2.
Xodimlarni boshqarishda o‘z-o‘zini baholashni e’tiborga olish.
Inson-
ning o‘ziga b o ‘lgan munosabati uning hayotining barcha jabhalaridagi mu-
vaffaqiyatlariga yoki muvafFaqiyatsizliklariga ta ’sir qiladi. H ar bir rahbar o ‘z
xodimlari boshqaruvida bunga alohida ahamiyat berishi kerak. O'zini o'zi
baholash o'zi ruhan, emotsional jihatdan qanday baho berishimizdir. O'zini
o'zi baholash odam o'zini hurmat qilishida o 'z qadri darajasini belgilaydi.
O'zini past baholashda o'ziga salbiy qarash, o'zini qabul qila olmaslik,
o'ziga ishonchsizlik namoyon bo'ladi. O'zini ijobiy baholashda inson o'zini
ijobiy tom ondan qabul qilib, o'ziga ishonadi va o'ziga yaxshi munosabatda
bo'ladi.
O'zini baholash nafaqat o'zini boshqalar oldida tushunishiga qarab, uning
o'zi to'g'risida qanday o'ylashiga ham bog'liq emas, balki o'ziga nisbatan
munosabati bilan o'lchanadi.
Insonning doimo murakkab vaziyatlardan qochib, o'zini kamsitish va
ko'p orzu va fantaziyalarga berilishi uning o'ziga ishonchsizligidan, o'zini
salbiy baholashidan dalolatdir.
77
O'ziga qanday baho berishiga qarab odam boshqa odamlar bilan mu-
n o sa b atd a b o ‘ladi. Agar u b o sh q a la rn i xafa qilm aslikka, k o ‘nglini
ogYitmaslikka harakat qilsa, o‘zining hurmatini bilib, o‘zining ijtimoiy kelib
chiqishidan qat’i nazar boshqalaiga yordam beradi, muvaffaqiyatsizlikka
uchraganda o'zini yeyavermaydi, haddan tashqari uyatchan va tortinchoq
bo‘lmagan hamda boshqalar maqtasa doim inkor qilmaydigan bo‘lsa, bu
odamning o ‘ziga yuqori baho berishidan dalolat beradi.
Ba’zan o'zidan haddan oshiq m am nun va hokimiyatga ega odamlar
o'ziga nisbatan yuqori baho beradi, lekin ularning ko'pchiligi o'ziga ishonch-
sizligi o'm ini to'ldirishi uchun harakat qiladi. Bunday odamlar o'zlari qilol-
maydigan ishlarga duch kelib qolsalar qochib qoladi.
Olimlarning tadqiqotiga ko'ra o'ziga salbiy baho beradiganlar o'zini to'liq
anglamaydi, qadriga yetmaydi va o'z kamchiliklarini ko'ra olmaydi. O'ziga
yaxshi baho beradiganlar o'z kamchiliklarini ko'ra oladilar va bartaraf qi
lishga harakat qiladilar.
“Haqiqiy m en” obrazi - bu odam o'zini ayni damda real hayotda qan
day baholashidir. “Ideal m en” obrazi esa bu odamni aslida o'zini qanday
ko'rishni istagani to'g'risidagi xayollaridir. O'ziga baho berish mana shu 2
lar farqidadir, ular orasidagi farq qanchalik kam bo'lsa, o'zini baholash
shunchalik yuqori bo'ladi. Ikkinchi asosiy faktor, bu individning boshqa
odamlar bilan munosabati odamlarning unga bahosi, ya’ni sotsial men. In
son o'zining muvaffaqiyatlariga yoki muvaffaqiyatsizliklariga nafaqat o'zidan
kelib chiqib, balki boshqa odamlarning unga bahosidan kelib chiqib ham
baho beradi. Chunki biz ijtimoiy hayot mavjudotlari ekanmiz, albatta bu
jamiyatga “kirishishimiz lozim, shuning uchun ham bizni boshqa inson-
larning fikri qiziqtiradi. O'ziga ijobiy baho va odamlarning bu inson to'g'risida
ijobiy bahosi yig'indisi ijobiy «men» odam konsepsiyasini yuzaga keltiradi.
Buning asosida insonning shaxsiy fikri, boshqa odamlarning u to'g'risida
fikrlar interpretetsiyasi, shaxsiy ideal va madaniyat standartlari yetadi.
“ M en” konsepsiyasi subyektiv bo'lib, insonning butun hayoti davomi-
da kuchli ta ’sir ko'rsatadi.
Agar odamga ruchka, qog'oz berib «men» bilan boshlanadigan 5 ta gap
yozing desa, odam beshalasida ham o'z individual fazilatlarini yozishi m um
kin (men - rostgo'y, m en — quvnoqman va hokazo). Balki odamning ijti
moiy munosabatlariga to'g'ri informatsiya yotar (masalan, m en — rahbar-
man, men — o'g'il farzandman).
Taniqli amerikalik olim D. Mayers tadqiqotida keltirilganidek, rivoj-
langan industrial g'arb mamlakatlarida individualizm kuchli hisoblanadi.
Bu narsa har sohada mustaqillikni afzal ko'radi. Indivudializm ayniqsa yaxshi
hayot sharoitlarida, ijtimoiy uyg'unlik, urbanizm va ommaviy axborot
vositalarining bevosita ta ’sirida rivojlanadi.
Lekin bu tushuncha faqat g'arb mamlakatlariga xos desa bo'ladi, chun
ki yuqoridagilarni biz Yaponiya to'g'risida gapii-ganda misol qila olmaymiz,
78
chunki Yaponiya milliy qadriyatlarga asoslangan davlat hisoblanadi va bu
yerda kollektivizm rivojlangan.
Individualistik madaniyatli davlatlarda bolalar kichkinaligidanoq mu-
taqillikka o ‘rgatiladi. Ulg'aygach, odamlar o ‘z oilalaridan ajralishga harakat
qiladi. Ular o ‘zlarining shaxsiy va professional hayotida faqat o'zlariga taya-
nib, cheksiz erkinlikka ega bo'ladi. Bunday davlatda voyaga yetgan odam
eng aw alo o ‘z shaxsini rivojlantirishga, shaxsiy ehtiyoj va xohishlariga aso-
slanadi, boshqa odamlar undan kutganidek yashashga intilishmaydilar.
Kollektivizm esa asosan, aholisining ko'pchilik qismi qiyin hayot sha-
roitlarda yashaydigan yoki faqulodda ofat ko‘p ro‘y beradigan yoki kollek
tivizm milliy qadriyatga asoslangan mamlakatlarga xosdir. Bunda asosiy o ‘rin
shaxs, oila, qabila, qishloq yoki boshqa m anfaatlarga beriladi. Bunday
mamlakatda odamlar bir-birini qo'llab quwatlaydi, ijtimoiy yordam beradi
va bir-biriga hurmat bilan qaraydi. Aynan jamiyat munosabatlari va jamiyat
manfaatlari ko'pincha odam lar muomalasiga ta ’sir qiladi. Kollektivizm
a n ’analarida tarbiya qilingan odam boshqa odam lar bilan uzviy bog'liq
bo'ladi. Bunday odam individual odamga qaraganda emigratsiya yoki vaqtin-
cha yashash joyini o'zgartirishi qiyin kechadi. Ya’ni muhitga moslashish
bilan bog'liq qiyinchiliklar ijtimoiy aloqalar uzilishi bilan qo'shilib odam
ahvolini qiyinlashtiradi, u o'zini o'z oilasidan, do'stlaridan, vatanidan uzi-
lib qolganday his qiladi.
Daniya olimi G. Xomstev fikriga ko'ra Janubiy-Sharqiy Osiyo mam-
lakatlarining barchasi kollektivistik (jamoa) hisoblanadi. Niderlandiya va
AQSH — individualistik, Yaponiya esa ularning o'rtasidagi davlat qatoriga
kiradi. Odam qaysi madaniyatga aloqadorligiga qarab, “M en” konsepsiya-
sini qabul qilgan. Lekin bir madaniyatning o'zida ham kollektivlik, ham
individuallik uchrashi mumkin. Bunga tarbiyaning har xilligi va insonning
shaxsiy xususiyatlari ta ’sir etadi.
Professional faoliyat nuqtayi nazaridan qaraganda, individualistik va
kollektivistik madaniyatning ham o'zida ijobiy ham salbiy tomonlariga ega
ekanligini ko'rishimiz mumkin.
O'zaro bog'liqlikda odamlar bir-biriga yordam qo'lini cho'zadi, ham
boshqalarni, ham o'zini o'ylaydi (m asalan, o'qituvchi, tarbiyachi, o 't
o'chiruvchi).
O'ziga individualistik elementini mujassam etuvchi kasb, masalan, yu
qori malakali dasturchilar tashqi olamdan uzilib qolishadi.
O'ziga baho berish odamning profesional hayotiga ham ta’sir qiladi. U re-
jalar tuzishga, o'z harakatlarini belgilash va ulami bajarishga yordam beradi. О 'ziga
nisbatan ijobiy baho odamning o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi, yuzaga kel-
gan qiyinchiliklar bilan kurashishga professional darajada o'sishga xizmat qiladi.
Amerika tadqiqotchilari kuzatuvlariga qaraganda, o'zini mehnatkash,
omadli, ilg'or deb bilib, o'z kuchiga ishonadiganlar oldidagi eng murakkab
vazifalami ham bajarshga muvaffaq bo'ladilar.
Ular sobit, kamroq o'ylab, siqiladigan, yangi informatsiyani tez qabul
qiladigan bo‘ladi. Ular uyqusizlik, yazva kasalliklaridan kam aziyat chekadilar,
narkomaniya va alkogolizmga kamroq beriladilar va umuman o ‘zlarini baxtli
hisoblashadilar.
Insonlar bilan m uloqotda b o ‘lar ekanmiz, biz aks ta ’simi k o ‘ramiz.
Boshqa odamlar bizga u yoki bu xatti-harakatlarimizga baho beradilar.
0 ‘ziga salbiy baho beradigan odamlar ish faoliyatiga ham shunaqa mu-
nosabatda bo ‘lishadi. Masalan, rahbar salbiy m a’lumot bersa, o ‘ziga salbiy
baho beradigan odam bunga aks ta ’sir qilishga yoki uni yanada salbiyla-
shishga harakat qiladi. Bu narsa uning sog‘lig‘iga, ish faoliyati samarador-
ligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
0 ‘ziga ishonadigan odam esa bu holatda, boshida bir qancha inkor eta
di, keyin esa yaxshilab o ‘ylab ko‘rib nega unaqa bo'lganligini o‘ylab, kam
chiliklarini tuzatishga harakat qiladi.
0 ‘ziga ishonmaydigan odam har bir muvaffaqiyatsizlikni og‘riqli qabul
qiladi va bu holatni doimiy deb o‘ylaydi. 0 ‘ziga ishonadigan odam esa mu-
vaffaqiyatsizlikka vaqtincha holat deb qaraydi va optimistik ruhda hamma
narsani o'zgartirish mumkinligiga ishonadi.
Murakkab vaziyatlarda salbiy ta ’sirli odamlar, o'ziga ishonmaydiganlar
faqat yomon xotiralami eslaydi, optimistlar esa aksincha, yaxshi xotiralami
eslab vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlaydi.
0 ‘ziga baho berishga muhim ta ’sir qiluvchi nazorat lokusi insonni o ‘z
hayoti o ‘zgarishlarini nazorat qilish, ularni boshqarishga undaydi. Bu
ko'rsatkichlaiga ko‘ra odam: 1) ekstemal (sodir bo‘layotgan hodisalarga sabab
tashqi omillar va ularning ta ’sirida deb biladi); 2) indernal (hayotida ro‘y
berayotgan hodisalarga o‘zini, mas’ul deb hisoblaydi, o ‘ziga har qanday ho
latda ishonadi va o ‘z kuchiga tayanib yashaydi) kabi turlarga b o ‘linadi.
Ba’zan o ‘zini o ‘zi hurm at qilish o ‘z kuchiga ishonch va o ‘ziga baho
berish qanchalik shakllanib bo'lgan bo‘lmasin, o'zgarishi mumkin.
Agar odam uzluksiz ravishda bir tashqi bahoni eshitaversa va bu baho u
uchun ahamiyatli odamlar tomonidan berilsa, unda bu odam bu bahoga
e ’tibor bermay iloji yo‘q.
Mutaxassisning o ‘ziga baho berishiga unga tashabbusni berish va mus-
taqil harakat qilishga ruxsat berilishi ham ijobiy ta ’sir qiladi. Amerika tad-
qiqotchilarining e’ritof etishicha, agar xodimlarga masalani mustaqil hal qilish
va qaror qabul qilish imkoniyati berilsa, xodirnlaming m a’naviy, ruhiy ho-
lati yaxshilanadi, o ‘zini malakali his qilishga hamda kelajak faoliyatida tajri-
basini yanada oshirishga yordam beradi.
O'ziga ishongan xodimlar faoliyati muvaffaqiyatli bo‘ladi. Ular o‘zini
nazorat qiladi, kam xavotirlanadi va siqilmaydi, depressiyaga tushmaydi,
boshqa xodimlar bilan yaxshiroq munosabatda bo'ladi, guruhlarda samara
li ishlaydi, tashkiliy o'zgarishlarni yengil kechirishadi. Ko'pchilik odamlarda
o'ziga ortiqcha baho berish holati kuzatiladi, lekin, agar ijobiy baho ha-
qiqatdan uzoq b o ‘lsa, unda kuchiga haddan tashqari ishonish ish faoliyati
sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va bunday odamlar boshqalarga past baho
beradi, natijada asossiz optimizmga olib keladi.
80
0 ‘ziga bo‘lgan ishoneh insonga bolaligidanoq singdiriladi. Shuning uchun
dastlabki aloqalar o ‘zini anglashni shakllantirishga hamda uning ijtimoiy va
emotsional rivojlanishiga m uhim ta ’sir ko'rsatadi.
Bolaga 6 yoshgacha davrida unga ota-onasi va boshqa qarindoshlari ta ’sir
ko‘rsatadi, 18 oygacha bo'lgan davrda bolada ishoneh hissi paydo bo'ladi, 1,5 —
3 yoshgacha davrida bola o'zini avtonom mavjudot deb his qiladi, ortiqeha
man qilishlar bolani uyatchan va o'ziga ishonmaydigan qilib qo'yadi. Ortiqeha
erkinlik berish esa bolani o'ziga nisbatan shubhali va xavotirli qilib qo'yadi.
O'ziga ishnochsizlik ota-ona bolasini o'zi so'zlariga bo'ychundirigshga
harakat qilsa paydo bo'ladi. Bunda ota-onasi bolani ularning buyrug'iga
bo'ysunishga majbur qiladi va barcha nizoli holatlarda ham (kattalar bilan
bo'lsin yoki tengqurlari) boshqalarga moslashishni talab qilishadi. Bundan
tashqari ota-onaning bolaga e ’tiborsizligi, o'z mehrini ko'rsatmasligi, bola bilan
ochiq bo'lmasligi odamda negativ munosabatni keltirib chiqaradi. Bundan
tashqari ona o'limi yoki onadan ayrilishi, bolaning bolalar uyida o'sishi ham
salbiy ta ’sir ko'rsatadi, lekin onasi bo'lmasada, bolaning oldida uni yaxshi
ko'radigan bir odam bo'lsa, bola yetuk, o'ziga ishonib o'sishi mumkin.
O 'rtacha baho berish — bunday bolalarning ota-onasi ularga haddan
ortiq e ’tibor berishib, bolaning mustaqil harakatlari ularda xavotir tug'diradi.
Yuqori baho berish — bolalarning oilasida o'zaro hurm at va ishoneh
hukmronlik qiladi. Bola ko'z o'ngida ota-onasiga doim omad kulib boqadi,
qiyinchiliklar bo'lganda ham bola yengib chiqadi. Muhim qarorlar oila ichida
tahlil qilinib hal qilinadi. Bunda m as’uliyat ota-onaning birida bo'ladi va
oilada tarbiya muhim rol o'ynaydi. Bolada o'ziga ishoneh bo'ladi, u o 'z
fikrlarini ochiq bayon qiladi va o'zining pilus, minuslarini biladi.
Bolaning o'ziga ishoneh tug'dirishda ko'pincha qarama-qarshi tipdagi
ota-ona ta ’sir qiladi. Bola ulg'aygach, uning o'rtoqlari ham ta ’sir qiladi.
Bundan tashqari, bolaga ota-onaning munosabati, uning kelajakdagi
hayoti haqida ko'p m arta bir xil ssenariyni gapirishi ham bolaning taqdirini
belgilaydi, bunda ota-ona faqat ijobiy munosabatda bo'lishi lozim.
Real hayotda ham ba’zi odamlar o'z ota-onalari “ssenariy”siga sodiq qolib,
ular aytganidek bo'ladi, lekin ba’zilari aksincha, o 'z yo'llaridan ketishadi.
E. Beri yozishicha, inson taqdiriga ta’sir qiluvchi ko'plab omillar mavjud:
ota-onaning “ssenariy”si, tashqi ta ’sirlar va hokazo.
O ta-ona nafaqat bolaning bolaligi, balki butun hayotiga ta ’sir qiladi.
M ehr-m uhabbat, oqillik har bir odamning baxtli bo'lish garovidir.
Xulosa qilib aytganda, ko'plab odam lar o'ziga va kelajagiga ishonadi.
Biz o datda om adsizligim izni vaziyatga bog'laym iz, om adlarim izni esa
o'zimizga. Bu narsa nizoga olib kelishi mumkin, lekin um um an olganda
biz har qanday yangi holatga moslashishimizga yordam beradi.
3. M uzokaralar samarasini oshirishning yangi metodi.
Bizga m a’lumki, hozirgi kunda transatsion chiqimlar ko'chirmalar nazari-
yasi zamonaviy iqtisodiy ilmida m uhim noinstitutsion yondashuv hisobla-
81
nadi. Transatsion ko'chirm alar tushunchasini ilk bor taniqli amerikalik olim
o ‘tgan asming 30-yillarida o ‘zining “ F iratab iati” nomli kitobida keltiigan.
Ushbu kitobda olim mavjud firmaning ierarxik tuzilishi to ‘g‘risida so‘z yurit-
gan. Bunda bu struktura bozor iqtisodiga zid bo'ladi va bunday firmaning
asosiy maqsadi o ‘z faoliyatida transaksional ko'chirm a kamaytirish b o ‘ladi.
Keyinchalik Kouzning familirovkasi ko‘plab o‘zgartirish va qo‘shimchalaiga
duch keladi, ammo baribir transaksion ko'chirmalar tushunchasi iqtisod ilmi-
da tan olinadi va hozirgi kunda juda muhim ahamiyatga ega.
Bunday yondashuvning asosiy jihati transaksiya — hozirgi kun zam o-
naviy iqtisodiyotdagi iqtisodiy agentlaming o ‘zaro munosabatlaridir. Iqti-
sodiyotda tan olinganidek har bir transaksiya ikir-chikirlarigacha rasmiy huj-
jatlashtirilishini va tom onlar o ‘rtasida oddiy o'zaro tushunishni talab etadi.
Amerikalik olimlaming AQSH iqtisodiyotini tahlil qilishlariga qaraganda,
xususiy sektor tom onidan ko‘rsatiladigan transaksional xizmatlar 23% va
undan yuqoriga ko‘tarilgan yildan yilga (1870-1970) davlat tom onidan
ko'rsatiladigan xizmatlar esa 13,9 % ni tashkil etadi.Umumiy o'sish esa 1870—
1970-yillar mobaynida 54,9 % gacha ko'tarilgan. Adabiyotlarda transaksional
ko'chirm alarning 5 asosiy shakli ko‘rsatiladi:
• m a’lumot qidirish chiqimlari (bunda mavjud bozordagi ahvol tahlili
to ‘g‘risidagi m a’lumotlarni yig'ish uchun ketadigan vaqt va resurslarga keta-
digan chiqimlar;
• muzokaralar olib borish uchun chiqadigan chiqim;
• tovar va xizmatlar sifati va qiymatini o'lchash bilan bog‘liq chiqimlar;
• mulk huquqi himoyasiga ketadigan chiqm lar (sud, arbitraj, davlat
boshqaruv organlari ham da buzilgan huquqlam i tiklash bilan bog'liq chi
qimlar);
• opportunistik munosabat bilan bog‘liq chiqimlar (adolatsiz m unosa-
bat, kontrakt shartlarini buzish yoki bir tom onlam a manfaatni ko‘zlashga
qaratilgan).
Bizga m a’lumki, har bir iqtisodiy agent faoliyatida m uzokaralar olib
borish jarayoniga ketgan chiqimlar transaksion chiqimlaming ajralmas qis-
mi hisoblanadi. Haqiqatda ham, deyarli har bir iqtisodiy bitim tuzish uchun
muzokaralar olib borish zarur hisoblanadi. Yuqoridagi chiqimlarni tejash-
ning yagona mavjud usuli bu tipovoy shartnomalardan foydalanish. Am m o
shartnoma shartlari bilan tanishish va rozilik berish paytida bunday stan-
dart yechimlar kam foydali hisoblanadi. Tom onlar manfaatini hisobga olib,
ziddiyatli vaziyatlaming oldini olish va ham m a narsani oldindan kelishib
olish uchun zarur bo'lgan m uzokaralar iqtisodiyot olimlarining izlanishla-
rida asosiy obyekt hisoblanadi. Bunday izlanishlar psixologiya, sotsiologiya,
politologiya, boshqaruv nazariyasi sohasidagi olimlar uchun ham aktualdir.
Yuqoridagi har bir sohadagi izlanishlarda ham izlanish m eto d id an biri
matematik metodlashtirishdan foydalaniladi.
82
|