M u n d a r I j a kirish



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#122296
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kurs ishim

 
 
 
 
 
 
 
 
31
Alisher Navoiy. Xamsa.-T.: ―Fan‖, 1960 (Shomurod kotib nusxasida 400 b. 


29 
XULOSA 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng xalqimiz oldida yangi ulkan 
vazifadar ko’ndalang bo’ldi. Totalitar sovet tuzumidan demokratik davlat, huquqiy 
jamiyatga o’tish boshlandi. Mamlakatimiz taraqqiyotining ana shunday burilish 
bosqichida xalqning o’z tarixiga bo’lgan qiziqish yanada ortdi chunki bunday qiyin 
davrda xalq o’z tarixinich uqurroq bilishga, tarixdan ma’naviy madad olishga 
ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham 1996-yilda O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentniig “O’zbekiston yangi tarixi markazini tashkil etish to’g’risida” gi 
farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonning yangi tarixini yaratish 
to’g’risida” gi qarori e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti I. A. Karimov 1998yil iyun oyida bir guruh tarixchi olimlar bilan 
uchrashuvda O’zbekiston tarixining yangi kondeptsiyasini yaratish zarurligini 
uqtirdi. Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
“O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini 
takomillashtirish to’g’risida” gi qarorini qabul qildi (1998 yil, iyul). I. A. 
Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” nomli asari hamda Respublika 
hukumatining eslatib o’tilgan qarorlari tarixiy tadqiqotlarni tubdan rivojlantirish 
dasturi bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekistonning qadimgi davridan boshlab, XII asrgacha bo’lgan tarixi 
ko’proq yozma manbalarda yoritilgan va bu an’ana keyincha ham davom etgan. Bu 
davrda yurtimiz avval ahamoniylar, Ellada-makedon davlati, turk hoqonligi, arab 
xalifaligi 
tarkibida, 
so’ngra 
Somoniylar, 
Qoraxoniylar, 
G’aznaviylar, 
Xorazmshohlar davlatlarini boshdan kechirdi.
Ilk o’rta asrlarda yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarning asarlari ham 
ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Manbalar yurtimizning ilk o’rta asrlar tarixini 
o’zida nisbatan to’liqroq aks etganligi bilan muhim hisoblanadi. Ulardan tanqidiy 
foydalanish bu davr tarixini o’rganish uchun muhimdir. Rivojlangan o’rta asrlarda 
ham Markaziy Osiyoda sodir bo’lgan ijtimoiy- siyosiy voqealar arab va fors-tojik 
tilida bitilgan juda ko’p tarixiy manbalarda o’z aksini topgan Arab tillaridagi 
qo’lyozmalar, Rossiya va Markaziy Osiyo sharqshunosligi asarlari (kitob, risola, 
maqola, tarixiy qasida, xotira, taqrizlari) minglab nomlardan iborat bo’lib, ulardan 
ba’zilari bosilibchiqqan va anchaginasi haligacha nashr etilmagan.
Hozirgi vaqtda turli tillardagi qo’lyozmalar Ashxobod, Moskva, Leningrad, 
Toshkent, Samarqand, Dushanba, Boku, Qozon, Tiflis (Tbilisi), Ufa, Maxachqal’a, 
Kiev, Odessa, L’vov hamda boshqa shaharlarda saqlanmoqda. Bunday 
qo’lyozmalardan ba’zilari Markaziy Osiyo va Qozog’iston diniy nazorati 
muassasalarida, shuningdek viloyat shaharlari va qishloqlarida saqlanmoqda. 


30 
Ilmiy-tadqiqot oliygohlarida, arxivlarida, kutubxonalarda, muzeylarda, oliy o’quv 
diyorlarida, masjid, madrasalarda, shaxsiy xonadonlarda ham tarixga oid 
qo’lyozmalar bor. Ana shunday turli hududlarda sochilgan qo’lyozmalarning 
O’zbekiston tarixiga oid manbalarning katta guruxi turli tillarida bitilganligi 
sababli mazkur tillarni mukammal bilgan tarixchi va manbashunoslarni 
tayyorlashga asosiy e’tibor berish zarur. Bu tillarda yozilgan manbalarning eng 
muhimlarini to’liq yoki qisman o’zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish ishlarini 
bundan keyin ham davom ettirish kerak.
Milliy 
istiqlol 
davrida 
tarixiy 
manbalarining 
nazariy 
jihatdan 
o’rganibchiqish, ularni ilmiy ahamiyatini aniqlash, ulardai ilmiy tadqiqotlar 
jarayonida keng foydalanish zamon talabidir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqillik yillarida O’zbekiston tarixi 
manbalarini yanada chuqurroq o’rganish, ularni nashr etish va keng jamoatchilikka 
etkazish, 
bu 
manbalardan 
foydalangan 
xolda 
Vatan 
tarixining 
yangi 
kontseptsiyasini yaratish yo’lida qator e’tiborga sazovor ishlar amalga oshirildi. 
Shu bilan birga bu sohada hali o’z echimini kutayotgan muammolar ham mavjud. 
Bu muammolarni qadam-baqadam xal etib borish tarix fanining rivojlanishiga va 
jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ijobiy ta’sir qilishi shubhasizdir. Hozircha 
aniqlangan miqdori 44 ming jilddan ziyodroqdir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin