55
Anor sharbatini muntazam ichib yurish
buyrak shamollashi, jigar kasalligi, quloq va ko’zning
gazaklanishini davolaydi.
Shuningdek, anor chanqoqni qondirish borasida ham tengsiz.
Ajinlardan himoya qiladi
Anor nafaqat ming bir dardga davo bo’luvchi va qarilikni kechiktiruvchi shifobaxsh darmondoridir.
Shuning uchun anorni doimiy iste'mol qilish yurakning soa kabi muntazam ishlashini ta'minlaydi. Bu esa
insonning hamisha tetik va yosh bo’lib yurishiga sabab bo’ladi.
Xaddersfild universiteti olimlari anorning al'sgeymer xastaligiga eng yaxshi davo ekanligini
aniqlashgan. Bu xastalik vitaminlar yetishmasligi natijasida tez keksayib qolish bilan bog’liqdir.
Olimlarning
fikricha, anor tarkibidagi punikalagin bosh miyadagi to’qimalarning yemirilishiga yo’l qo’ymaydi. Anor
tarkibidagi «anti-age» moddasi esa terining burishishiga qarshilik ko’rsatib, ajinlardan saqlaydi.
Shuning uchun xalq tabobatida «Anorni kundalik ovqatlanish ratsioniga kiritsangiz, keksalik
eshigingizga yaqinlashmaydi», deya ta'kidlanadi.
Tojik xalq tabibi Hamid Zohidovning «Kanzi shifo» kitobida anorni doimiy ravishda iste'mol qilishning
ayrim sabablari aytilgan:
1.
Gemoglobin qon tarkibini hosil qiluvchi eng muhim qon sharchalari bo’lib, kislorodni qayta
ishlash vazifasini bajaradi. Agar surunkali chanqoq, bosh aylanishi va lohaslikni sezsangiz,
bu gemoglobin
miqdori kamayib ketganidan darak. Bu holatda kuniga bitta anorni siqib, suvini iching.
2.
Quritilgan anor po’chog’ini ko’k choy bilan birga choynakka solib, qaynoq suv bilan damlang.
Bu choyni kechasi uxlashdan oldin ichsangiz, tiniqib uxlaysiz.
3.
Anor po’chog’i qaynatilgan suv bilan og’iz chayqasangiz, tish og’rig’i, milk yallig’lanishi va
shamollashidan xalos etadi. Chunki unda og’iz bo’shlig’idagi bakteriya va viruslarga qarshi
kurashish
xususiyati mavjud.
4.
Bundan tashqari, bu qaynatmadan issiqligida tomog’ingizni g’arg’ara qilib, 2-3 osh qoshiq
ichib yuborsangiz, tomoq og’rig’i va nafas yo’lidagi shamollashdan qutulasiz.
5.
Xuddi shu qaynatmani och qoringa kuniga 3-4 maha l ichsangiz,
ichaklar infeksiyadan
tozalanadi. Ich og’rig’i, disbakterioz va dizenteriyadan xalos bo’lasiz.
6.
Anor po’sti yuz terisiga ham foydalidir. Agar yuzingiz o’ta yog’li, husnbuzarlarga to’la va
notekis bo’lsa, anor po’stini zaytun yog’iga chala qovurib, biroz sovuting va iliq holatda yuzingizga surting.
Niqobni 5-10 daqiqa ushlagach, iliq suvda chaying.