ADVOKATLAR KONFERENSIYASI - OZBEKISTON RESPUBLIKAsi Advokatlar palatasining oliy organi.
MANFAATLAR TO‘QNASHUVI (ilm.)- shunday holatki, unda advokatning manfaatlari ishonch bildiruvchining manfaatlariga zid bo‘ladi, bu advokatlik xizmatlari ko‘rsatilishining ilojsiz ekanligiga olib keladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLAR PALATASI- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKAsidagi barcha advokatlarning majburiy a'zoligiga asoslangan notijorat tashkilot.
SHERIKLIK SHARTNOMASI - advokatlik firmasining ta'sis hujjati bo‘lib, advokatlar tomonidan oddiy yozma shaklda tuziladi. Sheriklik shartnomasiga ko‘ra, advokat-sheriklar barcha sheriklar nomidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun o‘z sa'y-harakatlarini birlashtirish majburiyatini oladilar.
BOSHQARUV- Advokatlar palatasining ijroiya organi bo‘lib, advokatlar ichidan saylanadi va Palataning joriy faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi.
ADVOKAT YORDAMCHISI- yuridik ma'lumotga ega, advokatlik tuzilmasi, xizmatchisi bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, u advokatning ko‘rsatmasiga ko‘ra, advokat yuritayotgan ishlar bo‘yicha topshiriqlarni bajaradi, advokatning protsessual vakolatlariga tegishli ishlar bundan mustasno.
ADVOKAT KASBIY ETIKASI QOIDALARI - kasbiy majburiyatlami bajarishda, shuningdek mijozlar, hamkasblar, advokatlik o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari, davlat boshqaruvi idoralari, huquqni muhofza qilish idoralari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda advokat shaxsiga va uning xatti-harakatlariga nisbatan talablarni belgilovchi qoidalar majmui. YURIDIK YORDAM KO‘RSATISH TO‘G‘RISIDAGI KELISHUV - ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs) va advokat o‘rtasida oddiy yozma shaklda tuziladigan, bevosita ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs)ga yoki u tayinlagan shaxsga yuridik yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan fuqarolik- huquqiy shartnomasi. ADVOKAT STAJYORI - oliy yuridik ma'lumotga ega, advokatlik tuzilmasiga qonunda belgilangan tartibda stajirovka o‘tash uchun keladigan O‘ZBEKISTON RESPUBLIKAsi fuqarosi. Stajirovka davrida advokat stajyori advokat rahbarligi ostida uning ayrim topshiriqlarini bajaradi.