Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo‘llari Reja


Umumiy muvozanatlik jamiyag barcha ehtiyojlari va milliy ishlab



Yüklə 176,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix03.06.2023
ölçüsü176,45 Kb.
#124412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Makroiqtisodiy muvozanatlilikning mohiyati va unga erishish yo‘l

Umumiy muvozanatlik jamiyag barcha ehtiyojlari va milliy ishlab 
chiqarish hajmining o'zaro teng kelishini bildiradi. 
Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bozor sharoitida, avvalo, yalpi talab va yalpi 
taklifning teng keliishda ko'rinadi. Bu nafaqat iste'molchilik ne'matlariga, balki 
ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat 
natijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir. 
Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bir qator shart-sharoitlarni taqozo qiladi. 
Birinchidan, bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir. 
Ikkinchidan, iqtisodiy muvozanatlik mamlakatdagi barcha iqtisodiy 


resurslardan samarali foydalanadigan xo'jalik mexanizmini taqozo qiladi. 
Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi 
iste'molning xarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi. To'rtinchidan, 
iqtisodiyotda muvozanatlikning umumiy shart-sharoitlari bo'lib, bozor muvozanati, 
ya'ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da talab 
va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi. 
Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, 
iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqazo qiladi. 
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to'xtovsiz rivojlanish holatida 
bo'ladi. Iqtisodiy sikl fazalarqda, bozor konyukturasi, bozor subyektlari daromadlari 
va talabi tarkibida o'zgarishlar ro'y berib turadi. 
Bularning hammasi muvozanatli holatni turg'un iqtisodiyotdagi shartli 
umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishini taqazo qiladi.
Shunday qilib makro darajada umumiy iqtisodiy muvozanatlik bu mamlakat 
butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo'jaliklarning 
me'yorida rivojlanishini ta'minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari 
hamda barcha bozordaga o'zaro bog'liq va bir-birini taqazo qiladigan 
muvozanatliklar tizimini o'z ichiga oladi. 
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan ikkita o'zaro bog'liq 
usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 
2. Jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli. 
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish 
umumiy hajmining miqdoriy ko'rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), 
iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste'mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning 
umumiy summasi (S+1p) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi — bu ishlab 
chiqarishning shunday hajmini, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun 
yetarli umumiy sarflarni ta'minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot 
muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) 
xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (S+Gp) teng bo'ladi. 
Jamg'arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab 


chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. 
Biroq aholi bu daromadning bir qismini iste'mol qilmasdan jamg'arishga qo'yish 
mumkin. Jamg'arish, sarflar — daromadlar oqimidan potensial sarflarni olib qo'yish 
hisoblanadi. Bunda kamg'armaga qo'yilgan mablag' investitsiyalar bilan to'liq 
qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo'ladi. 
Investitsion sarflarning ko'payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad 
darajasining o'sishiga olib keladi. Bu o'zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. 
Multiplikator amarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o'zgarishning sarflaridagi 
(investitsiyalardagi) o'zgarishga nisbati. 

Yüklə 176,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin