soha va ishlab chiqarishlar o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning
ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlari ishlab chiqaradigai sohalari, qishloq
ho'jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari o'rtasidagi mutanosibliklar va h.
k. Shu bilan birga ta'kidlab o'tilgai sohalarning ichidagi tarkibiy bo'linmalar o'rtasida
ham bog'liqlik bo'lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib
olish va qayta ishlash
tarmoqlari, chorvachilikning sut va go'sht ishlab chiqarish sohalari o'rtasida va
boshqalar.
4. Hududiy
(territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy
rivojlanish mamlakat
ayrim hududlari o'rtasidagi bog'liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda
hududlar o'rtasidaga mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to'liq
namoyon bo'lmaydi. Lekin alohida hududiy bo'liimalar (viloyat, tuman,
shahar va
boshqa hududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog'liqligi,
ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan
qaralsa, bu bog'livlikning ahamiyati yaqqol ko'rinadi.
Dostları ilə paylaş: