54
Anor sharbati
Anorning yangi sharbati oshqozonda hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Shuning uchun uni og’ir hazm
bo’luvchi taomlardan so’ng iste'mol qilish juda foydali. Ayniqsa, jigarga og’irlik qiladigan taomni bexosdan
yeb qo’ysangiz, undan keyin anor sharbati ichish lozimligini unutmang.
Anor sharbati og’iz bo’shlig’i kasalliklari va tomoq og’rig’ida ham davo. Buning uchun anor sharbatini
stakanga solib, qaynoq suv to’ldirilgan idishga iliguncha solib qo’ying. Sharbat ivigach, iching. Tomoqdagi
shamollashni yengishda bu sharbatdan o’tadigani yo’q. Og’iz bo’shlig’ining yallig’lanishida ham chuchuk
anor sharbati juda foydali. Uni ham xuddi yuqoridagidek ivitib ichish lozim.
Bundan tashqari, anor mevasi va sharbati qondagi gemoglobin miqdorini ko’taradi hamda anemiyadan
xalos etadi. Buning uchun anor sharbatidan kuniga 3 mahal, 1 stakandan ichib turish buyuriladi. Bunday
xalqona muolajani 4 oy davom ettirib, 1 oy tanaffus qilsangiz va tanaffusdan keyin yana shuncha vaqt
muolaja kursini qo’llasangiz, kamqonlikdan batamom qutulasiz.
Dostları ilə paylaş: