Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


Tabiiy ovqatlantirish quyidagi ustivorliklarga ega



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/82
tarix21.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#188634
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

Tabiiy ovqatlantirish quyidagi ustivorliklarga ega:

Biologik mosligi (inson o’z bolasini fakat ona suti bilan boqishi kerak);

Allergiya chaqirmasligi. Ona suti oqsillarining 1/3 qismi oshqozonda parchalanmay so’riladi va uni 
allergenlik xavfi kamayadi;

Bolalarda yuqumli kasalliklar va ichak infeksiyalariga nisbatan passiv immunitetni paydo bo’lishi 
(emizadigan ona suvchechak, qizamiq, tepki va boshqa yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan bo’lsa, 
bolalarda ushbu kasalliklar uchramaydi yoki yengil kechadi, chunki sut orqali bola tanasiga 
immunoglobulinlar (maxsus oqsillar) ơtadi. Sut tarkibidagi A immunoglobulini ichak devorini qamrab oladi 
va kasallik chaqiruvchi mikroblarning o’tishiga to’sqinlik qiladi;

Qabul qilishning osonligi ko’krak suti doimo iste'mol qilishga tayyor, o’ta toza, idishlar tozalanmaydi 
va qaynatilmaydi;

Mehr – oqibat tuyg’ularini paydo bo’lishi. Ko’krak suti bilan boqilgan bolalar ota - onasiga, 
yaqinlariga sadoqatli bơlishadi, oila qurishda qiyinchiliklarga uchramaydilar; 

Bolalar ongining rivojlanishi. 6 - 9 oy davomida ko’krak suti bilan ovqatlantirilayotgan bolalarning 
ongi va aqliy qobiliyatlari ona sutida tarkib topgan yarim to’yinmagan yog’ kislotalari orqali rivojlanadi;

Ayollarda ko’krak bezi saratoni (rakini) oldi olinishi (statistik ma'lumotlarga ko’ra bolani ko’krak suti 
bilan boqqan onalarda saraton va ko’krak bezini boshka kasalliklari juda kam uchramaydi);

Tug’ruqdan keyin bachadondan qon ketishining oldi olinadi. Ko’krak so’rilganda ayol organizmidagi 
oksitosin deb ataluvchi maxsus modda bachadonning silliq mushaklarini qisqartiradi, natijada tug’ish 
yo’llaridan qon ketishi to’xtaydi;

Tug’ruqdan keyin tez qayta homilador bo’lish oldi olinadi;

Iqtisodiy tejamkorlik.
Emizikli onaning ovqatlanishi to’g’ri yo’lga qo’yilsa, qimmatbaho sun'iy aralash ozuqalardan 
foydalanishga zarurat bo’lmaydi.
Og’iz suti- homiladorlik nihoyasi va ko’zi yorigan kunlari ayol sut bezlaridan og’iz suti ajraladi. U sariq 
yoki kulrang sariq, shira kabi quyuq suyuqlikdir, bu tus beruvchi moddalar va yog’lar bilan bog’liq. Og’iz suti 
zichligi 1050 – 1060 ga teng va tarkibida yetilgan sutga nisbatan oqsillar miqdori ancha ortiq. Shuningdek, 
ona sutiga nisbatan unda A va karotin vitaminlari 2 - 10, askorbin kislotasi 2 - 3 marta ko’p va V12, E 
vitaminlar miqdori ham yuqori. Undan tashqari og’iz sutida tuzlar 1,5 barobar albumin va globulin 
fraksiyalari esa kazeinga nisbatan sezilarli darajada ortiq. Chaqaloqga ko’krak tutgunga qadar, og’iz sutidagi 
oqsillar miqdori 102,6 - 132,0 g/l darajasida bo’lib, keyinchalik asta - sekinlik bilan kamayib boradi. Og’iz 
sutida ayniqsa A immunoglobulin ko’p yog’lar va sut qandi miqdori esa aksincha nisbatan kam bo’ladi. 
Boshqacha qilib aytganda og’iz suti o’ta to’yimli mahsulot bo’lib, tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, 


52 
mineral moddalardan tashqari fermentlar, gormonlar, vitaminlar va antitanachalar mavjud. Uning tarkibida 
stafilokokk antitoksini maksimal miqdorda bo’lib, emizishning 8 - 10 kunlariga kelib u 3 barobarga kamayadi. 
Chaqaloqlar hayotlarining dastlabki kunlarida, og’iz suti bilan ko’p miqdorda yuqori quvvatli va to’yimli 
biologik moddalar qabul qiladilar. Uni tarkibidagi qator oqsillar, bola qoni zardobidagi moddalarga o’xshash 
bo’lganligi sababli, uning oshqozoni va ichagida parchalanmay so’riladi. Ayolning ko’zi yorigach sut bezidan 
4 - 5 kundan boshlab og’iz suti, 2-3 haftadan keyin esa yetilgan sut ajralib chiqa boshlaydi. Bolani ko’krak 
suti bilan boqish erta yoshdagi bolalarda uchraydigan aksariyat kasalliklarning oldini olishdagi asosiy 
omillardan biri hisoblanadi. Qadimgi faylasuflar sutni «oq qon» deb nomlashgan va bu bilan uning bola uchun 
to’yimliligi, hamda hayoti uchun zarur ekanligini ta'kidlab o’tishgan. Ko’krak yoshdagi bolalar 6 oylik 
bơlgunlariga qadar o’z ehtiyojlarini ona suti hisobiga qoplaydilar. U bu yoshdagi bolalarning rivojlanishini 
ona suti va og’iz suti ta'minlovchi eng yaxshi taom hisoblanadi. Ona suti o’z tarkibida bola tanasini tuzilishi 
uchun zarur bơlgan asosiy moddalarni ơzida mujassamlashtirgan. Sog’lom bolani voyaga yetishida 
ovqatlanish ratsionida mevalarning tarkibidagi mikroelementlar muhim ahamiyat kasb etadi. Sog’lom 
bolaning asosiy mikroelementlarga bo’lgan kunlik ehtiyoji quyidagicha: 
№ 
Miroelementlarning nomlari 
Miqdori mkg da 

Kaltsiy 
1200

Fosfor 
1200 

Magniy 
320 

Temir 
30 

Sink (rux) 
15 

Yod 
175 

Selen 
65 
Mikroelementlar orasida temir moddasi kuprok axamiyatga ega, chunki u kizil kon tanachalarini ishlab 
chiqarishda ishtirok etadi.Homilador ayollar ovqatlanish ratsioniga o’simlik ozuqalarini kiritish avitaminoz va 
homiladorlik patologiyalarini oldini olishga yordam beradi.
Bu muammoni yechishda qovokning axamiyati juda xam katta. Qovokning kimyoviy
tarkibi uglevodlarga glyukoza, fruktoza, saxaroza, organik kislotalarga karotin, askorbin, folat, nikotin 
kislotasi, vitamin B6 riboflavin, tiamin, mineral moddalarga kaliy, temir, mis, ftor, rux, magniy, kal siy, 
fosfor, shuningdek, oksil moddalariga juda boy bo’lib, tarkibidagi temir moddasi mikdori bilan sabzavotlar 
orasida chempion. Qovok tarkibidagi mis miqdori bo’yicha ko’pchilik sabzavot va mevalardan ustun turib, 


53 
go’shtga yakinlashadi. Qovok tarkibida go’sht va boshqa maxsulotlarni hazm qilishga imkon yaratadigan
moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradigan vitamin “T” topilgan.Vitamin“T”-qon ivish tizimiga ta'sir 
qilib, trombositlarning hosil bo’lishini ta'minlaydi.Shu sababli qovok homiladorlik davridagi kamkonlikni va 
gemofiliyani davolashda katta o’rin egallaydi. Homiladorlik davrida qovok eng foydali sabzavotlarning biri, 
uning tarkibida organizmdagi toksinlarni chiqaruvchi pektin moddasiga boy bo’lganligi sababli homiladorlik 
erta toksikozlarida ko’llaniladi. Qovok hazm qilishni faol me'yorlashtiradi, ichak faoliyatini yaxshilab, buyrak 
tơqimalarini qo’zgatmasdan, organizmdagi ortiqcha suyuqlikni chiqaradi. Shu sababdan homiladorlar 
gipertenziyasini oldini olishda va davolashda homilador parxez ratsioniga kiritishi zarur.Shunday qilib, qovok 
turli kasalliklarni oldini olishda va davolashda, shuningdek, kelajak avlodning to’g’ri va to’laqonli rivojlanishi 
uchun homiladorlar kompleks oqatlanishining muhim komponenti hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin