinlashi bo‘yicha advokat himoyachi sifatida qatnashishi holatlari bu qoidadan mustasnodir.

Kelishuv fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘lib, ishonch bildiruvchi va advokat (advokatlar) o‘rtasida oddiy yozma shaklda, bevosita ishonch bildiruvchiga yoki u belgilagan shaxsga yuridik yordam ko‘rsatish uchun tuziladi.
Kelishuvning salmoqli shartlari quyidagilardir: vakil (vakillar) sifatida topshiriqni bajarishni qabul qilgan advokat (advokatlar), shuningdek, u(lar)ning advokatlik tuzilmasi va advokatlik palatasiga tegishliligi ko‘rsatilishi; topshiriq predmeti; ko‘rsatiladigan yuridik rdam uchun ishonch bilidruvchi tomonidan mukofot to‘lanishi shartlari; topshiriqni bajarish bilan bog‘liq advokat (advokatlar)ning xarajatlarini kompensatsiyalash tartibi va hajmi; topshiriqni qabul qilgan advokat (advokatlar) javobgarligining hajmi va xarakteri.
“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun 5- moddasi advokatlik
faoliyatining quyidagi yo‘nalish (tur)larini belgilaydi:

I

—►

huquqiy masalalar bo‘yicha konsultatsiyalar va tushuntirishlar berish, qonunchilik bo‘yicha og‘zaki va yozma ma’lumotnomalar

—►

ariza, shikoyatlar va huquqiy suratdagi boshqa hujjatlarni tayyorlash




fuqarolik va ma'muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ishlarda sud, boshqa davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshirish

—►

Jinoiy ishlarda dastlabki tergovda va sudda himoyachi, jabrlanuvchilar, fuqarolik da’vogarlari, fuqarolik javobgarlari vakillari sifatida qatnashish




Tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatish







  1. huquqiy masalalar bo‘yicha konsultatsiya va tushuntirishlar berish, qonunchilik bo‘yicha og‘zaki va yozma ma’lumotnomalar berish - huquqiy masalalar bo‘yicha konsultatsiya va tushuntirishlar berish aholining amaldagi qonunchilik mazmunidan xabardorligini ta’minlaydi. Advokat muayyan huquqiy munosabat mavjudmi yoki axborot olish fuqaroning shunchaki qiziqishi ekanligidan qat’i nazar konsultatsiya va ma’lumotnomalar beradi. Konsultatsiya - bu amaldagi qonunchilikni tushuntirishni, ma’lumotnoma - qonunning u yoki bu qoidalari mazmuni haqidagi axborotni anglatadi.

  2. ariza, shikoyat va huquqiy xarakterdagi boshqa huiiatlarni tayyorlash - bu hujjatlarda odatda huquqiy munosabatlarning boshlanishi, o‘zgartirilishi yoki tugatilishi haqidagi iltimos va (yoki) talablar aks etadi.

Ariza - bu huquqiy munosabatlarni boshlash haqidagi asoslangan iltimos aks etgan hujjat. Ushbu iltimos aniq, tegishli adresatga yo‘naltirilgan va arizachi tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Shikoyat - bu yuqori turuvchi tashkilotga yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxsga yo‘naltirilgan hujjat bo‘lib, unda shikoyat qilinayotgan organ (mansabdor shaxs)ning qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish, harakati (harakatsizligi)ni taqiqlash yoki noqonuniy deb e'tirof etish so‘raladi.
Iltimosnoma - o‘zining yoki o‘zi vakillik qilayotgan shaxsning huquqlarini yanada to‘liqroq amalga oshirish maqsadidagi, biror harakatni amalga oshirish, qaror qabul qilish yoki qarordan voz kechish haqidagi, tegishli hokimiyat vakolatlariga ega organga yoki mansabdor shaxsga qaratilgan rasmiy iltimos.
v) fuqarolik va ma'muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ishlarda sud, boshqa davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshirish. Advokatning vaikl sifatidagi vakolatlari protsessual qonunchilikda belgilab qo‘yilgan.
g) iinoiv ishlar bo‘yicha dastlabki tergovda va sudda iabrlanuvchilar, fuqarolik da’vogarlari, fuqarolik javobgarlarining himoyachilari sifatida qatnashish - advokat jinoiy sud ishida ham ayblov tomonida, ham himoya tomonida qatnashishi mumkin. Bundan tashqari, “Advokatura institutining takomillashuvi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ba’zi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida advokatning jinoiy sud ishidagi qatnashuvining yangicha ko‘rinishi - guvoh advokati sifatidagi qatnashuvi ko‘zda tutilgan.
d) tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatish.
Advokat O‘zbekiston qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham ko‘rsatishi mumkin. Bu adokat tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam turlari ro‘yxati yakuniy emasligini angalatadi. Boshqa turdagi yordamlar advokat tomonidan ular qonunchilikda keltirilganmi-yo‘qligidan qat''i nazar ko‘rsatiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin